1. Grafika nimani o’rganadi? A nutqning tovush tuzilishini
Download 0.5 Mb.
|
ona tili test
Test 1.Grafika nimani o’rganadi? A) nutqning tovush tuzilishini B) yozma nutqning harflar tuzilishini C) so’zlarning to’g’ri talaffuz qilinishini D) so’zlarning to’g’ri yozilishini 2. Og’zaki nutqning tovush tuzilishini tilshunoslikning qaysi bo’limi o’rganadi? A) fonetika B) orfoepiya C) grafika D) leksikologiya 3. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi.... A) harf B) so’z birikmasi C) nutq tovushi D) gap 4. Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan qatorni aniqlang? A) l, z, d, j B) b, p, m C) t, s, sh, ch D) k, q, x, h 5. Yopiq bo’g’inlardan biri lab undoshlaridan iborat bo’lgan so’zni toping A) sarlavha B) mafkura C) shaharlik D) majnuntol 6. Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning barchasi jarangsiz undoshlardan iborat? A) sardor B) karvon C) kelmoq D) qisqich 7. Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning barchasi jarangli undoshlardan tashkil topgan? A) manmanlik B) marvartak C) do’stlikning D) dorbozman 8. Tutuq belgisi orqali ma’nosi o’zgaradigan so’zni toping. A) ra’no B) ta’qib C) jur’at D) to’g’ri javob berilmagan 9. Lotin alifbosining kirill alifbosidan farqlari nimalarda ko’rinadi? A) ayrim harflarning shaklida B) harflar sirasida C) ayrim undoshlarning ikki harf birikmasi orqali ifodalanishida D) A, B, C 10. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) fizik, yo’llar, gullar B) oshiq, doston, ildizlar C) qoshlar, boshlar, yoshlar D) olma, surma, childirma 11. Qaysi so’zda ohang, urg’u vositasida ma’no o’zgaradi? A) odobsiz B) ardoqsiz C) o’qituvchisiz D) kelmoqdasiz 12. q va x undoshlari qaysi xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi? A) jarangli va jarangsizligiga ko’ra B) til orqa va chuqur til orqaligiga ko’ra C) A va B D) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra 13. Assimilyatsiya nima? A) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi B) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati C) bir tovushning yon tovushga moslashishi, singishi D) yonma-yon kelgan tovushlarning o’rin almashishi 14. Dissimilyatsiya hodisasi ro’y bergan so’zlarni aniqlang. A) ottan (otdan) B) daryo (dayro) C) zarar (zaral) D) tanka (tank) 15. Ohangdoshlik (singarmonizm) hodisasiga berilgan ta’rifni toping. A) tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishi B) bir tovushning yon tovushga moslashishi C) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi D) yonma-yon kelgan tovushlarning o’rin almashishi 16. k va t undoshlari qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub? A) jarangliligiga ko’ra B) til oldi undoshliligiga ko’ra C) portlovchiligiga ko’ra D) B va C 17. –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) old qator, o’rta keng, lablanmagan B) old qator, yuqori tor, lablanmagan C) orqa qator, quyi keng, lablangan D) old qator, quyi keng, lablanmagan 18. d va t undoshlari qaysi jihatlariga ko`ra bir guruhga mansub? A) portlovchi, sirg`aluvchiligiga ko`ra B) jarangli va jarangsizligiga ko`ra C) hosil bo`lish o`rniga ko`ra D) A va C javoblar 19. O’rxun yozuvi qachondan boshlab tamoman iste’moldan chiqib ketgan? A) IX asrdan keyin B) X asrdan keyin C) XI asrdan keyin D) XV asrdan keyin 20. O’rxun yozuvining yana qanday nomlari bor? A) uyg’ur B) dulbarchin C) sug’d D) lotin 21. Uyg’ur yozuvi qachongacha iste’molda bo’lgan? A) XIX asrning birinchi yarmigacha A) VIII asrgacha B) X asrgacha C) XV asrgacha 22. Uyg’ur yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan? A) sug’d B) turkiy-runik C) arab D) lotin 23. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi qo’llanishi lozim? A) meros, sarhad, mantiq B) sohib, narvon, tarnov C) inom, qatiy, masul D) taqiq, tana, surat 24. O’rxun yozuvi qaysi asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida keng tarqalgan edi? A)V-VIII asrlarda B) X-XII asrlarda C) V-X asrlarda D) VI-VII asrlarda 25. Burun tovushlari berilgan qatorni toping. A) l, m, n, ng, r B) m, l, r C) m, n, ng D) l, z, ng, n 26. So’zlarning talaffuzida havo oqimining bo’linishi.... deyiladi. A) bo’g’in B) fonema C) so’z D) ohang 27. Fonema deganda nimani tushunasiz? A) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati B) ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi C) so’zlarning talaffuzida havo oqimining bo’linishi D) so’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining zarb bilan aytilishi 28.Faqat ochiq bo’g’inli so’zlar qatorini belgilang. A) il-hom, bar-za-ngi B) i-ro-da, ma’-no C) sa-do-qat, ra’-no D) ta’-mir-lash, sa-ma-ra 29. Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) doston, piyoda, marjon B) vaholanki, fizika, ba’zan C) qishloq, ertalab, bugun D) kitobxon, darsxona, ziyo 30. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang. 1. tugma 2. toza 3. xola 4. oshiq 5. ishchimiz 6. bostirma A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling