1. Gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari. Ikki yillik o’simliklarlarga qaysi o’simliklar kiradi?


Download 0.61 Mb.
bet1/48
Sana17.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
umumiy test @Biologiya


Botanika

1.Gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari.
1. Ikki yillik o’simliklarlarga qaysi o’simliklar kiradi?

a) sabzi, lavlagi, karam

b) lolaqizg`aldoq, yaltirbosh, sho’ra

c) karam, gulkaram, sabzi

d) lavlagi, jag’-jag’, karam

2.Yovvoyi yem-hashak o’simliklarni aniqlang.

a) yantoq, sebarga, shuvoq

b) yalpiz, rovoch, isiriq

c) sebarga, kiyiko’t, sallagul

d) shuvoq, kiyiko’t, sallagul

3. Ikki yillik o’simlikni belgilang.

1. toron 2. karam 3. izen 4.sabzi 5. tugmachagul 6. ajriq 7. sigirquyruq

a) 2.7.4

b) 6.4.1.3

c) 7.1.2.5

d) 1.7.5.2.3

4. Chala butalar qaysi qatorda keltirilgan?

a) izen, qoraqat, siren

b) anor, zirk, na’matak

c) teresken, bodom, atirgul

d) shuvoq, teresken, keyreuk

5. Barglari qor tagida qishlaydigan o’simliklarni aniqlang.

1. gulhayri 2. gledichiya 3.kuzgi bug’doy 4. aylant 5. achambiti 6. sebarga

a) 3.2.1

b) 3.5.4

c) 1.5.6

d) 1.3.5

6. Poyasining yerustki qismi qishda qurib qolib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklarni aniqlang.

1. kuchala 2. sebarga 3. kiyiko’t 4. aylant 5. achambiti 6. gledichiya

a) 3.2.1

b) 3.5.4

c) 1.5.6

d) 1.3.5

7. Ko’p yillik o’t o’simliklarni qatorini belgilang.

a) bodom, uchqat

b) izen, keyreuk

c) qoqi, shirinmiya

d) piyoz, sabzi

8. Barglari qor tagida qishlab, bahorda yana o’sishda davom etadigan o’simliklarni aniqlang.

a) ligistirum, atirgul

b) gulhayri, ituzum

c) gledichiya, aylant

d) achambiti, qurttana

9. Quyidagi yer ustki qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklarni ko’rsating.

a) baliqko’z

b) yaltirbosh

c) qoraqat

d) qamish

10. Quyidagi o’simliklarning qaysi biri hasharotlar bilan oziqlanadi?

a) bo’lsa

b) aldrovanda vezikuloza

c) javdar

d) qimizak

11. Poyasining yer ustki qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklarni ko’rsating.

a) andiz

b) sallagul butasi

c) izen

d) kuzgi bug’doy

12. Havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang.

a) zubturum, kiyiko’t, kartoshkagul

b) atirgul, zubturum, qo’ypechak

c) atirgul, xrizantema, kartoshkagul

d) zubturum, sachratqi, qo’ypechak

13. Chala butalarga xos bo’lgan belgilarni aniqlag.

a) qishda poyasining uchki qismlari sovuqdan qurib qoladigan ko’p yillik o`simliklar.

b) tanasi yog`ochlashgan, asosan bitta yo`g`on tanali, baland bo`yli ko`p yillik o`simlik.

c) poyasining yer ustki qismi yo`g`onlashgan va gullab meva tukkandan keyin qurib qoladigan o`simliklar.

d) poyasi yog`ochlashgan, bo`yi 2-3 metrdan oshmaydigan, sershox ko’p yillik o’simlik.

14. Kuzda ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang.

1.zubturum. 2.sachratqi. 3.xrizantema. 4.qoqio’t.

5. kartoshkagul. 6. qo’ypechak.

a)1,2,6

b)1,3,4

c)2,4,5

d)4,5,6

15. O’rta Osiyoda tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning nechtadan ortiq turi borligini aniqlang?

a) 4000

b) 8000

c) 6000

d) 5000

16. Iste’mol qilinadigan, yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni belgilang?

1. yalpiz. 2. sebarga. 3. rovoch. 4. do’lana. 5. izen.

6. yaltirbosh. 7. bug’doy. 8. arpa. 9. qo’ziqorin.

a) 1,4,5,6

b) 1,3,4,9

c) 1,2,4,7

d) 2,6,9,3

17. Chala butalar…

a) poyasining yer ustki qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir

b) poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir

c) urug`dan unib chiqib,birinichi yili yer ustida to’pbarg hosil qiladigan o`simlikladir

d) bir yil ichida gullab, o’sib, meva tugib, o’z hayotini tugatadigan o’simliklar

18. Qaysi daraxtning shox-shabbasi sharsimon bo’ladi?

a) olma

b) o’rik

c) yong’oq

d) sadaqayrag’och

19. O’simliklarni iqlimlashtirish ishlari bilan qaysi fan shug’ullanadi?

a) ekologiya

b) geobatanika

c) intraduktsiya

d) poleobotanika

20. Tanasida 200 l suv saqlaydigan o’simlik qaysi?

a) meksika yong’og’i

b) meksika kaktusi

c) rafleziya

d) ajdar daraxti

21. Ikki yillik o’t o’simliklarni aniqlang.

1. g’umay 2. ajriq 3. lavlagi 4. piyoz 5. qovun 6. arpa

7. gulkaram 8. sabzi

a) 1.2.3

b) 3.4.8

c) 1.5.6

d) 1.7.8

22. Hasharotxo’r o’simliklarni aniqlang.

1. rafleziya 2. pinikula 3. suvsunbul 4. aldrovanda 5. suv qaroqchisi 6. ko’zagul 7. nepentes

a) 7.4.2.5

b) 3.6.5.4

c) 1.2.4.5

d) 5.1.6.3

23. O`simliklarni hayotiy shakllariga ko’ra guruhlarga ajrating.

1. g’o’za 2. sholi 3. ismaloq 4. lola 5. yalpiz 6. beda 7. sabzi 8. baliqko’z

a) bir yillik b) ikki yillik c) ko’p yillik

a) a-1.2.3.8: b-7: c-4.5.6

b) a-3.1.5.7: b-2.6: c-6

c) a-2.4.6: b-6.7.1 c-8

d) a-1.5.8: b-3.7: c-3.5.7

24. Qaysi daraxtlarning shox-shabbasi g’uj bo’lib joylashgan?

a) qayrag’och

b) tol

c) qarag’ay

d) olma

25. Aylant va gledichiyaning hayotiy shaklini ko’rsating.

a) daraxt

b) o’t

c) chala buta

d) buta

26. Ajriq, g’umay, shirinmiya, qamish, kovrak, kuchala kabi o’simliklarning hayotiy shaklini belgilang.

a) bir yillik

b) efemer

c) ikki yillik

d) ko’p yillik

27. Baobab hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?

a) daraxt

b) o’t

c) chala buta

d) buta

28. Bir yillik (I), ko’p yillik (II) va buta (III) larga tegishli o’simliklarni juftlang.

1.oq sho’ra 2. baliqko’z 3. shashir 4. kiyiko’t 5. ligistirum 6. singirtak

a) I-1.3 II- 2.4 III-5.6

b) I-1.2 II-3.5 III-4.6

c) I-2.3 II-1.4 III-6.5

d) I-1.2 II-3.4 III-5.6

29. Bir yillik o’tlar keltirilgan javobni belgilang.

a) arpa, kungaboqar, zig’ir

b) piyoz, salomalaykum, arpa

c) zig’ir, zubturum, safsan

d) salomalaykum, shuvoq

30. Havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang.

a) atirgul, zubturum

b) kampirchopon, singirtak

c) zubturum, qo’ypechak

d) kartoshka, moychechak

31. O`t o`simliklarga xos belgilarni toping?

1. poyasi qo`ng`ir 2. poyasi yashil 3. poyasini yer ustki qismi yog`ochlashgan 4. poyasini yer ustki qismi yog`ochlashmagan 5. gullab meva tukkandan keyin yer ustki qismi qurib qoladi

a) 1.3.5

b) 2.3.5

c) 1.4.5

d) 2.4.5

32. Tog` yonbag`rilarida o`sadigan buta o`simlikni toping.

a) shuvoq

b) uchqat

c) nastarin

d) teresken

33. Erta kuzda barglarini to`kadigan o`simliklar guruhini aniqlang .

a) jiyda, gledichiya

b) qoqio`t, akatsiya

c) qovun, tok

d) atirgul, nastarin

34. Barglarini ancha barvaqt to`kadigan o`simliklarni aniqlang.

a) yong`oq, nastarin

b) aylant, jiyda

c) olma, shamshod

d) eman, ligusturum

35. Yarim buta keltirilgan jovobni toping?

a) shuvoq, izen, teresken

b) oq quyruq, kampircho`pon, sho`ra

c) irg`ay, saksovul, shuvoq,

d) jingul, qo`g`ay, boqila

36. Qaysi o`simliklarning barglari ancha barvaqt to`kiladi?

1. na’matak 2. nastarin 3. zarang 4. tikan daraxt 5. shamshod

6. terak

a) 2.3.4

b) 4.5.6

c) 1.2.5

d) 3.4.6

37. Qaysi o`simlikni mevasi 6 - 10 yilda pishib yetiladi?

a) seyshel palmasi

b) volfiya

c) evkalip

d) raffleziya

38. Noyob mevali o`simliklarni ko`rsating.

a) yong`oq, safsan, pista, bodom

b) dolana, anjir, olma, saftoli

c) archa, nok, xurmo, shotut

d) majnuntol, tut, terak, gilos

39. Harorat iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan o’simliklar guruhini ko’rsating.

1. qoqio’t 2. sachratqi 3. kartoshkagul 4. xrizantema 5. oq sho’ra 6. lola 7. qamish

a) 1.2.3

b) 4.5.6

c) 5.6.7

d) 3.5.6

40. Tabobatda foydalaniladigan o`simlik guruhini aniqlang ?

a) suvsumbul

b) bo`rigul

c) safsan

d) chinnigul

41.Tabiat ko`rki bo`lgan qaysi o`simlik “xolmon,, deb ham yuritiladi?

a) jumagul

b) ituzum

c) atirgul

d) olma

42. Machin o`simligi yashash shakli jihatidan …

a) bir yillik

b) ko`p yillik o`t

c) daraxt

d) chala buta

43. Yer yuzidan 5-20 sm ko'tarilib o'sadigan o'simlikni belgilang.

a) qo'ytikan

b) tugmachagul

c) iloq

d) qo'ypechak

44. Jumagulning barglari poyada qanday joylashgan?

a) navbat bilan

b) qarama-qarshi

c)halqasimon

d) spiralsimon

45. Gulli o’simliklarning xilma-xilligi nimaga bog’liq?

a) ekologik sharoitning o’zgarishi

b) sharoitning o’zgarmasligi

c) irsiyat

d) degeneratsiya

46. Seyshel palmasining mevasini aniqlang ?

a) qo`zoq

b) dukkak

c) yong’oq

d) pista

47. Qaysi o`simliklarning bargi qor tagida qishlab qolishi mumkin ?

a) achambiti va gulxayri

b) g`o`za va kanop

c) ituzum va jag` - jag`

d) tugmachagul va yeryong`oq

48. Shimolda uchraydigan darahtlar janubda uchraydigan darahtlardan nimasi bilan farq qiladi?

1. shoh-shabbasi ko’pligi 2. shoh-shabbasini kamligi 3.bo’yini balandligi 4. bo’yini pastligi 5.shoh-shabbasini kengligi 6.ildizini uzunligi

a) 1.5.6

b) 1.3.5

c) 1.4.5

d) 1.3.5.6

49. Ko’p yillik o’tlarni aniqlang?

a) qoraqat, andiz va mosh

b) shashir, kanakunjut va kanop

c) oq sho’ra, jag’-jag’ va baliqko’z

d) beda, pskom piyozi va andiz

50. Poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladigan o’simlikni aniqlang.

a) jumagul

b) nilufar

c) suv qirqqulog’i

d) safsan

51. Bir yillik o`tlarni aniqlang.

a) shashir, kanakunjut va kanop

b) beda, pskom piyozi va andiz

c) qoraqat, andiz va mosh

d) oq sho`ra, jag`-jag` va baliqko`z

52. Ligustrum (1), gulsafsar (2), kanakunjut (3) o`simliklari hayotiy shakli jihatidan qaysi guruhlarga mansub?

a) yarim buta b) buta c) bir yillik o`t d) ko`p yillik o`t

e) daraxt

a) 1-b, 2-d, 3-c

b) 1-b, 2-c, 3-d

c) 1-a, 2-d, 3-c

d) 1-e, 2-a, 3-c

53. Ko`p yillik o`tlar keltirilgan javobni belgilang.

a) qoqio’t, shashir, ajriq

b) xina, salomalaykum, yantoq

c) sigirquyruq, shirinmiya, boqila

d) xolmon, singirtak, isiriq

54.Qishda ham barglarini to’kmay yashil turaveradigan o’simliklarni ko’rsating.

a) nastarin, atirgul, ligistirum

b) nastarin, ligistirum

c) ligistirum, shamshod

d) shamshod, nastarin

55. Bargini yashilligini uzoq vaqt yashilligini saqlab turadigan o’simliklarni aniqlang.

a) nastarin, atirgul, ligistirum

b) nastarin, ligistirum

c) ligistirum, shamshod

d) shamshod, nastarin

56. Poyasini pastki qismida mevalari pishib, yuqorigi qismidan gullab ketaveradigan o’simliklarni ko’rsating

a) g’oza, baliqko’z

b) jag’-jag’, sholi

c) ituzum, kartoshka

d) g’o’za, ituzum

57.Ikki yillik o’tlar ikkinchi yili (1), birinchi yili(2) nima hosil qiladi?

1. to’pbarg 2. gul 3.meva 4.urug’ 5. ildizmeva 6. tuganak

a) I-1.5.6 II-2.3.4

b) I-1.5 II-2.3.4

c) I-1.5.6 II-2.3

d) I-2.3.4 II-1.5

58. Daraxtni ko’rsating.

a) saksobul

b) salagul

c) juzg’un

d) nastarin

59. Daraxtlar…

a) poyasining yer ustki qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir

b) poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir

c) asosiy poyasi bitta, yog’ochlashgan, baland bo’yli o’simliklar

d) asosiy poyasi bir nechta, yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigano’simliklar

60. Yarim butalar ahamiyati jihatidan qanday o’simliklar?

a) dorivor

b) em-xashak

c) istemol qilinadigan

d) manzarali

61. Havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan madaniy o’simliklarni belgilang.

a) atirgul, zubturum

b) kartoshkagul, xrizantema

c) zubturum, qo’ypechak

d) kartoshka, atirgul

62. Chakanda o’simligi ahamiyati jihatdan qanday o’simlik?

a) dorivor

b) em-xashak

c) noyob mevali

d) tabiat ko’rki

63.Gulli o’simliklar qancha turkum va oilani tashkil etadi?

a) 533/250000

b) 533/13000

c) 13000/533

d) 500000/533

64. Hasharotxo’r osimliklarni ko’rsating.

a) nepentes, nilufar

b) chakanda, drosera

c) ko’zagul, nilufar

d) drosera, nepenttes

65. Ko’zagul ahamiyati jihatdan qanday o’simlik?

a) dorivor

b) yem-xashak

c) noyob mevali

d) tabiat ko’rki
2. O’simlik hujayrasi va to`qimalar
1.Sitoplazmaning harakatini mikroskop ostida qaysi o’simlik bargida aniq ko’rish mumkin?

a) elodeya

b) geran

s) begoniya

d) atirgul

2 . Bo`linadigan hujayralarning ilk o`zgarishini farqlang.

a) mag`iz yiriklashadi

b) hujayra yiriklashadi

c) mag`iz bo`linadi

d) sitoplazma bo`linadi

3. Mag`iz kimyoviy tarkibiga ko`ra qaysi hujayra organoidiga yaqin bo`ladi?

a) sitoplazma

b) mitaxondriya

c) ribosoma

d) golji apparati

4. Mexanik to`qimani aniqlang ?

a) lub, yog`ochlik

b) epidermis , yog`ochlik

c) o`tkazuvchi, epidermis

d) qoplovchi ,o`tkazuvchi

5. Agar mikroskopning okulyari 10, obektivi 15 bo’lsa, mazkur mikroskop necha marotaba kattalashtirib ko’rsatadi?

a) 600

b) 200

c) 150

d) 400

6. O`simlik hujayralari o`sishi bilan uning qaysi qismi birlashib boradi.

a) sitoplazma

b) leykoplast

c) xloraplast

d) vakuola

7. O`simlikdagi tolalar qanday to`qimani hosil qiladi ?

a) qoplovchi

b) o`tkazuvchi

c) asosiy

d) mexanik

8.O`simliklarning yashil rangini beruvchi organoidini aniqlang . a) mitoxondriyalar

b) golji majmuasi

c) ribosoma

d) plastidalar

9. O`simlik hujayralari qanday gaz bilan nafas oladi?

a) karbonat angidirid bilan

b) kislorod bilan

c) azot bilan

d) kunduzi kislorod, kechasi CO2 bilan nafas oladi.

10. Hujayra shirasi egallagan bo’shliqni belgilang.

a) sitoplazma

b) yadro

c) vakuola

d) plastida

11. Mexanik to’qimalar o’simlikning qaysi qismida ko’proq uchraydi?

a) gul, meva, po’stloq

b) po’stloq, gultojbarglar

c) ildiz, poya, barg

d) ildiz, poya

12. Qo’l lupasi necha marta kattalashtirib ko’rsatadi?

a) 10-25

b) 3-5

d) 3-6

d) 25-30

13.Chigit yuzasidagi tolasi (hujayralarning) necha santimetrda ekanligini aniqlang?

a) 1-2

b) 3-4

c) 4-5

d) 3-5

14. Hosil qiluvchi to’qima o`simliklarning qaysi qismida bo`ladi?

1. bargida 2. ildiz qinchasida 3. ildizpoyada 4. o`sish konusida 5. poyaning o`tkazuvchi qismida 6. kambiyda

7. lub tolalarida 8. yog`ochligida 9. o`zakda

a) 1.3.5

b) 2.4.6

c) 3.5.7

d) 7.8.9

15. Qaysi belgilar yosh va qari hujayralarni bir-biridan ajratish imkonini beradi?

a) qobiqning qalinligi ,vakuolaning sitoplazmada egallagan joyiga qarab

b) hujayra qobig`ining shakli, vakuolaning egallagan joyiga qarab

c) hujayra qobig`ini shakli,vakuola qobig`ining tuzilishiga qarab

d) hujayra qobig`ining qalinligi, yadro va mitoxondriyalar soniga qarab

16. Mag`izni shakli va hajmi hujayraning … qarab xar-xil bo`ladi

1. yirik, mayda 2. kimyoviy tarkibiga 3. yoshiga

4. yashash sharoitiga 5. karioplazma harakatiga

a) 1.2.5

) 1.3.4

c) 1.2.4

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling