1. Hammamizga ma'lumki,21-asr texnologiyalar asri hisoblanadi. Nafaqat ta'lim,balki har har bir sohada zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda


Download 14.64 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi14.64 Kb.
#115013
Bog'liq
Zamonaviy yondashuv


1.Hammamizga ma'lumki,21-asr texnologiyalar asri hisoblanadi.Nafaqat ta'lim,balki har har bir sohada zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda.O'zbekiston rivojlanayotgan davlatlar qatorida yuqoriga ko'tarilar ekan ,asta sekinlik bilan online o'qitish tizimini yo'lga qo'ymoqda.Maktabgacha ta'lim tizimida ham zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ancha Samara beradi.Bu sohada yaqin yillarda juda katta o'zgarishlar ro'y berdi.Maktabgacha talimni rivojlantirar ekanmiz,bu sohada jahon amaliyotidan foydalanishimiz kerak.Rivojlangan mamlakatlarning MTTlarini ham o'rganib,uni o'zimizning mintalitetimizga mos holda qo'llashimiz kerak.MTTlarda zamonaviy yondashuv fanining maqsadi yoshlarni har tomonlama yetuk farzandlar qolib tarbiyalashdir.Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur.Yildan yilga rivojlanayotgan bu davrda,biz MTTlarimizda haligacha saqlanib qolayotgan eskicha fikrlar va sarqitlardan voz kechishimiz zarur.Jahon standartlariga mos bo'lgan MTTlar qurish bizning asosiy vazifamizdir.

2. Nutq bu insonlar orasidagi mulowotni taminlovchi jarayon hisoblanadi.Nutqimiz qanchalik ravon va sof bo'lsa shuncha fikrlarimizni aniq bayon eta olamiz.Yoshlikdan nutqni to'g'ri rivojlantirar bilish ham by mahoratdir.Nutqiy rivojlanish maktabgacha ta'lim davriga to'g'ri keladi.Shu sababli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutq o'stirish mashg'ulotlari olib boriladi.Bu mashg'ulotlarni esa masul pedagog xidimlar olib boradi.Bu juda mas'uliyatli ish hisoblanadi By jarayonda pedagog interfaol metodlardan foydalanishi kerak.Bu juda murakkab soha bo'lganligi uchun pedagog juda ko'p izlanishi lozim. Nutq o'stirish metodikasi fanining mavjudligi bunga yaqqol misol.Nutqidan nuqsoni bo'lgan bolalar bilan mazsus pedagog logoped shug'ullanadi.Bolaning grammatik nutqini rivojlantirishda ham zamonaviy metodlardan foydalanish zarur. Buning uchun avvalo pedagog yuksak bilimga ega bo'lishi,zamonaviy texnologigalar bilan ishlashni bilishi va o'z kasbini sevishi darkor.



3. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek,nutq o'stirish mashg'ulotlarida interfaol metodlardan foydalanish juda katta ahamiyatga ega .Metidlarning asosiy vazifasi bolalarda shu mavzuga oid yangi bilimlani mustahkamlash va esda qolarli darajada yetkazib berish hisoblanadi Misol uchun nutq o'stirish mashg'ulotlarida:»Aqliy hujum», «Klaster», «Ven diogrammasi», «Insert», «Zig-zag», «Bilaman.Bilishni xihlayman.Bilib oldim», «FSMU», «Uchinchisi ortiqcha» kabi metodlardan foydalanish mumkin.Har xil metodlar va o'yinlar orqali o'tilgan mashg'ulotlari bolaning esida qoladi va uning fikr doirasining o'sishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling