1. Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo`ldi
Download 9.52 Kb.
|
5 - Seminar- Javoblari Ozodov Akbarbek
5 - Seminar Topshiriq - 1 1. Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo`ldi. 2.Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davri va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishida Mahmud Koshg`ariy, Vilyam Djons, Fridrix Shlegel kabi olimlarning xizmatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga juda yaqinlashishdi, aytish mumkinki, mustahkam zamin yaratib berishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi asosan Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokov kabi olimlarning izlanishlari, xulosalari nihoyatda katta bo`ldi. Ular ijodkor (novator) tilshunoslar sifatida maydonga chiqdilar va komparativistikaning yuzaga kelishiga sabab bo`ldilar. Buning boshlanish nuqtasi, qayd etilganidek, qadimgi hind tili sanskrit bilan tanishish va Yevropa tillarini ushbu til bilan qiyosiy o`rganishdan boshlanib, keyinchalik tilshunoslikda turli ta`limotlarning yuzaga kelishiga olib keldi. 3.Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo`lgan Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug`ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi. 4.V.Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o`rganish haqida» degan mavzuda ma`ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma`ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti bo`lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g`oyasini o`rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. 5.1836-1840 6. XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o`rtasidagi sistematik o`xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan - bir umumiy qadimiy bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida, mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi. 7.Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasi; til oilalarining , shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash. 8.Hind Yevropa tilshunosligining XIX va XX asrning boshlaridagi taraqqiyot davrida Vilgelm Gumboldt g`oyalarining ta`siri natijasida umum tilshunoslikda muayyan ta`limotlar, yo`nalishlar maydonga keldi. Bu ta`limotlar jahon tilshunosligida naturalizm (A.Shleyxer ta`limoti) va psixologizm (G.Shteyntal ta`limoti) va boshqa nomlar ostida namoyon bo`ldi. 9.«Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» asarini yozdi. 10.Yakob Grimm 11.Ramus Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi. 12.U ushbu salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi. 13.Gumboldt ta’limotiga ko‘ra til formadir (shakldir). U til formasining bir qancha xususiyatlarga ega ekanligini aytadi. Shulardan biri til formasining nutq tovushlaridan tashkil bo‘lishidir. Ya’ni nutq tovushlari tilning formasini hosil qilishidir. Yana biri til formasining sistema sifatida namoyon bo‘lishidir. Ya’ni har bir til elementi, birligi boshqa elementga ko‘ra mavjuddir, u bilan o‘zaro bog‘liqdir, aloqadordir. 14.1. Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. 2. Til va tafakkur antinomiyasi. 3. Til va nutq anitomiyasi. 4. Nutq va tushunish antinomiyasi. 5. Til holati va taraqqiyoti antinomiyasi. 6. Tildagi obyektivlik va subyektivlik antinomiyasi. 7. Fikrni obyektivlashtirish va fikrni rag`batlantirish antinomiyasi. Topshiriq - 2 1.To'g'ri 2.To'g'ri 3.To'g'ri 4.Noto'g'ri 5.Noto'g'ri 6.To'g'ri 7.Noto'g'ri 8.To'g'ri 9.To'g'ri 10.Noto'g'ri Topshiriq - 3 1.B 2.A 3.A 4.D 5.A 6.C 7.C 8.A 9.C 10.D 11.B 12.B 13.D 14.A 15.B Download 9.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling