1. Ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish
Download 21.75 Kb.
|
ICHIMLIK SUVLARINI DAVLAT STANDARTA TALABLARI ASOSIDA BAHOLASH.
ICHIMLIK SUVLARINI DAVLAT STANDARTA TALABLARI ASOSIDA BAHOLASH. Reja: 1.Ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish 2. Ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish Ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar va maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va ularni hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, samarali monitoring tizimini yaratgan holda ularning zaxiralarini yanada ko‘paytirish, kamayib ketish va ifloslanishdan muhofaza qilish, shuningdek, respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 4 may kuni "2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. 2017-2021 YILLARDA YeR OSTI SUVLARI ZAXIRALARIDAN OQILONA FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh VA HISOBGA OLIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Qayd etilsinki, uzoq muddatli istiqbolda ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar va maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash ijtimoiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizning aksariyat mintaqalarida aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi paytda 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2 902 ta qishloq aholi punktlari aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda. Shu bilan birga, oxirgi 40-50 yilda sanoat va qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi, bu o‘z navbatida suv olish inshootlarining ruxsatsiz qurilishi va suvni nazoratsiz olish oqibatida konlardagi zaxiralarning 35 foizga qisqarishiga hamda ayrim manbalarda suv zaxiralarining tugashiga olib keldi. Respublikamizning ayrim hududlarida yer usti suvlarini chiqarib tashlash tarmoqlari va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, yer osti suvlari sathining intensiv ko‘tarilishi, shuningdek, rejali asosda gidrogeologik monitoring olib borilmaganligi oqibatida ayrim shaharlar va boshqa aholi punktlarida yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Yer osti suvlari monitoringining 1 465 kuzatuv punktidan iborat amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, yer osti suvlari zaxiralarining kamayishiga va aholi punktlari hududlarida yer osti suvlari sathining ko‘tarilishiga olib kelayotgan salbiy omillarni o‘z vaqtida va to‘laqonli baholash imkonini bermayapti. Sifatli ichimlik suvi taqchil bo‘lgan ayrim mintaqalarimizda suvni industrial chuchuklashtirish qurilmalaridan yetarli foydalanilmayapti, respublikamizda ularni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmayapti. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va ularni hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, samarali monitoring tizimini yaratgan holda ularning zaxiralarini yanada ko‘paytirish, kamayib ketish va ifloslanishdan muhofaza qilish, shuningdek, respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan 10 073 ta suv qudug‘i xatlovdan o‘tkazilganligi, xatlov natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin: qonunchilik bazasi takomillashtirilmagani oqibatida 6 679 ta quduqdan yer osti suvlari nazoratsiz olinmoqda va ularning ifloslanishi va zaxiralari kamayishi davom etmoqda; yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan foydalanish yuzasidan zarur nazoratning mavjud emasligi oqibatida 59 foiz yer osti suvlari belgilangan tartibda tasdiqlanmagan zaxiralardan olinmoqda; suv manbalari sathlari ifloslanishining hozirgi sur'atlarida yaqin o‘n yillarda chuchuk yer osti suvlari mavjud resurslarining yarmidan ko‘pini tiklab bo‘lmas darajada yo‘qotishning real xavfi mavjud. 2. 2017 yilning 1 iyulidan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq: belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan, biroq texnik talablarga rioya etgan holda qazilgan foydalanish quduqlari keyinchalik belgilangan tartibda foydalanish uchun tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste'molchilari tomonidan rasmiylashtirilishi lozim; belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan va texnik talablar buzilgan holda qazilgan foydalanish quduqlari, tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste'molchilarini muqobil suv manbalariga ulashni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda tugatiladi; yuridik va jismoniy shaxslarga suv olish uchun quduq qazishga belgilangan tartibda gidrogeologik xulosa berish faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining gidrogeologiya korxonalari tomonidan amalga oshiriladi; suv olish uchun quduq qazishga ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu band bilan o‘rnatilayotgan tartibning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan tegishli nazoratni ta'minlash uchun vakolatli davlat organlari hisoblanadi; suvdan foydalanuvchi va suv iste'molchilari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning suv resurslaridan oqilona foydalanish, olinayotgan suv hajmini tegishli tarzda hisobga olish, ularning ifloslanishi va kamayishining oldini olish, shuningdek, vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etishga doir vazifalari ruxsat beruvchi talablar va shartlarga kiritilishi lozim. 4. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi: 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga muvofiq; 2017-2021 yillarda chuchuk yer osti suvlari zaxiralarini ko‘paytirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq; 2018-2021 yillarda yer osti suvlari monitoringi kuzatish punktlari tarmog‘ini kengaytirish dasturi 3-ilovaga muvofiq; 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi gidrogeologiya korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018-2019 yillarda quriladigan va jihozlanadigan hududiy gidrogeologiya stansiyalarining ishlab chiqarish bazalari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq; 2018-2020 yillarda shaharlar va tumanlar markazlarida drenaj va kuzatuv quduqlari qurish hamda kollektorlar qurish va ularni mukammal ta'mirlash parametrlari 6-10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari mas'ul ijrochi rahbarlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsiy mas'uliyat yuklansin. Tegishli tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas'ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari nazarda tutilgan har bir loyiha bo‘yicha bir oy muddatda “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta'minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarida 11-ilovaga muvofiq, har yilgi: respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturi doirasida 2-5-ilovalarda nazarda tutilgan chuchuk yer osti suvlari zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha gidrogeologiya ishlarini amalga oshirish, ularning holati yuzasidan monitoring olib borish, gidrogeologiya-melioratsiya tadqiqotlari o‘tkazish, gidrogeologiya korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududiy gidrogeologiya stansiyalarining ishlab chiqarish bazalarini qurish va jihozlash uchun; O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi doirasida (xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va mahalliy byudjyetlar parametrlarini qo‘shgan holda) 6-10-ilovalarda nazarda tutilgan 2018-2020 yillarda shaharlar va tumanlar markazlarida drenaj va kuzatuv quduqlari hamda kollektorlar qurish va ularni mukammal ta'mirlash uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutsin. 6. 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha 12-ilovaga muvofiq Ishchi guruh tashkil etilsin. Ishchi guruh (G‘.I.Ibragimov) 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vazirlik va idoralar faoliyatini samarali va o‘z vaqtida muvofiqlashtirishni ta'minlasin, tegishli rahbarlarning hisobotlari tizimli ravishda eshitib borilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi: 2018 yilning oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud barcha suv olish quduqlarini o‘rganib chiqsin hamda quduqlarni tiklash, konservatsiya qilish yoki egasi bo‘lmaganlarini tugatish yuzasidan hududiy “Suvoqova” davlat unitar korxonalariga tavsiyalar bersin; 2021 yilning oxirigacha 500 ta avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimini o‘rnatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda barcha suv manbalari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini tayyorlagan holda yer osti suvlari monitoringi kuzatuv punktlarining samarali tarmog‘ini yaratsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2017 yilning oxirigacha mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan chuchuklashtirish qurilmalarining samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini amalga oshirsin; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda chuchuklashtirish qurilmalarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan 2018 yilning 1 yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Meliorativ gidrogeologiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish; Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti negizida “Meliorativ gidrogeologiya” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini qayta tiklash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga qabul kvotalarini shakllantirishda “Meliorativ gidrogeologiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni nazarda tutsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga gidrogeologiya ishlari uchun zamonaviy burg‘ulash uskunalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling