1. Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasiga ta’rif bering. Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot


Download 30.75 Kb.
Sana11.05.2020
Hajmi30.75 Kb.
#104884
Bog'liq
5-mavzu социология
Musurmonqulov Adham oraliq(1), Тарих фанидан янги жадвал.., miri, paqir, (p, Физика (1-маъруза), 1-kurs un yakuniy nazorat biletlari , jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligini hisoblash va byudjetga undirish tartibini takomillashtirish yonalishlari, 6-мавзу (ЯНГИ), 6-мавзу (ЯНГИ), 6-мавзу (ЯНГИ), ozbek mumtoz musiqasining rivozhlanish zharayonlari, ozbek mumtoz musiqasining rivozhlanish zharayonlari, Normurodov Navro'z, 2-amaliy ish, matekdjdgd

1.Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasiga ta’rif bering.
Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot ko‘rincha rivojlanish, o‘zgarish (ijobiy tomonga), taraqqiy etish, o‘sish, yuksalish, olg‘a harakatlanish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab yo‘nalish kabi ma’no va tushunchalarni anglatadi.

Taraqqiyot tushunchasi. Taraqqiyot (arab. – ko‘tarilish, yuksalish, rivojlanish) – rivojlanish, takomillashuv, olamdagi ilgarilanma harakatni, ob’ektlardagi sifatiy o‘zgarishlarni, borliqdagi yangi shakllarning vujudga kelishini ifodalovchi falsafiy kategoriya. Taraqqiyot – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalish shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyotni ko‘pincha rivojlanish bilan aynanlashtirib qo‘yishadi, aslida u rivojlanishning bir yo‘nalishidir. Shuningdek, taraqqiyot ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi rivojlanish ma’nosida qo‘llashadi, bu ham bir yoqlama yondoshuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qo‘llaniladi. Odatda rivojlanishning ikki muhim yo‘nalishi mavjud.

         Rivojlanishning 2 muhim yo‘nalishi.

1. Taraqqiyot (progressiv, rivojlanish).

2. Inqiroz (regressiv rivojlanish)


2.Ijtimoiy taraqqiyotga doir qanday nazariyalar mavjud?
Ijtimoiy taraqqiyotga doir quyidagi nazariyalar mavjud:

1) Fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning mehnat taqsimoti nazariyasi.

2) P.Sorokinning sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasi nazariyasi.

Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi g‘oya mehnat taqsimotiga bog‘lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uning fikricha, mexanizm birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik – hamkorlik jamiyatiga o‘tishdir. Dyurkgeym nazariyasida sotsial taraqqiyotni ta’minlovchi omil mehnat taqsimoti deb qaraladi. Mehnat taqsimoti segmentlar jamiyatning barham topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o‘tilishiga imkon beradi. Mexanik birdamlik – birdamlikning “zamonaviy” tipi bo‘lib, uni tashkil etuvchi individlar bir-birlariga o‘xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo‘ladi. Dyurkgeym fikricha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo‘lishi mexanik birdamlik bo‘lgan jamiyatning asosiy belgisidir.

Jamiyat asta-sekin o‘zgara boradi. Loqal (mahalliy) segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga keladi. Aloqa yo‘llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko‘payadi, shaharlar o‘sa boshlaydi, aholi moddiy va ma’naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. Dyurkgeym nazariyasida ushbu vujudga keladigan birdamlikning yangi ko‘rinishi organik birdamlik deb talqin etilgan.

P.Sorokinning sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasi nazariyasiga ko‘ra:

1. Ijtimoiy voqelikning o‘zgarishi qonuniy holatga aylanadi.

2. Supersistemalar bir-biri bilan almashadi.

3. Hukmron bo‘lib turgan dunyoqarash boshqa dunyoqarashga o‘rnini bo‘shatib beradi.

4. Natijada jamiyatda taraqqiyot yuz beradi.

5. Ijtimoiy rivojlanish asosi islohot (reforma)lar bilan bog‘lanadi.

6. Ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishi uchun sotsial jarayonlar boshqariladi.

7. Sotsial boshqaruv tizimi tartibga solinib, mukammallashib boradi.

          Ijtimoiy rivojlanish sub’ektlarining maqsadga muvofiq faoliyati orqali ro‘y beradi. Anglangan ehtiyojlar – manfaatlar bu faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlardir. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirilishi uchun sotsial jarayonlar boshqarilishi talab etiladi. Umumiy ma’noda boshqarish takomillashgan (biologik, texnik, sotsial) tizimlarning faolligini ta’minlash uchun ularning dastur va maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan funksiyalardir. Sotsial boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartib saqlanishi, mukammallashuvi va rivojlanishini ta’minlaydi. Sotsial boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axborotni yig‘ish va uni qayta ishlash; uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishi; rejalashtirish; dasturlashtirish; loyihalashtirish ko‘rinishida umumiy qarorni bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari xaqidagi axborotni to‘plash va qayta ishlash.
3.Sotsial boshqarish jarayonining qanday bosqichlari mavjud?
Sotsial boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari:

1.Axborot yig‘ish va uni qayta ishlash.

2.Uni analiz etish.

3.Taqsimlash.

4.Maqsadli qarorlar ishlab chiqish.

5.Rivojlantirish.

Dasturlashtirish.

Loyihalashtirish va faoliyatni tashkil etish.

Nazorat etish.

Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish.

Faoliyat natijalari haqida axborot to‘plash va qayta ishlash.

Sotsial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish, oldindan ko‘ra bilishga asoslanadi. Boshorat kategoriyasi ikki ma’noda konkretlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, ya’ni tavsiflash ma’nosida) va oldindan ko‘rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq). Zotan, sotsial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar sub’ektiv faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu qonuniyatlardan samarali foydalanishdir. Sotsial boshqarish, bu keng ma’noda ham nazariy, ham amaliy faoliyatni o‘z ichiga oladi.


4.Ta’lim tizimining zamonaviy yo’nalishlari va usullari haqida ma’lumot bering.
2017 yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. SHuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi.

Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim.

Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi.

Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.

Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi.



Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga etdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQSHning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan)
5.Progess va regress tushunchalariga ta’rif bering.
Progress (lot. Ilgarilanma harakat, muvaffaqiyat) – quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon rivojlanish taraqqiyotni ifodalaydi. Progress tushunchasi “regress” tushunchasining ziddidir. Olamdagi o‘zgarishlarning ma’lum yo‘nalishda sodir bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlar qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan. Ko‘pincha antik mualliflar tarixni o‘zgarmaydigan hodisalarning oddiy izchilligidan iborat, umuman, “oltin davrdan” keladigan regressiv jarayon yoki bir xil takrorlanishi tarzida tasvirlaganlar. Progress xristian esxotologiyasi (tarixni muayyan yo‘nalishda kechadigan jarayon sifatida)dan emas, balki uning inkor etilishidan kelib chiqdi. Eng avvalo progress ilmiy bilish sohasida kuzatilsa, F.Bekon va R.Dikart o‘tmishga, orqaga qarayvermaslik kerak, ilmiy bilim olamni olg‘a rivojlantiradi, deb ko‘rsatdilar. Progress g‘oyasi ijtimoiy munosabatlar sohasiga ham (Fyurgo Kondarse) tatbiq etildi. Ma’rifatparvarlik falsafasi progressni inson aqlidan keltirib chiqardi. Boshqa ratsionalistik oqimlarga ham tarixiylik yod edi.

Regress (lot. orqaga qaytish) – rivojlanishda orqaga ketish, eski shakllarga qaytish, taraqqiyotning quyi darajasiga tushib qolishni anglatuvchi tushuncha. Aslida regress mohiyat e’tibori bilan barcha sistemalarga xos. Chunki murakkab sistemalarning yemirilishi – regress mazmunini tashkil etadi. Siyosiy hayot, madaniyat, maorif kabi ijtimoiy hodisalar jamiyatda kechayotgan jarayonlarning progressiv va regressiv harakterdaligini aniqlashda muhim o‘rin egallaydi. Masalan, jamiyatning siyosiy omillar ta’sirida regressga yo‘l tutishiga fashistik rejimlar hukmronlik qilgan mamlakatlarni kiritish mumkin. Jamiyat taraqqiyotida eskirgan shakllarga qaytish ham regressga misol bo‘ladi. Regressiv jarayonlarni alohida olingan insonlar ularning hayoti, xulqi misolida ham ko‘rish mumkin. Xususan, psixologiyada regressiv xulq deganda individning o‘z rivojlanishida oldingi davrlariga xos bo‘lgan xulqqa qaytishi tushuniladi. Regressiv tendensiyalar mavjud bo‘lsada, bu uning inson va insoniyat rivojida ustuvorligini bildiradi. Zero, u yoki bu regressiv jarayonlardan qat’iy nazar, insoniyat rivoji umuman progressiv harakterga ega.

6.Ijtimoiy taraqqiyot shakllarining ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘lgan qanday tiplarini bilasiz?
Ijtimoiy taraqqiyot shakllarining ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘lgan tiplari.

Taraqqiyot (arab. ko‘tarilish, rivojlanish, yuksalish, takomillashish kabi ma’nolarni anglatadi).

Inqiroz – taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob’ekt o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Har qanday tizim (ob’ekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqilob davri deyiladi. Ijtiomiy tizimlardagi  inqirozlarga differensial yondoshish kerak.
7.Sotsial reformalar va ularning turlari haqida ma’lumot bering
      Islohot tushunchasi “Reforma” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgartirish, tuzatish, qayta tashkil etish degan ma’noni anglatadi. Islohot (reforma) deb, muayyan bir jamiyatning, ijtimoiy-siyosiy tizimning negizini, asosini saqlab qolgan holda biror-bir tomoni, sohasini, muayyan bir tartibotlarini, ijtimoiy institut yoki tashkilotlar faoliyatini o‘zgartirishga va qaytadan tashkil qilishga aytiladi.

      Islohot (reforma) qaytadan  kurash, isloh qilish, islohot ma’nolarini anglatar ekan siyosiy sohada hukmron sinflarning o‘z hukmronligini saqlab qolish maqsadida o‘tkaziladigan va mavjud davlat tuzumini o‘zgartirmaydigan islohotlari ham deyish mumkin. Reforma tushunchasi, shubxasizki, revolyusiya tushunchasiga qarama-qarshidir. Islohotlarijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish, yetilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni hal etish vositasidir. Islohot rasman har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, islohot deyilganda ko‘p yoki oz darajadagi ilg‘or qayta o‘zgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, ma’naviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va boshqa o‘ziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.



Jahon iqtisodiyotida ho‘jalik yuritish shakllari:

An’anaviy natura ho‘jaligi  - 1918-1921 yillarda sobiq ittifoqda o‘tkazildi.

Rejali ho‘jaligi iqtisodiyoti (yangi iqtisodiy siyosat) – 1921-1991 yillarda sobiq ittifoqda amal qildi.

Bozor ho‘jaligi iqtisodiyoti:

Klassik” an’anaviy yo‘l bilan o‘tishi – Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichi davomida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar amalga oshirilgan. O‘tish jarayoni iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu yo‘l bilan AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar  borgan.

Inqilobiy” yo‘l bilan o‘tish – 1922-1940 yillarda sobiq 15 ta sotsialistik mamlakatlar (Xitoy, kuba, polsha, Chexoslovakiya, Ruminiya, Vetnam va boshqa davlatlar) borgan va ularning ko‘pchiligi 1991 yildan keyin “Shok terapiyasi” va islohot yo‘llarini tanlagan.

Shok terapiyasi” bilan o‘tish – 1991 yildan keyingi va XXI asr boshlarida Polsha, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Yugoslaviya, Rossiya va boshqa mamlakatlar tanlagan.



Evolyusion (“islohot” yo‘li bilan o‘tish) – Siyosiy hokimiyat tizimi, jamiyat tuzumi o‘zgarib, barcha sohalarda bosqichma-bosqich keng islohotlar olib borilmoqda. 1950 yillarda Germaniya, hozirda O‘zbekiston va ba’zi MDH davlatlari shu yo‘lni tanladi.
8.Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot bering

Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.

Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt», O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.


9.Nodavlar tuzilmalarnig sotsial mohiyati haqida ma’lumot bering
Nodavlat- notijorat tashkilotlar dastlab o‘zini-o‘zi boshqarilishi asosida, yani fuqarolik jamiyatini mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashni taminlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo‘ldi. XX asrga kelib, nodavlat va notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim hamda asosiy institutlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorattashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi nortmativ-huquqiyhujjatlar to‘plamida takidlanishicha, “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (azolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotidir” . Darhaqiqat, nodavlat tashkilotida mulk davlatga mansub emas. Davlatga mulk mansub bo‘lmaganligi uchun nodavlat tashkiloti deb yuritiladi. Shu bilan birgalikda notijorat tashkilotida olingan daromad (foyda)ni ishtrokchilar o‘rtasida taqsimlaydi.


10.Jamoatchilik fikrining qanday funksiyalari mavjud?
Jamiyatni rivojlanishida keng jamoatchilik fikriga suyanish katta tarixiy tajribaga egadir.

Qadim davlatchilik tarixidan kelib chiqib, jamoatchilik fikri quyidagi funksiyalarni bajarib kelganligining shoxidi bo‘lishimiz mumkin.

1. Direktiv, ya’ni qarorlar qabul qilishda jamoatchilikning ishtiroki.

2. Konsultativ - qarorlarni hayotga tadbiq etishda, xukm chiqarishda keng jamoatchilik bilan maslaxatlashishi.

3. Turli davlatlar va nodavlat tashkilotlarni ishi ustidan nazorat o‘rnatishda.

4. Ekspressiv - ya’ni favqulodda hodisalarning oldini olish va ularni bartaraf etishda va xokazo funksiyalarni bajaradi.

Nihoyat, ifodalanish shakliga ko‘ra jamoatchilik fikri ikki xil - pozitiv (ijobiy) va negativ (salbiy) funksiyalarni bajaradi.

Darhaqiqat, jamoatchilik o‘z fikrini doimo qo‘llab - quvvatlash va aksincha, inkor etish, qoralash ko‘rinishida bildirishi mumkin. Sub’ekt ijtimoiy jarayonlarda ongli ishtirok etishga tayyorligini bildirgan taqdirda jamoatchilik fikri pozitiv, agar sub’ekt norozilik bildirib, hech bir harakatni sodir qilmagan taqdirda negativ vazifani bajaradi.



Mamlakatning rivojlanishi, dunyoda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi uchun jamoatchilikning fikri, islohotlarga munosabati, ularning boshqaruvdagi ishtiroki, xukumat qarorlarini nazorat qilib borishi juda muhimdir.
Download 30.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling