1. Innovatsion jarayon Innovatsion markazlar


Download 99.88 Kb.
bet1/3
Sana22.05.2022
Hajmi99.88 Kb.
#689452
  1   2   3
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyotning bugungi infratuzilmasi
Raqobat - Vikipediya, Raqobat - Vikipediya, Neoklassik maktab, 25 - leksia Iqtosodiot nazariyasi., imya 2, imya 2, imya, imya, imya, imya, @uz baza Boshqaruv psixologiyasi, 1 mavzu taqdimot raqamli iqtisod(1), parrandachilik biznes rejasi (Lotincha)[2], 3.Бойжигитов С.К. , 1.Nematov Javohir

Innavatsion iqtisodiyotning bugungi infratuzilmasi
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
1. Innovatsion jarayon
2. Innovatsion markazlar
3. Texnoparkka davlat va mahalliy xokimiyatlar tomonidan rahbarlik qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir.
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi zarur:

  • davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini;

  • belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning funksiyalarini;

  • boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish ob’ekti va axborot beradigan axborot tizimini;

  • davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari - davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo‘ladi, balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o‘rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni;

  • innovatsion jarayonlarning sub’ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etishni (ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita tadbirkorlarga, ham ularni yoki bu darajada qo‘llab-quvvatlayotgan infratuzilma elementlariga);

  • iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani o‘rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta’minlashdan iborat.

“Yovanovich (1982) va Matssukato (2000) stoxastik parametrlarga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar samarasi ustida ish olib borishgan. Sanoatning hayot siklida stoxastik parametrlar tomonidan mahsulot dizayni hali standartlashtirilmasdan noaniqliklar taqdim qilingan”.
Ekspertlarning hisoblashicha, “korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga rag‘batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi”. Bizning bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real stimul va resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion siyosat zarur bo‘ladi. Mahalliy kompaniyalar, akademiya va OO‘YU esa birinchi bo‘lishning uddasidan chiqa olmasada, hech bo‘lmasa hammadan ortda qolmaslik uchun diqqat-e’tiborni susaytirmasliklari lozim.
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strutkturasi dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu erda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi”.


Download 99.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling