1. Insoniyat tarixining qaysi davri «Eng yangi tarix» deb ataladi?


Download 63 Kb.
Sana21.10.2020
Hajmi63 Kb.
#135194
Bog'liq
ONLINE DARS



KIRISH

1. Insoniyat tarixining qaysi davri «Eng

yangi tarix» deb ataladi?

A) Yer yuzida odam paydo

bo„lganidan to milodiy 476-

yildan G„arbiy Rim imperiyasi

qulaguniga qadar kechgan

voqealar tarixi

B) 1917-yilda Bolsheviklar

hokimiyatga kelishidan tortib

1991-yil SSSR

parchalanishigacha bo‟lgan davri

C) Birinchi jahon urushining

yakuni– 1918-yildan boshlanib,

hozirgi kungacha bo„lgan davri

D) Insoniyat tarixining XVI asrdan

XIX asrning 60-yillarigacha

bo‟lgan tarixi


2. «Eng yangi tarix» kishilik jamiyati

rivojlanishida … davri sifatida

qaraladi.

A) feodalizmdan kapitalistik

jamiyatga o‟tish

B) qo‟l mehnatiga asoslangan

manufakturadan mashinalar keng

qo‟llaniladigan sanoatga o‟tish

C) industrial sivilizatsiyadan

postindustrial sivilizatsiyaga

o‟tish

D) monarxiya tuzumidan respublika



boshqaruv shakliga o‟tish
3. Eng yangi davr tarixida nisbatan

mustaqil bo„lgan nechta bosqichni

ajratib ko„rsatish mumkin?

A) uchta B) beshta

C) to‟rtta D) ikkita
4. Quyida berilgan Eng yangi tarix

bosqichlarini davriyligi bo‟yicha

mos ravishda joylang.

1. 1918-1945-yillar. 2. 1945-1991-

yillar. 3. 1991-yildan …

a) industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy

tizimi inqirozining boshlanishi davri.

Bu inqiroz jahon urushlarida,

sotsialistik va milliy-ozodlik

inqiloblarida, Germaniya, Italiya,

Yаponiya, SSSRda totalitar

tuzumlarning qaror topishida,

ijtimoiy ziddiyatlarning

keskinlashuvida namoyon bo„ldi;

b) Bu bosqich mazmunini

mustamlaka tizimining qulashi va

ko„plab mustaqil davlatl arning

tashkil topishi, «sovuq urush»,

dunyoni yadroviy halokat yoqasiga

olib kelgan qurollanish poygasi

tashkil qiladi;

c) xalqaro munosabatlarda

shakllangan ikki qutbli tizimning
inqirozi, sotsialistik tizimning barbod

bo„lishi, SSSRning tarqalib ketishi

va sobiq sovet respublikalarining

mustaqil taraqqiyot yo„liga kirishi

bilan boshlanadi.

A) 1-a; 2-c; 3-b. B) 1-b; 2-c; 3-a.

C) 1-a; 2-b; 3-c. D) 1-c; 2-a; 3-b.
5. … bu davr jahon sivilizatsiyasining

globallashuvi, «uchinchi dunyo»

mamlakatlari rivojlanishining

jadallashuvi, sivilizatsiyalar

o„rtasidagi ziddiyatlarning

kuchayishi bilan xarakterlanadi.

A) 1914 – 1918-yillar

B) 1918 – 1945-yillar

C) 1945 – 1991-yillar

D) 1991 – yildan …


6. … bu bosqichning mazmunini

jamiyat taraqqiyotining ikki asosiy

modellari – liberal-demokratik va

totаlitar tuzumlar o„rtasidagi kurash

tashkil qiladi.

A) 1914 – 1918-yillar

B) 1918 – 1945-yillar

C) 1945 – 1991-yillar

D) 1991 – yildan …
7. … Ikkinchi jahon urushidan keyin

shakllangan sotsialistik lager bilan

G„arb mamlakatlari o„rtasidagi

global qarama-qarshilik bu davrning

xarakterli jihati hisoblanadi?

A) 1914 – 1918-yillar

B) 1918 – 1945-yillar

C) 1945 – 1991-yillar

D) 1991 – yildan …
8. Industrial sivilizatsiya nima?

A) eng qadimgi shaharlar, yozuv,

davlatlar tashkil topishi va

rivojlanishi davri

B) sanoat va fan-texnika

taraqqiyotiga asoslangan

sivilizatsiya.

C) bu iqtisodiyotda sanoatning

yuqori unumdor innovatsion

sektori, yalpi ichki mahsulotda

fan yutuqlari va axborot

texnologiyalari, iqtisodiy va

boshqa faoliyat sohalarida

raqobat ustuvor bo„lgan jamiyat

D) b, c
9. Postindustrial sivilizatsiya bu …

A) eng qadimgi shaharlar, yozuv,

davlatlar tashkil topishi va

rivojlanishi davri

B) sanoat va fan-texnika

taraqqiyotiga asoslangan

sivilizatsiya.

C) bu iqtisodiyotda sanoatning

yuqori unumdor innovatsion

sektori, yalpi ichki mahsulotda

fan yutuqlari va axborot

texnologiyalari, iqtisodiy va

boshqa faoliyat sohalarida

raqobat ustuvor bo„lgan jamiyat

D) a, b
1-MAVZU. 1918 – 1939-

YILLARDA XALQARO

MUNOSABATLAR
10. Ma‟lumki, Birinchi jahon urushi

xalqaro munosabatlarga va

dunyoning siyosiy xaritasiga katta

ta‟sir ko„rsatdi. Ana shu ta‟sir

noto‟g‟ri berilgan javobni aniqlang.

A) Rossiyada monarxiya ag„darildi.

B) Yevropada yangi davlatlar

vujudga keldi.

C) Germaniya, Avstriya-Vengriya

va Usmoniylar imperiyalari

tarqalib ketdi.

D) Sovuq urush davri boshlandi.


11. Urush tugashi bilan g„olib davlatlar

xalqaro munosabatlarda yangi tartib

o„rnatish, urushdan keyingi

dunyoning qiyofasini belgilash

uchun qaysi shaharga yig„ildilar?

A) Berlin B) London

C) Vashington D) Parij
12. Parij tinchlik konferensiyasi bo‟lib

o‟tgan sanani belgilang.

A) 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil

6-fevralgacha

B) 1914-yil 28-iyuldan 1918-yil 11-

noyabrgacha

C) 1919-yil18-yanvardan 1920-yil

21-yanvargacha

D) 1919-yil 28-iyundan 1921-yil 6-

fevralgacha


13. Parij tinchlik konferensiyasi Parij

yaqinidagi qaysi saroyda bo‟lib

o‟tgan?

A) Livadiya B) Versal C)



Trianon D) Sen-Jermen
14. Quyida berilgan javoblardan qaysi

birida tarixiy xatolik mavjud.

A) Parij tinchlik konferensiyasida

hal qiluvchi rolni “Katta

uchlik”(B.Britaniya, Fransiya va

AQSH) o‟ynadi.

B) Parij tinchlik konferensiyasida

Buyuk Britaniya nomidan bosh

vazir Jorj Klemanso, Fransiya

bosh vaziri David Llyod Jorj,

AQSH prezidenti Vudro Vilson

ishtirok etdi.

C) Parij tinchlik konferensiyasida

xalqaro tashkilot – Millatlar

Ligasi tashkil qilindi.

D) Konferensiya 27 davlat vakillari

ishtirokida bo‟lib o‟tdi.
15. Qachon Germaniya bilan Versal

tinchlik shartnomasi imzolanadi?

A) 1919-yil 28-iyun

B) 1919-yil 10-sentabr

C) 1919-yil 27-oktabr

D) 1920-yil 4-iyul


16. Sharnomaga ko‟ra, Germaniya g‟olib

davlatlar foydasiga necha mlrd.

marka reparatsiya to‟lashi lozim edi?

A) 110 mlrd. marka

B) 127 mlrd. marka

C) 132 mlrd. marka

D) 150 mlrd. marka
17. Millatlar Ligasi kimning tashabbusi

bilan tashkil qilinadi?

A) David Llyod Jorj

B) Vudro Vilson

C) Raymon Puankare

D) Jorj Klemanso


18. Germaniya ittifoqchilari sifatida

alohida shartnoma imzolangan

mag‟lub davlatlarni toping.

1. Avsriya. 2. Turkiya. 3. Vengriya.

4. Ruminiya. 5. Yaponiya. 6. Italiya.

7. Bolgariya.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 7

C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6


19. Quyida berilgan davlatlardan qaysi

biri Birinchi jahon urushining

boshlanishi uchun yagona javobgar

deb e‟lon qilindi?

A) Italiya B) Rossiya

C) AQSH D) Germaniya


20. Millatlar Ligasi haqida keltirilgan

tog‟ri hukmlarni belgilang.

1. Dastlab mag„lub davlatlar va

Sovet Rossiyasi unga qabul

qilinmadi.

2. Germaniya mustamlakalarini va

Turkiyaning Yaqin Sharqdagi

yerlarini g„olib davlatlar tomonidan

bo„lib olish uchun Millatlar Ligasi

Nizomiga mandat, ya‟ni ma‟lum bir

hududni boshqarish uchun vakolat

tushunchasi kiritildi.

3. «abadiy tinchlik» vositasi deb

e‟lon qilingan Millatlar Ligasi g„olib

davlatlar ning dunyoni o„zaro bo„lib

olishiga qonuniy tus berdi,

ittifoqchilarning urushdagi

g„alabasini mustahkamladi.

4. Jahonda tinchlik uchun kurash,

xalqlar o„rtasida hamkorlik va

xavfsizlik masalalari Millatlar

Ligasining asosiy vazifalari qilib

belgilandi.

A) 1, 3 B) 2, 4

C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
21. Qachon Millatlar Ligasi nomidan

Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo

va Afrikadagi katta hududlarni

boshqarishga mandat oldi?

A) 1919-yil mart

B) 1919-yil aprel

C) 1919-yil may

D) 1919-yil fevral


22. Vashingtonda konferensiya nima

maqsadda chaqiriladi?

A) G„olib Antanta bilan mag„lub

To„rtlar ittifoqi o„rtasida

imzolanadigan tinchlik

shartnomasining matnini tuzish

B) Bo‟lingan dunyoni qaytadan

bo‟lib olish

C) Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi

bahsli muammolarni hal qilish va

dengizdagi qurollarni cheklash

D) Barcha javoblar to‟g‟ri


23. Vashington konferensiyasi

boshlangan – “a” va tugagan – “b”

yillarni to‟g‟ri tartibda joylang.

A) a- 1921-yil 12-noyabr; b- 1922-

yil 6-fevral.

B) a- 1919-yil18-yanvar; b- 1920-

yil 21-yanvar.

C) a- 1914-yil 28-iyul; b- 1918-yil

11-noyabr.

D) a- 1919-yil 28-iyun; b- 1921-yil

6-fevral.
24. Vashington konferensiyasida asosiy

rol o‟ynagan davlatlar to‟g‟ri

keltirilgan javobni toping.

A) AQSH, Buyuk Britaniya va

Fransiya

B) Germaniya, Yaponiya va Italiya

C) AQSH, Buyuk Britaniya va

Yaponiya


D) Buyuk Britaniya, Fransiya va

Rossiya
25. Quyida berilgan javoblardan qaysi

birida tarixiy xatolik mavjud emas.

A) Versal tinchlik shartnomasi

Birinchi jahon urushidan keyin

yuzaga kelgan hududiy

o„zgarishlarga qonuniy tus

bergan so„nggi yirik shartnoma

bo„ldi.

B) 1921-yil yanvarda Vashington



konferensiyasida to„rt davlat –

AQSH, Buyuk Britaniya,

Fransiya va Yaponiya o„rtasida

shartnoma imzolandi.

C) Lozannna tinchlik

shartnomasida, Turkiyaning

urushdan keyingi chegaralari

belgilab berildi va mustaqilligi

tan olindi.

D) Vashington konferensiyasida

imzolangan to„rt davlat

shartnomasida, ushbu

davlatlarning Hind okeani

havzasidagi o„z orollariga egalik

qilish huquqlari kafolatlandi.
26. Lozanna tinchlik shartnomasi qachon

imzolanadi?

A) 1919-yil B) 1921-yil

C) 1922-yil D) 1923-yil


27. Qaysi yillarda imzolangan

shartnomalar va jahondagi

kuchlarning yangi nisbati xalqaro

munosabatlarning Versal-Vashington

tizimi nomini oldi?

A) 1919 – 1923-yillar

B) 1919 – 1921-yillar

C) 1920 – 1922-yillar

D) 1918 – 1920-yillar
28. Birinchi jahon urushidan so„ng

G„arbning bir qator mamlakatlarida

vujudga kelgan o„ng radikal,

ekstremistik harakatlar umumiy nom

bilan nima deb ataladi?

A) sotsializm B) kommunizm

C) fashizm D) konservatizm
29. … harakatning liderlari ijtimoiy

safsatabozlikdan keng foydalandilar,

kishilarning millatchilik hissiyotiga

ta‟sir o„tkazishga harakat qildilar,

o„z millati uchun ijtimoiy adolatni,

«yangi jamiyat»ning o„zlariga

ma‟qul shaklini qurishni va‟da

qildilar.

A) sotsializm B) kommunizm

C) fashizm D) konservatizm


30. Qachondan Versal-Vashington

tizimiga Yevropada hech bir davlat

amal qilmay qo„ydi?

A) 1920-yillarning oxiri

B) 1930-yillarning boshi

C) 1930-yillarning oxiri

D) 1920-yillarning boshi
31. Versal-Vashington tizimining

inqirozi oqibatida, qarama-qarshi

harbiy-siyosiy ittifoqqa birlashgan –

“a”, “b” va qarama-qarshilikdan o„z

manfaatlari yo„lida foydalanish

maqsadida kutib turishni ma‟qul

ko„rgan – “c” davlatlarni mos

ravishda joylashtiring.

1. SSSR. 2. Buyuk Britaniya. 3.

Fransiya. 4. Germaniya. 5. AQSH. 6.

Yaponiya. 7. Italiya.

A) a- 1, 5; b- 2, 3, 7; c- 4, 6.

B) a- 2, 5; b- 4, 6, 7; c- 1, 3.

C) a- 2, 3; b-1, 5; c- 4, 6, 7.

D) a- 2, 3; b- 4, 6, 7; c- 1, 5.
32. Yaponiya Manchjuriyani bosib olib,

Manchjou-Go qo„g„irchoq davlatini

tuzgan yillarni aniqlang.

A) 1931 – 1932-yillar

B) 1932 – 1933-yillar

C) 1929 – 1930-yillar

D) 1927 – 1928-yillar
33. Qachon Yaponiya Millatlar

Ligasidan chiqdi?

A) 1930-yil B) 1932-yil

C) 1935-yil D) 1933-yil


34. Yaponiya Millatlar Ligasidan

chiqqach, … (a) davlatga qarshi

tajovuzini kuchaytiradi va …da (b)

keng miqyosdagi urush harakatlarini

boshlab, Markaziy Xitoyni va

boshqa bir qator hududlarni bosib

oldi.

A) a- Koreya; b- 1936-yil mart



B) a- Hindiston; b- 1938-yil iyun

C) a- Xitoy; b- 1937-yil iyul

D) a- Manjuriya; b- 1932-yil mart
35. Qaysi davlatning tajovuzkor

harakatlari natijasida Osiyoda ham

jahon urushi o„chog„i paydo bo„ladi?

A) Germaniya B) Italiya

C) Yaponiya D) Rossiya
36. Quyida berilgan atamalar va ularning

ma‟nolarini mos ravishda

joylashtiring.

1. Konferensiya. 2. Fashizm. 3.

Reparatsiya. 4. Kreditor.

a) tovon; b) birlashma; c) qarz

beruvchi; d) bir joyga to‟playman.

A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c.

B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c.

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a.

D) 1-d; 2-b; 3-a; 4-c.
37. … Italiyada paydo bo„lgan siyosiy

oqim. Hokimiyat tepasiga kelgach,

zo„ravonlikning ashaddiy shakllarini

qo„llovchi va jamiyat ustidan yalpi

nazorat o„rnatuvchi terroristik

diktaturani barpo etdilar?

A) Kommunizm B) Konservatizm

C) Liberalizm D) Fashizm


38. … davlat yoki partiya, jamoat va

olimlar vakillarining muayyan

masalani muhokama etish uchun

yig„ilishi.

A) Millatlar ligasi B) Konferensiya

C) Deklaratsiya D) Manifest



Fan o’qituvchisi: Isroil Ergashov. +99893 075 83 44

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling