1. Internet tushunchasi


Tovushlar va harflarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish­ni o‘rgatish


Download 0.66 Mb.
bet3/3
Sana12.02.2020
Hajmi0.66 Mb.
1   2   3

3. Tovushlar va harflarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish­ni o‘rgatish

Multimedia vositalari pedagogik nuqtai nazaridan boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasi jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida yangicha yondashuv hisoblanadi. Kompyuterli texnologiyalar o’quvchilarning faolligini oshirishda, o’rganiladigan o’quv materiallarining hajmini ko’paytirishda va ta’lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita sifatida amalga oshirilmoqda. Unda kompyuter monitoriga qarab ekranda ko’rsatiladigan materiallardan foydalanib bilim olish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Multimediali kompyuterli texnologiyada ko’rgazmali vositadan tashqari ta’lim beradigan manba sifatida qaraladi. Chunki o’rganiladigan materiallar oldindan kompyuter xotirasiga joylashtirilgan bo’ladi. O’qituvchi qaysi mavzuni o’quvchilarga o’rgatmoqchi bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni monitor ekraniga chaqirib oladi va namoyish etiladigan materiallar bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Shu asosda ular mavzu yuzasidan namoyish etilgan materiallarni o’rganib boradilar. Bunda o’quvchilar kompyuter bilan yetarli darajada qo’nikma hosil qiladi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida tafakkuri rivojlanadi, bilim olishga qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi. Multimedia texnologiyasining ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini quyidagi shaklda ifodalash mumkin:



Multimediadagi matn qisqa, tushunarli va aniq bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi uni nafaqat o’qish, balki yod olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ovoz o’qish yoki turli vositalar tovushdan iborat bo’ladi. Bunda ovozning jalb qilish xususiyatiga, ya’ni intonatsiyali, musiqali yoki hayajonli bo’lishi katta ahamiyatga ega. Jonli harakat odam, narsalar yoki predmetlarning xatti-harakatidan tashkil topadi. Undagi yagona talab-jonli harakatlarning tarbiyaviy va estetik xususiyatiga ega bo’lishidir. Grafik tasvirlar muayyan mavzuni tasavvur qilish uchun hosil qilinadi. Bu hol xotirani mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Multimedia vositalaridan o’qitish jarayonida foydalanish o’qitish sifatini va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri bo’lishiga qaramasdan, unga mos Dasturlar bo’lmasa yoki ulardan foydalanilmasa kutilgan samarani bermaydi. Shuning tuchun har bir o’quv fanining xususiyatidan kelib chiqib, o’quv materialining asosiy va muhim elementlarining o’quvchilar o’zlashtirish jarayoniga mos kelishi, dastur vositalari ekrandagi tasvirlarning rangiga, ma’lumotlarning tuzilishiga, obyektlarning ko’rinishiga, tovushlarning qulayligini e’tiborga olishni nazarda tutadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun kompyuter muhitida ishlashni ta’minlovchi va ularning bilim hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda “Ona tili”, “Odabnoma”, “O’qish kitobi”dagi materiallar, atrofdagi olam bilan tanishtirish, modellashtirishning turli-tuman faoliyat turlari orqali algoritmlash, faoliyat usullarini o’zlashtirish bilan amalga oshiriladi. Multimedia vositalari yordamida olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi.

Mulimedia vositalari o’quvchiga yakka tartibda yondashish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz ham o’quvchi materialni o’zlashtirishi mumkin bo’ladi. Hozirda multimedia kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmoqda. Ta’limtarbiya sohasida multimedia texnologiyalarini tatbiq etish uchun yuqorida berilgan fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin. Multimediabu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida axborotning an’anaviy va orginal turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.

Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida o’quvchilarga bilim berish afzalliklari quyidagilardan iborat:

• Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;

• Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada oshishi;

• Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi;

• Olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi. Multimediani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud, jumladan:

* Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida o’quv kom’pyuter dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish;

* Ishlab chiqilgan o’quv kom’pyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo’llash. Multimediali o’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirdan Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmoqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv materialari ta’lim yunalishlari bo’yicha yaratilmoqda.

Ta’lim jarayonida multimediani qo’llashda o’qituvchiga hozircha dasturlovchi mutaxassis yaqindan yordam berishi kerak. Dastur tuzuvchilar tomonidan rus va chet tillarni tez va oson o’rganishga yordam beruvchi dasturlar ishlab chiqilgan. Biroq o’zbek tilini o’rganish bo’yicha deyarli dasturlar mavjud emas. O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari uchun DTS yaratilgan,o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq qilinmoqda va davlat tiliga katta e’tibor berilmoqda. Ammo o’zbek tilini o’rganish bo’yicha mukammal multimedia dasturlari ishlab chiqilgan emas. Bunda o’zbek tilini o’qitish bo’yicha multimemdia dasturlarini tuzish bir qator moddiy qiyinchiliklar bilan bog’liq. Biroq hajmi uncha katta bo’lmagan (masalan, darsning 10-15 minutiga mo’ljallangan) oddiy vositalar va bir dona shaxsiy kompyuterlar foydalanadigan multimedia dasturining ssenarisini yozishga urinib ko’rish metodist va boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun dolzarb muammo va ayni vaqtda qiziqarli mashg’ulot bo’lishi kerak. Umuman olganda, ta’lim tizimida kompyuter texologiyalaridan foydalanishning quyidagi usullari mavjud:

1. Multimedia darsligi.

2. Bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash bo’yicha topshiriqlar to’plami keltirilgan metodik tavsiyalar.

3.O’rganilayotgan mavzular bo’yicha nazariy bilimlar boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan qanday darajada o’zlashtirilayotganini tekshirishga mo’ljallangan test dasturi.

4. Bir tildan ikkinchiga yoki bir alifbodan ikkinchisiga o’tirish;

5. Elektron virtual kutubxona;

6. Har bir talaba usun amaliy topshiriqlarni tayyorlash va bosib chiqarish dasturi;

7.Distant uslubida o’qitish, ya’ni o’qituvchi va o’quvchilar ma’lum masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimi.

8. Internet tarmog’iga ulangan multimedia kompyuterlari.

9. Printer(topshiriqlarini tayyorlash va test natijalarini chiqarish uchun).

10.Kompyuter ulangan proyektor yoki aqdim etish tehnologiyasi.



4. Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish.

Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:

- sistemalar bloki – ichki qurilmalar joylashadi.

- Klaviatura – belgini kompyuterga kiritadi. (

- Monitor (displey) – ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini beradi.
Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.

Bular:


Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator.

Printer – ma’lumotlarni qog`ozga chiqaradi.

Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi.

Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi.

Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.

Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan.

Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi.

Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi.

Tarmoq qurilmasi – bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma.

Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi.



Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.

MONITOR. (Displey)

Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni

Ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi.

Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’-

lumot chiqaradi.

Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda

80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi

joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin.

Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plami-

dan iborat bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir.

(ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha).

Nuqtalar soni qancha oshsa, tasvirlar sifati

shuncha oshadi.

Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar monaxrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi.

Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element) deyiladi. Odatda EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350 nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640x480, SVGA – 640x480, 800x600, 1024x768 – kvadratni hosil qiladi.

Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter – tasvir to`g`risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat.

Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi mumkin.

Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir.

Periferik qurilma bu – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo'shimcha qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o'zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo'shimcha ishlarni amalga oshiradi.

Periferik qurilmalar kompyuterga ma'lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya'ni wi-fi, Bluetoothvahakazolar orqali.

Demak, bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko'p, shuning uchun nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.

Kompyuter nimalardan tashkil topgan va nimalar bo'lmasa umuman ishlamaydi? Shu savolga javob beramiz. Kompyuter tizim blok(системный блок), monitor va klaviaturadan tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo'lmasa kompyuterni ishlatib bo'lmaydi(ya'ni temir sifatida topshirib yuborish ham mumkin). Ko'pchilik bu ro'yxatga sichqonchani(mыshka) ham kiritishadi, lekin u siz ham kompyuterni ishlatish mumkin-ku. Tizim bloki ichidagi narsalar(ОЗУ, vinchester, protsessor,..) umumiy holda uning ichiga kirib ketadi. Qolgan barcha qurilmalar periferik qurilmalardir.

Periferik qurilmalarning soni ko'pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo'lib o'rganiladi. Bu maqolamda ularning ba'zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib o'taman, qolgan qurilmalarni o'zingiz biroz o'ylagan holda, kerakli guruhga kiritib olishingiz mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:

Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar biror narsa(rasm, yozuv, komanda, video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani xam shu guruhga kiritish mumkin, lekin u periferik qurilma emasda. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo'la oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o'quchi qurilmalar, mikrofon,…

Chiqarish qurilmalari. Biror narsa(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: printer, plotter, naushnik, kolonka, sambufer,

Saqlash qurilmalari. Bu qurilmalar ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo'lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: qo'shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, disk massivlari,

Tarmoq qurilmalari. Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,...

Umumiy holdda periferik qurilmalar shular, lekin IT sohasi rivojlangan sari bu qurilmalarning turlari ham ko'payib bormoqda



K L A V I A T U R A .

Klaviaturada foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga mo`ljallangan qurilmadir. IBM PS XT kompyuterlarida 83 ta tugmachali klaviatura IBM PS AT 101 tugmachali klaviaturalar mavjud. Hozirda, asosan 101, 105 tugmachaliklari chiqariladi.

Klaviaturadagi tugmachalarni bajaradigan vazifaga qarab quyidagi bo`lakka bo`lamiz.

1. Alfavit – raqamli , maxsus belgilar kiritiladigan klavishalar (tugmachalar) ( probel, 0-9 bo`lgan sonlar , lotin xarflar A - Z , kirill xarflari , A – YA , xizmatchi simvollar va x.k.)

2. Funksional klavishalar F1- F12

3. Xizmatchi klavishlar ENTER, EXC, yo`nalish tugmachalari. TAB, LEFT, Up , DOWN, RIGHT, PgUp, PgDn

4 . Yordamchi klaviatura.

Ayrim xizmatchi klavishalarni ko`rib chiqamiz.

ENTER – satr kiritilishi tugaganligini bildiradi;

EXC – (inglizcha qochish) buyruqni bekor qilish , dasturdan chiqish uchun foydalaniladi;

HOME – kursorni qator boshiga qo`yadi.

END - kursorni qator oxiriga qo`yadi

PgUp – matnni orqaga varaqlaydi.

PgDn - matnni oldinga varaqlaydi.

Delete [ Del ] – kursor ko`rsatayotgan belgini olib tashlash.

Ins [ Insert ] – simvol kiritayotgan vaqtida bosilsa , kursor ko`rsatayotgan pozitsiyadagi mavjud simvol o`rniga yangisi uriladi. Agar mazkur klavish bosilmasa, bor simvol bir pozitsiyaga, o`ngga surilib oraga yangi simvol kiritiladi.

Baskspace – kursordan chapdagi belgini o`chiradi.

Print Screen – ekrandagi tasvirni qog`ozga printer orqali bosib chiqaradi, undan tashqari faylga va Windows buferiga nusxa ko`chirishga xizmat qiladi.

[ Break ] – programma ishini to`xtatadi.

[ Scroll Lock ] – blokirovka rejimi surishni saqlaydi. Kursor ekranga o`z xolatini mustaxkamlash ishini bajaradi.

Tab – matnlar bilan ishlanayotganda keyingi qator navbatdagi maxsus ko`rsatilgan nuqtaga (pozitsiyaga) suradi (o`ngga – chapga).

Ctrl (boshqarish) + Alt (o`zgartiruvchi) + Shift (surish ) – boshqa tugmachalarning vazifalarini o`zgartirish uchun ishlatiladi.

Numlock – bosilsa raqamlar kiritish, aks holda kursorni boshqaruvini klavishlar vazifasini o`taydi.

[ Caps Lock ] – bosma xarflarni kiritish yana bossangiz yozma (kichik) xarflarga o`tish mumkin.

[ Shift] + [Ctrl] – alfavitni o`zgartirishimiz mumkin.

[Ctrl]+[Alt]+[Del] – baravariga bosilsa, kompyuter qayta yuklanadi.

[Ctrl] + [Break] – bajarilayotgan programma yoki buyruq tugatilishini ta’minlaydi.

Kursor – bu o`chib yonib turadigan vertikal chiziqcha. Agar shu chiziqcha ekranda ko`rinsa, demak, siz alfavit raqamli axborotlarni kiritishingiz mumkin. Grafik holatda esa kursor o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.

Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir.

Elektron sxemalar :

Mikroprosessor kompyuterni boshqarish va barcha hisob

Ishlarini bajaradi. Mikroprosessor turli amallarni tez

bajarish qobiliyatigi ega. Uning tezligi sekundiga 100 mln

amalgacha va undan ortiq bo`lishi mumkin. IBM PC

kompyuterlarida odatida Shteud firmasi va unga muvafiq

boshqa firmalarning mikroprosessorlari o`rnatiladi. (AMD,

Cyrix, IBM va boshqalar).

Mikroprosessor Intel 8088, 80286, 80386 SH, 80386 DX,

80486, Pentium, Pentium Pro kabi va boshqa turlari mavjud.

Mikroprosessorlarning tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprosessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababdan takt chastotasiga qarab mikroprosessorining bahosi va unumdorligi xar xil bo`ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o`lchanadi. Masalan, Takt chastotasi 75 MGs dan 200 MGs ga bo`lgan Pentium mikroprosessori ishlab chiqarilmoqda. Takt chastotasi mikroprosessor ichidagi elementar operatsiyalarning tezligini ko`rsatadi. Mikroprosessor modeli bilan takt chastotasi ko`rsatiladi. Masalan: Pentium / 75 MGs.

Xotira ma’lumot va programmalarni saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo`linadi: operativ xotira. KESH xotira, BIOS (doimiy xotira) , CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotira .



Tezkor operativ xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, prosessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar berilganlar yo`q bo`lib ketadi. RAM ( random acctss memory, - ya’ni ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan).

Xotiraning katta-kichikligiga qarab, u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish mumkin.



5. Word dasturida shriftning o’lchamini va turini o’zgartiring.

Word 2007 versiyasi Word matn muharririning oldingi hamma versiyalarida, yaratilgan hujjatlar bilan ishlaydi. Agar oldingi versiyada yaratilgan hujjatlarni Word 2007da ochish kerak bo‘lsa, unda funksianal chegaralangan rejim ishga tushuriladi. Bu to‘g‘ridagi ma’lumot ushbu matn muharririning sarlavha satrida ko‘rinadi. Bu rejimda dasturning ba’zi funksiyalarini qo‘llash mumkin emas. Word 2007 ning hamma funksiyalarini ishlatish uchun faylni konvertatsiyalash lozim bo‘ladi. Buning uchun “Office” tugmasini bosish va asosiy menyudan “Преобразовать” bandini tanlash kerak. Natijada sarlavha satrida funktsional chegaralanish to‘g‘risida yozuv o‘qiladi va siz dasturning hamma funksiyalarini ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Diqqat: agar matn muharririning oldingi versiyalarida saqlangan fayl ochilgan bo‘lsa, “Преобразовать” bandi qatnashishi mumkin. Word dasturi matnni bir necha usullar bilan ajratishi mumkin. Buning eng oson yo‘li sichqoncha bilan amalga oshirishdir. Agar siz klaviaturani ishlatmoqchi bo‘lsangiz, u holda SHIFT tugmasini ushlab turing va kursor bilan boshqarish tugmalarini aralashtiring. Ilova: Wordda matnni belgilashning maxsus rejimi mavjud. Bu rejimga o‘tish uchun F8 tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng kursorni boshqarish tugmasi yoki PageUp/ Page Down (SHIFTni ushlamay) larni bosish orqali matnni ajratish mumkin. Shuningdek, agar ixtiyoriy harfni yoki belgini tersak, unda shu tanlangan belgigacha matn ajratiladi. Ajratish rejimidan chiqish uchun Escape tugmasini bosish kerak. Shu tarzda keyingi so‘zni ajratish uchun probelni, matnni yoki xat boshi (abzats) oxirigacha ajratish uchun Enter tugmasini bosish kerak. F8 tugmasini bir necha marta bosish bilan so‘z, gap, abzats, hatto hamma matnni ajratish mumkin. Formatlash asboblari “Главная ” bandining tasmasida joylashgan. Bular – “Буфер обмена”,” Шрифт”, “Абзац”, “Стиль” va “Редактирование”. 5 Shriftning o‘lchamini va turini “Шрифт” guruhidagi asboblar yordamida o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari, bu yerda shrift o‘lchamini birga oshirish (Grow Font) yoki kamaytirish (Shrink Font) tugmachalari joylashgan hamda ajratilgan bo‘lakka qator tagiga ( subscript) yoki qator ustiga (Superscript) chiziq effektlari qo‘llaniladi. Ajratilgan matn registrini “Регистр” tugmasi yordamida o‘zgartirish mumkin. “Шрифт” guruhida ajratilgan bo‘lak rangini ( Font Color) o‘zgartirish uchun, mo‘ljallangan jihozlar va matnni rang bilan ajratish uchun “Цвет выделения текста” – tugmalari ishlatiladi. “Очистить формат” tugmasi yordamida formatlangan parametrlarni olib tashlash mumkin. “Шрифт” oynasida bir qancha qo‘shimcha shriftlarni formatlash parametrlarini sozlash mumkin. Shu bilan birga “Шрифт” oynasining “Видоизменение” sohasida ajratilgan matn bo‘lagiga turli effektlarni qo‘llash mumkin va kontur chizig‘i, soya, shuningdek, so‘zlarni bosmaga yoki kichiklarini bosma harflarga aylantirish kerak. Microsoft Office 2007 da matnni formatlashning qiziq yechimi hosil bo‘ladi. Matn bo‘lagi ajratilganda, uning yonida formatlashning asosiy vositalari joylashgan qo‘shimcha asboblar paneli hosil bo‘ladi. Kerakli so‘zga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, uni ekranga chiqarish mumkin Qo‘shimcha formatlash paneli asboblarini tasvirlash quyidagicha amalga oshiriladi: asosiy menyuni chaqiring, “Параметры Word” tugmasini bosing va “Основной” bo‘limidagi “Показывать мини-панель инструментов при выделении”ga bayroqcha o‘rnating. Abzatslarni formatlash.Abzatslarni formatlash “Абзац” guruhi yordamida amalga oshiriladi. Matn qatorlari orasidagi masofani berish uchun “Междустрочный интервал” tugmasi mo‘ljallangan. Hosil bo‘lgan ro‘yxatdan qator orasidagi masofani olish zarur. Asosan, u birga teng – bu abzatsga bir xil oraliq o‘rnatilganligini bildiradi. Bu qiymatni boshqa qiymatlarga, ya’ni 1.5,2,3 va h.k.ga almashtirish mumkin. Bu yerda abzatslarni chapga, o‘ngga, o‘rtaga va uzunasiga to‘g‘rilash tugmalari mavjud. Ixtiyoriy abzatsni ajratib, unga chegara va bo‘yash effektlarini qo‘llash mumkin. Chegara - abzatsni belgilovchi yoki uning biror chegarasida joylashgan to‘g‘ri chiziqdir. Chegara turini o‘rnatish uchun, “Граница” tugmasi mo‘ljallangan. Abzatsni ramkaga olish uchun, “Внешная граница” bandini tanlang. O‘rnatilgan chiziqlarni “Нет границы” buyrug‘i yordamida olib tashlash mumkin. “Заливка” tugmasi abzats joylashgan sahifaga fon rangini beradi. “Граница и заливка” tugmasini bosing va hosil bo‘lgan menyuda biror nomli bandni tanlang. Natijada, chegara va bo‘yashning qo‘shimcha parametrlarini o‘rnatish oynasi ochiladi. U uchta banddan iborat: - maydon – chiziq turini, rangini va qalinligini tanlaydi va chegaraning tashqi ko‘rinishini sozlaydi; - qog‘oz o‘lchami (размер бумаги) – bu yerda hujjatning boshqa elementlariga qo‘llanadigan chegarani berish mumkin. “Применить к” ro‘yxatida quyidagi 6 variantlar bor: hamma hujjatga, joriy bo‘lakka (faqat birinchi sahifa); joriy bo‘lakka(birinchi sahifadan tashqari)); - qog‘oz manbasi– rangni va bo‘yash turini tanlash uchun xizmat qiladi. (“Применить к” ro‘yxati orqali yacheykaga, matnga, abzatsga va jadvalga bo‘yoq qo‘llash mumkin); “Abzats” guruhi oynasida abzatsni formatlashning qo‘shimcha parametrlarini sozlash, shuningdek, “Отступ” sohasida sahifa chetidan matngacha joy tashlash holatini berish mumkin (chap – Left va o‘ng – Ripft) . Qizil satrni sozlash uchun “Первая строка” ro‘yxatidagi kerakli variantni tanlang: “Отступ” yoki “Bыступ”. “Интервал”sohasidagi “Перед” va “После” maydonlari oldingi abzatsning oxirgi qatori va keyingi abzatsning birinchi qatori orasida masofa berish uchun mo‘ljallangan.10 yoki 12pt qiymat, 10 yoki 12 kerlli shrift bilan terilgan qatorga mos. Matnni “Главная” bandidagi “Aбзац” guruhidagi tugmalar yordamida formatlash mumkin. Chop etilmaydigan belgilarni tasvirlash matnni tez va aniq rasmiylashtirishga yordam beradi. Bu rejimga o‘tish uchun “Главная” bandidagi “Абзац” guruhida joylashgan “Отобразить все знаки” tugmasini bosing. Hujjatlarni saqlash.Hujjatni har 10-15 minutda saqlab turish kerak,chunki kompyuter ishlamay qolishi mumkin(elektr toki o‘chib qolish holatlari bo‘lishi mumkin).Yangi hujjatni yaratib, “Office” tugmasini bosing va hosil bo‘lgan menyuda “Сохранить” bandini tanlang . Natijada fayl nomi kiritilib , “Сохранить” tugmasini bosish kerak bo‘lgan oyna ochiladi. Fayl Word 2007 matn muharriri formatda yoziladi va fayl DOSX kengaytmaga o‘zgartiriladi. Agar siz o‘z ishingizni boshqa formatda saqlamoqchi bo‘lsangiz, uni ”Tип файла” ro‘yxatidan tanlang . Bu versiyada faylni saqlash turlari juda kengdir. Unda WORD ning oldingi versiyalariga o‘xshash turlari ham bor. Agar siz matn muharirining oldingi, eski versiyalarida faylni ochishni mo‘ljallasangiz, ularni tanlashingiz mumkin. Agar sizning hujjatingizda makros bo‘lsa, unda uni “Документ Word с поддержкой макросов” kabi saqlashingiz mumkin. Makros yoqilgan shablonlar uchun maxsus format – “Шаблон Word с поддержкой макросов” mavjud . Faylni birinchi marta saqlashda fayl nomi kiritiladi, keyin esa uni qayta nomlash shart emas. Agar fayl nomini, joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, u holda “Office” tugmasini bosib, menyu satridan “Сохранить” tugmasini tanlash kerak. Ochilgan oynada sichqoncha bilan “Сервис” tugmasini bosib, menyudagi ”Параметры сохранения” bandini tanlab, saqlashning qo‘shimcha parametrlarini sozlash mumkin.

6. Notepad ilovasida faylni saqlash tartibini ko’rsating.

Zo'r Windows operatsion tizimi foydalanuvchi uchun hamma narsani ta'minladi. U sizga kerak bo'lgan hamma narsaga ega. Keling, o'rnatilgan, ammo ahamiyatsiz, ammo juda qiziq va foydali bo'lgan "dasturlar" dan birini ko'rib chiqaylik. Matn paneli". Ko'rinadi, nega foydasiz bo'lib tuyulgan dastur? Kompyuterdagi "darslik daftarchasi" bu sizning fikrlaringizni yoki kichik referatlaringizni va hikoyalaringizni yozishingiz uchun kerak bo'lgan narsadir, shuningdek daftarda havolalarni ko'chirish yoki turli xil dasturlarning kodini o'zgartirish uchun foydalanish mumkin. Yozish juda zarur, masalan, telefon raqami yoki eslatmani, ayniqsa qo'lda qalam yoki qog'oz bo'lmasa va masala shoshilinch bo'lsa. Ta'rif Matn bloknoti nima? Notepad yoki Notepad (uning rasmiy nomi) Windows operatsion tizimlari to'plamiga kiritilgan eng keng tarqalgan matn muharriri (Windows 1.0 va NT-dan Windows 8-ga qadar). Ilgari operatsion tizimlarda ushbu dasturni yozish (ishlash) faqat 64 kilobaytgacha mumkin edi, shu sababli uning imkoniyatlari kamroq cheklangan yanada ilg'or dasturlar doimiy ravishda ishlab chiqilgan. Endi ushbu cheklovlar olib tashlandi va ushbu muharrir foydalanish uchun qulayroq va amaliy bo'ldi. Shuningdek, ushbu dasturda siz Internet uchun saytlar va boshqa ko'p narsalarni yaratishga imkon beradigan HTML til kodini tushunishingiz mumkin.

Dastur nimadan iborat? U nima qila oladi? Menyu qatorida beshta asosiy element mavjud: "Fayl", "Tahrirlash", "Format", "Ko'rish", "Yordam". Har bir element o'z funktsiyasini bajaradi. "Fayl" bandida bir nechta bo'limlar mavjud: "Yaratish" (CTRL + Z) - bu funktsiya mutlaqo yangi bo'sh faylni ochadi. Ushbu funktsiya juda muhim, ayniqsa oldingi fayl buzilgan bo'lsa yoki siz yana muharrirda ishlashni xohlasangiz. "Ochish" (CTRL + O) - kerakli faylni kompyuterda ochishning eng tabiiy usuli. Ushbu kichik elementni bosish orqali faylning joylashgan joyini tanlang va "Ochish" ni bosing. "Saqlash" (CTRL + S) - bu erda hamma narsa aniq. Bosilganda tugma natijani matn muharririda saqlaydi. "Saqlash" - bu erda siz fayl nomini, saqlash uchun yo'lni tanlashingiz va papkani tanlashingiz va "Saqlash" ni bosishingiz mumkin. Bundan tashqari, saqlash paytida ANSI va Unicode fayllarini kodlashni o'zgartirishingiz mumkin. "Sahifa sozlamalari" - ushbu kichik bo'limda bosib chiqarish uchun imkoniyatlar mavjud - qog'oz o'lchamlari, chekkalar va boshqalar. "Chop etish" (CTRL + P) - ushbu tugmachani bosganingizda, turli xil variantlar ko'rsatiladigan oyna ochiladi - nusxalar soni, varaqalar oralig'i. "Chop etish" tugmachasini bosgandan so'ng, hujjat printerda chop etiladi. "Chiqish" - dasturni yopish. Bundan tashqari, yuqori o'ng burchakda xoch bilan amalga oshiriladi. Tasodifan "Chiqish" tugmachasini bosish haqida tashvishlanmang, juda ko'p miqdordagi ma'lumotlarni yozgandan so'ng, dastur ushbu faylni, agar u ilgari qilinmagan bo'lsa, saqlashni saqlab qo'yishni avtomatik ravishda so'raydi.
Qayerdan topish va qanday ochish kerak "Matn Notepad" -ni qanday ochish kerak? Aslida, bu borada murakkab narsa yo'q, lekin ikkita variant mavjud. Qaysi biri osonroq - o'zingiz qaror qiling, ta'mi va rangi, ular aytganidek, sezgir uchli qalamlar boshqacha. Bu vazifani bajarish qiyin emas va hatto kompyuter bilan yangi tanishishni boshlagan va u bilan ishlashning barcha asoslarini hali o'rganmaganlar ham uni hal qilishlari mumkin. 1-variant Birinchi variant uchun siz "Matnli daftarcha" qaerda joylashganligini bilishingiz kerak. Pastki chap burchakda joylashgan "Ishga tushirish" tugmasini bosing, so'ng "Barcha dasturlar" ni tanlang, so'ngra turli xil papkalar va tez-tez ishlatiladigan kompyuter dasturlari ro'yxati kengayadi. Ushbu ro'yxatda siz "Standard" papkasini topishingiz kerak. Aynan shu erda Notepad joylashgan - matn muharriri.

7. Excel dasturida yangi varaq oching.

Excel dasturi o’z menyusi va anjomlar(instrumentlar) paneliga ega bo’lib, uning menyusida kuyidagi bo’limlar mavjud:



Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Dannыe, Okno, ?

Excel EJ menyusi xam Word matn muxarriri menyusi kabi vazifalarni bajaradi, lekin Exceldagi menyuning ayrim bo’limlari Word matn muxarririda yo’k. Shuning uchun bu bo’limlarni ko’rib chiqamiz.



Pravka bo’limidagi Zapolnit va Ochistit bo’limlari kataklarning

belgilangan yo’nalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Udalit list bo’limii belgilangan varaqni uchiradi. Peremestit \ skopirovat list Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan bo’limlar Microsoft Office guruxidagi dasturlar uchun umumiy bo’lgan vazifalarni bajaradi.



Vid bo’limining Stroka formul bo’limi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha.

Vstavka bo’limi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun muljallangan bo’lib, ularning mazmuni kuyidagicha:

Yacheyki.. – jadvalga yangi katak qo’shish;

Stroki – jadvalga yangi satr qo’shish;

Stolbstы – varaqga yangi ustunlar qo’shish;

List – ishchi kitobga yangi varaq qo’shish;

Diagramma… - diagrammalar tashkil etish;

Razrыv stranistы – sahifani ajratish;

Funkstiya.. – funkstiyalarni tanlash;

Imya – ishchi kitobga nom berish;

Primechanie – izohlar hosil qilish;

Risunok - tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;

Karta – xaritalar hosil qilish.

Format bo’limi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Bo’lim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yo’qotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Stil bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma’lumotlarning berilishi va to’ldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va o’lchamini belgilash mumkin.

Servis bo’limi Office muxitidagi amaliy dasturlarnikiga o’xshash.

Dannыe bo’limi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga muljallangan.

Sortirovka.. – qiymatlarni tartiblash;

Filtr – biror belgi yoki shart bo’yicha saralash;

Forma.. – biror shaklda tartiblash;

Itogi.. – yakuniy natijalarni aniqlash;

Proverka.. – ma’lumotlarni tekshirish;

Tekst po stolbstam.. – matnni ustunlarga bo’lish;

Konsolidastiya.. – qiymatlarni birlashtirish;

Gruppa i struktura – yangi tizimlar olish;

Svobodnaya tablista.. – natijaviy jadvallar tuzish;

Vneshnie dannыe – tashqi ma’lumotlar kiritish.

Maskur bo’limning dastlabki ikki bandi ustun yoki satr elementlarini biror belgisi bo’yicha saralash va tartiblash vazifasini bajaradi. Yozilgan sonlarni ustunlar va satrlar bo’ylab usish yoki kamayish tartibi bo’yicha joylashtirish, matnlarni xam alfavit bo’yicha tartiblash mumkin. Keyingi bandlar jadval elementlarini birlashtirish, yaxlitlash va ajratish, tashqi tarmoqlardan ma’lumotlar to’plash uchun xizmat qiladi. Yukorida aytilgan menyuning bo’limlari xizmatlarini instrumentlar panelidagi tugmalardan yoki klavishalar kombinastisidan foydalanib ham bajarish mumkin.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling