1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari


Download 288.14 Kb.
bet1/2
Sana06.12.2020
Hajmi288.14 Kb.
#161320
  1   2
Bog'liq
Bilet2


Bilet – 10

1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko`rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o`t o`chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik.

Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi;

b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish;

v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirish printsipi deb guruhlanadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o`tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo`nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.

Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo`riqchi (ko`rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.

Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko’rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bogliq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi deb guruhlanadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.

Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo’riqchi (ko’rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.



Jismoniy tarbiyani soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi

Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirilgan-ligi printsipi shugullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashgul bo’lishida ularni sogligiga javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trener-lar, davlat, xalq oldida shugullanuvchilarning sogligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.

Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shugullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’gri foydala-nish esa shugullanuvchi sogligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sogligini hisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.

Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yo’qlamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shugullanuvchi uchun o’ta qimmatga tushishi mumkin.

Shunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o’sishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy ta’sir etadi.

Shu sababli vrach nazorati dalillarini e’tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy e’tibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.

Jismoniy tarbiyani soglomlashtirish bilan boglab olib borish printsipi vrach, pedagog va shugul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.

Jismoniy tarbiya printsiplari bir-biri bilan o’zaro uzviy bogliqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.

Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi uning yetakchi printsipidir. Shu printsipgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz a’zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.

2. Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari

O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.

Taolim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar.



1. O‘quvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruhdagi barcha o‘quvchilarni birvarakayga o‘qituvchi bilan birgalikda bir xil vazifanihal qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi. Bu uslubiyatning afzalligi mashqni bajarish uchun barcha o‘quvchilarni teng qamrab olini-shidir va ularni birvarakayiga band qilishi bo‘lib, dars (mashg‘ulot)da yuqori zichlikka erishiladihamda yuklamani suroati, intensivligi va meoyori barcha uchun bir bo‘lishli-gidadir. Bu uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi materialni o‘zlashtirish, takomillashtirish dasrlarida, ko‘proq kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulot-larda foydalaniladi.

2. O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko‘r-satmalarniharakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yuqori zichlikka erishish maqsadidaharakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu uslubiyatning afzalligi yuklama meoyorini, unihajmini, intensivligini guruhdagi barcha o‘quvchi uchun (jis-moniy tayyorgarligidan qatoiy nazar) bir xilda bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga nisbatan o‘zharakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlarihamda yangi materialni o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi.



3. O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-tumanligi, unihal qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarnihisobga olish bilan, ko‘p sonli o‘quvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan asosan darsning asosiy qismida foydalaniladi. O‘quvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslu-biyati taolim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarliginihisobga olib shug‘ullanish imkoniyatini yara-tadi. Bu o‘z navbatida o‘qitish jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatinihisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va taolim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi.har bir guruh o‘qituvchi topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifanihal qilishga yo‘naltiriladi. Bu uslubiyathar bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mavzuni texnikasidan xabar-dor, guruhcha faolini tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi.

4. O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv yilining, o‘quv choragining, Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jihatdan maolum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruhdoshinihavfisizligini taominlay bilish, mashqni ko‘r-sata olish va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustahkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali, o‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart. Qolaversa ayrim darslardahar bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.

5. O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali tashkillash asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, o‘qituvchining buyrug‘i (signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsadida boshqa jihozga o‘tish tarzida tashkillanadi. Bu usuliyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, o‘quvchilarning barchasi birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil shug‘ullanishga ehtiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu usuliyatning «Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud.

O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashg‘ulotlarni tashkillashning alohida shakli sifatidaham, belgilangan vazifalarnihal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzidaham ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil ishlashni o‘rgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullantirilishini tarbiyalash.

O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali namoyon bo‘ladi.

O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq.



3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi

Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi.



Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.

Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi.

Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.



Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.

Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi.

Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.

Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish shaklida markaziy o’rin egallaydi.

Bilet – 2

1. Jismoniy madaniyat tizimining vujudga kelishi uning tarkib topishi

U yoki bu kasb egalari o`zaro muloqot davomida o`z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o`rganish va uni o`zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog`liq. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko`pdan-ko`p hodisalari va masalalarini to`g`ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo`lmaydi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo`llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima uchun yuqorida sanab o`tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to`g`ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o`z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir, bo’lar to`g`risida darslikning tegishli boblarida to`xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko`rsatilgan tushunchalariga to`xtaldik xolos.

Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko`rinishini va uning xizmatining o`zgarishi jarayonidir.

Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning oboektiv qonunlariga organizm va uning yashash sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o`zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekinlik bilan miqdor va sifat o`zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo`ysunadi. Boshqacha aytganda jisman rivojlanish oboektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bo’lardan eng muhimi, muhit va organizm rivojla-nishining bir butunligi qonunidir.

Yuqoridagilarni o`quvchilarga qo`llaganimizda, o`qish sharoiti, mehnat va mustaqil ishlash, dam olishni hisobga olishga to`g`ri keladi. Bo’larning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadi(3,5,6).

Nasldan-naslga o`tadigan tabiiy-hayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari ham jismoniy rivojlanishning muhim zamini ekanligi, shuning uchun ham yuqori natijalarga erishish har qaysi shug`ullanuvchi (individ) uchun nasib bo`lavermasligini, ammo har qanday shaxs o`z organizmining jismo-nan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish orqali ijobiy ta’sir eta olishligini eotirof etish lozim.



Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to`g`ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi.

Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko`rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining azolarini bichimini o`lchami bo`lib, shug`ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik ma’lumotlar tarzida ro`yxatga olinadi.

Jisman rivojlanishning yo`nalishi, harakteri, darajasi, shuningdek, inson o`zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko`p jihatdan bog`liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o`z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.

Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini hal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mehnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muhimdir.

Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo`naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.

Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo`lib, inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomil-lashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo`lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog`liq bo`lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Masha shu ta’rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o`ziga xosligi taokidlab o`tilgan.

Jismoniy tarbiyaga oid bo`lgan bu o`ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma’noga ega bo`lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.



«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit «o`z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.

2. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari

Jismoniy tarbiya jarayonida o`rgatishning asosiy xususiyati - bu o`rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganidir. O`rgatish shug`ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq bo`ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida bo`lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o`qitish o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o`qituvchi yetakchi rol o`ynaydi.

Harakatlarga o`rgatish umumiy o`qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya sohasida o`z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko`nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.

Harakatlarga o`rgatishning asosiy yo’nalishi va xususiyatlari

O`quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o`rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo`lagini bajarishga o`rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug`ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o`zlashtirish va uni o`quvchiga, shug`ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo`lga qo`yishdan iboratdir.

O`qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o`rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat ko`nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi.

Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o`rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini o`rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo`lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo`llaniladi. Harakat faoliyatini o`qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko`nikma vujudga keladi, bir vaqtning o`zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo`g`imlar harakatchanligi rivojlanadi. SHu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Harakat faoliyatini o`qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, sog`lomlashtirish xususiyatiga ega bo`lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo`lmaydigan sog`lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o`qitishda yorqin namoyon bo`ladi.

Harakat faoliyatini o`qitishda bilim berish vazifalari ham o`zining xususiyatlariga ega. O`quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi tarkibiy qismi o`quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o`quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O`quvchining o`quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog`liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to`plangan tajribalar va ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo`lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi.

Odatdagi sharoitda inson o`z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo`yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo`lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo`lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.

Harakat faoliyatini o`qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o`quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko`p marotaba bog`lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo`ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin.

Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo`nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:

a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog`liqdir. eng avvalo, aynan o`sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;

b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo`lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o`zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.

Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.



3. Sport mashg`ulotlarini vositalari deganda nima tushiniladi

Tabiatning soglomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar

Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning soglomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko’nikish, unga tayyor bo’lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in’omi havo, suv,

quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.

Gigienik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida

Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o’z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashgulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, Samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jixatdan isbotlagan.

Gigienik sharoitni yetarli darajada ta’minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bogliq.

Jismoniy mashqlar, tabiatning soglomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni ratsional qo’llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi.

Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish;

Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko’rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o’sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan.

Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o’zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi ham o’zgargan, bu esa uning omillarining ham o’zgarishiga sabab bo’ldi.

Gretsiyada tarixiy besh kurash pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy harakatlari, Pestalotstsi va SHpisning XVIII asr uchun tanlangan «elementar harakatlari» va boshqalar. Demak, davr o’zgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning vazifalari va vositalari o’zgardi.

Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya kilindi, chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining ko’rinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yo’nalishini torroq bo’lishiga olib keldi.

Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlar-ning tashqi formasiga qarab sport jihozida bajariladigan, sport jihozisiz bajaraladigan mashqlar guruhlari deb turkum-lanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo’lgan yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o’z o’rnini topar edi. Frantsuzlarning Eber sistemasida jismoniy mashqlar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, ogirlik ko’tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, hujum va himoya qilish mashqlari deb turkumlandi.

Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi ham keng kamrovli emas edi.

Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo’ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruhlarga bo’ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yo’qlamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi holatiga yoki musqo’l ishining bajarilish vaqtiga ko’ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jihatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko’rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik printsiplarga yo’naltirilgan. Lekin bu ham jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to’laqonli o’z tarkibiga sigdira olmagan. Hozirgacha to’liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi ham bu vazifani uddalamadi.



Bilet – 6



1. Kuch qobiliyatlarini qanday turlarini bilasiz

Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.

Kundalik nutqimizda “kuch” so`ziga turli xil ma’no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo`lishi kerak. Buning uchun kuchning quyidagi ma’nolarini bir-biridan farqlash lozim:



  1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali jismga F kuch ta’sir etadi ...);

  2. Kishining xususiyati, fazilati sifatidagi kuch (masalan, quyidagi matnda ifodalangan ma’nodagi kuch: “yosh o`sishi bilan kuch ham ortib boradi; sport bilan shug`ullanmaydiganlarga nisbatan sportchilar kuchliroq bo`ladilar”).

Birinchi ma’nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda mexanikaning o`rganish ob’ekti bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma’nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo`la oladi. Harakatlantiruvchi sifat tariqasidagi kuchni ko`rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi.

Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).

2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).

3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).

Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.

Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.

O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.

Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.

Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.



Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi. Harakat kuchi (ya’ni harakatning bosimi yoki tortishishi) ko`p jihatdan qarshilik ko`rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi.

Kuch va ko`chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo`lgan jismlarni mushaklarga iloji boricha (chegara darajasida) zo`r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirayotganda bir qator harakatlarni bajarsa, namoyon bo`lgan kuchning miqdori ham har xil bo`ladi. Dastlab ko`chirilayotgan jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa orsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog`liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko`p xil ko`rinishda bo`ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning shtanga ko`tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo`ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo`lsa, kishi unga sarflaydigan kuchning miqdori ko`chirilayotgan massaga bog`liq bo`lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.

2. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi

Har qanday harakat biror-bir aniq vazifani hal qilishga qaratilgan: mumkin qadar balandroq sakrash, to`pni ilib olish, shtangani ko`tarish va boshqalar. Harakat vazifasining murakkabligi ko`pgina sabablar bilan, jumladan, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning o`zaro uyg`unligiga (harakat koordinasiyasiga) bo`lgan talablar bilan belgilanadi. Harakatlarning koordinasion murakkabligi chaqqonlikning birinchi o`lchovi hisoblanadi.

Agar harakatning makon, vaqt va kuch xususiyatlari harakat vazifasiga mos kelsa, ya’ni harakat yetarli darajada aniq bo`lsa, harakat vazifasi bajariladi. Harakatning aniqligi tushunchasi harakatning makon, vaqt va kuch xususiyatlari aniqligidan iborat. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o`lchovidir.

Hayotda va jismoniy tarbiyada duch kelish mumkin bo`lgan barcha harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga bo`lish mumkin: 1. Nisbatan stereotip harakatlar. 2. Nostereotip harakatlar.

Engil atletika yo`lkasida yugurish, yengil atletikadagi uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, tekis joyda yurish birinchi guruhga; sport o`yinlari, yakkama-yakka bellashuv, kross va boshqalar ikkinchi guruhga misol bo`ladi.

Stereotip harakatlardagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o`rganganiga bog`liq. Agar inson o`zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatlarni o`zlashtirib olishga ko`proq vaqt sarflagan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi. Shuning uchun harakatlarni o`zlashtirib olishga sarflanadigan vaqt chaqqonlik ko`rsatkichlaridan biri bo`lishi mumkin.

Nostereotip harakatlardagi chaqqonlik harakatni o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o`zgartira bilishda namoyon bo`ladi. Bunda chaqqonlik kishining o`z harakatini maqsadga muvofiq tarzda qayta qurishi uchun sarflagan vaqti bilan ifodalanadi.

Barcha aytilganlar e’tiborga olinsa, chaqqonlikni, birinchidan, yangi harakatlarni tez o`zlashtirib olish qobiliyati, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez qayta qurish qobiliyati deb qarash mumkin.

Koordinason qobiliyatlarning rivojlanishiga ko`maklashuvchi turli-tuman mashqlarda, ayniqsa, harakatli va sport o`yinlari, gimnastika, akrobatika elementlari ko`plab mavjud bo`ladi. SHuning uchun ular o`quvchilarning jismoniy tarbiyasida juda keng qo`llaniladi. Bu vositalar umuman chaqqonlikning rivojlanishiga ko`maklashadi. Maxsus chaqqonlikni tarbiyalash uchun xususiyatlari bo`yicha musobaqa mashqlariga yaqin bo`lgan tayyorlovchi mashqlar qo`llanishi zarur.

Kichik va o`rta yoshdagi o`quvchilarda chaqqonlik sifatini eng samarali tarbiyalash mumkin. Bu davrda harakat ko`nikmalarini egallash qobiliyati, ko`rish, eshitish, teri bilan sezish va boshqa analizatorlarning jadal rivojlanishi kuzatiladi.

Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar maktab darsi va mashg`ulotlarning asosiy qismi boshlanishida va tayyorlov qismida bajariladi. Charchagan holatda chaqqonlikning rivojlanishi kam samarali bo`ladi.

Mushaklarning tabaqalashtirilgan holda kuchlanishini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:

1. Joyidan uzunlikka sakrash, joyidan ko`p marta sakrash, berilgan masofaga 10 hatlab sakrash.

2. Ko`rsatilgan balandlikka sakrab o`tish.

3. Tennis, basketbol va voleybol koptoklarini ko`rsatilgan masofadagi nishonga tekkizish.

Fazoda tabaqalashtirish qobiliyatini mukammallashtirish uchun:

1.Harakatlar ko`lamini yaxshilash uchun ko`zlarni yumgan holda berilgan burchakkacha (30,45,60,90,120 gradus) predmetlarsiz va predmetlar bilan qo`llar (oyoqlar)ni ko`tarish.

2. Muayyan miqdordagi qadamlarni qayta bosish, muayyan masofani (10, 20, 50, 60, 100 m) aylanishlar.

Vaqtga harakatlarni tabaqalashtirish uchun mashqlar:

1. Har xil harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, umumrivojlanuvchi mashqlar) qat’iy belgilangan vaqtda bajarish.

2. Berilgan vaqtda erkin mashqlar kombinasiyasini bajarish.

3. Kuch, tezlik, aniqlik mashqlarini ko`p marta takrorlash.

Barcha mashqlar har xil dastlabki holatlardan, har xil yo`nalishlar va tekisliklarda, har xil holatlarda bajariladi.

Muvozanat vazifalarini mukammallashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi:

1. Har xil balandlikda cheklangan maydonda muvozanatni yo`qotgunga qadar qo`llar va oyoqlar erkinligining har xil holatlari bilan, yumuq va ochiq ko`zlar bilan bir oyoqda turish.

2. Gimnastika hodasida, narvonda predmesiz va predmetlar bilan turli-tuman mashqlar.

3. Ikkala yoki bir oyoqda o`yinlar, estafetalar, to`siqlar chizig`ining unsurlari bilan muvozanatni saqlab turish;

4. Turgan joyda ko`p marta aylangandan keyin yumuq ko`zlar bilan har xil uzunlikdagi kesmalardan (yurib) o`tish.

Chaqqonlikni rivojlantirishda zaiflashtirish qobiliyatini takomillashtirish zarur.

Qarama-qarshilik mashqlari katta samara beradi: mushak guruhlarini maksimal taranglashtirish - maksimal bo`shashtirish. Masalan:

1. D.h. qo`llar yonga uzatilgan, yelka kamari va qo`l mushaklarini maksimal taranglashtirib, panjalar musht qilib siqilgan. yelka kamari va qo`l mushaklarini bo`shashtirish va qo`llarni tushirish.

2. D.h. eshakda turib, oyoqlar va tos sohasi mushaklarini maksimal taran glashtirib, o`ng (chap) oyoqni ko`tarish. Oyoqlarni oldinga – orqaga silkitib mushaklarni bo`shashtirish. Shu tamoyil bo`yicha predmetlar bilan va predmetlarsiz boshqa mashqni tanlash mumkin.

Chaqqonlikni tarbiyalash, birinchidan, koordinasion jihatdan murakkab harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyatini tarbiyalashdan va, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.

Chaqqonlikni oshirishga qaratilgan yuklamaning o`zgarishi shug`ullanuvchilar yenga oladigan koordinasion qiyinchiliklarni orttira borish yo`li bilan sodir etiladi. Bu qiyinchiliklar asosan quyidagi talablardan tashkil topadi: 1) harakatlarning aniq bo`lishi; 2) ularning o`zaro muvofiqligi; 3) sharoitning to`satdan o`zgarishi.



3. Sport mashg`ulotlari nomi

Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo`nalish mavjud bo`lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o`sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.



Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog`liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko`nikmalariga ega bo`li-shiga, o`zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo`lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko`proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy fizqo’ltura ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shug`ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.



Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo`naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo`lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo`naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo`llanishi mehnat harakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirining zararli faktorlariga qashilik ko`rsatishini yaxshilaydi.

Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo`lib, ikkala yo`nalishi ham bir-birini to`ldiradi.



Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo`nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir.

Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo`ljal sifatida juda keng qo`lamda qo`llaniladi.

Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo’lib, mashq qilish usuliyatlari tizimi yordamida bevosita yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayonidir. Shuni ta’kidlash muhimki, sport pedago-gika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo’lmasdan, tarbiyalash, soglomlashtirish va hayotga tayyorlashning vositasidir.

Sport mashgulotining vazifalari: soglikni mustahkamlash va ma’naviy tarbiya talablari, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o’z-o’zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashguloti davomida faqat yuqori mahoratinigina egallamasdan, sogligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum mehnat va Vatan himoyasi uchun zarur bo’lgan hayotiy zaruriy malakalarni eggalash vazifalari hal qilinadi.



Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi. Hozirgi davrda sport mashguloti sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to’xtovsiz kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to’liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo’nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy printsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo’lmasdan shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir.

Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi.



Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.

Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi.

Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.



Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.

Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi.

Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.

Bilet - 9



1. Jismoniy tarbiya o`qituvchisining innovatsion va pedagogik faoliyati

O’qituvchi o’z faoliyatini asosan so’z yordamida (konstruktivlik, tashkilotchilik, izlanuvchanlik orqali) amalga oshiradi, shuningdek o’quvchilar bilan o’zaro muloqat va munosabat o’rnatadi. So’z ta’lim jarayonini faollashtiradi, aytarli to’la va aniq tasavvurning shakllantiradi, ta’limning vazifasini chuqurroq his qilish va fikrlashga yordam beradi. So’z yordamida o’qituvchi o’quv materialidan foydalanadi, uning o’zlashtirilishi natijasini baholaydi va tahlil qiladi, bu bilan o’quvchini o’z-o’zini baholashga o’rgatadi. Va nihoyat, so’z bo’lmaganda, o’qituvchi ta’limning barcha jarayoniga xos holat-larni, o’quvchining xulqi yurish-turishi va boshqa shu o’xshash jarayonlarni boshqara olmagan bo’lar edi.

SHunday qilib, o’qituvchi so’zning ikki funktsiyasidan foydalanish imkoniga ega: birinchisi - so’zning ma’nosi orqali o’qitilayotgan materialning mazmunini ifodalash; ikkinchisidan emotsionallik - o’quvchining hissiyotiga ta’sir etishi funktsiyalari.

So’zning ma’nosi harakat vazifasini hal qilishda o’quvchi-lar uchun uni mazmunini tushunarli ifodalaydigan bo’lsin. B.A. Ashmarin quyidagi uslubiy tavsiyalarni taklif etadi.



1. So’z ma’nosining mazmuni o’quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga muvofiqlashgan bo’lishi; YAngi harakat faoliyatini o’zlashtirishdan avval dastlabki tushuntirishdan foydalanish, bu bilan harakat faoliyati asosini anglash va so’ng harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.

2. So’zdan foydalangan holda o’zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini tushuntirish. Masalan, bolalar tirma-shib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari sababli, kqpincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni o’rganish xohishi pasayishi yuz beradi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari tushunarli so’zlab berilsa, o’zlashtrishga salbiy munosabatni yo’qqa chiqarish mumkin.

3. So’zning harakat faoliyatidagi alohida harakatlarning o’zaro boliqligini aniqlashdagi zarurligi. Ayniqsa, yo’llanma beruvchi mashqlarni bajarishda buni yoddan chiqarmaslik lozim. Bunday mashqlar aytarli emotsional bo’lmay, ularni o’zlashti-rilayotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan boliqligini anglash kerakligi talab qilinadi.

4. O’qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirish-dagi nutqiga katta ahamiyat berish, asosiy zo’riqish talab qilinadigan daqiqalarini eslatish. Odatda bu maqsadda ko’rsat-ma aytish tarzidagi ifoda va iboralar (“qo’llarni”, “boshni”, “aleop”. va h.k.lar)dan foydalaniladi.

5. So’z obrazli bo’lishi kerakligi. Obraz vositasida ifodalash mashqin ko’rgazmaliligini oshiradi va o’quvchilarga faoliyatni ancha tushunarli qiladi. O’quvchilar bilimlari va harakat tajribasini hisobga olgan holda, o’qituvchi qo’yilgan vazifalarni bajarish bilan boliq bo’lgan kerakli detallarga o’quvchi diqqatini qaratadi mumkin.

6. O’quvchilarga xali avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari haqida (to’zatishga to’ri kelib qolgan paytlardagisi bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofiq emas. O’qituvchi o’quvchining avtomatlashgan harakatlari haqida gapirsa, o’quvchi ijro vaqtida harakatni o’sha fazalari ustida o’ylaydi, natijada avtomatlashgan harakatlar tarkibida uzilishlar sodir bo’ladi.

So’zning emotsionallik xizmati o’quv va tarbiyaviy vazi-falarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Emotsional jihatdan rango-ranglik so’zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o’qituvchining o’z faniga, o’quvchiga bo’lgan munosabatini bildiradi, o’quvchi qiziqishini oshiradi, o’zining yutuiga ishontiradi qiyinchiliklarni yengish uchun ishonch tudiradi.

Umumiy pedagogika jarayonida so’zdan doimo foydala-niladi. Jismoniy tarbiya jarayonida uni qo’llash o’ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.



Aytib berish (hikoya) O’quvchi faoliyatini o’yin tarzida tashkillash uchun ko’pincha o’qituvchi tomonidan aytib berish qo’llaniladi.

So’z bilan ifodalash bu harakat faoliyati haqida tasavvur hosil qilish usuli bo’lib, faoliyatning harakterli belgilari so’z orqali sanaladi, nima qilish lozimligi tushuntiriladi, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi gapiriladi. Undan o’quvchining harakat tajribasi va bilimiga asoslanib dastlabki - birlamchi tushuncha hosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o’zlashtirishda foydalaniladi.

Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabat-ning muhim usullaridan biri bo’lib, u “nima uchun?” degan asosiy savolga javob beradi.

2. Siz egiluvchanlikning qanday turlarini bilasiz

Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfo-funksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat qismlarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o`lchovlarida yoki chiziqli o`lchovlarda ifodalanadi.

Egiluvchanlik mushak va to`qimalarning qayishqoqligiga bog`liq. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko`p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o`zgarishi mumkin.

Egiluvchanlikning namoyon bo`lishi muhitning haroratiga bog`liq: haroratning ortishi bilan egiluvchanlik ham orta boradi. Sutka vaqti boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda egiluvchanlikka ko`proq ta’sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo`ladi. Mashg`ulot o`tkazayotganda egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o`zgarishini e’tiborga olish kerak. egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlarni badan qizdirish yordamida bartaraf qilish mumkin. egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli ravishda o`zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko`rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko`rsatkichlari esa ortib boradi. Faol egiluvchanlik mushak kuchi bilan bog`liq.

Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va sust harakatchanlikning doimo ulkan zahirasini asraydi. yengil atletika, gimnastika, suzish mashg`ulotlari vaqtida bo`g`inlarda harakatchanlikni oshirishga oid mashqlar talab qilinadi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% idan foydalaniladi.

10-14 yoshda aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali egiluvchanlikni samarali tarbiyalash mumkin. Agar 14 yoshda va undan keyinroq tegishli shart-sharoitlardan foydalanilmagan bo`lsa, bo`g`imlar harakatchanligi katta qiyinchiliklar bilan oshiriladi.

10-14 yoshda bo`g`imlar harakatchanligi katta maktab yoshidagilardan ko`ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi.

Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashish darajasi bo`yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga egilishi darajasini aniqlash uchun skameykada turib oyoq tizzalarini bukmasdan oldinga imkon qadar chuqur engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo`lning uchinchi barmog`i uchigacha bo`lgan masofa o`lchanadi. Bo`g`imlardagi egiluvchanlikning yaxshi ko`rsatkichi 10-16 sm dir. egiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichga bo`lish mumkin:

a) “bo`g`im gimnastikasi” bosqichi;

b) harakatni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichi;

v) bo`g`inlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi.

“Bo`g`im gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo`g`inlardagi harakatchanlikning faol va sust rivojlanish umumiy darajasini oshirish, balki bo`g`imlarning o`zini mustahkamlashdan ham iboratdir. SHuningdek, bog`lam va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, qayishqoqlik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida mushak-bog`lam apparati uchun mashqlar beriladi. Ushbu bosqichda barcha bo`g`imlarga “ishlov berish” amalga oshiriladi. egiluvchanlikning rivojlanishi uchun, ayniqsa, 10-14 yoshdagi bolalarning imkoniyatlari keng ekanligini hisobga olib, “bo`g`im gimnastikasi” mashg`ulotini aynan mana shu yosh davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

Bo`g`imlardagi harakatchanlikni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichida sport texnikasini tezroq egallashga ko`maklashuvchi maksimal keng rivojlantirish vazifalari maqsad qilib qo`yiladi va shu asosda natijalar yaxshilanadi.

Masalan, suzish texnikasini o`zlashtirish uchun boldir va tovon suyaklarini biriktiruvchi bo`g`imda, tizza va yelka bo`g`imlarida maksimal harakatchanlikni rivojlantirish muhimdir. Biroq bu suzuvchilarning boshqa bo`g`imlaridagi harakatchanlikni rivojlantirishga ko`maklashuvchi mashq bajarishi shart emasligini bildirmaydi.

Bo`g`imlarda sust harakatchanlikning yuqori darajada rivojlanishiga bolalar maxsus mashqlar bilan 2-4 oy ichida erisha oladilar. Faol harakatchanlikning rivojlanishiga ancha ko`p vaqt talab qilinadi.

Mashg`ulotlarda kuch va cho`zilishga oid mashqlarni to`g`ri uyg`unlashtirish zarurligini alohida ta’kidlash kerak. Kuch va harakatchanlikni alohida maksimal rivojlantirish qanchalik muhim bo`lsa, ularni o`zaro muvofiqlikda berish ham shunchalik zarurdir.

Bo`g`imlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi mashqlarning har kuni bajarilishini nazarda tutadi. Agar cho`zilishga berilgan mashqlar mashg`ulotlardan chiqarib tashlansa, u holda bo`g`imlar harakatchanligi tezda yomonlashadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar ko`proq rivojlantirishga erishmaslik kerak. Uni kerakli harakatlarning erkin bajarilishini ta’minlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bunda egiluvchanlik kattaligi harakatda bajariladigan maksimal amplitudadan ortiq bo`lishi kerak. egiluvchanlikning gipertrofik, ya’ni bo`g`imlarning anatomik tuzilishi doirasidan tashqari chiqadigan rivojlanishi mutlaqo to`g`ri emas, chunki bu uyg`un rivojlanishni buzadi va pedagogik maqsadlarga zid keladi. Umurtqa pog`onalari, tos-son va yelka bo`g`imlarining harakatchanligi eng ko`p ahamiyatga ega.

Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho`ziluvchanlikni rivojlantiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Ular 2 guruhga: faol va sust harakatlarga bo`linadi. Faol harakatlarda biror bo`g`imdagi harakatchanlikning ortishi shu bo`g`imdan o`tadigan mushaklarning qisqarishi hisobiga ro`y beradi. Sust harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.

Faol mashqlar bajarilish xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar (masalan, ikki va uch marta ketma-ket engashishlar); silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og`irlik bilan va og`irliksiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda sharoitida gavdaning harakasiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu guruhga kiradi. Ularda tananing turli xil qismlarini yozish va egish, maksimal harakasiz holat saqlanadi. Sust statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi, ular faol egiluvchanlikni rivojlantiruvchi dinamik mashqlar kabi samarali emas, lekin sust egiluvchanlikda yuqori ko`rsatkichlarga erishish imkonini beradi.



3. Kunlik rejim va ovqatlanish tartibini tavsiflab bering

Sportchi ovqati ratsionining kalloriyasini nazorat qilish. Ovqat kalloriyasi kunlik energiya sarfini to`liq qoplashi kerak. Agar ovqat miqdori energiya sarfiga nisbatan kam bo`lsa, energiya balansi manfiy hisoblanadi. Agar bu holat bir necha kun, hafta davom etsa sportchi ozadi. Ovqat miqdori (kalloriyasi) bilan organizmning energiya sarfi mosligini nazorat qilishning oddiy usuli tana vaznini tarozida muntazam ravishda aniqlashdan iborat. Tana vaznining bir xilda saqlanishi ovqatlanish, ya`ni ovqat miqdori me`yorida ekanini ko`rsatadi. Muskullar rivojlanishi unchalik sezilarli bo`lmagan holda, teri osti yog` to`qimasining qalinlashuvi tufayli tana vaznining me`yoriga nisbatan ortib borishi, ovqat miqdori ko`pligini energiya sarfi esa kamligini ko`rsatadi. Aksincha, kasallik belgilari sezilmagan holda, tana vaznining asta-sekin kamayishi, ovqat miqdori yetishmasligini, yoki iste`mol qilingan ovqat miqdori organizmning energiya sarfini qoplama-yotganini ko`rsatadi. Shuni ham e`tiborga olish lozimki, trenirovkani endigina boshlagan yosh sportchida keraksiz harakatlarni bajarishi, ortiqcha energiya sarflashi, teri osti yog` qatlamining kamayishi hamda ko`p terlashi natijasida suv yo`qotishi tufayli tana vazni bir necha kun va hafta davomida 3 kg.gacha kamayishi mumkin. Sportchining chiniqishi oshgan sari, trenirovka mashg`ulot-larida uning harakatlari tartibli me`yorida bo`ladi, keraksiz harakatlarni qilmaydi, shu bois uning tana vazni doimiylashadi yoki muskullarining yaxshi rivojlanishi hisobiga, tana vazni ma`lum darajada ko`payishi mumkin. Sportchi yaxshi natijaga tezroq erishish maqsadida trenirovka mashg`ulotlarini, kun tartibiga rioya qilmagan holda, bajarish tufayli unda zo`riqib shug`ullanish holati vujudga kelsa, tana vazni bir necha kun, hafta davomida 2-5 kg.ga kamayishi mumkin. (S. P. Letunov, N. D. Grayevskaya). Tana vazni normasini aniqlashda vazn-bo`y uzunligi ko`rsat-gichi hisoblangan Brok indeksi keng qo`llanadi. Ushbu indeks bo`yicha bo`y uzunligi 155-165 sm bo`lsa 100 raqam olinadi, qolgan raqam shu odamning tana vazni normasini ko`rsatadi. Bo`y uzunligi 165-175 sm bo`lsa-105 raqam olinadi, bo`y uzunligi 175-185 sm bo`lsa - 110 raqam olinadi. Qolgan raqam tana vazni normada qancha bo`lishini ko`rsatadi. Yosh 25 gacha bo`lgan odamlarda tana vazni, yuqoridagi Brok indeksi bo`yicha aniqlangan me`yordan kam bo`lsa, jismoniy rivojlanish past hisoblanadi. Yoshi 35-40 dan katta bo`lgan odamlarda tana vazni Brok indeksi ko`rsatgichi bilan aniqlangan me`yordan ko`p bo`lsa semirish, ya`ni muddatidan oldin keksayish belgisi hisoblanadi (M. S. Markash, G. Sherman va boshqalar). Ovqat kalloriyasini yuqorida ko`rsatilgan tana vazni bo`yicha nazorat qilish va baholash usuli sportchining o`zini-o`zi nazorat qilishi uchun qulay hisoblanadi. Ammo ovqat kalloriyasi bilan sportchi organizmi sarflagan energiya miqdorining bir-biriga mosligini nazorat qilish va baholashda bir kecha-kunduzda iste`mol qilingan ovqat ratsionining kalloriyasini aniqlash to`g`ri va aniq natija beradi. Buning uchun ovqat ratsionida ko`rsatilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab, maxsus jadval yordamida ulardagi oqsil, yog`, uglevodlar hamda kalloriya miqdori aniqlanadi. Shuningdek, maxsus jadval yordamida mazkur sportchining kecha-kunduzdagi energiya sarfi kkal.si miqdori aniqlanadi. Ovqat kalloriyasi miqdori (kkal ko`rsatgichida) va sarflangan energiya miqdori (kkal ko`rsat-gichida) bir-biriga taqqoslanib qabul qilingan va sarflangan kkal. ning mosligi baholanadi. Sportchining ovqatlanish tartibi (rejimi). Sportchi bir kunda 4 marta ovqatlanishi kerak. Ovqatning kunlik kalloriyasi quyidagicha taqsimlanishi tav-siya etiladi: - birinchi nonushta – kunlik ovqat kalloriyasining 25 foizi; - ikkinchi nonushta – kunlik ovqat kalloriyasining 10 foizi; - tushlik – kunlik ovqat kalloriyasining 45 foizi; - kechki ovqat – kunlik ovqat kalloriyasining 20-25 foizi.

Bilet – 3



Download 288.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling