1-Kazus (Rimda oila huquqi)


Download 16.94 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi16.94 Kb.
#728536
Bog'liq
Kazus (Rim huquqi Oilaviy munosabatlar) (3)
Finlyandiya talim tizimi(1), 11111, gisto, riman submersiyalari geometriyasi (1), ПРОКУРАТУРА ТЎҒРИСИДА, Reference-302211101163, Avtomobillarga texnik xizmat korsanish va taminlashda bajariladi, seninarga, 2.-Famous-female-scientists, Aksiyalar bozori qiymatini maksimallashtirish yo‘llari. Reja Ki

1-Kazus (Rimda oila huquqi)

  1. Rim fuqarosi bo`lgan Tit o`zining nikohiga rimlik Feodorani oladi. Nikoh marosimi hech qanday usullar bilan rasmiylashtirilmadi. Er-xotin birga 1 yil davomida yashadi. 1 yildan so`ng esa xotin reining humkronligi ostida paterfamiliasda yashashni xohlamadi. Buni eriga bildirganida nikohni tugatishning iloji yo`qligini, nikoh ikkala tomonning roziligi bilan yoki nikohni bekor qilish uchun asoslar bo`lgandagina tugatish mumkinligini bildirdi. Asoslar esa mavjud emasligini vaj qildi. Xotin esa qarshi e’tiroz bildirib, eri bilan uzluksiz shu paytgacha birga yashamaganligining o`zi uning hukmronligidan ozod bo`lish uchun yetarli ekanligini ta’kidladi.

Vaziyatni rim huquq manbalariga ko`ra muhokama qiling.


  1. Тиберий Валерийни фарзандликка олди. Вақти келиб Валерий ўз номзодини консул лавозими учун тақдим этганда, Тиберий ўзининг оталик ҳокимиятидан фойдаланиб, унинг “ўзга шахс ҳуқуқида”лигини рўкач қилиб, унга буни тақиқлаб қўйди. Тиберий ҳақми?


  1. Вояга етган ўғиллар отасидан мулкллари жамоавий мулк бўлганлиги туфайли ушбу мулкни тақсимлаб беришни талаб қилдилар. Ота эса фарзандлар ота ҳукмронлиги остидаги шахслар эканлигини таъкидлаб, бундай талаб қўйишга ҳақли эмаслар, деб эътироз билдирди. Ҳақиқатдан ҳам шундайми?


  1. Отасининг рухсати билан ўғил ҳарбий хизматга ёлланди. Вақти келиб ўғил маълум лавозим ва мулккка эришди ҳамда ўз маоши ҳисобидан ер-мулк сотиб олди. Отаси омадсиз битим туфайли касодга учради. Ота кредиторлари билан ўғлининг мулки ҳисобидан ҳисоб-китоб қилишга ҳақлими



  1. Sine manu asosida nikoh tuzgan er o’z xotiniga hadya tariqasida taqdim etgan ashyoga nisbatan xotin tomondan oila boshlig’i talab bilan chiqadi. Er esa nikoh tuzilgan paytdan e’tiboran ayol kishiga o’z hokimiyati o’rnatilishi, oldingi oilasi bilan shaxsiy hamda mulkiy munosabatlar uzilishini ta’kidlab, hadya qilingan ashyoni taqdim etishdan bosh tortadi.



  1. Nikoh tuzishda xotin tomondan oila boshlig’i dos sifatida taqdim etgan ko’chmas mulkka nisbatan isrofgarchilik shaklida munosabatda bo’ladi, ya’ni oila manfaatlari uchun emas, balki qimor, ichkilikbozlik kabi holatlar uchun sarflab yuboradi. Dos mohiyati hamda rejimini tahlil qiling.




  1. Er vafot etgandan so’ng 6 oylik muddat o’tib xotin doya sifatida pretor xotini farzand dunyoga keltirishiga yordam bergani uchun pretor unga ko’chmas mulk hadya qiladi. Oradan 5 oy o’tib, ayol turmush qurgandan so’ng ushbu mol-mulk taqdiri qay tartibda hal etiladi.



  1. Gay Titning nikohsiz tug`ilgan farzandi. Biroq, Tit tomonidan xalq majlisi orqali farzand qonuniylashtirilgan. Shu sababli ham Gay alieni iuris asosida Titning paterfamilisida yashab keladi. Voyaga yetishi bilan edillik lavozimiga saylandi. Edillik lavozimidagi maoshlarini oila daromadiga qo`shib borar edi. Gay Titdan oilali bo`lmoqchiligi haqidagi fikrga rad javobini eshitgandan so`ng, jahli chiqib otasidan o`zi topgan barcha daromadlarni berishini so`radi. Biroq otasi bu pullar otaniki ekanligini, chunki u hukmdorligini, qolaversa yana tortishadigan bo`lsa uni qul qilib sotishi ham mumkinligini ta’kidladi.

  1. Gayning voyaga yetishi uning ota hukmronlikdan chiqqanligini bildirmaydimi?

  2. Edillik lavozimni egallashi paterfamilias hunkronligining bekor qilinishiga sabab bo`lmaganmi? Agar ushbu lavozim otaning roziligi bilan egallanganida fikringiz o`zgararmidi?

  3. Gay nikoh yoshiga yetgan bo`lsa, otasi uning nikohiga to`sqinlik qilishi qay darajada asosli bo`lgan? Nikoh taraflarning xohishi bilan tuzilmaydimi?

  4. Gay o`zi topgan daromadlarini otasidan qaytara oladimi? Agar qaytara olsa qay yo`l bilan?

  5. Otasining farzandini qul qilib sotishga huquqi bo`lganmi?

Download 16.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling