1. Kiritilgan so`nga mos ravishda yil oyini chiqaruvchi dastur tuzilsin
Download 69 Kb. Pdf ko'rish
|
Switch case
Topshiriqlar . 1. Kiritilgan so`nga mos ravishda yil oyini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 2. Oy raqamini kiriting. Shu oy qaysi faslda ekanligini chiqaruvchi dastur tuzilsin. (Masalan: May oyining tartib raqami 5 kiritilsa, javob Bahor) 3. Yil faslini bildiruvchi 1, 2, 3, 4 sonlaridan birini kiriting. Shu faslga tegishli oylarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Masalan: 1 - Qish; 2 - Bahor; 3 - Yoz; 4 - Kuz; bo’lsin. 2 soni kiritilsa, natija ekranga quyidagicha shaklda chiqsin. Bahor fasli oylari: 1. Mart 2. Aprel 3. May 4. 1- 7 gacha bo’lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan so`nga mos ravishda hafta kunlarini so’zlar yordamida ifodalovchi dastur tuzilsin. 5. k butun son berilgan. Baho natijalarini chiqaruvchi dastur tuzing. (1- yomon, 2- qoniqarsiz, 3- qoniqarli, 4- yahshi, 5- a’lo). Agar k son 1-5 oraliqqa tegishli bo’lmasa “xato” deb chiqarsin. 6. Oy raqami berilgan. Kiritilgan oy qaysi faslga tegishli ekanligini chiqaruvchi dastur tuzilsin. (Masalan: 2- oy, “qish” ) 7. Oy raqami berilgan. Shu oyda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin. 8. Uzunlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1- desimetr, 2- kilometr, 3- santimetr, 4- millimetr, 5- metr. Uzunlik birligini bildiruvchi son berilgan (1-5 oraliqda) va shu birlikdagi kesma uzunligini metrda ifodalovchi dastur tuzing. 9. Kiritilgan tinish belgilarining nomlarini ekranga chiqaradigan dastur tuzing. Masalan, nuqta kiritilsa “Bu nuqta” chiqishi kerak. 10. Kiritilgan N sonini so’z bilan ifodalovchi dastur tuzilsin. 0 yetmish besh shaklida chiqsin. 11. Shunday dastur tuzingki, u sutkaning holatiga mos holda “xayrli to`ng”, “xayrli kun”, “xayrli kech”, “xayrli tun” istak so’zlarini chop etsin. 12. Kiritiladigan 1, 25 oraliqdagi natural sonlar asosida dastur shu sonlarga mos ravishda “kitob” so’zini chop etadi. Masalan, 1 sonini kiritsak, “1 ta kitob”, 2 sonini kiritsak, “2 ta kitoblar” va h.k. so’zlarini chop etadi.. 13. Qadimgi yapon kalendarida har biri 12 yildan tashkil topgan 5 ta quyi sikllardan iborat 60 yillik sikl qabul qilingan. Quyi sikllar gullar rangi bilan nomlangan: yashil, qizil, sariq, oq va qora. Har bir quyi sikl ichidagi yillar hayvonlar nomi bilan atalgan: sichqon, sigir, yo’lbars, quyon, ilon, ajdar, ot, qo’y, maymun, tovuq, it va cho’chqa. Masalan, 1984 yil – navbatdagi sikl boshlanish yili bo’lib, yashil sichqon yili deb ataladi. 14. Hafta kunining raqamiga asosan (1 dan 7 gacha butun son), shu kuni qancha auditoriya soati o’tilganligini aniqlovchi dastur tuzing. 15. Oyning tartib nomeriga ko’ra keyingi oyning nomini (masalan, m=1 kiritilsa fevral, m=4 – may va h.k.) ekranga chiqaradigan dastur tuzing. 16. Kiritiladigan, yilning mavsumlarini bildiruvchi sonlar asosida (1 – qish, 2 – bahor, 3 – yoz, 4 – kuz), yilning shu vaqtiga mos keluvchi oy nomlarini chop etadigan dastur tuzing. 17. 1 dan 99 gacha bo’lgan k butun son uchun “Mening yoshim” so’zini yozadigan dastur tuzing. Bunda k ning ayrim qiymatlarida “yosh” so’zi “yil” yoki “yillar” so’zi bilan almashadigan bo’lsin. Masalan, 11 yosh, 51 yil, 22 yillar. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling