1. Кompressorlar haqida umumiy tushinchalar va ularning turlari


Download 125.67 Kb.
bet1/8
Sana09.01.2022
Hajmi125.67 Kb.
#261068
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kompressorlar


Kompressorlar

Reja:


1.Kompressorlar haqida umumiy tushinchalar va ularning turlari.

2. Kompressorlar klassifiktsiyasi va ularni qo’llanish sohalari

3. Porshenli kompressorlar

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Кompressorlar haqida umumiy tushinchalar va ularning turlari.

Gazlarni qisishga va aralashtirishga ixtisoslangan mashinalarni gaz purkovchi yoki kompressor mashinalar deb ataladi. Кeyinchalik bu mashinalarni, “kompressor mashinalar” yoki soda qilib, kompressorlar deb yuritamiz.

Кompressorlarni xususiyatlariga qarab quyidagi klassifikatsiyalarga ajratamiz:

- qisiluvchi muhit turiga qarab: havo kompressorlari, azotli, etilenli, ko’mir

vodorodli gazlar uchun, kislorodga, freonga, uglekislotali gazlar uchun kompressorlar.

- tsilindr soniga qarab (porshenli uchun) bir tsilindrli, ko’p tsilindrli:

- so’ruvchi gaz bosimiga qarab:

- so’ruvchi quvuridagi me’yoriy bosim atmosfera bosimiga teng;

- siquvgacha bosim atmosfera bosimidan katta;

- uzatgich turiga qarab;

- mexanik yuritmali transmissiya vallari, o’qi va boshqalar;

- elektr uzatgichli o’zgaruvchi tokka asoslangan;

- bug’ kuchiga asoslangan uzatkichli bug’ mashinasidan, bug’ turbinasidan;

- gaz turbinasidan foydalangan yuritgich;

- ichki yonish dvigatelidan olingan yuritgich;

- gazmotorli, «gaz dvigatelli kompressor» yagona nomga ega;

- siqishning bosqichlar soniga qarab: birbosqichli, ko’pbosqichli;

- kompressor o’rnatilgan joyga qarab;

- statsionar – qimirlamas asosga mahkamlangan;

- transportli (ko’chib yuruvchi) – o’zining asosiga ega bo’lib, ko’chuvchi

(aviatsiyada, kemalarda va b.q.) yoki maxsus aravalarda olib yuriluvchi (qurilish

tashkilotlarda, shaxtalarda va h.k.)

- sovutilishi bo’yicha:

- sovutilmaydigan:

- suv yordamida maxsus o’rov ichidagi sovutish va vaqti-vaqti bilan (bosqichma bosqich) sovutiladigan;

- havo yordamida sovutilish;

- bosim o’zgarishiga qarab:

- vakuum kompressorlar atmosfera bosimdan kichik bo’lgan maydondan gazni so’rish bilan va atmosfera bosimi yoki undan ortiq bosimli maydonga haydovchi;

- ventilyatorlar, haydash bosimi 0,01 MPa gacha gaz puflovchi (havo puflovchi), haydash bosimi 0,01 do 0,35 MPa;

- kompressorlar, haydash bosimi 0,35 MPa dan ortiq;

O’z navbatida bosim berish qobiliyatiga qarab, kompressorlar quyidagi xillarga

bo’linadi;

- past bosimli kompressorlar 0,35-1 MPa oralig’ida;

- yuqori bosimli kompressorlar 1-10 MPa;

- o’ta kuchli bosimli kompressorlar, bosimi 10-100 MPa dan ortiq;

1. Tsilindrlar soniga qarab: bir tsilindrli, ikki tsilindrli va uch tsilindrli;

2. Tsilindrlar joylashuviga qarab: gorizontal, vertikal, W-shaklida,

V- shaklida;

3. Qism bosqich soniga qarab: bir bosqichli va ikki bosqichli;

4. Uzatgich rusumiga qarab: elektrodvigatelda uzatish, dizeldan uzatish.

Кompressorlarning asosiy texnik xarakteristikalari quyidagicha:

- havo qismidagi bosim miqdori(atm, bar);

- so’rish yoki haydash unumdorligi (m3/min, l/min, l/sek);

- kuch qurilmasi boshlang’ich quvvati (kVt);

- kompressor massasi va o’lchami.


Download 125.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling