1. Kompyuterda foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish, texnik xavfsizlikni tushuntirish


Download 0.9 Mb.
bet1/8
Sana11.02.2020
Hajmi0.9 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

Bilet – 15

1. Kompyuterda foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish, texnik xavfsizlikni tushuntirish.

Kompyuterdan foydalanuvchi uning resurs va imkoniyatlarini yaxshi bilish kerak. Kompyuterning asosiy tashkil etuvchilari – markaziy protsessor, qattiq disk (vinchester), xotira va boshqalar uning ishlashi jarayonida katta yuklanma (nagruzka) oladi. Buni quyidagicha o‘xshatish bilan tushuntirish mumkin. Har bir avtomobil haydovchisi o‘z mashinasidagi yurish uchun unga doimiy ravishda benzin quyib turishi, yuvishi, texnik xizmatlari ko‘rsatilishi va shu kabi ishlarni o‘z vaqtida bajarib turishi lozim. Agar bu ishlar o‘z vaqtida bajarilmasa, uning natijasi juda achinarli bo‘ladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdan foydalanuvchilar ham uni faqat o‘z vaqtida yechishga yoki turli xil kompyuter o‘yinlarni tashkil etishda foydalanmasdan, xotiradagi keraksiz fayllarni o‘chirishi, turli o‘zgarishlarni to‘g‘rilashi, fayllar tizimining butunligini saqlash kabi amallarni bajarib turishi kerak.

Kompyuter axborotlarni qayta ishlovchi qurilma sifatida xizmat qilar ekan, undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyatlarni esa har bir foydalanuvchi o‘ziga moslab «yaratib oladi».

Bunday muhitga nimalar kiradi?

Birinchidan, kompyuter siz mo‘ljallagan ishlarni bajara olishi uchun u yetarlicha xotiraga ega bo‘lishi yetarlicha tezlikda ishlay olishi, zarur qurilmalarni ishlata oladigan dastur ta’minotiga ega bo‘lishi lozim. Bular kompyuterning texnik jihatdan talabga javob berishini taqozo qiladi. Foydalanuvchi ulardan o‘ziga mosini tanlashi maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan, foydalanuvchi har kuni amalga oshiradigan ishlarini bajarish uchun interfeysni qulay holatga keltirib qo‘yish lozim. Masalan, birgina matn muharririga kuniga bir necha marta murojaat qilinishi mumkin.

Bunday dasturni ishga tushirish uchun bir necha katalog ichiga kirish talab qilinmasligi, balki bosh katalogda (Windows muhitida «Rabochiy stol» da) joylashish lozim. Bu dasturlardan foydalanish masalasi.

Uchinchidan, qurilmalardan foydalanishni qulay holatga keltirish lozim. Masalan, o‘ng qo‘l bilan ishlaydiganlar uchun «sichqonchaning» chap tugmachasi, chap qo‘l bilan ishlaydiganlar uchun o‘ng tugmachasi foydalanish uchun qulay bo‘ladi. Ularni operatsion tizimdagi mos parametrlarni o‘zgartirish bilan sozlab qo‘yish kerak.

Hozirgi kunda dasturiy ta’minot bo‘yicha Microsoft firmasining mahsulotlari keng tarqalgan. Bu firma o‘zi yaratayotgan dasturiy ta’minotdan tajribali foydalanuchilar bilan birga bog‘lovchilarning ham qulay ishlash imkoniyatini yaratish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.

2. So’z turkumlarini o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.

Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.

Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.

Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.

АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.

1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.

Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.

Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.

«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.

Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.

Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.

Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.

Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.

Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.

Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.

Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.

Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi.

3. Algoritm tushunchasi.

"Algoritm" so’zi O’rta Osiyolik buyuk matematik al-Xorazmiyning (Alhorithmi) nomi bilan bog'liq. Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy (783-850) Xorazm o’lkasida tug ilib, o’sdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo’ldi.

Ma’lumki, al-Ma’mun 809 yildan Marvda dastlab xalifa Xorun ar-Rashidning noibi, so’ng 813 yildan boshlab xalifa bo’ladi va 819 yili Bag'dodga ko’chadi. Al-Ma’mun Marvda bo’lganida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o’z saroyiga jalb qilgan.

Bag'dodda al-Ma’mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — «Bayt ul-hikma» faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga tarjimonlik faoliyatini keng ko’lamda rivojlantirdi. Vizantiya, Hindistondan ko’plab kitoblar keltirilib, «Bayt ul-hikma»ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita yirik rasadxona - birinchisi 828 yilda Bag'dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi.

Xorazmiy bilan Bag'dodda, keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» deb tanilgan «Bayt ul- hikma»da ijod etgan olimlar orasida Markaziy osiyoliklar salmoqli o’rinni egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi.

Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»— algebraik asar, «Hind hisobi haqida kitob» yoki «qo’shish va ayirish haqida kitob»— arifmetik asar, «Kitob surat-ul-arz»— geografiyaga oid asar. «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-ta’rix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola».

Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma’lum. Biroq unda olim algebraik risolasini eslaydi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani ma’lum bo’ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima kilingan. Tarjimaning XIV asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozmasi AQSHda Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi.

Risola «Dixit Algorizmi», ya’ni «Al-Xorazmiy aytdi» iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Asarning lotincha qo’lyozmasida hind raqamlari ko’pincha yozilmay, ularning o’rni bo’sh qoldirilgan yoki ahyon- ahyonda 1, 2, 3, 4, 5 sonlarga moye keladigan hind raqamlari yozilgan. Ko’pincha esa hind raqamlari o’sha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan.

Xorazmiy hind raqamlari asosida o’nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o’tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, ya’ni razryadlarini e’tiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.

Risolaning boshlanishida Xorazmiy undagi masalalar o’z davrining amaliy talablariga javob sifatida vujudga kelganligini qayd qiladi.

U shunday deydi: «...Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o’lchash, kanallar o’tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».

Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrdayoq Ispaniyada seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlangan. Keyinchalik to yangi davrgacha Yevropa olimlari Xorazmiy risolasiga qayta- qayta murojaat qilib, u asosida darsliklar yozganlar. Bu qayta ishlangan nusxalar va darsliklarning nomida «Algorizm kitobi» degan ibora bo’lgan.

Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o’nlik pozitsion sanoq sistemasining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Yevropaga hind raqamlari arablar orqali o’tganligi uchun ular «arab raqamlari» deb ataladi va hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda. Yevropaliklar uzoq vaqggacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini «algorizmi» deb atab keddilar.

Faqat XVI asr o’rtalaridagina bu nom «arifmetika» iborasi bilan almashtiriladi. Shundan keyin to hozirgi kungacha «algorizm» yoki «algoritm» deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan bo’ldi. Bu ibora bilan al-Xorazmiyning nomi fanga abadiy kirib qoldi.

Xorazmiyning algebraik risolasining to’liq nomi — «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala». Risolaning nomidagi «al-jabr» va «al-muqobala» so’zlari «to’ldirish» va «ro’para qo’yish» — o’rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. «Al-jabr» so’zi lotincha transkripsiyada «algebra» bo’lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo’lib qoldi. Xorazmiyning algebraik risolasi uch qismdan iborat:


  1. algebraik qism, buning oxirida kichik bir bo’lim — savdo muomalasidagi bob keltiriladi;

  2. geometrik qism, algebraik usul qo’llanib o’lchash haqida;

  3. vasiyatlar haqidagi qism.

Al-Xorazmiyning nomini lotincha ifodasi — Algorithmi. Algoritm — informatika va matematikaning asosiy tushunchalaridan xisoblanadi.

  1. "Algoritm ijrochisi"

Algoritm ijrochisi — algoritmda ko'rsatilgan buyruqlarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik, biologik yoki biotexnik) sistema.

Algoritmlarga xos xususiyatlar:



  • muhit (yoki vaziyat);

  • buyruqlar tizimi.

  • sodda, elementap amallar;

  • voz kechishlar.

Muhit (yoki vaziyat) — bu ijrochining faoliyat ko’rsatadigan sharoitidir. Masalan, ijrochi Robot uchun muhit - aniq koordinatalar maydonidan iboratdir. Robot uchun ushbu maydonla boshqa ob’ektlar joylashganligi muhim. Muayyan vaziyatda robotning joylashish koordinatasi muhitning holatini bildiradi.

Buyruqlar tizimi. Har bir ijrochi faqatgina ushbu ijrochi tushunadigan buyruqlarni (ya’ni, ijrochi bajaradigan buyruqlar ro’yxatiga mansublarni) bajara oladi. Har bir buyruq uchun uning

bajara olish sharti (qaysi holatlarda ushbu buyruq bajarilishi mumkin) berilishi va buyruqning bajarilishi natijasi tavsiflanishi zarur. Masalan, robot uchun «yuqoriga bir qadam» buyrug'i koordinata maydoni chegarasida bajarib bo’lmaydigan buyruq hisoblanadi. Biroq koordinata maydoni ichida ushbu buyruq bajarilishi natijasida robot bir pog'ona yuqoriga qadam tashlaydi. Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida elementar amallarni (oddiy harakatlarni) bajaradi Voz kechishlar ijrochiga berilgan buyruqning bajarish sharti to’g'ri kelmaganida yuzaga

keladi.

Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy xarakatlarni bajaradi..



Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma’lum bo’lmaydi. Shuning uchun ijrochi “nimaga?” va “nima uchun?” kabi savollarni bermaydi.

Informatikada algoritmning universal ijrochisi kompyuterdir.



  1. Algopitmning xossalari

Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:

OTushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq bilishi kerak.

©Diskretlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak.

©Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma’noli bo'lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi.

©Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi oxir-oqibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak.

OOmmaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya’ni faqatgina boshlangich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlangich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo'lgan sohadan olinadi.

Algoritmlarni tasvirlash usullari

Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:



  • so’zlar yordamida (og'zaki nutqda ishlatiladigan so’zlar);

  • grafik usulda (grafik simvollar yoki blok-sxemalar yordamida);

  • dastur ko’rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so’zlar, operator va funksiyalar yordamida).


4. Grafik redaktor tushunchasi.

Grafik redaktor - kompyuterda raqamli tasvirlarni (chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) yaratish, ko'rish, qayta ishlash va tahrirlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturiy ta'minot to'plami).

Grafik redaktor turlari:

Raster grafik redaktorlari. Eng mashhur: Adobe Photoshop va bepul GIMP, Krita, Photofiltre, Paint.NET va Canva.

Vektorli grafik redaktorlari. Eng ommabop: Adobe Illustrator, Corel Draw, bepul Inkscape va Figma shariflari.

Gibrid grafik redaktorlari. Eng mashhur: RasterDesk (AutoCAD uchun) va Spotlight. Adobe Photoshop-da vektor grafikasi bilan ishlash uchun bir qator funktsiyalar mavjud, Adobe Illustrator va Corel Draw rastrli grafikalar bilan ishlash uchun ba'zi funktsiyalarga ega.



5. Word dasturida matnlar ustida amallar bajaring.

Word dasturi matn muharrirlaridan biri bo’lib, uning yordamida mukammal hujjatlar va ilovalar yaratishimiz mumkin. Word hujjat yaratish va uni etarlicha samarali qilish imkonini beradi.

Ishni yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini tanlashimiz yoki bo’sh (toza) hujjat hosil qilishimiz mumkin.

Word dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar ro’yxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu ro’yxatni ko’rish uchun, fayl menyusidan sozdat


Bo’sh yangi hujjat hosil qilish uchun “novыy dokument” ilovasini tanlaymiz yoki ESC tugmasini bosamiz. Shunindek yaratilayotgan hujjatning mavzusidan kelib chiqib mavjud andozalardan birini tanlash mumkin. Agar andozalar orasidan keraklisi topilmasa, unda uni on-layn izlash va yuklab ollish mumkin.

Izlangan andoza topilgandan so’ng uning ustiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosib andozani faollashtiramiz.

Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki marta bosish

yoki “Sozdat” buyrug’ini tanlash orqali ushbu andoza asosidagi hujjat yaratiladi.


Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki marta bosish yoki “Sozdat” buyrug’ini tanlash orqali ushbu andoza asosidagi hujjat yaratiladi.

Agar tanlangan andozadan tez-tez foydalanish zarurati bo’lsa, unda eskizning pastki o’ng burchagidagi tugma belgisini bosib qo’yish lozim. Shunda Word dasturi ishga tushganda har doim ko’rinib turadi.

Mavjud hujjatni ochish uchun “Fayl” menyusidan “Otkrыt” buyrug’ini tanlaymiz. Bunda bizga bir necha havolalar taklif etiladi:

- Oxirgi yaratilgan yoki tahrirlangan fayllar ro’yxati


Word dasturining asosiy menyulari

- Glavnaya – bu menyuda matnni tahrirlash uchun zarur bo’lgan buyruqlar

joylashgan;

yordamida bosiladi.

Matn rangini o’zgartirish uchun, Stvet shrifta tugmasi bosiladi. Boshqa rang tanlash uchun strelkani bosib, sichqoncha tugmasini xarakatlantirgan holda ranglarni oldindan ko’rish va yoqqan rangni tanlash mumkin.

Matn shriftini o’zgartirish uchun ro’yxatdan kerakli shrift tanlaniladi.






Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling