1 Kovalent bog'ning hosil bo'lishi va tabiatini tushuntiring 2 Organik birikmalardagi yana qanday bog'lanishlar mavjud


Download 29 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi29 Kb.
#115894
Bog'liq
Organik kimyo 2- topshiriq


Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishi 201-guruh talabasi Murodaliyeva Madinabonuning organik kimyo fanidan topshiriq javoblari
TOPSHIRIQLAR

1 Kovalent bog'ning hosil bo'lishi va tabiatini tushuntiring

2 Organik birikmalardagi yana qanday bog'lanishlar mavjud

3 Bog'larning uzilish turlari, erkin radikallar haqida tushuncha bering

4 Organik kimyoda necha tipdagi bog'lar farqlanadi

JAVOBLAR

1 Atomlardan molekulalar hosil bo'lishida elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga ótishi yoki siljishi sodir bõladi,bunda elektron zichlik õzgaradi,elektron zichlikning taqsimlanish harakteriga qarab kimyoviy boğlanishni geteropolyar ya'ni elektrovalent yoki gomeopolyar-kovalent boğlanishlar yuzaga keladi. Uglerod atomining elektron tuzilishi asosiy holatdan qõzģalgan holatga õtishi yani 4 ta toq elektron hosil qilib, har bir toq elektron boshqa C,H,O,N,S,P kabi elementlar atomidagi toq elektronlar bilan juftlashib, sakkiz elektronli,tugallangan barqaror elektron qavat hosil qiladi. Shu bilan birgalikda tashqi qavatdagi 1 ta 2s va 3 ta 2p orbitallarning õzaro gibritlanishi natijasida gibrit orbitalar hosil qiladi va ular ishtirokida barqaror kimyoviy boģlar hosil qiladi.

2 Molekulalardagi atomlar umumiy juft elektronlar hosil qilishi tufayli vujudga keladigan boģlanish gomeopolyar yoki kovalent boģlanish deyiladi. Bu boģlanish organik birikmalarda eng kôp uchraydi. Organik birikmalarda qutbli va qutbsiz kovalent boģlanish mavjud.Bundan tashqari organik birikmalarda vodorod bogʻlanish ham uchraydi.

3 Har qanday kimyoviy reaksiya jarayonida atomlar yoki atomlar gurupalarining qayta guruhlanishi sodir bõladi. Bunda eski boģlar uzilib yangi boģlar hosil bôladi. Kovalent boģlarning uzilishi gomolitik va geterolitik bõlishi mumkin. Gomolitik uzilishda boģlovchi elektron juft juftlashmagan elektronlarga ajratiladi.

A| : B-->A'+B'

Natijada erkin radikalar-neytral zarrachalar hosil bõladi. Geterolitik uzilishda boģlovchi elektron juftlar avval boģlanga atomlarning birida qoladi.

A|: B --> A+B

Va natijada qarama -qarshi ionlar hosil bõladi.

4 organik kimyoda asosan 6 tipdagi reaksiyalar farqlanadi:
1. Birikish reaksiyalari;
2. Almashinish reaksiyalari;
3. O’rin olish reaksiyalari;
4. Parchalanish reaksiyalari;
5. Izomerlanish reaksiyalari;
6. Oksidlanish reaksiyalari;
Organik kimyoviy reaksiyalarning ushbu tiplari orasidagi radikal reaksiyalar organik kimyoda muhim rol o’ynaydi.
Kovalent bog’ning gomolitik uzilishi natijasida kimyoviy jihatdan reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchli bo’lgan zarrachalar hosil bo’ladi. Bu zarrachalar atomlar yoki molekulalar bo’lib erkin radikallar deyiladi. Radikallar hosil qilish bilan boradigan reaksiyalarga radikal almashinish reaksiyalari deyiladi.
Radikal reaksiyalar gaz yoki suyuq fazoda boradi. Reaksiya suyuq fazoda olib borilsa, qutbsiz erituvchilar hamda oson radikal hosil qilib reaksiyani boshlab beruvchi moddalar ishlatiladi. Dastlab hosil bo’lgan radikal neytral molekulaga ta’sir etib, ya’ni radikalni hosil qiladi, bu yerda radikal o’z navbatida yana boshqa radikalni hosil qiladi. Shu sababli radikal mexanizmida boradigan reaksiyalar zanjirli davom etadi.
Erkin radikallarning tashqi valent orbitalida bitta juftlashmagan elektron bo’ladi: Masalan OH*, HS*, NH2*, H*, Cl*, CH3*, C2H5*…
Radikallarda toq elektronlarning bo’lishi ularning paramagnitligi, reaksiyalga kirishish qobiliyatining kuchliligi sababchisidir. Amalda erkin radikallar reaksiyalarda hosil bo’ladi va juda tez reaksiyaga kirishib ketadi.

Moddalarning tuzilishi va hossalari ulardagi uglerod atomlarining gibridlanish turiga boģliq bõladi. Shu sababli organik birikmalarda uglerod atomlari bir - biri bilan birlamchi, ikkilamchi ( qõsh boģ ),uchlamchi (uch boģ )orqali birikib turli uglerod zanjirlarini hosil qiladilar.

-C-C-C-; -C=C-C=C-;

Test savollariga javob:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

B B C A A D D B D A.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling