1. Kuz faslida maktab bog‘idagi ishlar. Tabiat va havoning sofligini asrash


Download 53.93 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi53.93 Kb.
#163466
Bog'liq
20-amaliy


Uyga vazifa 1: 4-sinf insho yozishga doir mashqlar

81- mashq. „Maktab bog‘ida hashar“ mavzusida insho yozish uchun tayyorlaning. Insho uchun material to‘plashda quyidagilarga e’tibor bering.



1. Kuz faslida maktab bog‘idagi ishlar.

2. Tabiat va havoning sofligini asrash.

3. O‘quvchilarning vazifalari.

Bunday turdagi insho yozish o`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda mantiqiy tafakkurini oshiradi. Chunki u e`tibor qaratishi kerak bo`lgan narsalar ustida ishlaydi, izlanadi hamda ularni boyitish uchun material to`playdi. Bu esa ularga har bir ishga, vazifaga mas`uliyat bilan yondoshish kerakligini da`vat etadi.

89- mashq. 4-sinf „O‘qish kitobi“dagi Shukur Sa’dullaning „Kuz“ she’rini ifodali o‘qing. Rasmni kuzating.

O‘zingiz yashab turgan shahar, qishlog‘ingizdagi kuz ko‘rinishini tasvirlab, „Kuzda“ sarlavhali insho yozing.


Mavzuni yoritishda „Kuz“ she’ridan, rasmdan, kuzatishlaringiz asosida to‘plagan materiallaringizdan foydalaning.

Reja asosida fikringizni bayon qiling.

R e j a :

1. Kuzda ob-havodagi o‘zgarishlar.

2. Kuzda tabiat ko‘rinishi.

3. Kuzda dehqonlarning yumushlari.

313- mashq. Rasmni kuzating. Rasm asosida insho

yozing. Insho yozishda berilgan rejadan foydalaning.



Reja .

1. Qish faslida tabiatning ko‘rinishi.

2. Bolalar tabiat quchog‘ida.

364- mashq. Rasm asosida „Assalom, Navro‘z“ mavzusida insho yozing.

Unda quyidagi so‘zlardan foydalaning: an’ana, milliy libos, xalq sayli, sumalak.



436- mashq. Quyidagi rasmni kuzating. „Maktabimizda shanbalik“ mavzusida insho yozing. Mavzuni yoritishda qaysi turkumdagi so‘zlardan ko‘proq foydalandingiz? Qaysi turkumdagi fe’llar gapingizni tugallashingizga yordam berdi?



Yuqorida keltirib o`tilgan rasm asosida insho yozish topshiriqlari orqali o`quvchilarning tasavvuri yanada boyib boradi, ularga estetik zavq beradi, mantiqiy taffakurini oshiradi. Bunday turdagi insholarni yozish orqali o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqi yanada rivojlanadi. Ular rasmdagi rang-baranglikdan yanada ilhomlanib, tasavvurlari boyib oradi.

Uyga vazifa 2 : 4-sinf insho yozish dars ishlanmasini tuzish.

Sana

Sinf: 4

Fan: Ona tili

Mavzu:Rasm asosida insho yozish.( 313-mashq.)

Darsning maqsadi:

ta‘limiy:o`quchilarda sifatlarning yozilishi haqida bilimni mustahkamlash. Sifat so`z turkumi haqidagi bilimlarini umumlashtirish va mustahkamlash.Insho yozish ,mustaqil fikrlashga o `rgatish.

tarbiyaviy: qish faslidagi o`yinlarni me‘yorini bilish,ta‘tilda havfsizlikka rioya qilishga o`rgatish.

rivojlantiruvchi:o`zlashtirilgan bilimlar silsilasining kamchiliklarini aniqlashga, chuqurroq o`zlashtirishga erishish.

Darsning turi: yangi bilim, ko`nikma,malakani mustahkamlovchi dars.

Darsning metodi: analiz-sintez metodi.

Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari ,didaktik tarqatmalar..

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

-salomlashish;

-davomatni aniqlash;

-o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa tekshirib chiqiladi. O`qish kitobida berilgan Shukur Sa`dullaning “Tinchlik qushi haqida men o`qigan she`r” asari ifodali o`qitiladi.

Salqin shabada

Keng yurtimni

Oq kaptar —

Oq samolyot

Urishqoq jallod,

Katta-kichik, er-ayol!

She‘r o`qitiladi, sifatlari topiladi. Sifatlarni o`zi bog`langan so`z bilan birgalikda

Ko`chirtiriladi,tekshiriladi.

III. Insho ustida ishlash.

Bolajonlar hozir sizlar bilan rasm asosida insho yozamiz. Inshoni yozishda rasmga va unda berilgan re`jaga ahamiyat bergan holda yozing. Hozir sizlar bilan og`zaki hikoya qilamiz. Inshono yozishdan oldin avval homaki nusxasini yozib oling, so`ngra daftaringizga ko`chiring.

1-topshiriq .Rasmni kuzatish topshirig`i beriladi. Rasm asosida insho yozishaytiladi. . Insho yozishda berilgan rejadan foydal anish topshirig`i beriladi.

Reja.

1. Qish faslida tabiatning ko`rinishi.

2. Bolalar tabiat quchog`ida.

Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o`raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Ular xuddi xayol surib turgandek. Bu qishlog`imizga fayz berib turardi.

Bolalarga qish faslida ham o`yin ko`p. Ular qordan qorbobo, qorqiz yasaydilar.

Qorbo`ron o`ynaydilar. Chanada, konkida uchadilar. Yaxmalakda maza qilib uchishadi.

Bilimingizni tekshiring!

Sifatlar qanday ma‘nolarni bildiradi?

Sifat nimaning belgisini bildiradi?

Sifat otga qanday bog`lanadi?

Sifat gapda qanday bo`lak vazifasini bajaradi?

Yam-yashil, oppoq, kap-katta, tip-tiniq, to`q qizil sifatlari qanday yoziladi?



IV.Darsni yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.

V.Uyga vazifa.. O`quvchilarga darslikdagi topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib

beriladi.
Download 53.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling