1-Labaratoriya 692-19 Guruh


Download 109.37 Kb.
bet1/4
Sana26.11.2020
Hajmi109.37 Kb.
#152481
  1   2   3   4
Bog'liq
1 laboratoriya Elektronika



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Elektronika va sxemalar 1” fanidan



1-Labaratoriya
692-19 Guruh

Bajardi: Mahmudova Sarvinoz

TOSHKENT-2020

1- LABORATORIYA ISHI

UNIVERSAL LABORATORIYA STЕNDI BILAN TANISHISH. OM QONUNINI TADQIQ ETISH

Variant : 9

Ishning maqsadi: Universal laboratoriya stеndi bilan tanishuv va uning elеmеntlaridan foydalanishni oʻrganish, NI.MultiSim dasturiy muhiti yordamida Om qonunini tadqiq etish.

Qisqacha nazariy ma’lumot


Elektr toki. Zaryadli zarralarning tartibli harakati – elektr toki deb ataladi. Tok kuchi elektr tokining asosiy xarakteristikasidir. Tok soʻzi rus tilidan kirib kelgan boʻlib, oqim ma’nosiga ega. Biz tabiatdagi suvning, havoning oqimini (shamol) kuzatamiz. Zaryadli zarralarning oqimi koʻzga koʻrinmasa ham, oʻzining issiqlik, magnit va koʻplab boshqa ta’sirlari bilan namoyon boʻladi. Elektr tokini ampermetr yordamida oʻlchanadi. Uning oʻlchov birligi Amper[A].

Elektr kuchlanish — elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida koʻchirishida bajargan ishiga teng boʻlgan fizik kattalik.

Elektr kuchlarning zanjir qismida birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi shu qism uchlaridagi potensiallar farqi (φ1- φ2) ga teng . Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi esa zanjirning shu qismidagi elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) E ga teng . SI da Elektr kuchlanish ning birligi volt[V].

Elektr kuchlanishni voltmetr yordamida oʻlchanadi.

Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik, Om[𝛀]larda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.

Oʻtkazgichdan oʻtayotgan oʻzgarmas tok kuchi bilan uning uchlaridagi potensiallar farqi U ning oʻzaro bogʻliqligini ifodalovchi qonun – bu Om qonuni.

Om qonuni quyidagicha ifoda etiladi(1):

𝑈

𝐼 = (1)



𝑅

bu yerda:

I – tok kuchi(oʻlchov birligi [Amper, A]);

U – kuchlanish(oʻlchov birligi [Volt, V]);

R – qarshilik(oʻlchov birligi [Om, 𝛀]).

Ishni bajarish tartibi

Om qonunini tadqiq etish uchun quyidagi elektr sxemasidan foydalaniladi(1- rasm).

Variant № 9 .

R1 = 7.5 [kΩ], R2 = 5.5 [kΩ], R3 = 3.5 [kΩ]





Download 109.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling