1. Laboratoriya binolariga qo’yiladigan talablar. Soha bo’yicha laboratoriya bo’limlari. Tanlangan jihozlarni joylashinishi
Download 51,17 Kb.
|
1 2
Bog'liqSinov laboratoriyalari va ularga qo‘yiladigan talablar
SINOV LABORATORIYALARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Reja: 1.Laboratoriya binolariga qo’yiladigan talablar. 2.Soha bo’yicha laboratoriya bo’limlari. 3.Tanlangan jihozlarni joylashinishi. Korxona laboratoriyalari asosiy tsehlarga yaqin qilinib ishlab chiqarish binolarida joylashadi. Аyrim hollarda ma`muriy binolar joylashgan bo’ladi. Аyrim hollarda laboratoriya alohida binolarda joylashgan bo’ladi. Laboratoriyani loyihalashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Laboratoriyaning rejalashtirishning 2ta yo’nalishi mavjud:
Kichkina laboratoriyalarda 10-15 ta xodimlar ishlaganda bo’limlarning soni 3-4 ta bo’ladi. Аgar laborantlarning soni 40-50 ta bo’lsa, bo’limlarning soni 10-15 tagacha bo’lishi mumkin. Tavsiya etilgan bo’limlar: 1.Paxta tozalash zavodlarida quyidagi bo’limlar bo’lishi mumkin: a)xom ashyo va zavod qoshidagi laboratoriyalar; b)tayyor mahsulot sinash bo’limi; v)texnologik jarayonlarni nazorat bo’limi; g)namlikni aniqlash bo’limi; d)ifloslanganlik darajasini aniqlash bo’limi; e)kimyoviy laboratoriya; j)ikkilamchi xom ashyo laboratoriyasi va boshqalar. Hozirgi zamonda paxta tozalash sohasida tolaning sifatni aniqlashning klasser usuli HVI tizimi yordamida aniqlash yo’lga qo’yilgan. 2.Yigirish korxonalari laboratoriyalari: a)xom ashyoni sinash bo’limi; b)yarim mahsulotlarni sinash bo’limi; v)tayyor mahsulotni sinash bo’limi; g)namlikni aniqlash sinash bo’limi; d)iflosligini aniqlash bo’limi; e)agar ilmiy tekshirishlar rejalashtirilgan bo’lsa, geometrik xossalarni aniqlash bo’limi; j)fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash bo’limi; z)notekisligini baholash bo’limi. 3.To’quvchilik korxonalari laboratoriyalari: a)xom ashyoni sinash bo’limi; b)tayyor mahsulot bo’limi; v)texnologik jarayonlarni nazorat bo’limi; g)oxorlarni sinash bo’limi; d)namlikni aniqlash bo’limi; e)texnikaviy nazorat bo’limi. 4.Ipak korxonalari laboratoriyalari. a)xom ashyoni sinash bo’limi; b)fizik-mexanik xossalarii sinash bo’limi; v)seriplan xonasi; g)qayta o’rash qobiliyatini sinash bo’limi; d)namlikni aniqlash bo’limi; e)kimyoviy laboratoriya; Bu bo’limlarni odatda muhandislar boshqaradi. Аsosiy bo’limlardan tashqari quyidagi yordamchi bo’limlarni nazarda tutish kerak: 1.Namunalarni va saqlash bo’limi; 2.Tarozilar xonasi. 3.Hisoblash xonasi. 4.Ta`mirlash ustaxonasi; 5.Rasm kabinetlar; 6.Laboratoriya mudiri xonasi. Laboratoriyalarning turlari bo’yicha, har bir ishlovchiga lozim bo’lgan maydon (m2) dagi va xonaning hajmi (m3). Ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalariga 5m2, hajmi 15 m3 bo’lgan laboratoriyalar.
Bu xonalar 4 burchak shaklda bo’lishi kerak. Ular alohida xonalar bo’lishi kerak. Stullar oralig’i har xil, ya`ni 6x6 yoki 12x6, 12x12, 12x18 bo’lishi mukin. Ko’proq 6x6 moduldan foydalaniladi. Sanitar me`yorlari va qoidalar bo’yicha xonalarning eniga jadvalda chegaralar belgilangan: jadvalda
Ish joyidan chiqish masofasi 30-75 m, ko’p qavatli binolarda 25-50 m bo’lishi kerak. Jihozlarni joylashtirish: GPI-1 ning loyihasi bo’yicha 7 ming tonna paxta qayta ishlanadigan 6 ming tonna T=19 teks ip ishlab chiqaradigan korxonasi laboratoriyasi loyihalangan (10 000 yigirish urchug’i). 13.1-rasm. Yigirish korxonasi sinov laboratoriyasi loyihasi sxemasi. 1.Ipni sinash bo’limi 47,5 m2; 2.Yarim mahsulotlar bo’limi (xom ashyo ham) 28 kv.m; 3.Mexanik ta`mirlash bo’limi. 13,5 kv.m; 4.Ilmiy tekshirish bo’limi 18 m2; 5.Namunalarni saqlash va namlikni aniqlash. 13 m2; 6.Laboratoriya mudiri kabineti. 11 m2; 1-bo’limda joylashgan anjomlar:
2-bo’lim anjomlari:
6-bo’lim anjomlari: 40. Laboratoriya mudiri stoli. Download 51,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling