1-laboratoriya ishi mavzu : Omixta yemlardan namuna ajratish tartibi


Download 20.04 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi20.04 Kb.
#1053799
  1   2   3
Bog'liq
1 laboratoriya

1-LABORATORIYA ISHI


Mavzu : Omixta yemlardan namuna ajratish tartibi.
Ishdan maqsad: Omixta yem mahsulotlaridan namuna ajratish joyi va vaqti bilan tanishish.
Ishni bajarish uchun quyidagilar bо‘lishi kerak:
1. Vagondan, ombordan, kopdan namunalar oladigan huplar, qisqa ushlagichli va qisqartirilgan konusli huplar.

  1. 0,5 kg li kovsh, chelaklar.

3. Chetlari qayrilgan plankalar.
4.Dastlabki namuna tuzish uchun yog‘och hit.
5.Daslabki namunalar uchun idishlar va qopqoqli bankalar.
6.Stolga qо‘yiladigan, pallali va siferblatli (о‘zi kо‘rsatadigan) tarozilar.
Asosiy tushuncha. Omixta yemlarning sifati ularni ishlab chiqarish jarayonida xam, saqlash davomida va iste’molchilarga jо‘natilayotganda ham aniqlanadi. Omixta yemlarning sifati bir xil partiyadan ajratilgan о‘rtacha namunada aniqlanadi.
Bir xil partiya deb, ma’lum retsept bо‘yicha ishlab chiqarilgan, aloxida komponentlarning retsept bо‘yicha tо‘g‘ri meyorlangan, ishlab chiqarish sharoitida tekshirilgan va organoleptik baxolashda bir xil sifatga ega bо‘lgan omixta yemning miqdoriga aytiladi. Bunday partiyadan dastlabki namuna ajratiladi. Dastlabki namunadan omixta yemning sifatini aniqlash uchun о‘rta namuna ajratiladi. Sochiluvchan, granullangan (donador) va briketlangan omixta yemlardan namuna olish joyi va usullari quyidagi 1 jadvalda keltirilgan. Istalgan omixta yem partiyalaridan ajratilgan dastlabki namuna og‘irligi 4 kg dan kam bо‘lmasligi kerak.
Ishni bajarish tartibi:
Sochiluvchan omixta yemdan olingan dastlabki namunadan diagonal bо‘ylab bо‘lish usuli bilan о‘rtacha namuna olinadi. Olingan 2 kg li namuna ikki qismga bо‘linadi. Uning bir qismi qopqoqli bankaga solinadi va keyingi analizlarni olib borish uchun foydalaniladi. Ikkinchi qismi esa bankaga solinib, muhrlanadi va arbitraj tekshiruv uchun saqlanadi. Donodar omixta yemdan о‘rta namuna ajratishda xam xuddi shunday ish bajariladi. Briketlangan omixta yemdan о‘rta namuna tuzishda daslabki namunadan 6 ta briket ajratiladi, ulardan 1-2 tasi zichlikni aniqlash uchun foydalaniladi, qolganlari esa tunuka bankaga joylanadi, muhrlanadi va bir oy davomida arbitraj holati uchun saqlanadi. Dastlabki namunadan qolgan briketlar uvalanadi (maydalanadi) vaolingan massadan о‘rtacha namuna ajratiladi.
Sochiluvchan, donador va briketlangan omixta yemlardan olingan о‘rtacha namunadan dastlab namlikni, kislotalikni, metallomagnit qо‘shimchalar miqdorini, don zaxiralari zararkunandalari bilan zararlanganligini, maydalanish darajasini, maydalanmay qolgan madaniy о‘simliklar donlarini va zararli о‘simliklar urug‘larini aniqlash uchun tortma namunalar (naveska) ajratiladi. Namunaning qolgan qismini laboratoriya tegirmonchasida diametri 1 mm elakdan о‘tadigan kukunsimon massa holatigacha maydalanadi. Olingan kukundan namlikni, xom kletchatkani, yog‘ni, kulni, osh tuzini, qumni miqdorini va qorakо‘sov hamda qorakuya kasalligi bilan zararlanganligini aniqlash uchun foydalaniladi.
Omixta yemlardan namunalar olish usullari. jadval № 1.

Namunalar olish joyi va vaqti

Namunani ajratish usuli

Eslatma

Omixta yemlarni ishlab chiqarishda

Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling