1-laboratoriya mashg’uloti (2,3-mavzu) Mashg’ulot maqsadi


Download 47.84 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi47.84 Kb.
#141336
Bog'liq
1-lab. tay. узб


1-laboratoriya mashg’uloti (2,3-mavzu)

Mashg’ulot maqsadi: Talabalarni biogen, noorganagen elementlar kimyosi va sifat analizi asoslari bilan tanishtirish.

Mashg’ulot rejasi:

1. Sifat analizi asoslari;

2.Sifat analizi reaksiyalariga qo’yiladigan talablar;


  1. s, p, d – elementlar kation va anionlari uchun analitik reaksiyalar;

4.Ca2+ ioni uchun

5.Ғе3+ ioni uchun

6.Ғе2+ ioni uchun

7.Со2+ ioni uchun

8.Ва2+ ioni uchun

9.Hg2+ ioni uchun



10.Pb2+ ioni uchun

Kalit so’zlar: Биогенные элементы, Biogen elementlar (Biogenic elements) – elementning biologik xususiyatini belgilaydigan elementlar.

Макробиогенные элементы, Makrobiogen elementlar (makrobiogenic elements) – organizmdagi eng kichik miqdori 10ˉ² % dan ortiq bo‘lgan elementlar.

Микробиогенные элементы, Mikrobiogen elementlar (mikrobiogenic elements) – organizmdagi miqdori 10-3-10-5 % bo‘lgan elementlar.

Ультрамикробиогенные элементы, Ultramikrobiogen elementlar (ultramikrobiogenic elements) – organizmdagi miqdori 10-5 % dan kam bo‘lgan elementlar.

Биосфера, Biosfera (biosphere) – tirik mavjudodlarning yer yuzida tarqalish chegaralari, hayot jarayonlar shartlarini amalga oshirish va uning mavjudlik chegaralari.

Биогеохимия, Biogeokimyo (biogeochemistry) – yangi sistemalar hisobiga geokimyoviy jarayonlarni o‘zgarishini o‘rganadi.

Депо, Depo (Depot)biogen elementlar to‘planadigan odam organi.

Синергестическое действие, Sinergestik ta’sir (Sinergestic effect)bir elementni boshqa elementning biologik faoliyatini oshirish qobiliyati.

Антагонистическое действие, Antagonistik ta’sir(Antagonistic effect) – bir element boshqa elementning biologik ta’sirini kamaytirishi.
SIFAT ANALIZINING ASOSLARI

Analitik kimyo — bu kimyoviy analizning usullarini va asoslarini nazariy jihatdan o‘rganadigan fan. Analitik kimyo kursining vazifasi moddalar yoki ularning aralashmalari tarkibini o‘rganishdan, aniqlashdan iborat. Analiz qilishda aw al berilgan aralashma yoki modda qanday atomlar guruhidan, kation va anionlardan iborat ekanligini, ya’ni sifat tarkibi o‘rganiladi, so‘ ng uning tarkibidagi moddalar, kation va anionlar qanday miqdoriy nisbatda ekani tekshiriladi. Tekshirilayotgan modda qanday element atom, molekula yoki ionlardan tarkib topganini aniqlash sifat analizining vazifasidir. Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element atom, molekula yoki ionlar miqdorini aniqlash miqdoriy analizning vazifasidir. Sifat analizi tibbiy biologik obyektlarni tekshirishda, dorivor preparatlarning tarkibini aniqlashda keng qoilanadi. Bu analiz turli usullar (kimyoviy, fizik, fizik-kimyoviy) bilan amalga oshiriladi, ular tobora takomillashib, rivojlanib bormoqda. Sifat analizining kimyoviy usuli bilan tekshirish kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Bu reaksiyalar tavsifli bo‘lib, sodir boiadigan kimyoviy o‘zgarish — analitik reaksiya, qaysi modda yordamida tekshirilayotgan bo isa, o‘sha modda reagent deyiladi. Reagent sifatida shunday modda tanlanadiki, u tekshirilayotgan modda bilan reaksiyaga kirishganda tashqi o‘zgarish kuzatiladi, ya’ni cho‘kma hosil boiadi, eritma rangi o‘zgaradi, gaz ajralib chiqadi yoki tavsifli hid yuzaga keladi va shu kabilar. Fizik usullar sistemaning qaysidir parametrlari o‘zgarishiga asoslanadi. Fizik-kimyoviy usullar tekshirilayotgan element yoki moddaning qandaydir bir fizik xossasiga asoslanadi, bu uning uchun tavsifli boiadi. Masalan, nurlanish spektrlari hosil boiishi yoki ularning yutilishi (spektr analizi), kristallarning shakli va rangi (kristallokimyoviy analiz), suyuqlanish temperaturasining o‘zgarshi (termik analiz), turli yutuvchi moddalarga adsorbsiyalanish xossasi (xromotografik adsorbsion analiz) va shu kabilar. Ushbu b o iim d a asosan kimyoviy sifat analizi usullari ko‘rib chiqiladi. Moddani tekshirishni «xo’l» va «quruq» usullarda amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda tekshirilayotgan modda suvda (yoki boshqa erituvchida) eritiladi va hosil boigan eritmaga reaktivlar ta’sir ettiriladi. ikkinchi usulda esa quruq moddalar bilan ish olib boriladi. Bunda ko‘pincha modda tarkibi rangsiz alangani bo‘yalgan rangiga ko‘ra aniqlanadi. Tekshirilayotgan moddaning miqdoriga ko‘ra: 1 . Makroanaliz — analiz uchun 0,1 dan 1 g gacha quruq mojdda olinadi. 1 2. Yarim mikroanaliz - makroanalizdagidan 20—30 marta kam miqdorda modda olinadi. 3. Mikroanaliz ~ makroanalizdan 100 marta kam miqdorda modda olinadi. Sifat analizi ko‘pincha «xo‘l» usulda olib boriladi, ya’ni bunda elektrolit erituvchida eriganda ionlarga ajraladi. Sifat analizida qo‘llanadigan reaksiyalar sezgir bo‘lishi, to‘liq va tez boradigan bo‘lishi kerak. Ularning asosiy shartlari: muhit, temperatura, konsentratsiya (eritmadagi qidirilayotgan ion) va h.k. Ionlarni sifat jihatidan aniqlash uchun cho'kma hosil qiluvchi (eruvchanligi o‘zgarishi), rangi o‘zgaruvchi yoki ma’lum xossali gazlar hosil qiluvchi va h.k. reaksiyalar qo‘llanadi. Bunday reaksiyalar va ularda qo‘llanadigan reaktivlar berilgan ion uchun tavsifli deyiladi. Masalan, kalsiy ionlarini oksalat ionlari ta’sirida oq kristall cho‘kma hosil bo‘lishidan aniqlash mumkin: Ca2+ + C 20 4= CaC20 4 Tavsifli reaktiv bilan boshqa ionlarni eritmadan chiqarib tashlangandan keyin (shuningdek bu reagent bilan ta’sir etishi mumkin bo‘lganiarini ham) tekshirilayotgan ionni aniqlash mumkin. Bunda reaksiyaning spetsifikligi juda muhim. Spetsiflk reaksiya deb boshqa ionlar ham eritmada mavjudligida aniqlanayotgan ionni tekshirish mumkin bo‘lgan reaksiyalarga aytiladi. Bunday reaksiya beruvchi reagentlar spetsiflk reagentlar deyiladi. Masalan, ammoniy ioni uchun spetsiflk reagent ishqordir, u ammoniy ioni bor eritmaga ta’sir ettirilsa ammiak hosil qi‘ladi, uni o‘ziga xos hididan yoki lakmusning rangini ko‘kartirishidan aniqlasa boladi: NH4C1 + KOH -> NH3 + KC1 + NH4OH Bu reaksiya yordamida ammoniy ionini boshqa ionlar mavjudligida ham aniqlash mumkin. Izlanayotgan ionlarni spetsiflk reaksiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eitmaning alohida ulushlaridan (bu eritmada boshqa ionlar bo‘lishidan qat’i nazar) bevosita topish mumkin. Bu usul bo‘lib-bo‘lib analiz qilish usuli deb ataladi. Ma’lum bir guruh ionlarini aniqlash imkonini beradigan reaksiyalar guruhlashgan reaksiyalar, unda ishlatiladigan reagentlar esa guruhlashgan reagentlar deyiladi. Masalan, Ag, Rb, Hg, Cu ionlar guruhi reagent vodorod sulfiddir. Bu moddalar reaksiyasi natijasida suyultirilgan kislotalarda erimaydigan sulfid cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Sifat analizi kasr analizi usuli bilan yoki sistematik analiz usulida olib borilishi mumkin. Bir ionni spetsifik reaksiya yordamida eritmaning ma’lum bir bo‘lagida analiz qilish kasr analiz deyiladi. Sistematik analizda ionlar guruhlashgan reaktivlar yordamida analitik guruhlarga bo‘lib olinadi. Agar ionlarning bir guruhi ikkinchi guruhini aniqlashga xalal bersa, ularni maxsus reaktivlar yordamida ajratib olib, keyin har bir turini alohida reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Demak, sistematik analizda faqat tekshirilayotgan ionni aniqlash reaksiyasidan foydalanmay, balki eritma tarkibidagi ionlami bir-biridan ajratib olish reaksiyalari ham ishlatiladi. Chegaralangan ionlar soniga samara beruvchi reaksiyalar tanlovchi yoki selektiv reaksiyalar deyiladi.

LABORATORIYA ISHI

Biogen elementlarning kationlariga sifat reaksiyalari

  1. tajriba. Ca2+ ioniga reaksiya. Na2C20 4 reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 5—6 tomchi CaCl2 eritmasiga 5—6 tomchi reakiv qo‘shiladi, oq cho‘kma hosil bo‘ladi.

  2. tajriba. Cr3+ ioniga reaksiya. NaOH reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 5—6 tomchi CrCl3 eritmasiga cho‘kma hosil bo‘lguncha reaktiv qo‘shiladi.

  3. tajriba. Fe3+ ioniga reaksiya. NH4CNS reaktivi ishtirokidagi reaksiya. a) 4 -5 tomchi FeCl3 eritmasiga 4—5 tomchi reaktiv qo‘shiladi, qonga o‘xshash qizil rang hosil bo'ladi. b) K4[Fe(CN)6] reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 4 -5 tomchi FeCl3 eritmasiga 4—5 tomchi reaktiv qo‘shiladi, «berlin zangorisi» hosil bo‘ladi.

  4. tajriba. Fe2+ ioniga reaksiya. K3[Fe(CN)6] reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 4 -5 tomchi FeS04 eritmasiga 4—5 tomchi reaktiv qo‘shiladi, «turnbul ko‘ki» hosil bo‘ladi.

  5. tajriba. Mn2+ ioniga reaksiya. NaOH reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 4—5 tomchi M n(N 03)2 eritmasiga 4—5 tomchi reaktiv qo‘shiladi, oq cho‘kma hosil bo‘ladi.

  6. tajriba. Zn2+ ioniga reaksiya. K4[Fe(CN)6] reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 4—5 tomchi ZnCl2 eritmasiga 4 -5 tomchi reaktiv qo‘shiladi, oq cho‘kma hosil boiadi.

  7. tajriba. Co2+ ioniga reaksiya. Na2C03 reaktivi ishtirokidagi reaksiya. 4—5 tomchi CoCl2 eritmasiga 4 -5 tomchi reaktiv qo‘shiladi, pushti rangli cho‘kma hosil boiadi.

«Noorganogen» elementlar ionlarining sifat reaksiyalari

  1. Ba2+ ioniga reaksiya. Reaktiv: kaliy xromat K2Cr04 Probirkaga 5 tomchi BaCl2, 3—5 tomchi CH3COONa va 3 tomchi K2Cr04 eritmasi solinadi. Sariq rangli BaCr04 cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Cho‘kma kuchli kislotalarda eriydi, sirka kislotada erimaydi. Tegishli reaksiya tenglamasini molekular va ionli ko‘rinishda yozing.

  2. Hg2+ ioniga reaksiya. Reaktiv: kaliy yodid Kl. Probirkaga 3—5 tom chi Hg(N03)2 va 3—5 tomchi KI eritmasi solinadi. Qizil-qo‘ng‘ir rangli Hgl2 cho‘kmasi hosil bo’ladi. Cho‘kma ortiqcha KI eritmasida eriydi va kompleks birikma hosil bo‘ladi. Tegishli reaksiya tenglamalarini molekular va ionli ko‘rinishda yozing.

  3. Al3+ ioniga reaksiya. Reaktiv: ishqoriy muhitdagi S-alizarin qizili. Bir bo‘lak filtr qog‘ozga bir tomchi A1C13 eritmasi tomiziladi va konsentrlangan ammiak ustida 1—2 minut ushlab turiladi, unda Al(OH)3 hosil bo‘ladi. Filtrdagi dog‘ning o‘rtasiga 1 tomchi alizarinning spirtdagi eritmasi tomizilib, yana konsentrlangan ammiyak ustida ushlab turiladi. Qizil-pushti rang hosil b o ‘ladi. Uni «aluminli lok» deb ataladi.

  4. Pb2+ ioniga reaksiya. Reaktiv: kaliy yodid KI, Probirkaga 3—5 tomchi Pb(CHCOO)2 eritmasidan solinadi va unga 3-5 tomchi KI eritmasidan qo‘shiladi. Sariq amorf cho'km a — Pbl2 hosil bo‘ladi. Cho‘kma ortiqcha KI da, qaynoq suvda va sirka kislotada qisman eriydi. Reaksiya tenglamalarining molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.

  5. Sn2+ ioniga reaksiya. Reaktiv: vismut nitrat Bi(N03)3 ning ishqoriy eritmasi. SnC l2 tuzi eritm asiga NaOH eritm asid an qo‘shiladi, oq cho‘kma - Sn(OH)2 hosil bo‘ladi. Sn(OH)2 — amfoter hossaga ega, shuning uchun ortiqcha NaOH qo‘shilganda erib ketadi. Rangsiz eritmaga qora cho‘kma hosil bo‘lguncha B i(N03)3 eritmasi qo‘shiladi. Unda m etall holidagi Bi ajraladi. R eaksiya tenglam alarining molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.

  6. As3+ ioniga reaksiya. Reaktiv: natriy tiosulfat Na2S203. Reaksiya kislotali muhitda olib boriladi. Probirkaga 2 -3 tom chi Na3As03, 3—5 tomchi HCl va 2—3 tom chi Na2S203 eritmasidan solinadi va aralashma qaynaguncha qizdiriladi. Sariq rangli As2S3 cho‘kmasi hosil boladi. Cho‘kma ishqor va Na2S eritmalarida eriydi.

  7. Bi3+ ioniga reaksiya. Reaktiv: qalay xlorid SnCl2 (ishqoriy muhitda). SnCl2 tuzi eritm asiga NaOH eritm asid an qo‘shiladi, oq cho‘kma — Sn(OH)2 hosil boladi, u ortiqcha NaOH eritmasida erib ketadi. Rangsiz eritmaga qora cho‘kma — metall holidagi vismut hosil bo‘lguncha Bi(N03)3 eritmasi qo‘shiladi. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun savollar va masalalar

1. II guruh asosiy guruhcha gidroksidlarining xossalari quyidagi qatorda Be(OH)2 - Ca(OH)2 — Sr(OH)2 - Ba(OH)2 qanday o‘zgaradi?

2. Ammoniy oksalat eritmasidan foydalanib, tekshirilayotgan eritma tarkibida kalsiy xlorid borligiga ishonch hosil qilish mumkinmi?

3. Quyidagi tuzlarning eritmalari Na2C03, CH3COOK qanday muhitga ega?

4. Tibbiyot amaliyotida KBr va NaBr tinchlantiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanadi. Agar eritmaga geksanitrokobaltat bilan ta ’sir ettirilganda sariq cho‘kma hosil b o isa, tekshirilayotgan preparatda qanday tuz boiadi?

5. Rux gidroksidning amfoterlik xossasini ko‘rsating.

6 . Xrom (III) tuziga ammoniy sulfid qo‘shilganda xrom gidroksid hosil bo‘ladi. Reaksiyani yozing.

7. Mn(OH)2 qaysi moddada eriydi?



Аsosiy va qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Alimxodjaeva N.Т., Ikramova Z.A., Sulaymanova G.G., Tajieva X.

Tibbiy kimyo 1- qism.2019y.

  1. S.S.Qosimova, S.М.Мasharipov. Umumiy va bioorganik kimyodan amaliy mashg`ulotlar. Darslik. – 2005.-T: “Bilim”.

  2. Oлимхўжаева Н.Т.“Биоанорганик ва физколлоид кимё.” «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» нашриёти, Тошкент, 2005.

  3. Aлимхoджаева Н.Т., Жураев А.Ж.ва бошкалар «Руководство по обшей

химии», Тошкент,«Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 2005.
Download 47.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling