1-laboratoriya mashg’uloti texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga EGA bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#194129
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Laboratoriya mashguloti 780b397972a4b093d7836fc4e7eb1d15



1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

Texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil 

ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni o‘rganish. 

Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar 

Organik kimyo kursi bo’yicha talabalar laboratoriya tajribalarini bajarishdan 

oldin murakkab bo’lmagan sintezni olib borishni, reaksion massa aralashmasidan 

moddalarni ajratib olishni, ularni tozalashni va asosiy fizik-kimyoviy konstantalarini 

aniqlashni, kimyoviy adabiyot ma’lumotlaridan foydalanishni, laboratoriya daftarini 

to’g’ri  tutishni  bilishlari,  organik  birikmalarning  asosiy  sinflarini  sifat  va  miqdor 

analizlari bilan tanishgan bo’lishi kerak. 

Laboratoriya  mashg’ulotlari  talabalarni  shisha  idishlardan  to’g’ri 

foydalanishni, laboratoriya jihozlarini to’g’ri va chiroyli yig’ishni, har xil amallarni 

(kristallash,  haydash,  quritishvah.)  bajarishga  o’rgatadi.  O’tkazilayotgan 

reaksiyaning  qanday  sharoitda  borayotganligini,  sintez  qilinayotgan  moddalarni 

boshqa  usullarda  ham  olish  va  tozalash mumkinligini,  tanlangan  usulning  boshqa 

usullardan  afzalligini va kamchiligini, dastlabki moddalarning va mahsulotlarning 

fizik-kimyoviy  xossalarini  talaba  oldindan  tasavvur  etib  tushinishi  kerak. 

Laboratoriyada  texnika  xavfsizligini  taminlash  uchun  talaba  barcha  diqqatini 

bajarilayotgan tajribaga qaratishi zarur. 

Barcha jarayonlar puxta va saranjom bajarilishi kerak. 

Ish jarayoni vaqtida faqat toza kimyoviy idishlardan foydalanish kerak, sababi 

ozgina  aralashma  nafaqat reaksiyaning  buzilishiga,  balki  baxtsiz  hodisalarga  ham 

olib  kelishi  mumkin.  Ish  stoli  toza  va  boshqa  keraksiz  narsalardan  holi  bo’lishi 

kerak. 

Laboratoriya  mashg’uloti  vaqtida  chiqindilarni  axlat  idishiga  tashlash  yoki 

kanalizatsiyaga  to’kish  mumkin  emas.  Ishlatilgan  konsentrlangan  sulfat  kislota 

eritmalarini mo’rili shkafda joylashgan shisha idishga yig’iladi. Suyultirilgan kislota 

yoki  ishqor  eritmalari  (1-2%)  rakovinaga  to’kilib,  ustidan  kuchli  oqimli  ko’p 

miqdorda suv quying. Organik erituvchila rmaxsus tayinlab qo’yilgan shisha idishga 

yig’iladi.  Yong’in  xavfini  tug’diradigan  natriy  va  kaliy  metallarining  qoldiqlari 

spirtning unchalik ko’p bo’lmagan miqdori bilan eritiladi. Zaharli gazlarni ajratib 

chiqaruvchi moddalarni o’qituvchining ko’rsatmasi bilan yo’q qilinadi. 

Talabalar  o’tkazilgan  tajribalarni  o’zlarining  tutgan  ish  daftariga  aniq  va 

tushunarli qilib yozishni o’rganishi kerak (ilova 1). 

Laboratoriya  tajribalarini  boshlashdan  oldin  kimyoviy  sintezni  o’tkazish 

tartibi va texnika xavfsizligi bilan tanishgan bo’lishi kerak. 

Laboratoriya  tajribalarini  bajarish  shartlari  talabalarga  ish  vaqtida 

tanishtiriladi,  shuning  uchun  xomaki  qilib  yozilgan  bajarish  shartlari  ruxsat 



etilmaydi.  Xulosaga  uslubiy  qo’llanmadagi  bajarilish  shartlarini  ko’chirib 

yozmasdan, balki tajriba haqiqatdan qanday bajarilganligini yozish tavsiya etiladi. 

Xulosada  reaksiya  vaqtida  ranglarning  yoki  cho’kmaning  hosil  bo’lishi  yoki 

yo’qolishi, gaz ajralib chiqishi, o’z-o’zidan haroratning ko’tarilishi yoki pasayishi, 

reaksiya  oxirida  tajriba  qanday  tugaganligi,  tozalanmagan  preparatning  unimi 

haqida yozilgan bo’lishi kerak. Agar moddalarni tozalash haydash usuli bilan olib 

borilgan  bo’lsa,  haydash  uchun  qancha  miqdorda  modda  olinganligini,  ajratib 

olingan  fraksiyalarning  og’irliklari  va  qaynash  temperaturalari  ko’rsatiladi.  Agar 

olingan moddani kristallash kerak bo’lsa qancha miqdorda modda olinganligini va 

erituvchini, kristallashdan oldingi va keyingi suyuqlanish haroratini, kristallashdan 

keyin olingan moddaning miqdorini xulosaga yozish kerak. 

Sintez qilib olingan moddalarning konstantalari (suyuqlanish temperaturasi, 

zichligi,  sindirish  ko’rsatkichi)  adabiyot  manbalaridagi  konstantalari  bilan 

solishtiriladi. 

Shunday  qilib,  talabalar  mavzu  bo’yicha  laboratoriya  tajribalarini 

muvaffaqiyatli bajarish va o’zlashtirish uchun quyidagilarni bilishlari zarur: 

1.  Berilgan mavzu bo’yicha nazariy bilimlarni; 

2.  Bajarilishi kerak bo’lgan tajribaning ta’rifini; 

3.  Ishning maqsadini

4.  O’tkazilgan  tajribaning  ma’lumotlarini,  nazorat  qilishni  va  xulosalarni 

laboratoriya ish daftariga yozib borishni; 

5.  Qisqa hisobot tayyorlash va uni o’qituvchiga topshirishni (ilova 1). 

 

1. Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari 



1. 

Organik kimyo laboratorisida ishlaganda har doim organik moddalarning 

ma’lum miqdorda zaharliligini, ulardan ko’pchiligi yong’indan xavfli va portlovchi 

moddalar ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak. Shuning uchun laboratoriya ish 

vaqtida tozalikni va batartiblikni saqlashga, moddaning teriga sachrab ketmasligiga 

diqqatli  bo’lishga,  ko’zni  va  yuzni  qo’l  bilan  ushlamaslikga,  ish  vaqtida 

ovqatlanmaslikga, ishdan keyin qo’lni yaxshilab yuvishga amal qilmog’imiz kerak. 

 

2.  Mashg’ulot paytida talaba maxsus kiyim (xalat) siz ishlashi va yakka o’zi 



tajriba o’tkazishi mumkin emas. 

3.  Tajribani raxbarning ijozati bilan boshlash lozim. Ish rejasi laboratoriya 

daftariga yozilishi va uni rahbar tekshirib qo’l qo’ygan bo’lishi kerak. 

4.  Organik  moddalarning  ta’mini  tatib  ko’rish,  bevosita  hidlash  va  ushlab 

ko’rish  aslo  mumkin  emas,  zaxarli  va  o’tkir  hidli  moddalar  bilan  bajariladigan 

tajribalar faqat mo’rili shkafda o’tkazilishi shart. 

5.  Oson uchuvchan yoki tez yonuvchan organik erituvchilar (benzol, toluol, 

benzin, etil spirti va h.k) saqlanadigan idish og’zini ochiq holda alanga yoki elektr 




plitkalari oldida qoldirish man etiladi. Bunday eritmalarni laboratoriyada bir litrdan 

ko’p  saqlash  mumkin  emas.  Tajriba  o’tkazilayotganda  asbobning  germetik 

ulanganligini kuzatish kerak. Oson uchuvchan va tez yonuvchan organik moddalarni 

ochiq alanga yordamida qizdirish man etiladi. 

6.  Elektr  quvvati,  gaz  va  reaktivlardan  unumli  foydalanish  kerak.  Tajriba 

uchun ko’rsatilgan miqdordan ortiq reaktivlar olish mumkin emas. 

7.  Yonuvchan  va  uchuvchan  moddalarni  stolda  ortiqcha  miqdorda 

saqlamang, ularni gaz gorelkasidan va boshqa isitish asboblaridan uzoqda saqlang. 

Qizdirish  uchun  imkoni  boricha  usti  berk  isitgich asboblardan  foydalanish  lozim. 

Bordiyu,  tasodifan  yong’in  chiqsa,  avvalo,  o’t  chiqish  manbalari:  gaz  gorelkasi, 

elektr  rezetka  va  boshqalarni  o’chiring.  Keyin  qum  seping  yoki  yopqich  yoping. 

Agar yong’in shunda ham o’chmasa, o’t o’chirgichni ishlatish kerak. 

8.  Suyultirilgan  eritmalarni  tayyorlashda  kislotani  oz-ozdan  suvga,  idish 

devori  bo’ylab  quyish  lozim.  Konsentrlangan  kislota  va  ishqorlarni  kimyoviy 

pipetkalardla o’lchash qat’iy man etiladi, ularni faqat tomizgich yordamida o’lchab 

olish  kerak.  Kislota  va  ishqorlar  saqlanadigan  idishlarni  ehtiyotlik  bilan, 

sachramaydigan va to’kilmaydigan qilib ushlang. 

9.  Tajribadan ortgan va ishlatilgan natriyni oz-ozdan spirtda eritib, yo’qotish 

kerak. Natriy metali doimo kerosin yoki benzol ostida saqlanishi lozim. 

10. Simob  va  simobli  asboblar  bilan  ehtiyot  bo’lib  ishlang.  Simobli  asbob 

(termometr yoki manometr) sinsa, uni tezda maxsus usullar yordamida yig’ib oling 

va simob to’kilgan joyga oltingugurt kristallari sepib uni neytrallang. 

11. Moddalar  qizidirilayotgan  yoki  reaksiya  o’tkazilayotgan  idishlarga 

engashib qaramang. 

12. Brom  bilan  bajariladigan  tajribalar  albatta  mo’rili  shkafda  o’tkazilishi 

kerak, chunki u zaharli va terini kuydiradi. 

13. Gazlar bilan ishlashda juda ehtiyot bo’lish kerak va tajriba o’tkazilayotgan 

asboblarning germetikligi tekshirilishi lozim, chunki gazlar aralashmasi portlovchan 

bo’ladi. 

14. Talaba  shuni  unutmasligi  kerakki,  tajribalar  uchun  foydalanilayotgan 

moddalar kuchli ta’sir etuvchi reagentlardir (konsentrlangan ishqor, kislota, aldegid, 

alkaloid va b.), shuning uchun laboratoriyada nojuya harakat qilmaslik va ish stolida 

faqat zarur  narsalarni saqlash lozim. Ehtiyotsizlik va  yuqorida  aytilganlarga rioya 

qilmaslik  terini  va  ko’zni  jaroxatlanishiga,  kiyim-kechakni  zararlantirishga  olib 

kelishi mumkin. 

15. Mashg’ulot  tugagach,  ishlatilgan  moddalarni  o’z  joyiga  qo’yish, 

asboblarni va shisha idishlarni tozalab yuvib, laborantga topshirish kerak. 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling