1. Lavlagi yig’ishtirish mashinasini o’rganish
Download 203.15 Kb.
|
bogdorcilik
1.Lavlagi yig’ishtirish mashinasini o’rganish KS-6 ildiz meva yig‘ish mashinasi o‘ziyurar shassi va ildiz meva yig‘gichdan iborat bo‘lib, kavlagichni hosil qiluvchi yuritish (207-rasm) va passiv disklar 2, shnekli tozalagich 4, kesak ezgich, uchta uch ko‘rakchali va bitta dumaloq qulachokli val, bo‘shatish elevatori 9, yurgizish avtomati, avtomatik kontrol qilish sistemasi va uzatish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi, lavlagi yig‘ishda yurgizish avtomati mashinaning old g‘ildiraklarini shunday yo‘lga solishi kerakki, kavlagichlar o‘simlik qatorlari bo‘yicha harakatlansin. Aylanuvchi disklar ildiz mevalarni tuproqdan ajratadi va ularni ko‘tarib oladi. So‘ngra kavlagich disklari orasida aylanuvchi ko‘rakchali biter ildiz mevalarni shnekli tozalagichga oshirib tashlaydi, bu erda ildiz mevalar tuproq va barg qoldiqlaridan tozalanadi hamda transportyor 6 ga uzatiladi. Transportyor ildiz mevalarni tubi lentali transportyor 7 dan iborat bunkerga uzatadi, bunkyerdan esa ular kesak ezgich 8ga kelib tushadi. U erda ildiz mevalar tuproqdan tozalanadi va elevator 9 bilan transport vositasi 10ga uzatiladi. Kesaklar bo‘lmasa transportyor 7 kesak ezgichii chetlab ildiz mevalarni elevatorga uzatadi. Kovlovchi disklarining chuqurlikka botishi shtirlarni kronshteyn teshiklarida joyini almashtirib rostlanadi va eng kichik qilib o‘rnatiladi. Tozalagichning birinchi shnegi barabanining sirtidan disklar qirrasigacha bo‘lgan masofa 7585mm, yaqinlashayotgan disklari qirrasi orasidagi masofa 3045mmni tashkil etishi zarur. Bityerlarni balandlik bo‘yicha qayta o‘rnatish bilan shnekli tozalagichda ildiz mevalarni tozalash darajasi rostlanadi. Kesak ezgich ishlayotganda uch ko‘rakchali vallar qulachoklarining qirralari orasidagi burchakni 45° qilib o‘rnatish kerak. Bunda ildiz mevalar sirpanib tushadi, kesaklar esa qirralar orasida qisiladi va maydalanadi. Tashish rejimida qulachoklar qirrasi 90° li qilib o‘rnatiladi. RKS-6 mashinasi aylanuvchi uchliklari bor aktiv vilkalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular ildiz mevani tuproqdan ajratib oladi va ularni ikkita qiya joylashgan chiviq panjali disklar ildiz meva yig‘ish oralig‘iga tushiradi.
I ldiz mevalar u yerdan ko‘rakchali bityerlar bilan biter vallariga turtib tushiriladi, ular ildiz mevalarni shnekli tozalagichga yetkazib beradi, u ildiz mevalarni qabul transportyorlariga yo‘naltiradi. Keyinchalik ildiz mevalar elevator va yonmayon ketayotgan transport kuzoviga uzatiladi. Yurgizish avtomati yordamida mashina dalada kavlash organlari yig‘ib olinadigan ildiz meva qatorlari bo‘yicha harakatlanadigan qilib yurg‘iziladi. Agregat yurib ketayotganda transport vositalarini almashtirish uchun traktorchi gidrosistema vositasida ko‘ndalang va bo‘shatish transportyorlarini uzadi. Bunda ildiz mevalar mashina bunkerida yig‘iladi. Mashinist ish organlarnning qatorlar bo‘ylab aniq harakatlanayotganini va mashina texnologik prosesslarini to‘g‘ri bajarayotganligini kuzatishi lozim. Ish organlari qatorlardan chetlashganda traktorchi rul chambaragi bilan mashina harakatini to‘g‘rilaydi. CKN-2M markali lavlagi kombayini lavlagi qazib olishda ishlatiladigan qishloq ho‘jaligi mashinasini asosiy qismlari lavlagini qazish va tuproqdan tozalash apparatlari, transportyorlar, barg qirqish apparat, bunkyerlar, boshqarish gidrosistemasi, rama va g‘ildiraklardan iborat. (208-rasm) Ish organlari traktordan harakatlanadi. Mashina yurganda mashina organlari lavlagini qazib, tuproqdan ajratadi, bargni qirqadi, bunkerga yig‘adi yoki bir yo‘la transportyor yordamida avtomashinaga yuklaydi. Lavlagi bargi (mashinaning hiliga qarab) tupidaligida yoki qazilgandan keyin qirqiladi. Lavlagi kombayini “Belarus” tipidagi va boshqalari traktorlarga tirkab ishlatiladi, traktorchidan tashqari, yana bir kishi xizmat qiladi. Ish unumi soatiga 0.260.65ga Download 203.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling