1. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish deganda nimani tushunasiz?


Download 21.14 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi21.14 Kb.
#1126209
  1   2   3   4   5
Bog'liq
,,,,


1. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish deganda nimani tushunasiz?
Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish asosida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining samaradorligini oshirish texnologiyalari juda keng qo’llanilmoqda. Ijtimoiy texnologiyalar va o’z-o’zini boshqarish organlari akademiyasi mutaxassislari «SEPIN» fondi ekspertlari bilan birgalikda o’nlab innovatsiya mashg’ulotlarini o’tkazishdi. Innovatsion texnologiyalar asta-sekin mahalliy o’z-o’zini boshqarish tashkilotlarida eskidan qolgan o’y-fikrlardan qutulish yo’llarini aniqlaydi. Ular quyidagilarga olib kelishi mumkin: Formal munosabatdagi xatoliklar, mahalliy o’z-o’zini boshqarishning mohiyati ularning tashkiliy-huquqiy formasi bilan almashtiriladi, ya‘ni mahalliy xalq mahalliy muammolarini yechishda ishtirok etishdan mahrum bo’lishadi. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish me‘yoriy-huquqiy, tashkiliy shartlari asosida bo’lishi mumkin. Tezlashtirish natijasidagi xatoliklar – o’z-o’zini boshqarish organlarining tabiiy shakillanishining buzilishiga olib keladi. Ma‘muriy bosim xatoliklari – «yuqori»dan mahalliy hamjamiyatga turli xil qoidalarga, rejimlarga bog’lab qo’yish. Mahalliy boshqaruv tashkilotlarining konseptual g’oyasi – fikrlar «past»dan, moliyaviyhuquqiy ta‘minot «yuqori»dan strategiyasini – mahalliy o’z-o’zini boshqarish konsepsiyasini yangi bir g’oya bilan to’ldiradi. Munitsipal menejmentning sanoat-moliyaviy guruhlari yordamida xalq mablag’lari hamda munitsipal mulk yig’iladi, nazorat qilinadi, odamlarning mahalliy muammolarini hal qilishdagi ishtirokining maxsus boshqa bir motivatsiyasi yaratiladi, nobyudjet foydalar orqali moliyaviy mablag’larni topish manbalari yaratiladi. 230 Bunday rivojlanish konsepsiyasi «SEPIN» dasturida bayon etiladi. Bu dasturda mahalliy hamjamiyatning antiinqiroz boshqaruv texnologiyasining boshqacha modeli ham beriladi. Mahalliy o’z-o’zini boshqaruvni mustahkamlash – hokimiyatni tashkillashtirish prinsipi, demokratiyalashtirishning samaradorligi, federal hokimiyatni «past»dan tuzish, davlatning fuqarolik jamiyati madaniylashgan institutiga aylanishidir. Jahon tajribasi ko’rsatadiki, mahalliy o’z-o’zini boshqaruvning tizimli modeli asosiga mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarining xalq tomonidan saylanishi va uning oldida mas‘uliyatni his qilish ta‘minlab qo’yilishi kerak. Asosiy shart qilib hokimiyat organlarini shu darajada ham hokimiyatlarga bo’lish prinsipi taqdim etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari nazorat va boshqaruv faoliyatini qonun doirasida, o’zlarining mas‘uliyatlari ostida xalq muammolarini yechishning qandaydir bir sistemali modelini namoyon etishlari zarur. Umuman olganda, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari davlatning doimiy faoliyatiga samarali yordam berishmoqda. Korporativ prinsiplarga, korporativ iqtisodiyotga asoslangan mahalliy boshqaruv organlarini rivojlantirishning yangicha yondashuvi quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi: qonun doirasida federal darajada hokimiyatlarni markazlashtirish muammolari aniq qo‗yiladi, qonun asosida mulkchilik muammolari, yer, moliya-byudjet siyosati, davlat funksiyalari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari vazifalari hal etiladi, munitsipal hokimiyat, munitsipal ta‘lim, munitsipal mulk va boshqa munitsipal resurslar tushunchalariga aniqlik kiritiladi, bundan esa umumiy munitsipal siyosat tushunchasi aniqlanadi, davlat tomonidan alohida mahalliy organlarining vazifalari belgilanganda, ular, albatta, kerakli bo‗lgan moddiy moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta‘minlanadi. 231 Qonun chiqaruvchi organlar:  Barcha xo’jalik subyektlari faoliyatlari uchun, shu jumladan, o’z-o’zini boshqarish organlari uchun huquqiy kenglikni yaratadilar.  Qonun va boshqa me‘yoriy huquqiy aktlar qabul qilingan holda munitsipal siyosat masalalarini kafolatlaydi.  Umumiy munitsipal siyosat davlat dasturini qabul qiladi, shu asosda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlariga qonun bazasi doirasida, shu jumladan, munitsipal darajasida aniq maqsad va vazifalar taqdim etadi;  Umumdavlat ijtimoiy standartlarni, ya‘ni minimum yordamni kafolatlaydi, ularni davlat tomonidan olishlari shart. Bunday yondashish davlat ijtimoiy siyosatida ilmiylikni ta‘min etadi. Oxirida esa munitsipal siyosat ishlab chiqiladi, tatbiq etiladi va u quyidagilarni bajarish imkoniyatiga ega: a) fuqarolar uchun qonun doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali tartibga solishni amalga oshirish; b) xalq talabidan kelib chiqqan holda jahon tajribasi asosida munitsipal birlashmalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarida yashovchi xalqlarga mustaqil ravishda quyidagi imkoniyatlar berilishi mumkin:  Real o’z-o’zini boshqarishga o’tish yo’llarini, bosqichlarini, shakllarini aniqlash.  Tarixi, milliy hamda mahalliy udumlarini hisobga olib, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining strukturasini tashkil etish.  O’z fikr, tashabbuslarini amalga oshirish uchun o’z yo’llarini izlab topish imkoniyatlari va boshqalar. Faqatgina mavze va mikrotuman, qishloqlarda o’z-o’zini boshqarish orqali zamonaviy munitsipal boshqarishni tashkil etish va resurs bazalaridan samarali foylananish imkoniyati paydo bo’ladi, u 232 rivojlantirish mexanizmi va boshqa bir qator ijtimoiy masalalarni hal qilish imkonini beradi. Mahalliy hamjamiyatning analitik modellarini qo’llash: funksional, boshqaruv-tashkiliy, moddiy-moliyaviy va huquqiy mexanizmlar orqali mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining funksiyalarini va sturkturasini yaxshiroq ko’rib chiqish imkoniyatini beradi. Ba‘zi bir tumanlar soliq bazasi bo’yicha oshiqchalikka ega, boshqalarga esa minimum ijtimoiy standartlar ta‘minlash uchun mablag’lar yetishmaydi. Davlat tomonidan standartlar solish hammaga, ya‘ni yaxshi yashashni xohlovchilarga iqtisodiy muvaffaqiyat imkoniyatini yaratadi, ammo Avstriya, Shvetsiya, Finlyandiya davlatlarida ham hamjamiyatlarning moliyaviy quvvati juda turli xil. Rossiya uchun bunday nomutanosiblik juda xarakterlidir. Muammodan chiqish uchun turli xil usullardan: iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash uchun sharoit yaratilishi, tadbirkorlikning qo’llabquvvatlanishi, kichik biznes, aniq hudud xalqlarining maqsadlarini qo’llash kabilardan foydalaniladi.


Download 21.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling