1. Ma’muriy huquq sub’ekti tushunchasi va turlari. Davlat boshqaruv organlarining tushunchasi va huquqiy holati. Javoblar


Download 15.42 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi15.42 Kb.
#148891
Bog'liq
Hujjat (3)


2-topshriq

1.Ma’muriy huquq sub’ekti tushunchasi va turlari.

2.Davlat boshqaruv organlarining tushunchasi va huquqiy holati.

Javoblar

1. Ma`muriy huquqiy normalarning turlari va ularning funksiya va tuzilishi. .

Maʼmuriy-huquqiy normalar oʼzining tartibga solish yoʼnalish- lari va yuridik mazmuniga koʼra bir-biridan farq qiladi. Maʼmuriy-huquqiy normalar turli mezonlar, yaʼni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, funktsiyalariga koʼra turlarga ajratiladi.

Maʼmuriy-huquqiy normalar vazifasiga koʼra moddiy va protsessual turlarga boʼlinadi.

Moddiy maʼmuriy-huquqiy normalar maʼmuriy huquqbilan tartibga solinadigan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari majmuini, shuningdek, ularning javobgarligi, yaʼni maʼmuriy-huquqiy maqomini yuridik jihatdan mustahkamlaydi. Moddiy normalarda ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) tizimi, tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilari faoliyat koʼrsatishi lozim boʼlgan huquqiy makon (rejim) oʼz ifodasini topadi. Bunday maʼmuriy-huquqiy normalar baʼzan statik normalar deb ataladi. Ular toifasiga mansabdor shaxslarning fuqarolar shikoyatini qabul qilish va belgilangan muddatda koʼrib chiqish borasidagi majburiyatlari yoki ijro etuvchi hokimiyat muayyan subʼektining vakolatlari asosini belgilovchi normalar kiradi. Shunday qilib, moddiy maʼmuriy-huquqiy normalar bilan boshqaruvga doir munosabat subʼektlarining oʼzaro aloqasi asoslari belgilanadi; maʼmuriy huquq normalarining bajarilishi, qoʼllanilishi va ularga rioya qilinishi zarur hollarda davlat majburlov choralari bilan taʼminlanadi.

Protsessual maʼmuriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan protsessual masalalarni tartib- ga soladi. Masalan, bu normalar – fuqarolarning shikoyat va ariza- larini qabul qilish, koʼrib chiqish va hal qilish tartibini; maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish tartibini belgilaydi. Ularning vazifasi moddiy maʼmuriy huquq normalari bilan belgilangan yuridik huquqlar va majburiyatlarning tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabatlar doirasida amalga oshirilish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.

Maʼmuriy-huquqiy normalar subʼektlar xulq-atvoriga taʼsir koʼrsatish usuliga koʼra ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga turlicha taʼsir koʼrsatadi: chunonchi, ular harakat- ga undashi, muayyan harakatlarni bajarishni buyurishi, u yoki bu harakatlarni bajarish vakolatini berishi, harakatlarni bajarishni man etishi mumkin. Ularda taʼriflangan qoidalarning xususiyatiga qarab vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi maʼmuriy- huquqiy normalargaajratiladi.

Maʼmuriy-huquqiy normalar subʼektlari va tartibga solish koʼlamigakoʼra:

Davlat organlari, korxonalar, tashkilotlarfaoliyatini;

Fuqarolarxulq-atvorini;

Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarfaoliyatini;

Davlat xizmati xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi turlargaboʼlinadi. MaʼmuriyMaʼmuriy huquq normalari Oʼzbekiston Respublikasida boʼlib turgan chet el jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Download 15.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling