1-Ma’ruza : Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 67.19 Kb.
bet1/2
Sana25.07.2023
Hajmi67.19 Kb.
#1662365
  1   2
Bog'liq
Eshmatov Omadbek falsafadan topshirig\'i (1)


1-Ma’ruza : Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Tayanch iboralar: substansiya, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, dialektika, metafizika



  1. Dunyoqarash nima?

Javob:
Dunyoqarash har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi.

  1. Dunyoqarashning tarixiy tiplari nimalardan iborat?

Javob:
Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi.
Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy shakllarda tasvirlaganlar. BMifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida ifodalanadi.
Diniy dunyoqarash dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir («din» so‘zi arabchadan tarjimada «e’tiqod», «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi). Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40–60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsada, umuman olganda, u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan, mif ta’sirida insonning mavhum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini diniy tuyg‘u, diniy aqidalarga ishonish, sig‘inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil qiladi.
Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor berad.

  1. Falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyQu, aql-idrok va tafakkur ham muhim o‘rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, bugungi o‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan G‘oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.


Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o‘z qarashlari va g‘oyalari to‘g‘riligiga, orzuumidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo‘lgan chuqur ishonchidan paydo bo‘ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tutadi. hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir.



  1. Falsafa fan sifatida nimani o‘rganadi?

Javob:
Falsafa dunyoning tub mohiyatini, odamlarning fikrlari va bilimlari asoslarini va inson xulq-atvorining evolyutsiyasini sinchkovlik bilan tahlil qiladi.
Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o‘zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u
«donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi. Bu
— ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan, bu atamaning mohiyatmazmuni ham o‘zgarib borgan. Qadimgi yunonlarda bu so‘z “tushunishga intilish”, “bilimga intilish” degan ma’nolarni ham anglatgan. Ushbu so‘z Fukidid, Suqrot va boshqa antik madaniyat vakillari tomonidan xuddi shunday ma’noda qo‘llangan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. o‘sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan.



  1. Falsafa jamiyat hayotida qanday o‘rin tutadi?

Javob:
Falsafani o‘zining vujudga kelishi qadimgi zamon urug‘doshlik tuzumining inqirozi natijasida shakllangan jamiyatning ehtiyojlari bilan bog‘liq. Aqliy va jismoniy mehnatning bo‘linishi, davlatchi¬lik¬ning paydo bo‘lishi, ijtimoiy tabaqalanish, ishlab chiqarishning murakkab turlarining vujudga kelishi, fanlarning yuzaga kelishi, bilish va ijtimoiy amaliyotda sifat jihatidan yangi ehtiyojning tug‘ilishi - bularning hammasi ob'ektiv borliqda yangi yondoshuv – falsafani shakllanishiga olib keldi.
Keyinchalik ijtimoiy-tarixiy transformatsiya falsafiy mulohazalar rivojiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Masalan, G‘arbiy yevropada cherkov va din ahamiyatining o‘rta asrda kuchayishi bu davrda falsafaning ilohiyotni xizmatkoriga aylanishiga olib keldi. Yangi davrda esa tabiiy fanlar va sanoatning rivojlanishiga talab falsafadagi mantiqiy-metodologik hamda gnoseologik muammolarning keskin kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Bu borada sobiq SSSRdagi ijtimoiy tizimning falsafa taqdiriga ta'sirini ko‘rsatish mumkin. KPSSning monopoliyasi va totalitarligi falsafaning siyosiy mafkuraga bo‘ysundirilishi, sxolastik va sofistika elementlarining rivojlanishiga olib keldi. Sotsializm mamlakatlaridagi falsafiy qoidalarning ma'lum to‘plami (stalinizm, maoizm, chuchxe va boshqalar) rasmiy tasdiqlangan davlat mafkurasi maqomini oldi va ma'muriy vositaga aylandi; bularning funksiyasiga mavjud tuzumni madh etish, boshqacha fikrlash bilan kurashish, ijtimoiy va xususiy ong rivojini senzor-politsiya nazoratiga olish, rahbar shaxslarga sodiqlikni tekshirish va hokazolar kiradi.
Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, basho­rat­lash, sintetik)ni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Falsafa jamlama-umumlashgan shaklda bilish jarayoni va ijtimoiy amaliyot rivoji yo‘nalishiga ta'sir etadigan paradig­ma­lar­ni shakllantiradi. Yaqin va O‘rta Sharqda falsafaning rivojlanishi ilk o‘rta asr musulmon sivilizatsiyasining taraqqiyotiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi. Uyg‘onish va Yangi davrlar falsafasidagi insonparvarlik va ma'rifat g‘oyalari cherkov hukmronligi va mutlaqlashtirishni cheklashga, tabaqalarning maqomini o‘zgarishiga, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga imkon yaratdi, nemis klassik falsafasining g‘oyalari esa qator fanlar: geologiya, biologiya, jamiyatshunoslikdagi tasavvurlarning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. «Amaliy fanlar» falsafasining g‘oyalari Uzoq Sharq mamlakatlarida jamiyat siyosiy va ijtimoiy tizimi, iqtisodiyot, ta'lim sohasida muhim islohotlarga sabab bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda falsafa totalitar jamiyatlarda mafkura, apologetika va senzuraning quroliga aylanib, taraqqiyot rivojini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Stalinizm falsafasining genetika va kibernetikani burjuaziyaning soxta fanlari deb e'lon qilganligini misol keltirishning o‘zi yetarlidir.
Falsafiy paradigmalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlari: iqtisodiyot, siyosat, fan, madaniyat va hokazolarga ta'sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda bashariyat nafaqat yangi ming yillikka, balki yangi chegara, yangi tarixiy davrga ham qadam qo‘ydi. Mavjud zamonaviy sivilizatsiya turlarini belgilagan o‘tgan asrlar, jumladan XX asr paradigmalari kelajagimiz uchun qadriy yo‘nalish, mo‘ljal bo‘la olmaydi. Bashariyat oldida turgan bugungi masalalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga va uning mavjudligi asoslarining o‘ziga ham daxldor. Bashariyat bir butun sifatida o‘zining yashab qolishi va keyingi rivoji uchun yangi paradigmalar: yangi tafakkur, yangi xulq modellari, yangi qadriy yo‘nalishlarga ehtiyoj sezadi. Va yangi paradigmalarning shakllanishida falsafaning tutgan o‘rni muhimdir.
Falsafa va aniq fanlar o‘zining dastlabki qadamla­ri­danoq bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Qadimgi jamiyatlarda diniy-mifologik (afsonaviy) tasavvurlar, falsafiy g‘oyalar va empirik ilmiy bilimlar bir biridan ajratilmagan, sinkret (qorishgan holda) yagona, birini boshqasidan ajratib bo‘lmaydigan darajada edi. Keyinchalik rivojlanish mobaynida falsafa va fan hali talaygina umumiylikni saqlagan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘la boshlaydi.
6.Falsafa va boshqa fanlarning o‘zaro bog‘liqligi qanday?
Fan o‘zining yetuk shakliga sanoat revolyusiyasi davridan erisha boshlaydi, ba'zi ilmiy fanlar esa faqat XIX-XX asrlardangina shakllana boshladi. Shu sababli ko‘pgina zamonaviy ilmiy g‘oyalar o‘zining dastlabki shaklida falsafiy qarashlar ta'sirida ishlab chiqilgan. Bu, masalan, atom, Quyosh tizimining tabiiy kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to‘g‘risidagi g‘oyalarga tegishli.
Falsafa doirasida ilmiy bilishda qo‘llaniladigan mantiqiy-meto­do­logik vosita ishlab chiqildi. Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Bekon, Dekart, Leybnits, Xegel kabilar mantiq qonunlari, induktiv, deduk­tiv, dialektik va boshqa metodlarni bevosita ishlab chiqqan fayla­suf­lardir. Xususan, dialektik metod eng ilg‘or zamonaviy ilmiy fan­lardan biri - sinergetikaning ko‘pgina qoidalarida o‘z aksini topdi.

  1. Falsafa va boshqa fanlarning o‘zaro bog‘liqligi qanday?

Javob:
Falsafa fanga nisbatan munosabatda faqat metodologik funksiyani bajarib qolmaydi. U dunyoqarash bo‘lgani holda u yoki bu ilmiy g‘oyaning shakllanishi (yoki to‘xtatish)ga ta'sir ko‘rsatgan. Masalan, yevropa o‘rta asr davrida falsafa ilohiyotga bo‘ysungani holda, har qanday fikrga arastu-xristian talqini nuqtai nazaridan qarab, ilmiy fikrning erkin rivojlanishini to‘sib qo‘ygan.
Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan, ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi. Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek, jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. SHu munosabat bilan faylasuflar, avvalo, yer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bugungi kunda falsafa o‘z g‘oyalarini tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi.
Falsafa va fanning o‘zaro munosabatlaridagi yana bir jihati falsafa ilmiy bilishdagi turli soha yutuqlarini muvofiqlashtiradi, umumlashtiradi va ularni imkon qadar umumlashtirgan falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi.
2- Ma’ruza: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi.
1.Ilk falsafiy qarashlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida kachon va qanday paydo bo‘lgan?
Javob:
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to'rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya'ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo'nalishda borgan. Birinchi yo'nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bobliq ekanini, ikkinchi yo'nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bobliq bo'lganini ko'rsatadi.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko'rsatadigan ta'sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo'lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.

2. Qadimgi Misr va Bobildagi ilk falsafiy qarashlar qanday xususiyatlarga ega?


Javob:
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to'rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya'ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo'nalishda borgan. Birinchi yo'nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bobliq ekanini, ikkinchi yo'nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bobliq bo'lganini ko'rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o'rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - o'sha davr uchun tabiiy hol edi, ya'ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo'lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo'lgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo'lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko'nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o'sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo'q edi. Bu - o'sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xo'jayinning o'z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo'shibi», «O'z hayotidan hafsalasi pir bo'lgan kishining o'z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo'lgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, o'sha davrdagi odamlarga xos tuybular bayon qilingan.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko'rsatadigan ta'sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo'lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.
Yahudiylik dini. O'sha davrda eng qadimgi Sharq xalqlaridan biri yahudiylarning milliy mafkurasi — iudaviylik shakllana boshlagan. Bu din, asosan, ana shu millatga mansub kishilar o'rtasida yoyilgan bo'lib, eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar boshida Falastinda vujudga kelgan. «Zabur» va «Tavrot» kabi muqaddas kitoblar bu dinning asosiy manbalaridan hisoblanadi.
Yahudiylik yahudiy va Falastin xalqlarining ba'zi e'tiqodlarini o'zida aks ettirgan dindir. Eramizdan avvalgi X-VI asrlarda yahudiylik monoteistik (yakka xudolikka ishonish) dinga aylanib, olamni yaratuvchi Yahve xudosiga e'tiqod qilish uning asosiy tamoyili hisoblangan. Bu dinda Muso alayhissalom — paybambar, «Tavrot» xudo tomonidan unga yuborilgan ilohiy kitob ekani, qiyomat kunida barcha birdek tirilishi, jannat va do'zaxning mavjudligi, gunohkorlar jazosiz qolmasligi, savobli ishlarni qilganlar u dunyoda rabbatlantirilishlari haqidagi qarashlar ilgari surilgan.
Ko'p yillik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yahudiylik Sharq xalqlaridan biri — yahudiylarning milliy dini bo'lgani bois, ana shu qit'ada yashovchi boshqa xalqlarga xos bo'lgan ko'pgina diniy qarashlari bilan ham bir qadar mushtarakliklarga ega. Chunonchi, uning zardo'shtiylik bilan o'xshash jihatlari ham yo'q emas. Masalan, «Tavrot» va «Avesto»dagi aksariyat qonunlar, diniy-falsafiy kategoriyalar o'rtasida yaqinlik ko'zga tashlanadi. Umuman olganda esa, barcha dinlar orasida ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtirish, xudo boyasini muqaddaslashtirish, bu dunyo va u dunyo bilan bobliq qarashlarga ko'proq e'tibor berish kabi o'xshash jihatlar uchraydi.
3. Qadimgi Xind falsafasi va undagi falsafiy oqimlar qanday bo‘lgan?
Javob:
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo'linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxьya, yoga, vaysheshika, n'yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta'limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta'kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo'lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxьya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo'lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo'nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo'lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.

4.Qadimgi Xitoy falsafasiga qanday xususiyatlar xos?


Javob:
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o'ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o'rtalariga kelib, Yuanь-inь davlatida muayyan xo'jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo'liga o'tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo'lishini o'ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o'z ta'sirini o'tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy boyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya'ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta'limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi, bu xalqqa xos ma'naviy mezonlar aks etgan. Bu ta'limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy boyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma'naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan. u hozirgi Xitoyda ham o'zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.

5.Qadimgi Xitoy falsafasiga qanday xususiyatlar xos?


Javob:
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko'ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. u, ya'ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta'kidlashicha, shaxs faqat o'zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfunsiy ta'limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o'rni nihoyatda ulub, u o'ziga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko'rmasligi, o'ziga ravo ko'rgan narsani boshqalariga ham ravo ko'rishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik boyalari takomilida muhim o'rin tutgan. Bu ta'limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko'tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko'zga ko'ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta'limotiga ko'ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo'ysunmobi lozim. Daosizm ta'limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uybunligi abadiyligining e'tirof etilishidir. Bu qonunga ko'ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya'ni beshta unsur — olov, suv, havo, yer va yoboch yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta'minlaydi. Lao-Szining ta'kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o'zgarmas, harakatsiz holda bo'lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o'rtasidagi kurash, ya'ni inь va Yan' orasidagi munosabat — bizni o'rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. Inь va Yanь o'rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, o'zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko'rsatishi lozim. Bo'lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o'rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o'ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.

6. Markaziy Osiyoda o‘rta asrlarda ilm-fan va madaniyat rivojlanishi uchun qanday omillar to‘rtki bo‘lib xizmat kildi?


Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. ... Bu bino to’rtburchak shaklida bo’lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o’tilgan. ... IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniyati rivojiga nazar tashlar ekanmiz, bu davrda tasavvuf (sofizm) ta’limotlari madaniyatning, ma’naviyatning barcha tomonlariga kirib borganligini kuzatish mumkin. ... X asrdan boshlab sufizm g’oyalari O’rta Osiyo shaharlarida ham tarqala boshlagan.

  1. Xorazmiy, Fargoniyning tabiiy-ilmiy qarashlari va ularning jaxon madaniyati rivojida to‘tgan o‘rni qanday?

Javob:
Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan Hissasini qo’shdi. “Al-kitob al-muhtasar fi-Hisob al-jabr va-l muqobala” asarida (“aljabr va –l muqobala Hisobi Haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni echish yo’llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. ... Mazkur amallar yordamida Har qanday tenglamani kononlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin echiladi. Bu usul fan olamida muHim aHamiyatga ega edi. ... Olimning to’rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, YAqin va o’rta SHarq halqlari xaritasi) saqlanib qolgan1. ... Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko’nikmalarini Hosil qilishga katta baHo berdi.
8.Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining jaxon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni qanday?
Javob:
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikkadoir qarashlari. Forobiyning jamiyat va axloq haqidagi qarashlari. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar. Xulosa. ... Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. ... har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. ... 4. Jamiyatda insonning o‘rni va majburiyati, ta’lim-tarbiya masalalari.
Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun. ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta. ... mutafakkirlar Forobiy, ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb. hisoblaydi. Ya'ni u insonning kamolotga yetishida ilm-u ma'rifat, san'at va amaliyot. ... Beruniy tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, uni turli. aniq fanlar bo’yicha ko’targan masalalari o’z davrida olamning umumiy manzarasini. yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash rеjasida katta ahamiyatga ega bo’lgan. ... Bu yerda Beruniy tabiiy-ilmiy qarashlarining falsafiy qarashlari bilan. qo’shilib kеtishi hamda birinchisining ikkinchisiga bеvosita ta'siri ko’rinadi.
Abu Ali ibn Sinoning "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarini o'rganishda tarixiylik metodi asosida tahlil qilindi. Maqolani yoritish jarayonida mantiqiylik, ob'yektivlik, tizimlilik metodlaridan foydalangan holda baxt-saodat masalasining qiyosiy tahlili ochib berildi. ... Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. Ibn Sino hayotining so'ngi kunlarida yozgan "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarida baxt-saodat haqida keng ta'rif berib ketgan. ... Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari keyingi faylasuf olimlaning falsafiy ta'limotlariga katta ta'sir ko'rsatdi.
9. Tasavvuf falsafasining mohiyati va uning asosiy vakillari kimlar? Yassaviya tarikati va Nakshbandiya tarikatining mohiyati nimadan iborat?
Javob:
Tasavvufning mohiyati va mazmunini bilmasdan turib, uning ma’naviy jihatlari nimalarga yo‘naltirilganligini ilg‘ab olish, mohiyatiga etib borish har kimga ham nasib etmaydi. SHarq xalqlari tafakkuri va ma’naviyatini asrlar davomida nurafshon etib, ularning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga chuqur ta’sir o‘tkazgan tasavvuf (so‘fizm) VIII asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. ... Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo‘lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik (zohidlik) g‘oyasini targ‘ib etib, ijtimoiy hayotdan butunlay chetlashganlar, doimiy toat-ibodat bilan shug‘ullanganlar. ... Ahmad YAssaviy – tasavvufning mashhur va otashnafas vakili.
Ahmad Yassaviy 63 yoshidan keyingi, ya'ni payg‘ambar yoshiga yetgandan so‘ng umrining davomini yerto‘lada o‘tkazgan. Shu bilan birga Yassaviya tariqati asoschisi hisoblanadi. Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo‘llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta'limoti g‘oyalariga ko‘ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifat mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar. 
Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo bo‘lgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat - «Naqshbandiya» tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband... ... Tarjimai hol. Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo bo‘lgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat - «Naqshbandiya» tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bog‘liqdir.
10. A. Navoiy, Ulug‘bek va Bobo‘rning tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlarining mohiyati nimadan iborat?
Javob:
Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o'tibdiki ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. ... Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olim ... O'z o'rnida Bobur buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida aql-zakovati va shijoati bilan Hindistonda Boburiylar ... Navoiy va Boburning hayoti va ijodini o'rganar ekanmiz, ular umri davomida xalqqa xizmat qilib, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat ko'rsatganini yanada yorqinroq bilib olamiz.
11. Sunggi feodalizm davrida Markaziy Osiyoda tabiiy - ilmiy va ijtimoiy - falsafiy fikrlar rivoji (A.Navoiy, Ulug‘bek, Bobur va boshk.)
Javob:
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) Hindistonning Azimobod shahrida tug‘ildi. Uning hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug‘ri keldi. Bedil ko‘p asarlar yozib qoldirdi: «Chor unsur» («To‘rt unsur»), «Nukot» («Askiya»), «Irfon» («ma'rifat»), «Ruboiyot» («Ruboiylar») va boshqalar.
Borliq haqida ta'limot. Bedil Sharq mashoiyunlari (Arastu izidan boruvchilar) an'anasini davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo‘q. U panteistik aqidaga ega bo‘lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar edi. Barcha narsalar zaruriyat yuzasidan vujudga keladi: - «Barcha ashyolarda ularning bo‘lakchalari o‘zgarganligi sababli, yangi narsa kelib chiqadi: - bu ajoyib sirli hodisa zaruriyat yuzasidan ro‘y beradi, bu zaruriyat ashyolarning o‘zida va ular orasidagi o‘zaro munosabtalarda mavjud bo‘ladi. Masalan, yog‘, pilik, va olovning bir-biriga qo‘shilishidan zaruriy ravishda yorug‘lik kelib chiqadi»127. Dunyo o‘zgarishda va doimiy harakatdadir. Dunyoni asosi sifatida Bedil havoni oladi.
Bedil fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: - «Agar modda shaklsiz bo‘lsa, shakl qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo‘lsa, modda qanday kiyim kiyadi?»128. Bedil ozodlik va zaruriyat haqidagi masalaga ham to‘xtaydi. Uning fikricha, inson o‘z hatti -harakatlarida erkindir. Uning o‘zi qanday ish tutishligini belgilashi lozim. Bedil tabiiy zaruriyatni, tabiat qonunlarini tan oladi. Ikkinchi tomondan, u zaruriyatni ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, deb qaraydi.
12. Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yohud axloq» asari to‘g‘risida nimalar bilasiz?
Javob:
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yohud axloq» asarida an’anaviy - falsafiy yondoshuv bo’lmish antropologik nuqtai - nazar bo’rtib ko’zga tashlanadi. Ammo bu yondoshuvning yangilangan mohiyati shunda ediki, tadqiqot ob’ekti sifatida makon va zamondagi umumiy mavhumiy inson emas, balki, muayyan, XX asr boshlaridagi, milliy ozodlikka, yangicha hayot tarziga intilishni o’z oldiga niyat qilib qo’ygan Turkiston fuqarosi olinadi. ... Abdulla Avlolniy « Turkiy guliston...» da «yomon xulqlar» ga – illatlar tahliliga katta o’rin ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng kuchli to’siq bo’ladigan illatlardan biri sifatida alloma jaholatni keltiradi: «Jaholat insoniyatning eng zo’r dushmani va yomon xulqlarning boshlig’idir».
13. Abdurauf Fitratning ilgari surgan asosiy g‘oyalari nimalardan iborat edi?
Javob:
1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon) tarbiyasida qoladi, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi yirik shoirlarning g‘azallarini tinglaydi.[2]. ... Bu asarlardagi asosiy g‘oya — ona yurtni, Vatanni ulug‘lash, xalq, millatning ozodligi va erkinligidir. ... Fitrat huquqiy davlat qurish va uning rivojini taʼminlash maqsadida 1918-yilda Yosh buxoroliklar partiyasining 13 bobdan iborat dasturini yozib berdi. ... Buxoro shahrida Fitrat haykali o‘rnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi, „O‘zbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bag‘ishlangan pochta markalari chiqarildi.


3-Ma’ruza: Falsafiy tafakkur traqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
1. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada falsafiy fikrlar rivojiga qanday xususiyatlar xos?
XIV-XVI asrlar G‘arbiy Yevropada uyg‘onish davri hisoblanib, tabiiy fanlar sohasida kashfiyotlarga boy davrni o‘z ichiga oladi. Namoyandalari Nikolay Kopernik (1473-1543), Jordano Bruno (1548-1600), Galileo Galiley (1564-1642), Nikolay Kuzanskiy (1401-1464).
Galileo Galiley ta’limoticha, olamdagi barcha narsa va hodisalar moddiy asosga ega, olam benihoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo‘lib, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Kuzatish, tajriba tabiatni bilishning boshlang‘ich nuqtasidir. Hodisalar ichki zaruratini bilish esa, bilimning oliy bosqichimdir, deb hisoblaydi.
Uyg‘onish davrida Yevropa falsafasining rivojlanishiga katta qissa qo‘shgan nemis olimlaridan biri N.Kuzanskiydir. Uning ta’limoticha, Xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, Hamma narsalar Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi. U bilish nazariyasining rivojlanishiga katta qissa qo‘shadi.
2. Uyg‘onish davrida tabiiyotshunoslik rivoji va uning falsafiy qarashlar taraqqiyotiga ta’siri qanday bo‘lgan?
N.Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliosentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan. o‘zining «Osmon jismlarining gir aylanishi» nomli asarida o‘z davrigacha haqiqat hisoblanib kelgan, geosentrik nazariyani rad etib geliosentrik nazariyani kashf qiladi. Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan Quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi Yer emas Quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib.
Tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Kopernikning geliosentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosa chiqargan mutafakkirlardan biri Jordano Brunodir. U geliosentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmay, tabiatshunoslik tajribalarini hisobga orlib, bir necha muhim nazariy xulosalar qiladiki,ular falsafani yanada boyitadi. Uning ta’limotiga ko‘ra moddiy olam birlamchi bo‘lib, ong ikkilamchidir va moddiy olam mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas, bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmaydi, u so‘ngsiz va cheksiz, moddiy olam cheksiz turlarda ifoda etiladi, lekin bu cheksiz predmet va hodisalar bir-biri bilan o‘zaro aloqada, birlikdadir. Bruno ta’limotida, Quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, sayyoralar mavjud, bu dunyo bepoyon moddiy olamning kichik bir qismidir.
Galileo Galiley ta’limoticha, olamdagi barcha narsa va hodisalar moddiy asosga ega, olam benihoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo‘lib, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Kuzatish, tajriba tabiatni bilishning boshlang‘ich nuqtasidir. Hodisalar ichki zaruratini bilish esa, bilimning oliy bosqichimdir, deb hisoblaydi.
3. Fransuz ma’rifatparvarlari falsafiy fikrlar rivojiga qanday hissa qo'shgan?
Javob:
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa g’arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‘rinni egalladi. Fizika va ximiya fanlari yutuqlarga yerishdi, tabiatni o‘rganishga katta e’tibor byerila boshlandi. Matematika fanida yangi ixtirolar qilindi. Bu ixtiro va yutuqlar hamda insoniyat jamiyatining rivoji haqidagi nazariyalar borliqni o‘rganishning uslubi va nazariyasi bo‘lib xizmat qiladigan rivojlanish haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqishni tarixiy bir zaruriyat qilib qo‘ydi. Mana shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning II yarmi va XIX asr boshlarida nemis falsafasi vujudga keldi.
4. Ingliz sub’ektiv idealistlarining falsafiy qarashlari mohiyati nimadan iborat?
Javob:
O‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626) yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng bo‘lgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o‘rab qo‘yilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kyerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni bilishda bir necha «idollar» insonga halaqit byeradi. Ular inson aqlini o‘rab tashlaydi. Ular asosan to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o‘z tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, g‘or idollari. Bu har bir odamnning o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa hamma narsani o‘z nuqtai-nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor doirasi bilan o‘lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari, bo‘lib, u ma’lum bo‘lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki noaniq tyermonologiyalarga tanqidiy yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat byeradi. Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi.
To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona yergashib qadimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiravyeradilar.
5. Rus materialist faylasuflari Lomonosov va Radishchevlarning falsafiy fikr taraqqiyotidagi xizmatlari nimadan iborat?
Javob:
M.V.Lomonosov va A.N.Radishchevlarning falsafiy dunyoqarashlari shakllandi. M.V.Lomonosov tabiiyot fanlarini ancha olg‘a surgan XVIII asrning entsiklopedist olimi edi. U Rossiyada ilmiy tabiiyotshunoslik, rus metallurgiyasi, geologiya, fizika, ximiya, mexanika, rus adabiy tili va falsafasining asoschisi, shoir, ritorik, rassom, talantli pedagog edi.
Lomonosovning fikricha, barcha narsalar atomlardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida mayda zarrachalar (korpuskulalardan) iborat. Korpuskulalar va molekulalarning turlicha qo‘shiluvi narsalarning xilma-xilligini belgilaydi.
Lomonosov materiya doimo harakatda, rivojlanishda degan g‘oyani olg‘a surgan, u materiya va harakatning saqlanish umumiy qonunini kashf etadi. Uning bilish nazariyasida sezgilarning manbai tashqi olam deb, narsa va hodisalarning sababini bilishda hissiy bilish va tafakkur birligi zarur qilib quyiladi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada yashab ijod qilgan rus yozuvchisi A.N.Radishchev o‘zining ongli hayotini o‘nta davrda mehnatkash ommaning rus krepostnoy tuzumini o‘zgartirish uchun kurashi bilan bog‘ladi. Uning borliq, materiya, harakat, fazo va vaqt, olamni bilish haqidagi falsafiy fikrlari «Peterburgdan Moskvaga sayohat», «Inson, uning o‘lishi va o‘lmasligi to‘g‘risida» asarlarida to‘la ifoda etilgan.


6. Nemis klassik falsafasining o‘ziga xos xususiyatlari va jahon falsafasida tutgan o‘rni qanday?
Javob:
Nemis falsafasi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa g’arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‘rinni egalladi. Fizika va ximiya fanlari yutuqlarga yerishdi, tabiatni o‘rganishga katta e’tibor byerila boshlandi. Matematika fanida yangi ixtirolar qilindi. Bu ixtiro va yutuqlar hamda insoniyat jamiyatining rivoji haqidagi nazariyalar borliqni o‘rganishning uslubi va nazariyasi bo‘lib xizmat qiladigan rivojlanish haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqishni tarixiy bir zaruriyat qilib qo‘ydi. Mana shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning II yarmi va XIX asr boshlarida nemis falsafasi vujudga keldi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724-1804) faqat mashhur faylasufgina bo‘lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba byerdi. Kant o‘z davri tabiatshunosligi yerishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
7. I. Kant falsafasi va uning mohiyati nimadan iborat?
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724-1804) . Kant tomonidan yaratilgan gaz holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba byerdi. Kant o‘z davri tabiatshunosligi yerishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
8. Gegel ob’ektiv idealizmi va uning jahon falsafasi taraqqiyotidagi ahamiyati nimadan iborat?
Nemis mumtoz falsafasining eng yirik vakili G. Gegel (1770-1831) edi. Dialektikani idealistik asosda targ‘ib qilishning eng yuqori cho‘qqisi Gegel falsafasida erishildi. Gegelda dialektika voqelikning barcha sohalarini mutlaq g‘oyadan tabiatga va undan tarixiy jarayonlarga o‘tishni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, rivojlanish mavhumlikdan konkretlikka hodisalarning ichki ziddiyatini hal qilinishi asosida ular sifatining bir holdan ikkinchi holatga o‘tishi ekan. Bu holda rivojlanishning o‘zi «mutlaq ruh»ning borliqdan mohiyatga, mohiyatdan tushunchaga boruvchi bosqichma bosqich rivojlanishidir. Gegel obyektiv idealist sifatida aynan tushunchada borliq va mohiyatning eng yuqori cho‘qqisi deb bilgan. Tushuncha Gegelda ham subyekt, ham obyekt va mutlaq g‘oya hamdir.
9.L. Feyerbax falsafasinig mohiyati va ahamiyati qanday?
Javob:
Lyudvig Feyerbax (1804 - 1872) falsafasi nemis klassik falsafasining so'nggi bosqichi hisoblanadi, uning taniqli vakillari Kant, Gegel, Schelling va Fixte va nemis va jahon falsafasida materialistik davrning boshlanishi.
Feyerbax materialist bo'lishdan oldin Gegel falsafasi maktabining tarafdori bo'lgan.Biroq, u tez orada uning imkoniyatlari cheklanganligini bilib oldi.U franko-britaniyalik materialistik dunyoqarashni jonlantirdi.
Feyerbax falsafasining asosiy yo'nalishi - bu nemis klassik idealizmi va materializmning asoslanishi.
4- Ma’ruza: BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI

  1. Borliq, substansiya va materiya tushunchalarining mohiyati nimadan iborat?

Javob:
Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu chog’gacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. «substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini
tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. «Avesto»da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan. Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Materiya (modda) falsafa va tabiiyotshunoslikning kategoriyasi sifatida
Kishilar dastlab voqyelikning moddiy shaklla­riga duch keladilar. Ilk materializm taraf­dorlari olamda hamma narsaning boshida tur­gan va hamma narsalarni keltirib chiqargan, hamma narsaning tarkibiga kiruvchi bosh sabab «pramateriya»ni, ya'ni materiyaning bobokalonini izlashgan. R.Dekartning fikricha, bunday «pramateriya» rolini efir egallaydi. Sharq falsafasida materiya dunyoning asosida yotuvchi moddiy sabab, ilohiy sababning hosilasi sifatida qaraladi. Al-Kindiy fikricha materiya Allohning amri bilan yo‘qdan bunyod bo‘lgan302. Forobiy, Ibn Sino, Tusiy va boshqalar materiyani har doim bo‘lgan (daxr - mangu) deb hisoblagan. Islom falsafasida mangulik sifati faqatgina Allohgagina xos sifatdir deb hisoblanadi. Jism, modda o‘tkinchidir. Bir payt paydo bo‘ladi va boshqa paytda yo‘qoladi. Ruh yaratilgan, ammo u abadiy yashaydi deb talqin etiladi. Shu sababli islom falsafasida materiyaning manguligini isbotlashga urinuvchi faylasuflarni daxriylar (daxr - mangulik) deb atashgan.
Materiya moddiy ob'ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ay­rim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma kon­kret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xu­susiyatla­rini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos umumiy belgi­larni aks ettiruvchi abstraksiyadir. Shunga o‘xshash materiya tushun­chasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob'ektiv re­allikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya on­g­dan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqyeligi, moddiy voqyelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umu­miylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob'­ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.



  1. Borliq va materiyaning tuzulishi va xossalari to‘g‘risida nima deyish mumkin?

Javob:
Falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani оlmaylik, u bоrliq muammоsi bilan bоg‘liq ekanligini ko‘ramiz. Bоrliq muammоsi falsafadagi har qaysi dunyoqarash va metоdоlоgik muammоlarning asоsi hisоblanadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi - ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o‘rganadi. Dunyoning mavjudligi, ya’ni bоrligi to‘g‘risida bahs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondоshganlar: ularning ba’zilari, dunyo avval ham bo‘lgan, hоzir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo‘ladi deyishsa; bоshqalari, dunyo avval mavjud bo‘lmagan, ilk bоrliq bu оlamdagi barcha narsa va hоdisalarni yaratuvchi Хudоdir.
Ilk bоrliq, ya’ni birinchi mavjud - Tangri Оllоh barcha mavjudоd bоrlig‘ining birinchi sababidir deyiladi.
«Ilk bоr bo‘lgan, (Ya’ni Tangri) - deydi Fоrоbiy, o‘zining asl mоhiyati bilan bоshqa barcha narsarlardan farqlidir» (Abu Nasr Fоrоbiy «Fоzil оdamlar shahri», 131 bet). Chunki, u mоdda ham emasdir, sub’ekt ham emasdir, uning sur’ati ham bo‘lmaydi, uning bir o‘zi bu bоrliqda yakkayu-yagоnadir, u shu jihatdan ham birinchidir.
Fan va amaliyot taraqqiyoti natajasida dunyoning yaratilganligi, uning fazо va vaqtda chegaralanganligi, cheklanganligi to‘g‘risidagi оldingi qarashlar asta-sekin cheksiz chegarasizligi, shu bilan birga uning bir butunligi, dоimiyligi, abadiyligi to‘g‘risidagi qarashlar bilan almashinib bоrgan.
Abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jоnsiz va jоnli оrganizmlar, insоnlar va ularning faоliyati hattо, bir butun jamiyat ham, shubhasiz vaqtincha o‘tkinchidir. Demak, bоrliq abadiy, ammо undagi barcha narsalar o‘zgarishda va rivоjlanishda; bir hоlatdan ikkinchi hоlatga, bir turdan ikkinchi turga o‘tishda, chunki ular bоrdan yo‘q, yo‘qdan bоr bo‘lmaydi.
Bоrliq tushunchasi falsafiy kategоriya sifatida bilishning yuqоri bоsqichi-abstrakt tafakkurgagina хоs bo‘lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha оrqali dunyodagi alоhida narsalar, ularning kоnkrekt belgilari va хоssalari haqida emas balki, dunyodagi barcha narsalar, vоqea hоdisalar, jarayonlar o‘rtasidagi eng umumiy jihat-ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Bоrliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning оb’ektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo‘ladilar.
Mоddiy оlamning asоsida yotuvchi umumiy mоhiyatni aхtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivоjlanishiga sababchi bo‘ladi.
Umuman materiya — bu tushuncha, abstraktsiya, fikrning mahsulidir, chunki, оlamda «umuman materiya» uchramaydi, balki materiyaning kоnkret ko‘rinishlari uchraydi. Shunday qilib faylasuflar barcha mоddiy оb’ektlarga хоs хususiyatlarni umumiy tarzda ifоdalash uchun qo‘llaydigan tushuncha bu «materiya»dir. Оlamdagi barcha narsa va hоdisalarning umumiy belgisi, хususiyati shundan ibоratki, ular bizning оngimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga хоs bo‘lgan bu umumiy хususiyat materiya tushunchasida o‘z aksini tоpadi. Demak, materiya tushunchasining falsafiy mazmuni:
a) narsalarning bizning оngimiz, hоhishimizga bоg‘liq bo‘lmagan hоlda mavjud ekanligi;
b) ular bizning sezgi va bilimlarimiz manbai ekanligini bildiradi. Materiyaning falsafiy tushunchasi faqat hоzirgi davrda fanga ma’lum bo‘lgan оb’ektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham o‘z ichiga оladi, bu ma’nоda uning metоdоlоgik ahamiyati kattadir. Materiya abadiy, bepayon, cheksiz, hech qachоn yo‘qоlmaydi. Materiyaning abadiyligi uning hech kim tоmоnidan yaratilmaganligini, hamda mavjud bo‘lishini, har bir yangi kashfiyot tufayli uning yangi tоmоnlari оchilishini bildiradi. Materiya tushunchasining tabiiy-ilmiy ma’nоsi uning tuzilishi, bitmas tuganmas хususiyatlarining хilma-хilligini bildiradi va ular tabiat haqidagi alоhida fanlar-fizika, хimiya, biоlоgiya kabilar tоmоnidan o‘rganiladi.
Materiya ikki хil mоdda va maydоn ko‘rinishida mavjud. Mоdda ko‘rinishidagi materiya tinchlik massa ko‘rinishiga ega bo‘lib, bular majmuasiga prоtоn, neytrоn, elektrоn va pоzitrоnlarni, ulardan tashkil tоpgan atоm va malekulalarni kiritish mumkin. Malekulalardan tarkib tоngan mikrоskоpik jismlar hоzirgi zamоn fani bergan ma’lumоtlarga asоsan har хil hоlatda bo‘lishlari mumkin: suyuq, qattiq, gazsimоn, plazma, epiplazma, fizik vakuum hоlatida. Materiyaning maydоn ko‘rinishi mоdda ko‘rinishidan harakatdagi massaga ega bo‘lishi va yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakat qilishi оrqali farq qiladi. Elektrоmagnit maydоn, yadrо maydоni, gravitatsiоn maydоn – bular materiyaning maydоn ko‘rinishlaridir. Tajribalar оrqali materiyaning mоdda va maydоn ko‘rinishining bir-biriga aylanishini ko‘rish mumkin. Demak, materiyaning mоdda va maydоn ko‘rinishining bir-biriga aylanishi zarralarning zarra va antizarralardan tashkil tоpganligini ko‘rsatadi.



  1. Harakat nima uchun materiyaning mavjudlik shakli deyiladi?

Javob:
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ladi. “Materiya” “moddiy unsur”ga nisbatan ham, “atomlar”ga nisbatan ham, “pramateriyaga” nisbatan ham kengroq, umumiyroq bo’lib, borliqning ob’ektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir.
Haqiqatdan ham, umuman materiya - bu tushuncha, abstraktsiya, fikrning mahsulidir, chunki, olamda “umuman materiya” uchramaydi, balki materiyaning konkret ko’rinishlari uchraydi. Umuman, hamma vaqt materiya konkret ob’ektlar ko’rinishida uchraydi. Shunday qilib, faylasuflar barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu “materiya”dir.
Materiyaning falsafiy uchta muhim jihati bor. Bular: birinchidan, materiya tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligi, ikkinchidan, bu kategoriya ob’ektiv reallikni, moddiy voqelikni ifoda etishi, uchinchidan, materiyani bilish mumkinligining ta’kidlanishidir. Materiyaning bu falsafiy tushunchasi materiyaning muayyan ko’rinishlarini, uning tuzilishi va xossalarini o’rganishda metodologik ahamiyat kasb etadi.
Materiya o’zining mavjudligini behisob xossalari, xususiyatlari orqali namoyish qiladi. Turli xil fanlar bu xususiyatlarni tadqiq etadi. Tabiatshunoslik va aniq fanlar materiyaning u yoki bu konkret xususiyatini, o’zlarining tadqiqot ob’ektlari doirasiga kiruvchi xossalarinigina o’rganadi. Materiyaning eng umumiy xossa va xususiyatlarini falsafa fani o’rganadi. Materiyani inson tomonidan bilish uning muayyan xususiyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Buning uchun esa atrofimizni o’rab turgan moddiy ob’ektlarning tuzilishi va xossalarini bilishimiz kerak bo’ladi.
4.Harakat shakllarining xilma-xilligi va o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida nima deyish mumkin?
Borliqning mavjudligi undagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o‘zgarish bo‘lmasa, borliqning bor yoki yo‘qligi noma’lumligicha qolardi. Har qanday o‘zgarish - harakatdir. O‘zgarishlar na faqat moddiy ob’ektlarga, balki ma’naviy, g‘oyaviy ob’ektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki g‘oyaviy) ob’ektning mavjudligi undagi harakat va o‘zgarishlar tufayli namoyon bo‘ladi. Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4) biologik harakat (hayotiy jarayonlar); 5) sotsial (yoki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma’naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.
Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo‘lib, uning manbai tashqi ta’sirda, harakatning murakkab shakllarining manbai esa ichki aloqadorliklarda. Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil konsepsiyalarni ilgari surib kelishadi. Ayrim faylasuflar hatto harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Ioniya maktabiga mansub faylasuflardan Eleylik Zenon harakatning yo‘qligini o‘zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi mashhur aporiya (yunon. aporia - ilojsiz vaziyat)larida harakatning yo‘qligini isbotlashga uringan. Buni dastlab, Arastu yaxshi tushunib yetdi. Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo yaxshi asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida G.Xegel harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina asoslash mumkinligini ta’kidlagan.
5.Fazo va vaqt nima? Nima uchun ular materiyaning ob’ektiv mavjudlik shakllari hisoblanadi?
Borliq tuzilishga ega, ya’ni u strukturali. Borliqning asosiy tuzilishi shakli (strukturaviy shakli) uning fazo va vaqtda mavjudligi bilan izohlanadi.
Inson o‘zining kundalik hayotida «masofa», «uzunlik», «joy», «o‘rni», «ko‘lami», «miqyosi», «makoni», «balandligi», «eni», «bo‘yi», «baland», «past», «yuqori», «quyi», «ichi», «tashqarisi», «o‘ng»,«chap», «oldi», «orqasi», «o‘ngi», «teskarisi», «chuqur», «sayoz», «tubi», «yuzasi», «satxi», «osti», «usti», «yoni», «tevarak atrofi», «yaqin», «uzoq» singari fazoga oid, «lahza», «payt», «davr», «zamon», «fasl», «kecha», «bugun», «ertaga», «indin», «o‘tgan payt», «oldin», «hozir», «shu payt», «shu on», «keyin», «endi», «o‘tmish», «kelajak», «davomiylik», «erta», «kech», «azaliylik», «abadiylik», «mangulik» kabi vaqtga oid tushunchalarga duch keladi. Bu tushunchalar voqea va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladi. Fanda hodisa deb fazo va vaqt nuqtasiga, ya’ni «shu on» va «shu joy»ga aytiladi. Shu jihatdan dunyo «shu joy» va «shu on»lar majmuasidan iborat. Fazo - vaqtning muayyan lahzasida bu dunyoni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini ifodalasa, vaqt esa - fazoning har bir nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi, davomiyligi tartibini ifodalaydi56. Shu tarzda fazoni vaqt bilan, vaqtni fazo bilan belgilash mumkin.
Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunyoni tashkil etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami va miqyosini ifoda etadi, vaqt esa dunyoda sodir bo‘luvchi hodisa va jarayonlarning ro‘y berish ketma-ketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi. O‘zbek tilidagi adabiyotlarda arab tilidan kirgan makon va zamon atamalari ham ishlatiladi. Fazo va vaqtning tabiati va mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarlarni ilgari surib kelishadi. Ularni umumlashtirib, ikki yirik konsepsiyaga ajratish mumkin. Bu konsepsiyalar substansial va relyatsion konsepsiyalar deb ataladi.

Download 67.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling