1 maruza: biogeografiya fani, boshqa fanlar bilan aloqasi va asosiy biogeografik tushunchalar


Download 20.54 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi20.54 Kb.
#1320328
  1   2   3
Bog'liq
1 MARUZA


1 MARUZA: BIOGEOGRAFIYA FANI, BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ASOSIY BIOGEOGRAFIK TUSHUNCHALAR.
REJA:

  1. biogeografiya ekologiya asoslari bilan fanining maqsad va vazifalari.

  2. Biogeografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqalari.

  3. Biogeografiyaning ahamiyati.

  4. Asosiy biogeografik tushunchalar.

Biogeografiya yer sharining o’simlik va hayvonot dunyosini tarqalishini ekologik sharoit bilan bog`liqligini aniqlaydi. yer sharining landshaftlari to’g`risida to’g`ri tasavvur hosil qilish uchun, shu landshaftni hosil qiluvchi o’simlik va hayvonot dunyosi jamoasini hayotini yo’naltiruvchi qonunlarni bilish zarur.


Tirik mavjudotlar tabiatda katta rol o’ynaydi. Yshil o’simliklar oziqlanish (fotosintez) jarayonida atmosferaga hayotni asosi bo’lgan kislorodni chiqaradi. Tabiatda moddalarni davr aylanishi va tuproqni hosil bo’lishi o’simliklarni va hayvonlarni ishtirokisiz bo’lmaydi.
Oldingi vaqtlarda biogeografiya, o’simliklar geografiyasini (fitogeografiyani) va hayvonlar geografiyasini (zoogeografiyani) o’z ichiga olar edi. Keyingi o’n yilliklarda biogeografiyada zambrug`lar geografiyasi va mikroorganizmlar geografiyasi ham ajratiladi.
Biogeografiya biologiya asoslari bilan fani, huddi bioximiya, biofizika, geoximiya va geofizika fanlari kabi ikki fan oralig`idagi chegaraviy fandir. Bir tomondan biogeografiya geomorfologiya, klimatologiya, gidrologiya va tuproqshunoslik bilan birgalikda, umumiy tabiiy geografiyani (umumiy yer bilimini) bir qismi hisoblanadi.
Ikkinchi tomondan u organizmlarni ekologiyasi, fiziologiyasi va sistematikasi fanlari bilan birga biologiya fanlari tarkibiga kiradi. Biogeografiyani bunday holati ba'zi olimlarni masalan N.A.Babrinskiyni o’ylaganidek uni ikki qismga: geografik va biologik fanlarga bo’lim mumkin degan xulosaga olib kelmaydi. Biogeografiya ekologiya asoslari bilan fani bu ikki fan oralig`idagi fandir. U ham biologik va ham geografik fan hisoblanadi.
Biogeografiya uchun, geografik fanlardan tabiiy territorial komplekslar to’g`risidagi fan - landshaftshunoslik katta ahamiyatga egadir. Uni tarkibida biogeografiya bilan birga landshaft komponentlarini xarakterlaydigan boshqa fanlar: klimatologiya, geomorfologiya, gidrologiya va tuproq geografiyasi fanlari kiradi. O`z navbatida turli xil geografik regionlarni o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganadigan regional biogeografiya, regional geografik fanlarga - materiklar tabiiy geografiyasi va mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tabiiy geografiyasi fanlariga kerakli ma'lumotlarni etkazib beradi.
Biogeografik ish kartografik metodsiz ham bo’lmaydi. Biogeografik xaritalar maxsus xaritalar hisoblanadi. Ular tematik jihatdan va kartagrafik hal qilish jihatdan xilma-xildir.
Eng to’g`ri keladigan xarita asosini, masshtabni va xaritada aks ettiradigan manzarani belgilarini tanlashni bilmasdan turib, savodli biogeografik xarita tuzish mumkin emas.
bunday bilimlarni biogeografiyaga kartagrafiya fani beradi.
biologik fanlardan biogeografiyaga eng yaqini ekologiya va biotseonologiya (biotsenozni o’rganadigan fan) hisoblanadi. Ekologiya bu organizmlar va muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar to’g`risidagi fandir. U biogeografiyaning asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, ekologik biogeografiya deb ataladi. Ekologik biogeografiya yer sharining turli regionlaridagi ekologik farqni o’rganadi. Ekologiyani qonunlarini bilish bu regional farqlarni sabablarini aniqlashga imkon beradi.
Biotsenologiya bu organizmlar jamoasi to’g`risidagi fandir. U biogegrafiyaga organizmlar jamoasining strukturasi va dinamikasi (o’zgaruvchanligi) to’g`risida ma'lumot beradi. Ana shu ma'lumotlar asosida biogegrafiya organizmlar jamoasini geografik farqlarini aniqlaydi, ularni gegrafik tarqalish qonuniyatlarini aniqlaydi.
Biogegrafiya uchun, tarixiy geologiya va paleantologiyaning ham ahmiyati kattadir. Bizning planetamizni o’tmishini bilish, turli xil geologik davrda, materiklar bilan okeanlarni nisbatini o’zgarishi to’g`risidagi ma'lumot, o’tmish davrlarni iqlimi to’g`risidagi ma'lumot, qazilma o’simliklar va hayvonlar to’g`risidagi ma'lumotlar, biogeograflarga organizmlarni hozirgi davr tarqalishini sabablarini aniqlashga imkon beradi.
Biogegrafiya problemasiga ikki xil yondoshish mumkin.Birinchi yondashishda joyning biologik xarakteristikasi beriladi, ya'ni erning geografik qobig`ini biron bir qismini faunasi, floralari, hayvonot dunyosi va o’simlik qoplami xarakterlantiriladi. Ikkinchi yondoshishda o’simlik va hayvonlarni turi, avlodi va oilasiga geografik xarakteristika beriladi.
Ba'zi bir olimlar masalan Bobrinskiy.N.A. (1951) birinchi yondoshishni geografik hisoblashni va geografik fanlarga kiritishni, ikkinchi yondoshishni esa biologik hisoblashni va biologik fanlarga kiritishni taklif qiladilar.
Ammo A.G. Voronovni fikricha biogegrafiyani bunday biologik va geografik bo’limlarga bo’lish to’g`ri emas. Biogegrafiya bu biologiya va geografiya o’rtasidagi chegaraviy fan, u ham biologik va ham geografik fandir.
Haqiqatdan ham birinchi yondoshishda (biologo-geografik) biogegrafiyani o’rganish ob'ekti umuman u yoki bu geografik oblast emas, balki u oblastni o’simligi, hayvonot dunyosi, florasi va faunasi ham hisoblanadi. Bunday yondoshishda o’rganish ob'ekti ham geografik, ham biologik hisoblanadi.
Ikkinchi yondoshishda (geografo-biologik) umuman o’simlik va hayvonlarni turlari, avlodlari va boshqa taksonomik birliklari o’rganilmasdan, balki ularni tarqalish oblastlari (areallari) va arealni tarkib topishida geografik muhitni ta'siri o’rganiladi. Bunday yondoshishda ham yanada o’rganish ob'ekti ham biologik, ham geografik hisoblanadi. Biogegrafiyani amaliy ishida bu ikkala yo’nalish mahkam bog`lantiriladi.
Hozirgi biogegrafiya uchun o’z ob'ektiga miqdoriy yondoshish xarakterlidir. Ular obsolyut va nisbiy baholash metodlaridan iborat. Miqdoriy absolyut baholash metodi qo’llanilganda ma'lum maydon birligida turni miqdori yoki hajmi hisoblab chiqiladi. Nisbiy metod qo’llanilganda esa, bir turning ikkinchi turga nisbattan ko’pligi, kattaligi yoki kichikligi to’g`risida ma'lumot beriladi. Biogegrafiyani vazifalaridan biri geografik rayonlarni o’simliklari va hayvonot dunyosini aks ettiradigan karta tuzish, hamda o’simlik va hayvonlarni alohida turlari va sistematik gruppalarini kartasini vujudga keltirishdan iborat.

Download 20.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling