1-Ma`ruza: Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifasi. Reja: Ta`limda zamonaviy yondoshuvlar. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha 2


Download 30.75 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi30.75 Kb.
#139707
Bog'liq
1 мавзу.


1-Ma`ruza: Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifasi.

Reja:

1.1. Ta`limda zamonaviy yondoshuvlar. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha

1.2. Boshlang‘ich ta`limda zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifalari.

1.3. Boshlang‘ich ta`lim o‘qituvchisi zamonaviy fan va texnika darajalarini. ifodalay olishi.
Tayanch tushunchalar: interfaol, uzviylik, multimedia, pedtexnologiya, zamonaviy yondashuv, bilim, ko‘nikma, malaka, pedagogika, dunyoviy va diniy, raqobatbardosh, kasb-hunar, loyiha, aktyor, rejissyor, takomillashtirish, klasifikatsiya, mahorat, PISA, PIRLS, STEAM, CLIL, TIMSS
1.1. Ta`limga zamonaviy yondoshuvlar

Zamonaviy ta`limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta`lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta`lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an`anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma`lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi.

Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta`lim usullarini yaxshi bilishi kerak.

Shu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur yuritib to‘g‘ri ma`qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash kerak deb ta`kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlarida.

Darhaqiqat yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm- fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishiga zamin yarataolmaymiz.

Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta`lim maktablarining deyarli barchasi yangitdan qurilgan va kapital ta`mirlangan qariyb 9,5 mingta maktab zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi.

Respublika umumiy o‘rta ta`lim maktablarida 1074 ta Axborot- resurs markazlari tashkil qilinib, zarur texnik jihozlar bilan to‘liq ta`minlandi. Maktablar Axborot-resurs markazlarining kitob fondi 7. 960.840 nusxani tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda Axborot-resurs markazlarida 95.645 dona elektron nashrlar mavjud.

Respublika umumiy o‘rta ta`lim maktablarida ta`lim 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim sifatini baholash sohasidagi yangi xalqaro tadqiqot haqida xalq ta’limi tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun ma’lumotlar yetkazib berish maqsadida «Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash» nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan.

Pedagogika – bu lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “payne” bola, “agogeyn” – yetaklamoq degan ma`noni bildiradi. topgan. Ped texnologiya bu - oldindan loyhalangan ma`lum bir pedagogik tizimni amliyotga joriy qilish. Pedagogik tizim bu shaxsga maqsadli pedagogik ta`sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan metodlar, vositalar va jarayonlar yig‘indisi. Maqsadimiz o‘quvchilarni oldindan bilimini mukammalashtirib uni samarali va sifatli bilimga ega bo‘lishga ta`sir berish.

Hozirga kunda jahon pedagogikasida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga 12 xil tarif berilganligi ma`lum.



Pedagogik texnologiya.

Bu borada mutaxassis olimlarimiz qanday fikrdalar?

1. Pedagogik texnologiya bu...ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta`sirini inobatga olib o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir. (YUNESKO) 2. Ped.texnologiya bu pedagogning amaliyotga joriy etishi mumkin bo‘lgan pedagogik tizim loyihasidir. (V.Bespalko) Ikkinchi ta`rifda nimaga e`tibor berilyapti? (amaliyotga) Darhaqiqat, amaliyotga e`tibor berish kerak, quruq gap bilan hyech narsaga erishib bo‘lmaydi. Bilim berish butun bir sistema. Xuddi bizning tanamiz bir sistema bo‘lganidek. Moboda charchab qolsam, o‘tirib dam olaman va tanam bir birini to‘ldiradi.

Endi tasavvur qiling, shu sistemamda bitta tishim og‘rib qoldi.Nima bo‘ladi? (Butun sistemani ishdan chiqaradi). Xuddi shunday, pedagogikada biror biror bir xatolikka yo‘l qo‘ysak, oxirida albatta natija biz kutgandek bo‘lmaydi.



3. Texnologiya-biror ishda, mahoratda, san`atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. (Izohli lug‘at)

Bu ta`rifni izohlash uchun arafa kuni osh tarqatish udumi eslatiladi.) Xuddi oshlar har xil bo‘lganidek, texnologiyalar ham har xil. To maqsadga yetgunga qadar usullarim yig‘indisi mening texnologiyamdir. Men texnologiyamda biror bir kamchilikka yo‘l qo‘ysam, oxirida men kutgan natijaga erisha olmayman. Buning uchun men qo‘l ostimdagi bolalarga e`tibor berishim kerak. Uning uchun inson toifasini bilishim kerak.

«… avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir» - V. Monaxov

«… o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta`sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir» - N. Sayidahmedov va M. Ochilov.

«… ta`lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy -muhandislik ongi ifodasidir; u pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy xodisadir» - B. Farberman.

Masalan: «Ta`lim texnologiyasi ilmiy va boshqa bilimlarning amaliy masalalarni hal etishda tizimli ravishda qo‘llashdan iborat». (Golbrayt).

«Pedagogik texnologiya ta`limini tizimlashtirish yoki sinfda o‘qitishni tizimlashtirish g‘oyalarini pedagogikaga tadbiq etishdan iborat». (T.Sakomoto).

«Pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularni faoliyat ko‘rsatish tartibi». (Klarin M.V.).

Yuqoridagi ta`riflarda pedagogik texnologiyaning tub mohiyati o‘quv jarayoniga tizimli yondashishdan iborat ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik texnologiyaning eng qadimgi manbai bu - nuqsonsiz mehnat konsepsiyasi ekan. Nuqsonsiz mehnatni ta`minlovchi shartlardan biri mehnat qilayotgan subyektning psixologik shaxsiy xarakteristikalarini hisobga olishdir. Bunday mehnatning eng muhim omillari quyidagilar:

- kasbga qiziqish;

- kasbiy tayyorgarlik sifati;

- o‘z mehnatini muntazam nazorat qilib borish.

Nuqsonsiz mehnat g‘oyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pedagogik faoliyatga ko‘chirish mumkin emas. Chunki, unda omillar ancha ko‘proq.

Pedagogik texnologiyaning metodologik sifatlari quyidagilardan iborat: texnologik sxema, ilmiy asos, tizimlilik, boshqaruvchanlik, samaradorlik, takrorlanuvchanlik.

Texnologik sxema- texnologik jarayonning shartli ifodalanishi. U alohida funksional elementlarga bo‘linadi va ular orasidagi mantikiy aloqalar belgilanadi.

Ilmiy asos- har bir pedagogik texnologiya birorta ilmiy ta`limotga tayanishi kerak. Ilmiy ta`limot bu - ta`limiy maqsadlarga erishishining ilmiy jihatdan asoslanishidir.

Tizimlilik - pedagogik texnologiya tizimga xos bo‘lgan barcha belgilarga ega bo‘lishi kerak:

- jarayonning mantiig‘i;

- uning barcha qismlarining o‘zaro bog‘liqligi;

- yaxlitligi;

Boshqaruvchanlik deyilganda quyidagilar nazarda tutiladi:

- maqsadlarni qo‘yish;

- rejalashtirish;

- o‘qitish jarayonini loyixalash;

- qadamba-qadam tashhis qo‘yish;

- natijaga tuzatish kiritish maqsadida vosita va metodlarni o‘zgartirish.
Samaradorlik - zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud bo‘ladi va ma`lum o‘qitish standartlariga erishishini kafolatlaydi, natija bo‘yicha samarador, xarajatlar bo‘yicha optimal bo‘ladi.

Takrorlanuvchanlik - pedagogik texnologiyani boshqa subyektlar boshqa ta`lim muassasalarida qo‘llashi mumkinligi (natija esa bir xil bo‘ladi).

Xaqiqatan ham, agar o‘quv jarayoni to‘la takrorlanuvchan, alohida ko‘rinishlarga bo‘linsa, o‘qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o‘zi tuzgan bo‘lishi shart emas) material bilan o‘qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishdan iborat bo‘lib qoladi.

Yan Amos Komenskiy ta`lim olishni to‘rt bosqichga ajratgan. Ular:

1) avtopsiya (mustaqil kuzatish);

2) avtopraksiya (amaliy jihatdan bajarish);

3) avtoxresiya (olingan bilim, hosil bo‘lgan ko‘nikma-malakalarni yangi sharoitda qo‘llash);

4) avtoleksiya (o‘z faoliyati natijalarini mustaqil bayon qilish).


Zamonaviy sharoitda pedagogik fanlar tizimi quyidagi fanlardan tarkib topmoqda:

1. Pedagogika nazariyasi.

2. Pedagogika tarixi.

3. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi.

4. Boshlang‘ich ta`lim pedagogikasi.

5. Korreksion (maxsus) pedagogika.

6. Xususiy metodika (xususiy fanlarni o‘qitish).

7. Pedagogik mahorat.

8. Pedagogik texnologiya.

9. Ijtimoiy pedagogika.

10. Kasbiy pedagogika.

11. Ta`lim menejmenti.

12. Qiyosiy pedagogika.

13. Kreativ pedagogika.

14. Neyropedagogika.

15. Hamkorlik pedagogikasi.

16. Harbiy pedagogika.

17. Pedagogik innovatsiya.


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bir necha turga bo‘linishi

mumkin:

1. Muammoli ta`lim texnologiyalari.

2. Didaktik- o‘yinlarga asoslangan texnologiyalar.

3. Hamkorlik texnologiyalari.

4. Modulli texnologiyalar.



Modulli texnologiyalar- eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan, B.K.M. diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.

Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir. Modul dastur- bir fan doirasidagi modul bloklarining yig‘indisi bo‘lib, erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir.

O‘quv moduli – nisbatan mustaqil , mantiqiy yakunga ega bo‘lgan o‘quv kursining bo‘lagidir. U o‘quv metodik ta`minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat. Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta`minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadgsha yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.

Instrumental kompentensiyalar:

-analiz va sintez qobiliyatiga ega bo‘lish;

-rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati;

-umuiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi;

-mutaxassislik bo‘yicha bazaviy bilimlarni egallaganligi;

-ona tilida bemalol muloqatga kirisha olish;

-axborot texnologiyalaridan foydalan olish malakalari;

-axborot materiali bilan ishlash qobilyati;

-muammolarni yechish qobiliyati;

- Qarorlar qabul qilish qobiliyati.


Komunikativ kompententlik:

- tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qila olish;


-gruhda faoliyat ko‘rsataolish;-o‘zaro muloqatga kirisha olish;

-axloqiy qadriyatlarni tan olish;

-turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash;

-boshqa yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ekspertlar bilan munosabatga kirisha olish.



Tizimli kompententlik:

-bilimlarini amalda tizimli ravishda qo‘llay olish;

-tadqiqot olib borish;

-yangi sharoitga moslashish;

-ijod qilish;

-liderlik qobiliyatini o‘stirib borish;

-individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;

-loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;

-tadbirkorlik va yangi g‘oyalarni ilgari surish;

- masuliyatlilik;


-muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi.

Shuningdek o‘qitish jarayonida o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan tarqatma materiallar, kartochkalar, savolnomalar, yo‘riqnomalar, amaliy ishni tashkil etish buyicha texnologik xaritalar kiradi.



Didaktik topshiriqlar va materiallarni ishlab chiqishda quyidagilarga e`tibor berish kerak:

1.Muammolarni hal qilishga yunaltirish;

2.Tadqiqotlar olib borishga yunaltirish; 3.Turli vaziyatlar va holatlar tahliliga qaratish; 4.Tajribalar va mashqlar o‘tkazishga mo‘ljallash; 5.Yangiliklarni izlash va topishga yo‘naltirish.

Mustaqil ishlarni tashkil etishda “oddiydan-murakkabga” hamda “umumiydan-xususiyga”, “mavhumdan-aniqlikka” qarab harakatlanishni ta`minlash lozim.

Oliy maktablardan biri – Auditorium (lotinchadan “audire” – tinglamoq) eramizning 425 yilida Konstantinopolda imperator Fedosey II tomonidan tashkil etilgan. Eramizning IX asridan boshlab u imperator saroyi binolaridan birining nomi bilan Magnavra (Oltin saroy) deb atala boshlagan.

Auditoriyada mustaqil faoliyatni tashkil etishga oid yuqoridagi o‘quvchilar tizimi bilan tanishib chiqqach, o‘qituvchi auditoriyada olib borish mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlar bilan tinglovchilarni tanishtiradi (Organayzerlar, interfaol metodlar, mustaqil topshiriqlar).

Tinglovchilarni bir necha guruhga bo‘ladi va har bir guruhga alohida vazifa topshiradi. Har bir guruh o‘ziga topshirilgan vazifa bo‘yicha taqdimot tayyorlaydi. Hozirgi kunda ko‘pgina metodik innovasiya interfaol usullarni qo‘llash bilan bog‘liq. Interaktivni asosiy xususiyatlari nimada? Interaktiv ta`lim berish bu bilim olish jarayonini tashkil qilishni o‘ziga xos bo‘lgan shaklidir. U aniq va aytib bera oladigan maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi.

Bu maqsadlardan biri bu o‘qitishda qulay sharoitlarni yaratish. Bunda o‘quvchi o‘zini muvaffaqiyatini, intellektual qodirligini tushunsin. Bu o‘quv jarayoni samaradorligiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga ma`suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma`suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, innavatsion asosida ta`limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda.

Ta`limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevositanazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog‘lanib qolaveradi, o‘quv-biluv mvrkazida esa o‘quvchi turmog‘ini taqozo etadi. V. A. Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi». To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi., po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho‘qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi.

O‘qituvchi yesa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi har bir daqiqada o‘zining o‘ttizta yoki o‘ttiz beshta tarbiyalanuvchisidan har birini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak-degan fikrlarni bayon yetadi. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya`ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik yetika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi.



Ta`lim maqsadlari – diagnostik, o‘qish-o‘qitish qayta ishlab chiqiladigan – takrorlanadigan bo‘lishi uchun har bir maqsad erishiladigan bo‘lishi lozim, ya`ni ta`lim maqsadi shunday ifodalanishi lozimki, unga erishilgani haqida aynan bir xil hukm chiqarish mumkin bo‘lsin. O‘quvchini o‘rganish natijasini anglaydigan vazifalar oydinlashtirilgan o‘quv maqsadlari deyiladi. Oydinlashtirilgan maqsadlar o‘quvchining kuzatish, o‘lchash mumkin bo‘lgan harakatlarini nazarda tutadi.

An`anaviy ta`lim mazmuni ko‘pincha, mavzular shaklida bo‘lib, ulardan aniq bir xil ma`no anglatadigan o‘quv maqsadlarini ajratib olish qiyin. O‘quv vazifalari (oydinlashtirilgan maqsad)-larini ifodalashni osonlashtirish maqsadida o‘quvchi bilib, o‘rga-nib olgan harakatlarni aks ettiradigan fe`llardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, biladi (aniq faktni, qoidani), izohlaydi (sxema, grafik, diagrammani); chiqaradi (xulosani); qo‘llaydi (tushunchani – yangi vaziyatda); namoyish etadi, ajratadi, topadi (xatoni) kabilar



1.2. Boshlang‘ich ta`limda zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifalari.

Boshlang‘ich ta`lim davrida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z vaqtida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. O‘quvchi tobora mas`uliyatli bo‘lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta`minlaydi, sezgilari va irodasining o‘sishiga ta`sir ko‘rsatadi.

Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta`lim jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchining xotirasi takomillashadi, tafakkuri o‘sadi.

7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo‘ladi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar. Mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda o‘quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham o‘zlashtirib oladilar. Bu davrda o‘quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular ta`lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o‘quvchi faoliyatiga qo‘yilgan yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlik, iftixor kabi hissiy kechinmalarni tug‘diradi. Shunday ekan boshlang‘ich ta`lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, o‘tkir diplamat, o‘z kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi shart.

Boshlang‘ich ta`lim o‘qituvchi (pedagog)ning texnik-texnologik malakalarga egaligi quyidagilarda aks etadi:

- ta`lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish;

- dars jarayoni mazmunini texnologik passport va texnologiya xarita yordamida yoritish;

- o‘quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash;

- o‘quv mashg‘ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish;

- ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish;

- darslarda proyektorni qo‘llay olish;

- o‘quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish;

- o‘quvchilarda o‘quv materialini mustahkamlash va o‘quv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qo‘llash;

- kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish;

- o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni kompyuter asosida tashkil etish;

- o‘quvchilarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va boshqalar.


O‘quv jarayonining innovatsion holatlari. O‘quv tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning asosiy yo‘llaridan – o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberilizatsiya etishni innovatsion holat deb qaraladi.

Darsni insonparvarlashtirish:

Hamkorlik;

O‘quvchiga g‘amxo‘rlik; E`zozlash; Kechirimli bo‘lish;

O‘zini – o‘zi rivojlantirishga muhit yaratish; Psixologik sog‘lom muhit yaratish;

Ijodiy muhit;

Do‘stona munosabatda ish yuritish O‘quvchi ehtiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidorini ishga solish



Innovason faoliyatning tuzilishi.

Ta`limga ijodiy yondashuv;

Ijodiy faollik;

Yangilikni kiritishga texnolgik-metodologik yondashuv;

Yangicha tafakkur asosida yangicha fikrlash;

Muloqat madaniyati;

Faollikning reproduktiv, evristik, kreativ darajalari;

Texnologik jarayonda yangicha loyiha, konseptual tizimli yondashuv asosida yangi ixtirolar;

Jarayonni yangicha boshqaruv asosida tayyorgarlik, rejalashtirish, amaliyotga joriy etish.

Kreativlik (ijodkorlik) modeli

Tezkorlik; Egiluvchanlik; Originallik;

Yangicha yechim topa olish; Maxsuldorlik; Qiziquvchanlik;

Topqir, ziyrak; Yaratuvchanlik;

Ixtiroga moyil;

Keng doirada o‘ylovchi erudisiali; Kasbiy mahoratli, kompententlik;

O‘ziga xoslik, keng fikr yuritishga moyil.

“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovasiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovasiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta`minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”2.



Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovasiya xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovasiya xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.

Innovasion ta`lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovasion ta`lim texnologiyalari yoki ta`lim innovasiyalari deb nomlanadi.

Ta`lim innovasiyalari “innovasiya ta`lim” deb ham nomlanadi. “Innovasiya ta`lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.

Innovasiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovasiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:

yangi g‘oyalar;

tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

noan`anaviy yondashuvlar;

odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;

ilg‘or ish uslublari
Ta`lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovasiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovasiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.

Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta`limda ham “innovasiya”, “innovasiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Ilmiy adabiyotlarda “innovasiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovasiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e`tibor qaratiladi. Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mohiyatiga ko‘ra innovasiya va novasiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud.



Innovasiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar

Ular quyidagilardir Asosiy farqlar

Novasiya

Innovatsiya

1) amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;

2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;

3) metodlar yangilanadi;


4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;

2) ma`lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;

3) subyektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;

4) yangi texnologiyalar yaratiladi;

5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;



6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi


Download 30.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling