1-ma’ruza bosma usullari va uning rivojlanish tarixi


Download 23.13 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi23.13 Kb.
#803112
Bog'liq
1-maruza.
aprel xaftalik xisobot, Majmua 3-semester, 6-klass laboratoriya dapter ozbekshe, informatika 11 sinf olimpiada testi, Zinama-zina-texnologiyasi, nutq nuqsonlari, kalendar reja (1), birinchi yordam, umumij xirurgiya (1), Moduldan tarjima 1, англ, англ, англ, англ, fALSAFA

1-MA’RUZA
Bosma usullari va uning rivojlanish tarixi
Reja:

  1. KIRISH.Bosma usullari va paydo bo`lish tarixi.

  2. OKV tarixining umumiy davriylanishi.

  3. Bosma usullari haqida umumiy tushunchalar.

KIRISH.
Bosma usullari va paydo bo`lish tarixi.


1,5 mln yil oldin homo erectus, ikki oyoqda tik yura oladigan odamlapaydo bo‘ldi (23.07). Ularning ov yoki ish qurolini qo‘lda olib yurishdek taraqqiyotga erishishi, qaddini rost tutib yurishga odatlangan bu mavjudotlaming olovdan o'z maqsadlarida foydalana olishi 500 ming yil ilgari yuz berdi (23 soat, 42 daqiqa, 30 soniya) nihoyat, bevosita ongli insonlar, nomo sapiens, 200 ming yil oldin (23.53) paydo bo‘ldi. Yer sharida bugun yashaydigan odamlaming barchasi ongli inson toifasidandir. Ongli insonlar, albatta, jamoa bo'lib yashagan. Uzluksiz axborot almashuvi, ibtidoiy shakllarda bo'lsa ham, ongli insonning nafaqat paydo bo'lishiga, balki uning keyingi rivojlanishiga ham yaqindan ta’sir ko'rsatgan. Shubhasiz aytish mumkinki, tasvirli va tovushli kommunikatsiya ibtidoiy odamlarga yashay olish uchun asosiy zarur vositalardan biri edi. J.Godfrua keltirgan chizmada sharhimizni yakunlaylik. Unda yozilishicha, qoyalarga o'yib solingan birinchi tasvirlar 30.000 yil oldin paydo bo'Igan (23.58.57). Dehqonchilik davri esa 20.000 yil ilgari boshlangan (23.59.18) va nihoyat, Iogann Gutenbergning bosma matbaa ixtirosi 550 yil oldin (23.59.59) amalga oshirilgan. Shunday qilib, zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari (OKV) tarixi butun borliq tarixida bir soniyani tashkil etarkan, xolos. Ayrim mutaxassislaming aytishlaricha, ommaviy kommunikatsiya vositalari tarixini o'rganishni bevosita bosma kitob davridan boshlash to'g'­ ri bo'ladi. Bunday fikrga qo'shilish qiyin. Chunki OKVni o'rganish bevosita ushbu vositalardan ko'ra insonning ijtimoiy tabiati va psixologiyasiga ko'proq bog'liqdir. OKV texnikasi — jonsiz, o'lik vosita. Unga hayot va ma’no bag'ishlovchi esa insonlardir. Misol keltiraylik: matbuot paydo bo'lganiga 550 yil to'lgan bo'lsa, televidenie bor-yo‘g‘i 70 yil oldin kashf etildi. Ya’ni, rasmiy xronologik yondashuvga ko'ra, matbuot televideniedan 8 marta ko'proq umr ko'rgan, demak, tarixiy, kasbiy tajribasi va xizmatlari jihatidan OKV orasida, so'zsiz, birinchi o'rinni egallashi kerak. Aslida esa, bunday emas. Doimiy teleko'rsatuvlar efirga chiqqandan keyin yigirma yil o'tar-o'tmas televidenie matbuotni orqada qoldirdi va hanuzgacha ham OKV orasida hukmronlik qihb kelmoqda. Bugungi kunda aniq bo'ldiki, televideniedan g'oliblikni hozircha faqat internet olishi mumkin. Keyin esa vaqt ko'rsatadi: fan-texnika taraqqiyotining bu qadar jadal sur’atlari yaqin orada tag'in ham ilg'orroq aloqa va axborot vositalarini dunyoga keltirishi hech gap emas. Lekin nega shunday bo'ldi? Chunki insonning psixologiyasi va ommaviy axborotni qabul qilish xususiyatlari nafaqat matbuotga xos mantiqiy fikrlashga, balki undan ham ko'ra ko'proq insonning audiovizual imkoniyatlariga asoslangan. Audiovizual xususiyatlar va imkoniyatlar esa, odamzodda uzoq ming yilliklar davomida shakllanib kelgan. Buni bilmasdan turib na insoniyat tarixini, na zamonaviy OKV samaradorligini tushunib bo'lmaydi.
OKV tarixining umumiy davriylanishi.
OKV tarixining umumiy davriylanishi. Biz OKV tarixini ikki yirik davrga bo'lib ko'rishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 7 I davr — matbuotgacha bo'igan ommaviy kommunikatsiyalar; II -davr — matbuot, radio va televideniening paydo bo'lishi va rivojlanishi. Birinchi davr ancha uzoq davom etgan va o'z navbatida, xronologiya jihatidan katta ichki qism va bosqichlarga ega. Yer shari vujudga kelishidan ongli inson paydo bo'lishigacha bo'igan birinchi qism to'rt bosqichdan iborat. Birinchisi — yer shari (borliq)ning paydo bo'lish va rivojlanish bosqichi. Yuqorida aytganimizdek, ushbu jarayon bir mlrd yil davom etgan. Demak, shu vaqt mobaynida yer yuzida hayot paydo bo'lishi uchun shartsharoitlar asta-sekin shakllana boigan. Ushbu bosqich yerda hayot, ya’ni, jonli mavjudotlar vujudga kelishi bilan tugallangan. Jonh mavjudotlar bosqichi deb atash mumkin bo'igan ikkinchi bosqichning davomiyligi 930 mln yilga teng. Bu davrda yer sharida jonli mavjudotlarning har xil turlari paydo bo'lib, rivojlanib, o'zgarib va yangi turlarga aylanib, birinchi primatlar ro'yobga chiqishi bilan tugagan. Jonli mavjudotlarning rivojlanishi hayotiy amaliyot va o'zaro kommunikatsiyalar shaklida amalga oshgan. Uchinchi — primatlar bosqichi — 62,5 mln yilni tashkil qiladi. Birinchi primatlar — oziq-ovqat qidirish, sovuq va issiqlikdan o'zini asrash, ijtimoiy muloqot o'rnatish natijasida rivojlangan ushbu bosqich bugungi kundan 7,5 mln yil ilgari dastlabki odam qiyofasidagi mavjudotlar (xominidlar) paydo bo'lishi bilan yakun topgan. To'rtinchi bosqich — xominidlar bosqichi bo'lib, 7,3 mln yil davom etgan. O'zlaridan oldin yashagan jonli mavjudotlar kabi, ular ham yashash va rivojlanish uchun turli xildagi axborotlarga muhtoj bo'igan. Amaliy faoliyat va yangi axborotlarga ehtiyoj esa borib-borib, bundan taxminan 200000 yil awal birinchi ongli odamlar paydo bo'lishida asosiy omil xizmatini o'tagan. II qism — ongli inson vujudga kelishidan matbuot ixtiro etilishigacha bo'igan qism. Jami taxminan 200000 yilni o'z ichiga oluvchi bu qism besh bosqichdan iborat. Birinchisi - aks ettiruvchi holat bosqichi. Mazkur bosqich jarayonida insonlar ongi borliqni sliunchaki aks ettiruvchi liolatdan aks ettiruvchi tushunish, bilish va nihoyat, borliqni ongli o'rganish bosqichlaridan o'tgan. Albatta, ushbu jarayonlar faqat o'z qabilasi va boshqa qabila a’zolari bilan bo'igan ijtimoiy muloqotlar paytida amalga oshirilishi mumkin edi. Dddnchisi — aks ettiruvchi ong bosqichi. Odam ongi rivojlanishming ikkinchi bosqichi natijasida insonlar fikrlashning dastlabki cho'qqilariga — mifologik fikrlash darajasiga yetdilar. Bu, albatta, inson ongi awalgi bosqichlarga nisbatan yangi pog'omfga ko'tarilganligining ko'rsatkichi edi. Ammo mifologik fikrlash ham bir holatda to'xtab qolmagan. Kundalik amaliy faoliyat, ijtimoiy kommunikatsiya va yangi axborotlarga bo'igan ehtiyoj odamlar ongi hamda hayotining rivojlanishini uzluksiz ta’minlab turgan. 8 Uchinchisi — mifologik fikrlash bosqichi. Bu tarzdagi fikrlash ham ancha uzoq vaqtni, aytish mumkinki, bir necha o'n ming yilliklarni qamrab olgan. Natijada, mifologik fikrlash insoniyatni uning hayotidagi keyingi ulug‘vor bosqich bo'lmish mifologik ijodga olib keldi. TVrtinchisi — mifologik ijod bosqichi. Dastlabki davrlarda mifologik ijod sinkretik, umumiy xarakterga ega edi. Ya’ni, o'sha davrdagi ijod birbiridan ajralmagan publitsistik — she’riy — dramatik — nasriy yo'sinda bo'Igan. Albatta, ushbu jarayonlar ham ko'p ming yillar davomida amalga oshirilgan. Va nihoyat, besbincbisi — ongli ravishda axborot tarqatish bosqichi. Bunda insonlar mifologiq ijoddan o'tib, real fikrlash va ijod qilish natijalariga erishganlar. Ongli ijod esa faqat axborotni yig'ish va ishlash bilan chegaralanmagan, balki uni ommaviy ravishda tarqatish yo'llarini qidirishga ham undagan. Natijada, jurnalistikadan oldingi ko'rinishlar, jumladan, o'zaro axborot almashuvning majlislar, jarchilar, xat yozib olish, kitobat qilish, toshbosma va hokazo shakllari kelib chiqqan. Bu kashfiyotlar esa Gutenberg ixtirosi uchun puxta zamin yaratgan. Axborot tarqatish xususiyatlari odamlarda rivojlanishning barcha bosqichlarida mavjud bo'lib kelganligini e’tiborga olish zarur, albatta. ' Bayon qilinganlardan umumlashma yakun chiqarish mumkinki, birinchi primatlar va inson qiyofasidagi odamlar shakllanishidan boshlab muayyan bir axborotni qabiladoshlariga yetkazishga intilish ommaviy ma’lumotlar paydo bo'lishiga asosiy sabab vazifasini o'tagan. Demak, odatda, axborot o'z tabiatiga ko'ra biror bir insonning shaxsiy ishi bo'lmasdan, ko‘p hollarda ijtimoiy xarakterga egadir. Axborotlaming ishlab chiqilishi, jamoalar o'rtasida tarqatilishi va almashinuvi ongli insoniyat paydo bo'lishi va rivojlanishining asosiy mezonlaridan bo'lib xizmat qilgan. Fikrlash esa, ayrim olimlarning aytishlaricha, shaxsiy ifoda shakli doirasida qolaveradi. Amaliyotda ommaviylik hukmronlik qiladi. Eng ajablanarlisi shundaki, miya, u alohida insonniki bo'lsa ham, aslida jamoaviy hosiladir. Chunki taqlidchilik har qaysi tirik mavjudot rivojlanishining asosiy usuli hisoblanadi. Odamlar ham bundan mustasno emas. Demak, inson miyasi va ongi — jamoaviy tushunchalar, ramzlar, taassurotlar va ishonchlar sandig'i, ularni ishlab chiqadigan va tarqatadigan vositadir. Keyingi rivojlanish, jumladan, axborot ishlab chiqish va tarqatish esa, faqat ushbu asosda va ko'pchilik qabul qilgan yo'nalishda amalga oshadi. 2-fasl. Ongli insonlar shakllanishida kommunikatsiyalarning o‘rni Ijtimoiy muloqot va ongli inson. Odamzod paydo bo'Igan paytidan boshlab o'zining jonini asrash va yashash sharoitlarini yaxshilash bilan band bo'lib keladi. Buning uchun u tabiat noqulayliklarini (yomg'ir, qor, jazirama issiq, hayvonlar tomonidan xavf, oziq-ovqat topish va hokazo) yengishi kerak edi. Bunga har bir insonning yakka o'zi erishishi mumkin 9 emas, shuning uchun ular jamoa bo'lib yashashga majbur bo'lishdi. Tabiat injiqliklarini odamlar faqat kuch birlashtirib yengishlari mumkin edi. Ongli odamlarning dastlabki ibtidoiy jamoalari qachon paydo bo'lganliklari haqida olimlaming fikrlari har xil - miloddan awalgi 200 ming yildan 35 ming yilgacha bo'igan davr ko'rsatiladi. Demak, insoniyat jamoa tarzida yashayotganiga hech,bo‘lmaganda 35—40 ming yil to'ldi. Jamoaviy yashash esa faqat ijtimoiy axborot almashuvi natijasida yuzaga kelishi mumkin edi. AQSH olimi Jon Dyui aytganidek, jamiyat — bu kommunikatsiyadir. Bu ommaviy kommunikatsiyasiz kishilik jamiyatining nafaqat faoliyati, hatto, uning paydo bo'lishi ham mumkin emas edi demakdir. Chunki, shunchaki biologik birlashish uzoqqa bormaydi, jamoatni faqat ijtimoiy birlashuv, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar orqali tashkil etish mumkin. Ongli inson paydo bo'lishi uchun juda zarur vosita — odamlar bir-birini tushunadigan aloqa — aynan shunday vujudga kelgan. Umuman olganda, ibtidoiy odamlar yashaydigan sharoitlarni quyidagicha tasniflash mumkin: mehnat va munosabatlar vositalari; oziq-ovqat va dam olish; o'zini himoya qilish va hissiyotlarini boshqalarga bildirish yo'llari; yashash va hayotda biror bir yangilikka intilish harakatlari. Shunday qilib, aytish mumkinki, odamning ijtimoiy tabiati faqat kommunikatsiyalar natijasida yuzaga kelishi mumkin edi. Ushbu kommunikatsiyalar, o'z navbatida, insonning yuksalishi uchun har bir tarixiy bosqichda yetakchi vosita bo'lib xizmat qildi. Ya’ni, kishilarning ushbu aloqalarga bo'igan ichki ehtiyoji ijtimoiy aloqalarning asosiy manbayi edi. Ijtimoiy munosabatlarsiz esa ongli insonning shakllanishini tasawur qilish mushkul. Shu bilan bir qatorda insonning uzoq davrlar davomidagi ijtimoiy shakllanishiga bir xususiyat xos bo'lib kelganki, uning tabiatida hatto, bugungi kunda ham botiniy ong, ya’ni, beixtiyor hissiyotlar birinchi o'rinda va aksariyat hollarda ongli fikrlashdan ham ustun mavqeda turadi. Bu zamonaviy odamlar psixologiyasining ham yetakchi xususiyatidir. Ibtidoiy jamiyatda yashagan odamlar, xuddi bugungi avlodlardek axborotni topish, tushunish, ishlash va tarqatishga doimo muhtoj edilar. Bunday jarayon insonning doimiy, uzluksiz holatidir. Asrlar osha ushbu kommunikatsiyalar son va sifat jihatidan yuksalib, ommaviylashib boravergan. Boshqacha aytganda, odamlar kommunikatsiyalarning hajmi, adadi ko'payishiga hamisha ehtiyoj sezib kelganlar. Bu jarayon qanday amalga oshirilardi? Insonning ma’lum bir ma’lumotni ishlab chiqib, boshqalarga yetkazislii buning yagona yo'li edi. Chunki faqat shu holdagina axborot ayirboshlash sodir bo'lardi. Ovoz hamda jismoniy harakatlar (imo-ishora, mimika) asosiy vositalar xizmatini o'tardi. Imo-ishoralar yaqin atrof doirasida ish berishi mumkin edi, sal uzoqroq masofaga esa ovoz kerak bo'lardi. Shunday qilib, ibtidoiy odamlar o'rtasida jamoaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish uchun so'zga, keyinchalik esa nutqqa kuchli ehtiyoj paydo bo'ldi.
Bosma usullari haqida umumiy tushunchalar.

Bosma usullari. Bosma usullarini yaxshi va yomon usullar deb ajratish noo'rin. Hech kim yomon texnologiyalarni ixtiro qilmaydi va qilmagan ham. Har bir bosma usuli, har qanday texnologiya o'zining belgilangan vazifasi yo'nalishida kuchli jihatlarni namoyon qiladi. Ulardan aynan o’zining yo‘nalishida foydalanish kerak.Namlashli tekis ofset bosma va yuqori sifatli mahsulot beradi. Yarim tusli tasvirlarni, ayniqsa akvarelni qayta ishlashda chuqur bosma tengsiz hisoblanadi. Chuqur bosmadan nusxalarni arzonroq materiallarga turli yuzalar strukturalarini hosil qilishda foydalanish mumkin. Biroq bu holatda bosma qoliplaming yuqori narxi kamchilik hisoblanadi.Tekis ofset bosma sifati doimo yuqori boTgan holda boshqa bosma usullari orasida bosma qolipining narxi eng arzon usul hisoblanadi. Biroq, bu erda uzluksiz bosim muammosi hal qilinmagan. Faqatgina bosiluvchi elementlar orasidagi oraliq 3 mm gacha qisqartirilgan. Hozirgi «Sleeve»-texnologiya yengli (choksiz) ofset matolaridan foydalanish hisobiga bu muammoni hal qiladi.Ultrabinafsha (UB) fleksografik bosma vositasida ко ‘ plab muammolar hal qilingan. Biroq, bosma qolipning nisbatan qimmatligi hamda bosma mahsulot sifati chuqur va tekis ofset bosma darajasida emas.Shu bilan birga o'rash-qadoqlash va etiketka mahsulotlari ishlab chiqarish uchun rulonli fleksografik bosma uskunalari texnologiyasining rivojlanishi bir vaqtning o ‘zida bir necha bosma usullaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi ofset fleksografiya, trafaret bosma orasidan birini, shuningdek laklash va zarli qisishni tanlashi mumkin. Bu holda foydalanuvchi bu usullardan qanday ketma-ketlikda foydalanishini o 'zi hal qiladi.Trafaret bosma qalin bo'yoq qatlami talab qilingan sharoitda qo`llaniladi.Ofset bosma fleksografiya - trafaret usullarini uyg'unlashtirish xilma- xil mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi.Fleksografik bosma usulida himoyaviy lak qatlamini yuritish yaltiroq g ‘adir-budur effektni yuzaga keltiradi. Yaltiroq lak g ‘adir-budur bo'rlangan qog‘ozga yuritiladi. Tanlab laklash yoTi bilan tasvir maydonlarini ajratish, shuningdek butun tasvirni laklash hisobiga ajoyib natijalarga erishiiadi. Himoyaviy lakmahsulotga bosishdan keyingi ishlov berishni yengillashtiradi. Chiziqlash qismi o 'yish sifatini yaxshilaydi, nusxalar vuzasinining sidirilib ketishini istisno qiladi.Fleksografiyaning saraaradorligini tavsiflaganda shuni ta ’kidlab o 'tish joizki, metalllashtirilgan bo'yoqlarda bosilganda yuqori valtiroqlikka erishish mumkin. Bo‘yoq apparatida aniloks valining mavjudligi beriladigan bo‘yoq va lak miqdorini aniq dozalash imkonini beradi.Purkashli, termografik va termosulimatsion, lazerli elektrografiya va yangi paydo b o ig a n elkografiya kabi zamonaviy xilma-xil raqamli bosma texnologivalari kam adadli (1-200 nusxagacha) k o 'p bo'yoqli yuqori sifatli bosma muammosini hal qiladi. Raqamli texnologiya (purkashli bosma) asosidagi keng o`lcham dagi plotterlar laminatsiya bilan uyg'unlikda katta o ich am li (2x6 m va undan katta) va bir necha nusxadagi plakatlarni bosishda oddiy buyurtmaga aylantiradi.Deyarli raqamli bosma texnologiyasi bo’lganda (Direct Imaging,CtPress) buyurtma o'zgarganda bosma uskunasini ishga tayyorlashdagi to ‘xtashlarni minimumgacha qisqartiradi. Bu kam adadli (200 nusxadan kam) k o 'p bo'yoqli kichik o`lchamli mahsulot ishlab chiqarishda tannarxga ta ’sir etadigan hal qiluvchi omil hisoblanadi.Rizografiya (raqamli trafaret bosma) adadi 100 dan 1000 nusxagacha b o`lgan bir bo'yoqli va ikki bo'yoqli tezkor bosmaning k o ‘plab texnik va iqtisodiy muamtnolarini hal qiladi.
Bosma usuli va texnologiyasini qanday tanlash kerak?
Bu yerda “usul va texnologiya” jumlasining mohiyatini aniqlashtirish kerak. Bosma usuli baza hisoblanib, unda foydalaniladigan uskuna va materiallarga b o g iiq holda turli texnologiyalar yaratilishi mumkin. Masalan, tekis ofset bosma usuli baza bo`lib , varaqli ofset bosma, rulonli ofset bosma, rezinadan rezinaga bosma, tekis qolipdan bosish (litografiya va sinov nusxasini olish dastgohida ofset bosma), Delito (ofset uskunasida to 'g 'rid an -to 'g 'ri rotatsion bosma), namlashsiz ofset bosma elektrografiya, fotoelektrograflya kabi texnologiyalar unga asoslanadi. Yuqo- ridagi barcha texnologiyalarda bosiluvchi va oraliq elementlar bitta tekislikda yotadi. Bu esa, ofset usulini tavsiflaydi.Aniq nashrni bosish uchun bosma usuli va texnologiyasini qanday qilib to 'g 'r i va oqilona tanlash mumkin?

Nazorat uchun savollar


1.Bosma usuli va texnologiyasini qanday tanlash kerak?
2.Zamonaviy bosma usullari haqida ma`lumot bering?
3. OKV tarixining umumiy davrlari haqida?
Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling