1-ma’ruza. Jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining umumiy tavsifi. Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari
Reja:
Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy tushunchalari. Jarayonlarni tadqiq qilish masalalariga doir misollar.
Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari.
Jarayonlarni tadqiqotining matematik modeli, modelga qo’yiladigan asosiy talablar.
Tayanch so’z va iboralar: qaror qabul qilish, jarayonlar tadqiqoti, optimal yechim, operasiya, operasiyani o’tkazuvchi tomon, operasiyani o’tkazuvchi tomon strategiyalari, optimal strategiya, nazorat qilinadigan omillar, nazorat qilib bo’lmaydigan omillar, samaradorlik mezoni, sifat kriteriysi, optimallik kriteriysi.
1. Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy tushunchalari. Jarayonlarni tadqiq qilish masalalariga doir misollar. Jarayonlar tadqiqoti – eng umumiy ma’noda tashkiliy boshqaruv tizimlari ishi bilan bog’liq masalalarga, ularni boshqaruvchilarga optimal yechimlar berish maqsadida, ilmiy prinsiplar, usullar va vositalarni qo’llash deb ta’riflanishi mumkin.
Jarayonlar tadqiqoti masalalari haqida tasavvur hosil qilish uchun quyida bir necha amaliy masalalarni keltiramiz:
1. Ta’minlash masalasi. Xom ashyo iste’mol qiluvchi bir necha korxonalar va ularni shu xom ashyo bilan ta’minlay oluvchi bazalar mavjud. Bazalar korxonalar bilan qandaydir yo’llar (temir yo’l, suv yo’li, avtomobil yo’li, havo yo’li) orqali bog’langan. Korxonalarni xom ashyo bilan ta’minlashning shunday rejasini (kaysi bazadan, qancha miqdorda, qaysi korxonaga) tuzingki, xom ashyoga bo’lgan talab qondirilsin va tashish xarajatlari eng kam bo’lsin.
2. Magistral yo’l qurilishi masalasi. Temir yo’l magistrali uchastkasi qurilmokda. Ixtiyorimizda ma’lum miqdorda vositalar mavjud: ishchi resurslari, qurilish mashinalari, remont ustaxonalari, yuk avtomobillari va boshqalar. Qurilishni shunday rejalashtirish (ya’ni qilinadigan ishlar navbatini aniqlash, mashinalarni va ishchilarni yo’l uchastkalariga taqsimlash, remont ishlarini ta’minlash) kerakki, u eng qisqa muddatda yakunlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |