1-Ma’ruza. Kirish. Intellektual transport tizimilari (itt) tuzilmasi, ta’rifi, terminlari va arxitekturasi Reja


Download 29.61 Kb.
bet1/5
Sana03.06.2022
Hajmi29.61 Kb.
#730326
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Maвзу
RHsxDi0fvmhDhefIRBrE3A, 1 - Maвзу, 3, Kenjaboyeva Dilrabo, Vved v yazykoznanie 1 k, Sovr rus yaz Fonetica Lektsia1, 11-мавзу, Fanning ta`lim texnologiyasi -5, Fanning ta`lim texnologiyasi -8, 5-maruza, Proc tarjimasi, Т а р ж и м а и ҳ о л. янгиси, Erkulova Feruza avtoref 18.08.2022 (3), 2-MAVZU. Kimyo fanining asosiy qonunlari

1-Ma’ruza. Kirish. Intellektual transport tizimilari (itt) tuzilmasi, ta’rifi, terminlari va arxitekturasi
Reja.
1.1. ITTlari faninig o’qitishning asosiy maqsadi va vazifalari.
1.2. ITTlarini loyihalashtirish, qurish va kengroq joriy etishning ilmiy tamoyillari.
1.3. ITTni tadbiq etishning Yevropa tajribalari
1.4. ITTlarini qurishdagi asosiy komplekslar: yo’l-transport, transport-texnologik, transport-servis va axborot komplekslari.
1.5. ITT operativ vazifalari va tatbiq etish mexanizmlari.

KIRISH
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari ichida ishlab chiqarish va industrial qurilishi hamda qishloq xo’jaligi maqsulotlarini yetishtirishi bo’yicha oldingi o’rinlardan birida turadi va ularning barchasi birgalikda turli transport xizmatlaridan foydalanadilar. Xozirgi kunda transport vositalari, ular yordamida tashilayotgan yuklar va passajirlar unumdorligi bo’yicha yuqori natijalarga erishish uchun axborot texnologiyalari va intellektual transport tizimlarini boshqarishning o’rni beqiyosdir. Logistikaning xozirgi kundagi xolati axborot-kommunikatsion texnologiyalarni uning barcha sohalariga izchil tatbiq etish bilan tavsiflanadi. Bu esa o’z navbatida oliy ta’lim muassasalari oldiga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim uchun zarur bo’lgan zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalariga asoslangan o’quv-uslubiy ta’minotni yaratish kabi bir qator strategik vazifalarni qo’yadi.
Xususan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo’limida mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompьyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish nazarda tutilgan.
SHu boisdan ham bu soha bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash sifatiga katta e’tibor berishni davr taqozo etadi. Intellektual transport tizimlari butun jahonda yo’l-transport majmuasi samadorligini oshirish va qator muammolarni xal etish uchun ishlatilmoqda: tashish xarajatlarini optimallashtirish, zararli chiqindilarni kamaytirish va ekologik xolatni yaxshilash, yo’l-transport xodisalarni kamaytirish. Ushbu qo’llanmada zamonaviy intellektual texnologiyalar asosida transport oqimlari va yo’l xarakatini optimal va xavfsiz tashkil etishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarining qo’llanilishi ifodalangan.

Download 29.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling