1-Ma’ruza: Kirish. Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari. XVI-XVIII xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreya. Reja


Download 49.42 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi49.42 Kb.
#1820313
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza


1-Ma’ruza:Kirish.Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari. XVI-XVIII Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreya.
Reja:
1. Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari.
2.Xitoy minlar sulolasi hukmronligi ostida
3.Xitoy XVII asr birinchi yarmida.
4.XVI–XVII asr o‘rtalaridagi xitoyda ijtimoiy ong va madaniyat.
5.XVII asr 20 – 40 yillaridagi dehqonlar qo‘zg‘olonlari.
6.XVI–XVIII asrlarda Hindiston
7.Hindistonda Boburiylar Imperiyasi
8.XVI–XVIII asrlarda Yaponiya

1.YANGI DAVRDA AN’ANAVIY SIVILIZATSIYA MAMLAKATLARI.


Yevropa tarixshunosligida sharqcha taraqqiyotni «an’anaviy sivilizatsiya», «an’anaviy jamiyat» deb atashadi. Bunga ko‘pchilik kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli, kishilar hayotining davlat tomonidan tartibga solinishikabilarni asosiy belgilar sifatida kiritishadi. Xo‘sh, «Sharq sivilizatsiyasi» degan tushuncha ortida nimalar yashiringan?Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlari. Sharq mamlakatlari tabiatning barqaror bo‘lmasada, nisbatan saxiy in’omi tufayli o‘zlarining geografik va tarixiy ustunliklarini namoish qilib, rivojlangan ijtimoiy mehnat taqsimotiga, madaniy taraqqiyotning o‘ta yuqori darajasiga, jamiyat ma’naviy rivojining anchagina yuqori bosqichini aks ettiruvchi diniy va axloqiy tizimni shakllantirishga erisha oldilar. Yangi era boshlarida Xi toydagi Xan imperiyasi taraqqiyot darajasiga ko‘ra ilk prinsipat davridagi Rim imperiyasidan bir muncha oldinlab ketgan edi. Yangi eraning dastlabki ming yilligida Sharq mamlakatlari, xususan Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiy va mada- niy taraqqiyotda katta sakrashga erishdilar. Bu davrda texnik, tex nologik, tashkiliy va madaniy innovatsiyalar keng tarqalgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 300 –500 va hatto 1000 yil o‘tgandan so‘ng Yevropada paydo bo‘ldi (qisman Sharqdan o‘zlashtirildi). Ikkinchi ming yillik boshlarigacha o‘tgan davr ichida Xitoyda don mahsulotlarin yetishtirish aholi jon boshiga kamida 1,5 marta oshib, gektarida14 –16 sentnerni tashkil qildi. Xuddi shu ko‘rsatgich Yaqin Sharva Shimoliy Afrikada 10 –13 sentnerni tashkil qilib, bu G‘arbiy Yevropadagi ko‘rsatgichdan 4 –5 marta yuqori edi1. XVI–XVIII asr-larda Xitoyda milliy mahsulotning aholi jon boshiga nisbatan yillik o‘sishi 0,15 – 0,25% ni tashkil qilgan va G‘arbiy Yevropaning muqim rivojlanayotgan Gollandiya, Angliya singari mamlakatlarniki bilan teng bo‘lgan. Sharqning G‘arbdan ustunligi ayniqsa asrlar davomida to‘plangan ma’naviy imkoniyatlar, tajriba va bilimlarga tayangan intellektual kuchlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aholining o‘sish dinamikasi ham iqtisodiy imkoniyatlarning yuqoriligidan dalolat beradi.
2.XITOY MINLAR SULOLASI HUKMRONLIGI OSTIDA
XVI asr boshlariga kelib Xitoy monarxiya boshqaruv tizimiga, iqtisodda kapitalizmgacha bo‘lgan munosabatlar ustuvorlik qiladigan, umumiy belgilari hali Qadim davrlarda va Ilk o‘rta asrlardayoq shakllangan sertarmoq ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan, markazlashgan davlat edi. Tashqi siyosiy jabhada Xitoy qo‘shni davlatlarning, eng avvalo Markaziy Osiyo davlatlarining yerlarini bosib olishga harakat qilardi. Yevropa davlatlari va Rossiya bilan biron bir doimiy aloqalar hali o‘rnatilmagandi. Minlar imperiyasining davlat tuzilishi (Minlar sulolasi XIV asr ikkinchi yarmida mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi ag‘darilganidan so‘ng hokimiyatni egallagan) sharqona mustabid tuzum edi. Mamla-katda hech qanaqa tabaqaviy-vakillik institutlari mavjud emas,shuning uchun ham imperator saroyida, eng avvalo, qarorlar qabulqilinishida hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan hukmdorga ta’siro‘tkazish uchun turli guruhlarning doimiy kurashi borardi. Lekinhukmdorning o‘zi bevosita davlat ishlariga aralashmasdi, o‘z amal-dorlarining omilkorliklariga ishonardi.Bu davrda Xitoyda haram og‘aligi1 keng tarqalgan bo‘lib, ungafaqat etnik xitoylargina olinar edi. Ular kambag‘allarning bo-lalaridan imperator saroyiga sotib olinardi. Haram og‘alarixizmatidan faqat imperator oilasi a’zolari foydalanishlarimumkin edi. Imperatorning o‘zida ba’zi yillari uch mingtagachaharam xodimi bo‘lardi, knyazlarda – o‘ttizgacha, imperatorning bola-larida – yigirmatagacha haram xodimi bo‘lishi mumkin edi. Minlarhukmronligi davrida saroyda o‘n mingtadan kam bo‘lmagan haramxodimlari yashagan (ularning umumiy soni, ba’zi ma’lumotlargako‘ra 100 mingtaga yetgan), ulardan biri esa, oxirgi Min imperato-ri davrida, uning nomidan amalda davlatni boshqargan. Ba’zi birharam xodimlari viloyatlarda katta lavozimlarni egallagan, u yer-larda hokim, harbiy boshliq, shahar ma’muriyatining boshliqlariva shu kabilar bo‘lgan. Imperatorga ta’sir o‘tkazishda haram xodim-larining asosiy raqiblari Saroy kotibiyati a’zolari bo‘lib, ularXonmin tashkilotiga (Fanlar akademiyasiga o‘xshash tashkilot)birlashgan yirik xitoy olimlarining qo‘llab-quvvatlashlaridanfoydalanardilar. Ular o‘zlarining imperatorga yozgan nomalari-da ko‘pincha poytaxtda va hududlarda hukm surayotgan amaldorlarzulmini fosh etishardi, iqtisodiyotni qayta qurishni, harbiyislohot o‘tkazishni va shu kabilarni yoqlab chiqardilar. Ko‘pinchabunday fikrlar uchun ular ta’qib qilinar, shunday bo‘lsada, shaharaholisining bir qismi ularni qo‘llab-quvvatlar edi.Xitoy iqtisodida XVI asr boshlariga kelib rivojlanishningancha yuqori darajasiga erishgan agrar soha muhim o‘rin egallaydi.Ish qurollari ancha jo‘n bo‘lishiga qaramasdan, dehqonlar xitoy-liklarning asosiy oziqlari bo‘lgan sholidan yuqori hosil olar-dilar. Ba’zi dehqonlar suvni yuqoriga ko‘tarib beruvchi maxsusmashinalar yasashni o‘rgangandilar, hosildorlikni oshirish uchuno‘g‘itlardan foydalanardilar, sholi yetishtirishning yangi texnoogiyalarini, masalan, uyalab ekish usulini, sifatli urug‘ tayyor-lashni va shu kabilarni qo‘llardilar. Xitoy dehqonlari sholidantashqari aholining turli xil gazlamalarga bo‘lgan ehtiyojlariniqondirish imkonini beradigan paxta yetishtirish sohasida ham kat-ta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Xitoyda yerga egalik qilishningikkita asosiy turi – davlat va xususiy yer egaligi mavjud edi(xususiy yer egaligini shartli-xususiy deb atasa ham bo‘lardi, chun-ki rasman bu yerlar ham imperatorning mulki hisoblanardi). Xusu-siy yerlar butun XVI asr davomida kamayib bordi: dehqonlarningerlari asta-sekin katta yer egalarining, sudxo‘rlarning, shuningdek,amaldorlarning qo‘llariga o‘tdi. Yerlarning ancha qismi bevositaimperator saroyining mulkiga aylandi.Minlar Xitoyida natural to‘lovlar va pul yig‘imlariga hamasoslangan o‘ziga xos soliq va majburiyatlar tizimi yuzaga kelganedi. Davlat yerlarida soliqlar shartli-xususiy yerlarning solig‘iganisbatan yuqori bo‘lar edi. Davlatning soliqlarni oshirishga uri-nishlari ko‘pincha soliq to‘lovchilar va ularni yig‘uvchi amaldor-lar o‘rtasida keskin qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarardi.Soliqlar asosan sholi bilan hisoblanardi, soliqni kumush bilanolish esa faqat XVI asr oxirlaridagina o‘rnatildi. Lyanlar bilano‘lchanadigan kumush quymalari bilan bir qatorda XVI asr boshla-ridan turli qiymatdagi mis tangalar ham muomalaga kiritilgan.Shaharlarga kelganda, ulardagi aholi soni qishloqlardagidanancha kam edi. Shaharliklarning asosiy mashg‘ulotlari hunar-mandchilik va savdo bo‘lgan. Gazlamalar ishlab chiqarishda o‘shavaqt uchun ancha mukammal bo‘lgan dastgohlar, shu jumladan, suvyordamida aylantiriluvchi qurilmalar ham qo‘llanilardi. Binolarqurilishida ko‘tarish kranlariga o‘xshash qurilmalardan foydala-nilardi. O‘sha paytlardan saqlanib qolgan binolar bugungi kundaham o‘zining mukammalligi va go‘zalligi bilan kishini hayratgasoladi. Yirik va mustahkam kemalar qura oladigan xitoylik kema-sozlar ham texnik muvaffaqiyatlarga erishgan edilar. Buyuk geogra-fik kashfiyotlar davrida Xitoy Yevropa mamlakatlari mustamlaka-chilik intilishlarining nishoniga aylandi. Hali 1516 yildayoq buyerga o‘z kemalarini yuborgan portugallar «kashfiyotchi» bo‘ldilar.Portugaliya qirolining vakili hatto Xitoyning ichki hududlarigaham kirib bordi, lekin portugal va xitoy kemalarining bir qatorto‘qnashuvlaridan keyin u mamlakatdan chiqarib yuborildi.__ 1531 yili Xitoy va Portugaliya kemalari o‘rtasida dengizjangi bo‘lib o‘tdi va unda portugaliyaliklar mag‘lubiyatga uchradi.Shundan keyin Xitoy o‘z portlarini chet el kemalari uchun yopibqo‘ydi. Shunga qaramasdan, Portugaliya Xitoy hududida o‘z mustam-lakasi Makao (Aomin)ga asos solishga erishdi, katolik ruhoniy-iyezuitlariga esa Xitoyda targ‘ibot bilan shug‘ullanish uchun imko-niyat berildi.XVI asr o‘rtalarida Xitoyga Yaponiya qo‘shinlari bostirib kir-di. Uzoq davom etgan qonli janglardan so‘ng, 1597 yili yaponlarmamlakatdan quvib chiqarildi.
3.Xitoy XVII asr birinchi yarmida.
XVI asr oxiri – XVII asrboshlarida janubiy Xitoyning muhim savdo va madaniy markazla-ridan biri bo‘lgan Usi shahrida, Dunlin akademiyasi bazasida yangibir tashkilot paydo bo‘ldi. Uning a’zolari ijtimoiy hayotningbarcha sohalarida islohotlarni talab qilib chiqdilar. Ularningdasturlari ko‘p jihatdan XVI asrdagi islohot tarafdorlariningtalablarini eslatardi, zero tashkilot hukumatga qarshi qarashlariuchun bu yerga Pekindan quvib yuborilgan amaldorlar tomonidan tu-zilgandi. Usi boylarining va ba’zi bir shenshilarning ko‘magigasuyangan Gu Syanchen to‘ra tashkilotga boshchilik qildi. Ularningtalablari orasida davlat apparatini isloh qilish, mamlakatniboshqarishda bevosita imperatorning rolini oshirish, shuningdek,iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini va ishlab chiqarilayotganmahsulotlarning sifatini oshirish uchun davlat manufakturalariva ustaxonalarini xususiylashtirish, yirik mulkdorlar tomoni-dan dehqonlar yerlarining egallab olinishini to‘xtatish, soliqqatortish tizimini tartibga solish va shu kabilar muhim o‘rin tu-tardi.1620 –1624 yillari islohotchilar Pekinda hokimiyatga kelish-ga erishdilar va o‘z dasturlari talablarini amalda hayotga tatbiqetishga urindilar. Ammo saroy aslzodalarining qarshiligi tufay-li islohotchilar hokimiyatdan chetlashtirilib, ko‘pchiligi qatag‘onqilindi. Davlat xazinasidan mablag‘ o‘marish, dehqonlar yerlarinitortib olish, soliqlar va shaxsiy majburiyatlarning oshirilishiyana davom ettirildi. Xitoyning xalqaro ahvoli ham tobora yomon-lashib borayotgan edi. Biroq Minlar hokimiyati uchun, hukmron tu-zumga qarshi tobora yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan,dehqonlar qo‘zg‘olonlari ayniqsa xavfli edi.__ XVII asr birinchi yarmida yevropaliklarning Xitoyga kiribkelishi davom etdi. Ispaniya Filippinni egallab olganidan so‘ng,Luson orolida savdo bilan shug‘ullanuvchi 20 mingdan ortiq Xi-toy fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik 1639yilda yana bir marta takrorlandi. XVII asr yigirmanchi yillaridaXitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi. Ular Pen-xuledao oroliga hujum qildi va Tayvan (Formoza) oroliningbir qismini egallab oldi. Biroq Xitoyning qit’adagi qismidao‘rnashib olish ularga nasib qilmadi. Gollandlar bilan bir qatordaAngliya ham bu hududlarga o‘z tajovuzkorlik qiziqishlarini bil-dirdi. Inglizlar Guanchjou hududiga kirib, Xitoy hukumatidanbu yerda savdo qilish huquqini oldilar. Yevropaliklar Xitoydanbirinchi navbatda ipak va chinni olib ketishar, tamaki va o‘tocharqurollarni esa olib kirardilar.Xitoy hukumati avvalgidek, chet elliklarning mamlakatga ki-rishlarini taqiqlagandi. Faqat katolik ruhoniylari bundan mu-stasno edi. Ularning Xitoydagi faoliyatiga baho berish ancha mu-rakkab, bir tomondan, ular Xitoyni mustamlakaga aylantirishuchun g‘oyaviy zamin tayyorlardilar, ko‘pming yillik madaniyat vaan’analarning buzilishiga olib keldilar, boshqa tomondan esa,aholini G‘arb sivilizatsiyasining yutuqlari bilan tanishtirdi,ularni kundalik turmushda qo‘llashga yordamlashdi.XVII asr boshlarida Xitoy va Rossiyaning birinchi davlatlara-ro rasmiy munosabatlari kuzatiladi. Biroq to Xitoy manchjur-lar tomonidan egallab olinganiga qadar bu davlatlar o‘rtasidato‘laqonli aloqalar o‘rnatilgan emas.
4.XVI–XVII asr o‘rtalaridagi Xitoyda ijtimoiy ong va madaniyat.
Mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi Xitoyda hukmron bo‘lgandavrda turli xil falsafiy-axloqiy ta’limotlarni, eng avvalo,buddaviylik, konfutsiylik va daosizmni o‘zida mujassam qilgansinkretizm dini yuzaga keldi. Ko‘pgina xitoylik donishmandlar-ning falsafiy izlanishlarida g‘oyaviy asos bo‘lgan konfutsiylikMinlar davrida ham alohida o‘rin egalladi.Minlar davrining eng yorqin olimlaridan biri Van Yanmin(1472 –1529) xitoyliklar 2<025A>-8.dunyoqarashining asosi bo‘lgan konfu-siylikdan voz kechmagan holda bu ta’limotni, o‘zgargan tarixiyvaziyatga mos ravishda, yangicha sharhlay boshladi. Van Yanminning dunyoqarashida markaziy o‘rinni lyanchji (tug‘ma bilim) haqidagi ta’limot egallaydi. Uning fikricha, har bir odam, ijtimoiy ke-lib chiqishidan qat’i nazar, bunday bilimga ega va u donishmandlikholatiga erishishi mumkin. Shunday qilib, donishmandlik faqat sa-ralangan kishilarning mulki emas, barchaning umumiy qismati ekan.Van Yanmin g‘oyalarining davomchisi faylasuf Li Chji (1527 –1602) bo‘ldi. U ham konfutsiylik aqidalariga qarshi chiqdi. Jum-ladan, Konfutsiy asarlarining ba’zi bir joylarini, shuningdek,Lao Szi va Budda Gautamaga tegishli deb hisoblangan ishlarnitanqid qilishga jur’at etdi. U haqiqatning nisbiyligi haqidagig‘oyani rivojlantirish tarafdori edi.Bunday g‘oyalar aqidaparast konfutsiychilarning qarshiliginikeltirib chiqardi. Ular Li Chjining qarindoshlariga nisbatanaxloqiy va jismoniy tazyiq o‘tkazdilar. Oxir-oqibatda xo‘r-lanishlarga chiday olmagan Li Chji o‘z joniga qasd qildi.Bu davridagi ijtimoiy fikrning yana bir yorqin vakiliLin Chjaoen (1517–1598) edi. U sinkretizm g‘oyalarining izchiltarg‘ibotchisi bo‘lgan. U «dao» (yo‘l), «syuan» (tasavvuf) va «kun»(bo‘shliq) tushunchalariga yangicha ma’no kiritdi, ularning hammasibutun borliqni aks etirishini va Xitoy davlatining yagona g‘oyaviyasosini tashkil etishi lozimligini isbot qilishga urindi.Minlar davrida Xitoy madaniyati gullab-yashnadi. Oldingidavrlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib olgan jamiyattaraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarila oldi.Adabiyot ham katta yutuqlarga erishdi. Yozuvchi U Chenen(1500 –1582) qadimgi afsonalar asosida «G‘arbga sayohat» romani-ni yaratdi. Unda ruhoniy Syuan-szanning Buddaga oid muqaddaskitoblarni topish uchun mo‘jiza izlab fantastik jonivorlarhamrohligida Hindistonga qilgan ziyorati tasvirlanadi. Bu romankitobxonlarning ko‘plab avlodlarida katta taassurot qoldirdi.XVII asr boshlarida «Bizning davrimizda va qadimda ro‘ybergan hayratli voqealar» nomli qissalar to‘plami tuzildi. Buqissalarning mazmuni xalq dostonlari va ko‘plab hikmatli so‘zlar,matallar bilan boyitilgan bo‘lib, ular juda keng tarqalib ketgan.Xitoy madaniy an’analarida san’at «yuqori» va «past» turlar-ga ajratilardi. «Yuqori» turga davlat tantanalarining bir qismisifatidagi marosim musiqalari va raqslar kirardi. Musiqa in-sonni an’analar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanardi. Maro-simiy musiqa va raqslardan an’anaviy xitoy teatri kelib chiqqan.
5.XVII asr 20 – 40 yillaridagi dehqonlar qo‘zg‘olonlari.
Xitoy-dagi hukmron tuzumga qarshi dehqonlar isyoni 1622 yili Shandunviloyatida «Oq nilufar» yashirin jamiyati rahbarligida boshlandiva tez orada ancha keng hududga tarqaldi.Qo‘zg‘olonni bostirish uchun bu yerga yuborilgan qo‘shin avvaligaisyonchilar ustidan bir qator g‘alabalarga erishdi, biroq tez ora-da isyonchilar Shensi va Gansu viloyatlarida o‘z faoliyatlariniyana boshladilar. U yerda dehqonlar, Minlar armiyasidan qochganaskarlar va shahar kambag‘allaridan iborat partizanlik guruhlaripaydo bo‘ldi. Isyonchilar pomeshchiklarni va sudxo‘rlarni alohidashafqatsizlik bilan o‘ldirardi, chunki o‘zlarining barcha kulfat-lariga bosh sababchilar deb ularni bilishardi. Qo‘zg‘olonchilar ora-sida Li Szichen va Chjan Syanjunlar qobiliyatli rahbarlar sifa-tida o‘zlarini ko‘rsatdilar.Mahalliy aholi ko‘chmanchilarga ixtiyoriy yordam berardi,ularning saflari esa yangi tarafdorlar hisobiga to‘ldirilardi.Qo‘zg‘olonchilarni faqat Pekin ostonalaridagina to‘xtata oldilar.Qo‘zg‘olonchilar janubga chekindilar. Hukumat uchun juda qaltis va-ziyat yuzaga keldi, chunki qo‘zg‘olon endi Xitoyning katta qisminiegallagandi. 1636 yili hukumat, agar qo‘zg‘olon ishtirokchilario‘z ixtiyorlari bilan doimiy yashash joylariga qaytib borsalarva qurolli qarshilikni to‘xtatsalar, ular avf etilishini e’lonqildi. Isyonchilarning yo‘lboshchilariga to‘liq avf etilish va imperator armiyasida zobitlik lavozimlari va’da qilindi. Impera-torning maxsus qarori bilan aholidan olinadigan soliq pasayti-rildi. O‘tkazilgan tadbirlar tez orada ijobiy natijalarga olibkeldi. Ko‘pgina dehqonlar o‘z uylariga qaytib keldilar va tinchmehnatga kirishdilar. Qolganlari hamma yerda mag‘lubiyatga uchrayboshladilar. Qo‘zg‘olon rahbarlaridan ba’zi birlari, shu jumladanChjan Syanchjun ham, Minlar tarafiga o‘tdi, boshqalari Xenanva Shansi viloyatlari chegarasidagi borish qiyin bo‘lgan tog‘largaketdilar.Dehqonlar urushi uzil-kesil isyonchilarning mag‘lubiyati bilanyakunlangandek tuyuldi, ammo bu faqat aldamchi ko‘rinish edi, xolos.1639 yili dehqonlar qo‘zg‘oloni yana Xitoyning ko‘plab hududlariniqamrab oldi, ularga endi Minlardan norozi bo‘lgan hukmronqatlamning ba’zi bir vakillari ham qo‘shildi. Yana qo‘zg‘olonningboshida Chjan Syanchjun va Li Szichen turdi. Xenan va Shensi viloyatlariga yurishlar qilindi, bu jarayonda isyonchilar ancha jan-govar qo‘shin shakllantirishga erishdilar. Li Szichen Shensiningpoytaxti Sian shahrida, Chjan Syanchjun esa – Sichuan viloyati-ning markazi bo‘lgan Chendu shahrida o‘rnashib oldilar.1644 yil boshlarida Li Szichen Pekinga yurish boshlashga qarorqildi. Aholining keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganisyonchilar qo‘shini ikki guruh bo‘lib Siandan yo‘lga chiqdi. Jid-diy qarshilikka uchramagan qo‘zg‘olonchilar o‘sha yilning aprelidapoytaxtga kirib keldilar. Bunday sharmandalikka chiday olmaganimperator Chun Chjen o‘z joniga qasd qildi. U avval o‘z qo‘li bi-lan qizini va bir necha jazmanlarini o‘ldirib, keyin o‘z qarorgohiyaqinidagi bog‘ning ayvonchasida o‘zini osdi. Imperatorga sodiqlikbelgisi sifatida yana 80 mingga yaqin odam o‘zini o‘zi o‘ldirdi.Hokimiyatni egallab olgan Li Szichen tarafdorlari xalqqa mu-rojaat qilib, ularni xotirjamlikka va tinch hayotlarini davomettirishga chaqirdilar. Isyonchilarga qarshi kurashgan bir nechaharbiy boshliqlar, shuningdek, xalqning g‘azabiga uchragan ba’ziamaldorlar ham qatl qilindi. Boy odamlarga katta soliqlar so-lindi. Faqat Minlar davrida quvg‘in qilingan, g‘azabga uchraganamaldorlar davlat xizmatiga «adolat bilan boshqarish va xalqnisiquvga olmaslik» sharti bilan qaytarildi.Li Szichen yangi imperator deb e’lon qilindi, uning eng yaqinkishilari esa oliy martabalarni egalladilar. Yangi davlat ap-parati Xitoy uchun an’anaviy bo‘lgan sharqona mustabid shakldaqurildi va o‘z faoliyatida qayta tashkil qilingan armiyaga suyandi.Qo‘zg‘olonchilar nazorati ostida bo‘lgan yerlar dehqonlar qo‘ligao‘tdi, ko‘plab soliqlar va to‘lovlar bekor qilindi. Bularning bar-chasi dastlabki paytlarda dehqonlar va shahar hunarmandlaridakatta zavq-shavq uyg‘otdi.Biroq qo‘zg‘olonchilar Pekinni egallagan paytda manchjurfrontida bo‘lgan U Sanguy qo‘mondonligidagi Minlar qo‘shiniyangi hukumatni tan olmadi. Ular o‘zini manchjur vasalli deb tanolishga qaror qildi va manchjurlarga Buyuk Xitoy devori darvo-zalarini ochib berdi. Manchjurlar xitoylik harbiy boshliqningniyatlari jiddiy ekanligiga tezda ishona qolmadilar. U Sanguyraqiblarining qarorgohiga o‘z elchilarini yuborib, sakkiz mar-ta ulardan yordam so‘rab murojaat qildi.
6.XVI–XVIII ASRLARDA HINDISTON
XVI asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik holatidaedi. O‘zaro feodal urushlar savdo va dehqonchilikning rivojla-nishiga, Hindiston qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga egabo‘lgan yirik sug‘orish inshootlarini zaruriy holatda saqlab tu-rishga xalaqit berardi. Faqat vayronalik keltiruvchi bu urushlar-ning tugatilishidan aholining deyarli barcha qatlamlari manfaat-dor edi. Jamiyatdagi ko‘pchilik qatlam va guruhlarning kuchli davlatsari intilishlari mamlakatning birlashishi uchun qulay sharoitniyuzaga keltirdi.XVI asr 20-yillaridan Dehlida hokimiyatni egallab turgansulton Ibrohimning harakatlari ajralib chiqqan vasallarni o‘zhukmi ostida birlashtirish uchun yetarli bo‘lmadi. Natijada sul-ton Ibrohimning siyosatidan norozi bo‘lgan saroy ayonlari orasidao‘sha paytda Kobulda hukmdor bo‘lib turgan Zahiriddin MuhammadBoburni taxtga taklif qilish g‘oyasi paydo bo‘ldi.Talantli sarkarda, tajribali davlat arbobi va ajoyib shoirBobur bu qulay sharoitdan ustalik bilan foydalanadi.

Download 49.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling