1 Ma’ruza Mavzu: chorvachilikda mahsulot etishtirish jarayonlari va energetika vositalari reja


Download 34.96 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi34.96 Kb.
#201917

1 - Ma’ruza

Mavzu: CHORVACHILIKDA MAHSULOT ETISHTIRISH JARAYONLARI VA ENERGETIKA VOSITALARI

Reja

  1. Chorvachilikdagi ishlab chiqarish jarayonlari.

  2. Chorvachilikda ishlatiladigan energiya turlari va energetik vositalari.

  3. Ozuqalarni tayyorlash va tarqatish uchun qo‘llaniladigan mashinalar va texnika vositalar.

TAYANCh SO‘Z VA IBORALAR:

1.Chorvachilik xo‘jaligi. 2.Chorvador fermer xo‘jaligi. 3. Chorvachilik kompleksi. 4. Chorvachilik fermasi. 5.Chorvachilikda ishlab chiqarish texnologiyasi 6.Chorvachilikda ishlab chiqarish jarayoni 7. Molxona 8. Buzoqxona.

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.

Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ozuqa bazasini ko‘paytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan sun’iy urug‘lantirishni rivojlantirish va naslchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Chorva mahsulotlarini ko‘paytirish mollar bosh sonini xamda ularni mahsuldorligini oshirish hisobiga amalga oshiriladi. Chorva bosh sonini ko‘paytirish va ularning mahsuldorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Avval, chorvachilik fermalarini xususiylashtirish jarayoni davom ettiriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni asosiy qismi xususiy sektorda ishlab chiqariladi. Mollar sonidan kat’iy nazar 250 boshdan kam bo‘lgan qoramol fermalari shaxsiy mulk sifatida sotiladi. Mol bosh soni 250 boshdan ko‘p bo‘lgan qoramolchilik fermalari esa fermer xo‘jaliklariga aylantiriladi.

Asosiy ozuqalar kelib chiqishi jihatidan o‘simliklarga mansubdir. Ozuqalar quyidagi asosiy xillardan iborat:

-dag‘al ozuqalar (pichan, poxol, chori, makkajo‘xori poyasi);

-konsentrat ozuqalar (don, kunjara);

-shirali ozuqalar (silos, ildizmeva, poliz ekinlari);

-ko‘k ozuqalar (o‘tlar, ko‘k poyalar);

-sutchilik, go‘sht va baliqchilik sanoati, sanoat chiqindilari (qaymog‘i olingan sut, go‘sht, baliq uni);

-mineral ozuqalar (tuz, bo‘r, chig‘anoq va b.), sintetik ozuqalar (karbamid, ammiak suvi), mikroelementli (tarkibida mis, kobalt, temir va b.) ozuqalar;

-vitaminli ozuqalar va antibiotiklar chorvachilikning qo‘shimcha ozqua bazasini tashkil qiladi.

Ozuqalarni tayyorlashning mexanikaviy, kimyoviy, biologik va issiqlik usullari bor.

Mexanikaviy usulga ozuqalarni maydalash, tozalash, oqlash, dozalash va aralashtirish kabilar kiradi. Kimyoviy usul ba’zi turdagi ozuqalarga kimyoviy modddalar (xlorid kislota, oxak suvi, ishqorlar) bilan ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Biologik usullar ozuqaga turli mikroorganizmlar va fermentlar ta’siriga asoslangan.

Bu usullarning hammasi ham bir maqsadga: ozuqalarni to‘yimli, foydali va mazali qilishga qaratilgan.

Maydalash (kesish, yanchish, tortish) texnologik jarayonning boshqa operatsiyalarini bajarish uchun, masalan, ozuqani dozalash va aralashtirish uchun yaxshi sharoit tug‘diradi.

Ishlov berishning isiqlik usullari yordamida ozuqa turi va vazifasiga qarab, yo quruq, issiq havo bilan ishlanadi (sun’iy quritish) yoki bug‘ bilan ishlanadi (bug‘lash) yoki issiq suv bilan ishlanadi (ivitish). Biologik usullar: o‘z-o‘zidan qizish, achitish, siloslar va boshqalardan iborat.

Dag‘al ozuqa quyidagi sxema bo‘yicha tayyorlanadi:

1) Qirqish –dozalash –aralashtirish;

2) Qirqish –bug‘lash –dozalash –aralashtirish;

3) Qirqish –biologik yoki kimyoviy ishlov berish –dozalash –aralashtirish.

Pichan uni tayyorlashda quyidagi sxema qo‘llaniladi: Qirqish –(8-12 mm uzunlikda) –quritish –yanchish.

Shirali ozuqalar quyidagi sxemalar bo‘yicha tayyorlanadi:

1) yuvish –to‘g‘rash-dozalash –aralashtirish;

2) Yuvish –bug‘lash –ezish-dozalash aralashtirish;

3) yuvish, to‘g‘rash-dozalash –achitish –aralashtirish.

Bu texnologik sxemalar turli variantlarda, ba’zi operatsiyalarni tartibini o‘zgartirib turli maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan 1 –sxema qoramolchilik fermalarida, 2-sxema cho‘chqachilikda, 3 chi sxemadan turli chorvachilik fermalarida foydalanish mumkin.

Konsentratsiyalangan ozuqalar quyidagi sxemalardan foydalanib tayyorlanadi:



  1. tozalash –maydalash-achitish-dozalash-aralashtirish;

  2. tozalash –maydalash-dozalash-aralashtirish;

  3. tozalash –maydalash-dozalash-aralashtirish-briketlash;

  4. tozalash-undirish.

Dukkakli ozuqalar tozalangandan keyin namlanadi.

Ikkinchi va uchinchi sxemalar bo‘yicha kombikormlar tayyorlanadi.

Ozuqalarni tayyorlash va tarqatish uchun qo‘llaniladigan mashinalar va texnika vositalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:


  1. Ozuqalarni tozalash mashina va jixozlari: triyerlar, gorka, MAS tipidagi magnitli seperatorlar, toshajratgichlar;

  2. Tuganak ildizmeva yuvgichlar: IKM-5, MRK-5, IKS-5M, APK-10 mashina agregatlari;

  3. Qirqish mashinalari: KPI-4, RSS-6, RSS-6B, IGK-30A, RSB -3,5 MCh, IKS-5M mashinalari.

  4. Maydalagichlar: KDU-2,0, DKU-M, DKU-1,0, KDM-2,0 mashinalari, Volgar -5, APK-10 agregatlari.

  5. Bug‘ xosil etuvchi qozonlar: KV-300M, KV-300MT, KT-500, KEI-500, D-721A bug‘ qozonlari, shuningdek 0,5 MPa bosimli TMV, VGD, MMZ va 1,3 MPa bosimli DKVR bug‘ qozonlari.

  6. Bug‘lagich-aralashtirgichlar: VKS-3M, S-6, S-12 bug‘lagich aralashtirgichlari va APS -6,0, ZPK-4 va AZK -3 ozuqa aralashmalari tayyorlash agregatlari.

  7. Dozatorlar: tarelkali DTK, DT, MTD -3A, barabanli DP-1, shnekli DS-15, hamda BDK-F-70-20 bunker dozatori.

  8. Aralashtirgichlar: VShS-2 vertikal shnekli, SK-10, S-30 ozuqa aralashtirgichlari, AKN-1M, ozuqa tayyorlash agregati, OKS-15 va OKS-30 kichik gabaritli ozuqa sexlari.

  9. Vitaminli o‘t uni tayyorlash agregatlari: AVM-0,4A, AVM-0,65, AVM-1,5, agregatlari, «Vitagama -1», «Vitagama -1,6» jixozlar komplekti, OGM-0,8, OGM-1,5, OPK-1,5, OPK-2 granulalash va briketlash jihozlari.

Ozuqalarni tarqatishda traktorlarga tirqaladigan KTU-10, RMM-5, KUT-3, RMK-1,7 markali ozuqa tarqatgichlar; RKA-8, OB, KUT-3 markali osma (avtomobilga osiladigan) ozuqa tarqatgichlar; yuklarni ortish – tushirish uchun FN-1,2 furajiri, ZSK-10 kombikorm yuklagichi, traktor pritseplari, aravachalar, BP-35, PE-0,8, PG-0,2, PSK-5 markali osma yuklagichlar. Shuningdek ferma ichida ozuqalarni tarqatish uchun lentali, zanjirli, plankali, cho‘michli, kurakli-shaybali, vintli tranporterlardan foydalaniladi.

Mashinalar yordamida sut sog‘ishda mehnat unumi ortadi, kishilarning ishi yengillashadi, hamda toza sut olinadi. Bunday sut sog‘ish sut sog‘ish mashinalari (agregatlari) ning bir qismini tashkil etuvchi mahsus sut sog‘ish apparatlari bilan amalga oshiriladi.

Sut sog‘ish apparatlari ish jarayonida molning organizmi bilan bevosita kontaktda bo‘lib, unga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi, yelindan sut chiqishini ta’minlaydi, sutni yig‘adi va sut idishlariga jo‘natadi. Sut sog‘ish apparatlari 2 yoki 3 taktli turlarga bo‘linadi:

Uch taktli “Volga” apparati uch taktli “siqish-so‘rish-dam olish” sxemasida ishlaydi;

“Moyga” apparati ikki taktli bo‘lib, dam olish taktisiz ishlaydi;

ADU-1 unifikatsiyalangan sog‘ish apparati ikki va uch taktli modifikatsiyalarda ishlab chiqarilgan, ular o‘zaro 60% unfikatsiyalngan;

DACh-1 sog‘ish apparati seleksion va ilmiy-tadqiqot ishlarida sigirlarni mahsuldorligini, sog‘ish davrining davomiyligi va sog‘ish davrining boshqa elementlarini o‘rganish hamda ferma va komplekslarda mashinada sog‘ishga mollarni tanlashda qo‘llaniladi.

Sigirlarni mashinada sog‘ish uchun sanoat har hil tipdagi ustanovkalarni ishlab chiqardi. Bu ustanovkalarni quyidagi uchta asosiy tiplarga bo‘lish mumkin: og‘ilxonada mollarni sog‘ish uchun statsionar (liniyaviy agregatlar); sog‘ish zallari(xona)da sog‘ish uchun statsionar; universa ko‘chma, mollarni yaylovlarda, sog‘ish xonalarida va molxonalarda sog‘ish uchun.

Statsionar sut sog‘ish ustanovkalari mollar og‘ilxonalarda boqilganda, sigirlar ko‘chma chelaklarga, sut trubalariga sog‘iladigan va mollarni bog‘lamay hamda bog‘lab boqishda sigirlar mahsus sut sog‘ish binolarida sut trubalarga sog‘iladigan ustanovkalarga bo‘linadi.

Barcha sut sog‘ishustanovkalari vakkum-kuch agregatlari, vakkum-trubopravodlar va ularning armaturalari bilan jihozlangan.

AD-100, AD-100A ustanovkasi sigirlarni ko‘chma chelaklarga sog‘ish uchun mo‘ljallangan. Uning tarkibiga 10 ta “Volga” sut sog‘ish apparati, unifikatsiyalangan UVU-45 vakkum ustanovkasi, vakkum-turboprovodlar, vakkum-ballon, vakkum-rostlagich, appararatlarni yuvish va dezinfikatsiyalash ustanovkasi, bidonlarni tashish aravachasi, detallarni saqlash shkafi, yuvish moslamalari va ehtiyot qismlar komplekti kiradi.

DAS-2, DAS-2B sut sog‘ish agregatlaridan sigirlarni og‘illarda statsionar ko‘chma chelaklarga sog‘ishda 100 bosh sigirga mo‘ljallangan molhonalarda foydalaniladi. Agregatlar 10 ta “Mayda” sog‘ish apparatlari, DAS-2B agregati – apparatlarni yarim avtomatik yuvish stendlari bilan jihozlangan.

ADM-8 sog‘ish agregati ham sigirlarni og‘ilhonalarda sog‘ishda qo‘llaniladi. Sog‘ilgan sut shisha sut o‘tqazgichlar orqali sovitilgach, undan filtr orqali sisternaga o‘tqaziladi. ADM-8 agregatini ish unumi sut o‘tqazgichsiz agregatlarnikidan 1,5 - 3 marta ko‘p.

UDS-3A universal sog‘ish ustanovkasi sigirlarni sog‘ish honalarida va yozgi lager yaylovlarda sog‘ishda asosiy va yordamchi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

UDT -8 “Tandem” ustanovkasi transheya bo‘ylab bir - biri bilan ketma - ket joylashgan individual stanoklarga ega. UDA-8 “Tandem” avtomatlashgan sog‘ish ustanovkasi UDT-8 ustanovkasi bazasida bajarilgan bo‘lib, pnevmatik yoki elektron tizimli boshqariladigan sog‘ish apparatlari va manipulyatorlar bilan jihozlangan.

UDYe-8 “Archa” ustanovkasi archa bargi shaklida joylashgan stanoklar guruhiga ega. Bu ustanovkaga sigirlarni sog‘ish uchun kiritish va chiqarish siklik amalga oshiriladi. Bu ustanovka UDT-8 “Tandem” ustanovkasiga nisbatan kam joy egallaydi va nisbaton arzon.

UDA-16 “Archa” avtomatlashgan sog‘ish ustanovkasi UDYe-8A sog‘ish ustanovkasa bazasida yaratilgan bo‘lib, sog‘ish apparatlari bilan komplektlangan va huddi UDT-8 “Tandem” avtomatlashgan ustanovkasidek ishlaydi.

“Karusel” tipidagi konveyer halqali UDA-10 “Karusel” avtomatlashgan sog‘ish ustanovkasi, yuqori mahsuldor va bog‘lamay boqiladigan yaxshi tanlangan bo‘lgan yirik sutchilik komplekslarida sigirlarni sog‘ish uchun mo‘ljallangan. Bunday ustanovkalarni qo‘llanilishi sigirlarni sog‘ish texnologik jarayonini va sut – tovar fermalari hodimlari mehnatini tashkil qilishni butunlay yangi shakllarini joriy qilish imkonini beradi.

Konveyer halqali ustanovkalarda sigir sog‘ish stanogiga platformani aylanish chastotasiga bog‘liq holda qathiy belgilangan vaqt oralig‘ida kiradi va chiqadi. Natijada sog‘ish oqimi (potokligi) buzilmaydi, texnologik operatsiyalarni sanoat korhonalariga hos ritmikligini taminlash imkonini beradi.Bunday ustanovkalarning konstruksiyasi sut sog‘ishni ko‘p operatsiyalarini avtomatlashtirishga imkon beradi.

Sut – tez buziladigan mahsulotdir. Shuning uchun, uning ozuqalik va texnologik qiymatini iloji boricha uzoqroq saqlash uchunsutga dastlabki ishlov beriladi. Dastlabki ishlov berishga quyidagilar kiradi: sutni sovitish, pasterizatsiyalash, issiqlik ishlovi berish, tozalash, separatlash - qaymoq ajratish. Bu ishlarni bajarish uchun turli hil filtrlar (ochiq va yopiq), markazdan qochirma tozalagichlar (separator), OOM-100A paketli sug‘orish sovutkichi, OM-1 plastinkali sut sovitkichi, TOM-2A, TO-2va TOV-1 tank – sovitkichlar, tank – termoslar, sunhiy sovuq hosil qilish uchun MXU, AV, UV tipdagi sovitish ustanovkalari, OPD-1M bug‘li pasterizatori, OPU-3M, OPF-1-20 va OPF-1-300 universal plastinkali pasterizatsiyalash – sovitish ustanovkalari, ish unumi soatiga 300 dan 5000 litrgacha qaymoq (yog‘i bilan) ajratuvchi seperatorlar qo‘llaniladi.

Hozirgi vaqtda fermalarni go‘ngdan tozalash uchun asosan ikki xil: mexanikaviy yahni transporterli va gidravlik tizimlar qo‘laniladi.

Transporterli tizimlarga TSN-2 va TSN-3B markali aylanma harakatlanadigan kurakchali transporterlar, TSh-30A tipdagi ilgarilanma -qaytma harakatli transporter; TS-1, US-10 va US-15 markali skreperli qurilmalar kiradi.

Gidravlik tizimlar to‘rt turga: tindirgichli novli, yuvib yuboradigan nasadkali; yuvib yuboradigan bakli va o‘z oqimli turlarga bo‘linadi.

Bulardan tashqari mollar yaydoq boqiladigan maydonchalardagi go‘ngni yig‘ishtirib olish uchun 9 yoki 14 KN klassidagi traktorlarga asoslanadigan bulg‘dozerlardan foydalaniladi. Go‘ngni bir joydan ikkinchi joyga haydash va ortish uchun fakelli nasoslar, UN-1 va NPK -30 markali qurilmalar, shuningdek skipli ko‘targichlar ishlatiladi.



TSN-2 gorizontal qirg‘ichli transporteri asosan qoramollar bog‘lab boqiladigan molhonalarni go‘ngdan tozalash uchun mo‘ljallangan. Transporter odatda forma binosi ichidagi yo‘l bo‘ylab joylashgan kanallarga o‘rnatiladi va u qirg‘ichli zanjirlar, harakatlantirish stansiyasi, qiya nov, qirg‘ichlarni go‘ngdan tozalaydigan qurilmalardan iborat. TSN-3B transporterini TSN-2,0 transporteridan farqi shundaki, uning mustaqil yuritmali ikkita: gorizontal va qiya transporterlari bor.

TS-1 markali skreperli qurilma go‘ngni panjarali pollar ostidan yig‘ib olish, transport vostilariga yuklash uchun mo‘ljallangan. U skreperli bo‘ylama va ko‘ndalang transporterlardan, go‘ng qabul qilgichdan, cho‘michli yuklagichdan va aralashtirgichli nasos ustanovkasidan iborat. Bo‘ylama transporterlar ilgarilanma –qaytma harakatlanib binodagi go‘ngni skreperlari bilan yig‘ib, ko‘ndalang transporterni go‘ng kanaliga tashlaydi. Ko‘ndalang transporter esa uni go‘ng yig‘gichga uzatadi. Skreperlarga ilgarilanma –qaytma harakat harakatlantiruvchi stansiyadan uzatiladi.

TS-1 transporterining ish unumi 27 m/soatgacha. U 1500 bosh cho‘chqa boqiladigan og‘ilhonalarda qo‘llaniladi.

NPK-30 markali cho‘michli go‘ng yuklagich go‘ng yig‘gichda to‘plangan go‘ngni transport vositalariga yuklash uchun mo‘ljallangan. U rama, yetaklovchi va taranglash vallari, cho‘mich (kovsh) li zanjir, elektrodvigatelg‘, yuritma va osmadan iborat. Go‘ng yuklagich maxsus osmalar yordamida ko‘tariladi va tushiriladi. Yuklagichni ish unumi 30 m3/soat.

UN-1 nasos ustanovkasi go‘ng qabul qilgich va go‘ng honalardagi suyuq go‘ngni transporter vositalariga ortish va kompostlash maydonchasiga haydash uchun mo‘ljallangan.

Gidravlik tozalash tizimlari.Gidravlik tizim go‘ng qabul qiluvchi va magistral kanallardan, go‘ng yig‘gich va uning nasos stansiyasidan, tashqi kanalizatsiya tarmog‘i va go‘ng xonadan iborat. Go‘ng qabul qiluvchi kanal og‘illar, stanoklar va yo‘lkalardan go‘ng massasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. Kanalning shakli va parametrlari turli tizimlar uchun turlichadir. Kanallar tirqishli pol bilan yopiladi. Yuvib yuboriladigan tizimlar uchun trapetsiya shaklidagi, tubi oval ko‘rinishidagi kanallar maqsadga juda muvofiqdir. Kanallar yig‘gich yoki magistral kanal tomon kamida 0,01 qiyalikda quriladi.

Tindirgich novli va o‘zi oqimli tizimlarda kanalning kesimi to‘g‘ri to‘rt –burchak shaklida qilinadi. Kanal tubi boshdan oxirigacha bir tekisda 0,005 qiyalikda quriladi. Kanallar usti cho‘yan, po‘lat, asbest –sement, temir –beton yoki yog‘och panjaralar bilan yopiladi.

Magistral kanal go‘ng qabul qiluvchi kanallardan yig‘gichga go‘ngni o‘zi oqib o‘tishi uchun mo‘ljallangan. Ular devorlari tik, tubi oval zovurdan iborat. Magistral kanal go‘ng qabul qilgichdan kamida 300 mm chuqur joylashtiriladi. Ularni kesishgan joylariga kuzatish quduqlari joylashtiriladi.

Go‘ng yig‘gichlar go‘ngning suvini qochirish va saqlash uchun mo‘ljallangan inshootdir. Ular yuklagich va transport vositalari, kiradigan pandusga ega, tubida esa drenaj zovur bor. Yig‘gichning chuqurligi 2-2,5 m. Yig‘gichda yig‘ilgan go‘ng ustki va o‘rta qismidagi suyuq fazasi UPN – 15 markali ustanovka yordamida pnevmatik usulda go‘nghonaga uzatiladi. Go‘ng yig‘gichni tubiga o‘tirgan qattiq qatlam vaqti –vaqti bilan (qalinligi 1,5 m va undan oshganda) PB -35 markali bulg‘dozer –yuklagich yoki greyferli yuklagich bilan chiqarib olinadi.

Go‘nghonalarga yig‘ilgan shaltoqni (go‘ngni suyuq qismi) tortib olish uchun fekal nasoslar, NSh-50 tipdagi shnekli nasos va NJN-200 markali nasoslar ishlatiladi. Shaltoq va suyuq go‘nglarni tashish va ularni dalaga solish uchun RJT tipidagi sisterna –suyuq o‘g‘it solgichlardan foydalaniladi.

Fermalarni (asosan cho‘chhonalar) go‘ngdan tozalash uchun turlicha gidravlik tizimlardan: yuvib yuboradagan pasadkali, yuvib yuboradigan bakli, tindirgich navli va uzi oqimli tizimlardan foydalaniladi. Bu tizimlarni tuzilishi, qo‘llanilishi va ishlash tegishli adabiyotlarida batafsil bayong qilingan.

Hayvonlar to‘g‘ri boqilsa va bino ichidagi harorat optimal saqlansa, bino havosi tarkibidagi zararli gazlarning konsentratsiyasi va namligining miqdori ruxsat etilgandan oshmaydi.

Bino ichidagi havoda hayvonlar ajratib chiqargan bug‘larning konsentratsiyasi ruxsat etilganidan ortiq bo‘lsa, hayvonlarning sog‘lig‘iga va mahsuldorligiga salbiy ta’sir etadi. Konsentratsiyaning qiymati gaz analizatori bilan o‘lchanadi. Havoning namligi gigrometr bilan aniqlanadi. Havoning nisbiy namligi 1 m3 havodagi suv bug‘larining miqdori (g) bilan harakterlanadi. Maksimal namlik deb, berilgan haroratdagi 1 m3 havoda.

Havo tortuvchi shaxtalarning kesimi 1400x1400 mm gacha boradi, havo yuradigan kanallarning kesimi 400x400, 500x500 va 600x600 mm bo‘ladi. Havo tortuvchi shahtalarga hamma vaqt rostlash zaslonkalari o‘rnatiladi. Havo tortuvchi shaxtaga ventilyator o‘rnatilsa, majburiy havo tortuvchi ventilyatsion tizim hosil bo‘ladi. Bunday tizim bino ichidagi va tashqarisidagi harorat bir hil bo‘lganda ayniqsa yaxshi samara beradi.

Chorvachilikda binolarda mikroiqlimni avtomatik rostlovchi PVU-tipidagi ustanovlar keng qo‘llaniladi. Ular honadagi havo haroratini o‘zgarishi bilan bog‘liq hola havo almashinuvini rostlaydi. Havo keltiruvchi (tortuvchi) PVU -4, PVU-6 va PVU-9 ustanovkalarini ish unumi mos ravishda 4000, 6000 va 9000 m3/soat.

Shuningdek «Klimat» jihozlar komplekti ham chorvachilik binolarida tortuvchi ventilyatsiyani avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Komplektlar suvli kaloriferlari bo‘lgan isitish –ventilyatsiya agregatlari yordamida havoli isitish tizimi bilan jixozlangan. Qishda bino ichidagi kerakli harorat keltiruvchi va tortuvchi ventilyatorlar aylanish chastotasini bir vaqtda avtomatik o‘zgartirish yo‘li bilan ushlab turiladi (Klimat – 2 yoki Klimat-4) yoki kaloriferlari issiqlik berishini o‘zgartirish bilan (Klimat -3). Klimat -2 komplekti turbonamlagichlar yordamida havoning nisbiy namligini rostlash, Klimat -4 esa, bundan tashqari havoni quritish imkonini beradi.

Hamma komplektlarda, qishda teskari (qaytish) trubalarida suvning harorati 300S va undan past bo‘lganda kaloriferlarni muzlashidan himoyalovchi vosita ko‘zda tutilgan. Namlik protsentlarda, yahni absolyut namlikning maksimal namlikka nisbati bilan ifodalanishi mumkin. Bu namlik nisbiy namlik deb ataladi va psixrometr yordamida o‘lchanadi.

Chorvachilik binolari ichidagi havoda, nam va gazlardan tashqari, chang zarrachalari va mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin. Organik va noorganik chang zarachalari hayvonlarga, ularning nafas yo‘llariga va teri qatlamlariga jiddiy ta’sir etadi. Hayvonlarning nafas yo‘liga chang bilan birga, turli patogen mikroorganizmlar ham kira oladi. Mikroorganizm bilan zararlangan havo binodagi butun podani zaharlashi mumkin. Shuning uchun yirik komplekslarda havo keltirib turadigan, so‘rib olinadigan ventilyatsiya tizimlarini havo tozalagich bilan jixozlash, bino ichini muntazam dizenfeksiyalab turish lozim.

Binolarning ichi tabiiy va majburiy shamollatish tizimlari bilan shamollatiladi. Tabiiy shamollatishda havo almashinishi bino ichidagi va tashqarisidagi havo bosimlarining farqi (yoki haroratlar farqi) tufayli, shuningdek shamol harakati natijasida yuzaga keladi. Majburiy shamollatish esa ventilyatorlar yordami bilan yuzaga keltiriladi. Ventilyatsiya havo keltiruvchi, havo keltiruvchi –tortuvchi va havo tortuvchi turlarga bo‘linadi.

Havo keltiruvchi ventilyatsiya binoning yuqorigi qismida va devor oralarida joylashgan 250x250 mm kesimli kanallardan iborat. Kanallarni ichiga tashqaridan havo kirishini rostlovchi zaslonlar o‘rnatiladi.



Binolarning ichidagi ortiqcha issiqlikni chiqarib turish uchun kanalsiz ventilyatsiya tizimi qo‘llanilishi mumkin. Yengilroq issiq havo bino ichidan yuqoriga tirqishli proyomlar 2 va 3 orqali chiqib turadi. Og‘ir, tashqi havo esa pastki 1 va 5 proyomlar orqali kiradi. Agar 2 va 3 tuynuklar zich berkitilsa, keltiruvchi ventilyatsiya, 1 va 5 tirqishlar berkitilsa tortuvchi ventilyatsiya hosil bo‘ladi. Bunday ventilyatsiyalar sigirhona va parrandahonalarga o‘rnatiladi.

Nazorat savollari

  1. Qishloq xo‘jaligida suvdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  2. Suv bilan ta’minlash vodoprovod tizimi qanday elementlardan iborat?

  3. Suv olish inshootlarida qanday tipdagi nasoslar qo‘llaniladi?

  4. Bosim minorasi nima uchun xizmat qiladi?

  5. Chorva mollarini sug‘orishda qanday sug‘orgichlardan foydalaniladi?

Download 34.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling