1-ma‟ruza mavzu: Metrologiya va standartlashtirish fanining maqsad va vazifalari. Reja: Fanni o„rganishning asosiy maqsad va vazifalari. “Metrologiya va standartlashtirish”


Download 257.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.11.2021
Hajmi257.53 Kb.
#171069
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza



1-MA‟RUZA 

Mavzu: Metrologiya va standartlashtirish fanining maqsad va vazifalari. 

Reja: 

1. Fanni o„rganishning asosiy maqsad va vazifalari. 

2. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining rivojlanish tarixi. 

 

Tayanch so‘z va iboralar:  metrologiya, o‘lchash, standartlashtirish.  

 

1. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari. 

Inson  aql-idroki,  zakovati  bilan  o„rganayotgan,  shakllantirayotgan  hamda 

rivojlantirgan  qaysi  fanni,  uning  yo„nalishini  olmaylik,  albatta  o„lchashlarga, 

ularning turli usullariga, o„zaro bog„lanishlariga duch kelamiz. Bu o„lchash usullari 

va  vositalari  yordamida  ularning  birligini,  yagona  o„lchashni  talab  etilgan 

aniqlikda  ta‟minlash  metrologiya  fani  orqaligina  amalga  oshiriladi.  Shu  sababdan 

hozirdagi  qaysi  bir  fan,  ilmiy  yo„nalish,  u  hoh  tabiiy,  hoh  ijtimoiy  bo„lmasin, 

albatta u  yoki bu darajada  metrologiya  bilan bog„liq.  Inson qo„li  yetgan, faoliyati 

doirasiga  kirgan  ammo  o„lchashlar  va  ularning  vositalari  yordamisiz  o„rganilgan, 

izlangan  hamda  ko„zlangan  maqsadlarga  erishish  mumkin  bo„lgan  birorta 

yo„nalish yo„q. Shuning uchun ham  metrologiya va standartlashtirishni bilish, uni 

o„z  mutaxassisligi  doirasida  tushunish  va  amaliy  qo„llash  texnika  va  texnologiya 

soxalaridagi  bakalavriat  yo„nalishlari  bitir  uvchilari  muhim  omillardan  biri  bo„lib 

hisoblanadi. 

"Metrologiya  va  standartlashtirish"  fani  texnika,  menejment  va  marketing 

sohalari  yo„nalishlarida  bakalavrlar  va  muxandislar  tayyorlashda  o„tilishi  lozim 

bo„lgan  fanlardan  hisoblanadi.  Oliy  ta‟lim  andozasidan  kelib  chiqib,  ushbu  fan 

talabalarda  metrologiya  va  standartlashtirish  bo„yicha  zarur  va  yetarli  bo„lgan 

asosiy tushunchalarni shakllantiradi.                                                    


Download 257.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling