1-Ma’ruza mavzusi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Mavzu rejasi


Download 27.39 Kb.
bet1/3
Sana31.03.2023
Hajmi27.39 Kb.
#1314494
  1   2   3
Bog'liq
BJTNvT VI-SEM 1-MA\'RUZA


1-Ma’ruza mavzusi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika.
Mavzu rejasi:
1.Gimnastika turlari va tasnifi.
2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika va uning ahamiyati.
3.Gimnastika turlari va о‘tkazish metodikasi
Tayanch iboralar: Gimnastika, gimnastika turlari va ularning tavsifi, Umumrivojlantiruchi gimnastika,a) asosiy gimnastika, gigiyenik gimnastika,sport yо‘nalishidagi gimnastika,sport gimnastikasi, atletika, badiiy gimnastika,amaliy gimnastika, professional-amaliy gimnastika, ishlab chiqarishdagi gimnastika, davolash gimnastikasi.


9.1 Gimnastika turlari va tasnifi
Gimnastika kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan, uning asosiy fiziologik jarayonlarini kuchaytiradigan, garmonik rivojlanishiga yordam beradigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir. Gimnastika mashqlari tufayli hayotiy zarur harakat kо‘nikmalari, harakatlarning gо‘zalligi va aniqligi shakllanadi, asosiy jismoniy sifatlar – chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik rivojlanadi. Gimnastika ilk bolalik chog‘idan qо‘llaniladi va kishi hayotining barcha yosh davrida davom ettiriladi.
Gimnastikaning vazifasi kishi sog‘lig‘ini mustahkamlash jismoniy kamolotini takomillashtirish va uning rang-barang faoliyati uchun har tomonlama jismoniy tayyorgarlik kо‘rishni ta’minlashdir. Bundan tashqari gimnastika tо‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish, gavdadagi turli nuqsonlarni tо‘g‘rilash va oldini olish, jarohatlardan sо‘ng harakat apparatining ish qobiliyatini tiklash, о‘z xarakatlarini boshqara olish malakasini tarbiyalashni ham nazarda tutadi.
Oddiy va murakkab mashqlarning g‘oyat xilma-xilligi, tabiiy va sun’iy harakatlarning qо‘shilib ketishi buyumlarsiz, buyumlar bilan bajariladigan, asboblarda (snaryadlarda) bajarilidigan mashqlarning mushtarakligi; shug‘ullanayotgan organizmga umumiy, har tomonlama ta’sir о‘tkazish bilan u yoki bu mushak gruhlarining ayrim joylariga kо‘proq ta’sir kо‘rsata olish imkoniyati; fiziologik yuklamani shug‘ullanuvchilar organizmiga nisbatan aniq
muvofiqlashtirish imkoniyatining mavjudligi gimnastikaning boshqa jismoniy mashqlardan farq qiladigan xususiyatlaridir.
Gimnastikada har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishga yordam beradigan xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin. Unda pedagogik vazifalar va organizmning psixologik xususiyatlariga mos keluvchi istalgan harakat va harakat faoliyati qо‘llanilishi mumkin. Gimnastikaga xos metodik usullar jismoniy mashqlar yordamida ayrim organlar va ayrim mushak gruhlariga, shuningdek turli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatish imkonini beradi.
Gimnastikada jismoniy yuklamani nisbatan aniq dozalash mumkin: xilma-xil mashqlar shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligi va bu mashqlarning organizmga ta’sirini qat’iy hisobga olgan holda belgilanadi va foydalaniladi.
Mashg‘ulotlarning emotsionalligini oshirish, estetik hisni tarbiyalash, harakatlarni ritmliligini, aniqligi va ifodaliligiga erishish maqsadida gimnastika vaqtida musiqadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida о‘z harakat imkoniyatlarini baholash, harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini tushuna olish malakasi tarbiyalanadi.
Gimnastika tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishning maxsus vositalariga ega: u harakatlarni oldindan shartlashilgancha aniq bajarilishini talab kiladi; mashg‘ulotlarning kun tartibiga, harakatlarning ongliligi va mustaqilligini, ijodiy tashabbusni kо‘zda tutadigan ta’lim jarayonini tashkil etishning о‘ziga xos uslubiga ega. Bularning hammasi intizomni, diqqatni tarbiyalashga xizmat qiladi, iroda va xarakterni mustahkamlashga yordam beradi.
Gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etishga, jismoniy mashqlarni shug‘ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga muvofiq qо‘llashga hamda jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.

Download 27.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling