1-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish tarixi. Tog’ jinslarining xossalari haqida asosiy ma’lumotlar. Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish tarixi


Download 29.13 Kb.
Sana07.02.2020
Hajmi29.13 Kb.

1-MA’RUZA. SANOAT PORTLOVCHI MODDALARINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI. TOG’ JINSLARINING XOSSALARI HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR.
Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish tarixi.Portlovchi modda bu tashqi turtki (impuls) ta'siri natijasida portlash xususiyati mavjud bo'lgan kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma.

Sanoat portlovchi moddalari deyilganda saqlashda, tashishda va tayyorlashda havfsiz bo'lgan portlovchi moddalar tushiniladi. Sanoat portlovchi moddalarining rivojlanish tarixi VII asrga borib taqaladi. Ayrim manbalarda yozilishicha Xitoy va Hindistonda qora poroxdan bayram va tadbirlarda va mushakbozlikda foydalanishgan. VII asrda Vizantiyada qora poroxdan grek olovi sifatida foydalanishgan. XIII asrga kelib qora porox Yevropada keng tarqaldi . Porox tarkibini XIII asrda Bertold Shvarts tomonidan o'rganib chiqilgan: uning tarkibi 78 % kaliy selitrasi, 12 % yog'och ko'mir, 10 % oltingugurtdan iborat.

Manbalarda yozilishicha konchilik sanoatida XVI asrlarda porox qo'llanila boshlangan. Rossiya hududlarda suv ostidagi qoya toshlarni portlatishda poroxdan foydalanishgan. Slavakiyada shtolniya o'tishda porox qo'llanilgan.

1632 yilda Shvetsiyada poroxdan kumush konlarida foydalalanilgan. Dastlab porox zaryadlari qog'oz patronlarda qo'lda kovlangan (shpurlar) ichiga joylashtirilib portlatilgan. Qog'oz patronlar nam tortmasligi uchun smola bilan o'ralgan.

XIX asrlarning o'rtalarigacha qora porox asosiy portlovchi modda sifatida qo'llanilgan.

1770-1780 fransuz kimyogarlari A. Lavuaze va K. Bertolle kaliy xlarat asosida portlovchi modda ishlab chiqishdi.

1771 yilda Vulf tomonidan yuqori brizantli portlovchi modda trinitrafenol sintez qilindi.

1847 -yilda italiyalik olim Sobrera nitroglitserinni sintez qildi va shu davrdan boshlab undan qora porox o'rnida foydalana boshlandi.

1854 yili rus olimi akademik N.N. Zinin rus armiyasi offitseri V/F. Petrushevskiy bilan nitroglitserin hossalarini o'rganib granata va minalarda porox o'rniga foydalanishni taklif qildi.

1864 yilda A.Nobel nitroglitserindan portlovchi modda sifatida foydalanishga patent olgan hamda Germaniya va Shvetsiyada uni ishlab chiquvchi zavod qurdirgan.

1865 yilda birinchi kapsul detonator rus armiyasi kapitani D.I.Andriyevskiy tomonidan ixtro qilingan.

1867 yilda kapsul detonatorning yangi takomillashgan konstruksiyasi A. Nobel tomonidan patentlashtiriladi.

1887 yili K. Martens tomonidan tetril kashf qilindi.

1894 yilda Tollen va Vigan tomonidan ten, 1897 yilda Lents tomonidan geksogen, 1890 yil Kurtsius tomonidan qo'rg'oshin azidi ixtiro qilingan. 1939 yilga kelib konchilik sanoatida ammiak selitrali portlovchi moddalar keng qo'llanila boshlandi.

Bizga ma’lumki 1948 yildan konchilik korxonalari O'zbekistonda rivojlana boshlagan. Bugungi kunda konchilik sanoatida ammiak selitra tarkibli emulsiyali portlovchi moddalar keng qo’llaniladi.

Tog' jinslarining xossalari. Tog’ jinslari o’zining fizik, mexanik va kon texnologik xossalari bilan tavsiflanadi.

Tog' jinslarining fizik hossalariga ularning zichligi, g'ovakligi, namligi va plastikligi kiradi.

Tog’ jinslarining zichligi bu tog' jinslarini tashkil qiluvchi mineral zarrachalarning tog’ jinsida o’zaro joylashuvidir.

bunda: m tog’ jinsi massasi, gr.; V – tog’ jinsi hajmi, m3.

Tog’ jinslarining g'ovakligi bu tog' jinslari tarkibidagi bo'sgliqlar majmuasidir.

Tog’ jinsi g’ovakligi g’ovaklik kpeffitsiyenti bilan tavsiflanadi:



Quyida ba’zi bir tog’ jinslarining g’ovaklik ko’rsatgichlarini keltirib o’tamiz:

Granit, gabbro, kvartsit 0,8-1,2

ohaktosh, marmar, dolomit 0,5-13,4

Qumtosh, tuproqli slanets 4-28,3

Tuproq, guglinkalar 44-65

Tog’ jinslarining namligi deganda tog' jinsning tarkibidagi namlik miqdori tushuniladi.

bunda: 1 gr. absolyut quruq tog’ jinsiga to’g’ri keluvchi namlik.

Tog’ jinslarining plastikligi deganda tog' jinslariga tashqi yuklama berilganda o'zida qoldiq defarmatsiyani saqlash qobiliyati tushuniladi.

Tog' jinslarini mexanik xossalariga ularning bir o'q yo'nalishida siqilishga chidamliligi, bir o'q yo'nalishida cho'zilishga chidamliligi, Yung moduli, siljish moduli va Puasson koeffitsiyenti kiradi.

Tog' jinslarining bir o'q yo'nalishida siqilishga chidamliligi deganda tog’ jinsi namunasi yuzasiga normal ta’sir etuvchi maksimal kuchga qarshiligi tushuniladi va quyidagicha aniqlanadi:

bunda: Рsiq.maxmaksimal siquvchi kuch, kg;

F0 - tog’ jinsi namunasining ko’ndalang kesim yuzasi, sm2;

Tog' jinslarining bir o'q yo'nalishida cho’zilishga chidamliligi deganda tog’ jinsi namunasini bir o’q boyicha cho’zuvchi maksimal kuchga qarshiligi tushuniladi va quyidagicha aniqlanadi:



bunda: Рch.max – maksimal cho’zuvchi kuch, kg;

Yung moduli deganda normal kuchlanish va deformatsiya o’rtasidagi proportsionallik koeffitsiyenti tushuniladi:

bunda  - normal kuchlanish, kg. kuch/sm2;

 - nisbiy deformatsiya.

Siljish moduli deganda bo’ylama kuchlanish va deformatsiya orasidagi proportsionillik tushuniladi:



где  - bo’ylama kuchlanish, kg. kuch/sm2.

Puasson koeffitsiyenti bu – nisbiy bo’ylama va ko’ndalang deformatsiyalar orasidagi proportsionallik koeffitsiyentidir.
Tog' jinslarining kon texnologik xossalariga ularning mustahkamligi, qattiqligi, charxlovchanligi, burg'ilanuvchanligi, portlovchanligi, darzdorligi kabi xossalari kiradi.

Tog’ jinslarining mustahkamligi deganda ularining tashqi ta'sirlarga kompleks qarshilik ko’rsata olish qobiliyati tushuniladi. Tog’ jinslarining mustahkamligi prof. M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha baholib, tog’ jinsining bir o’qli siqishdagi vaqtinchalik qarshiligining 100 ga nisbati bilan o’lchanadi va qo’yidagi formula bilan aniqlanadi:



Tog’ jinslarining qattiqligi deganda tog' jinsining qattiq jism botirilishiga qarshilik ko'rsatish qobiliyati tushuniladi. Tog’ jinslarining qattiqligi Moos shkalasi bo’yicha baholanadi.

Tog’ jinslarining charxlovchanligi deganda kon mashinalarining ishchi organini yemirish qobiliyati tushuniladi.

Tog’ jinslarining burg'ilanuvchanligi deganda ularning burg'ulash insturumenti botirilishiga ko’rsatadigan qarshiligi tushuniladi. Tog’ jinslari burg’ilanuvchanligi burg’ilash tezligi (m/sek) bilan tavsiflanadi.



Tog’ jinslarining portlovchanligi deganda tog' jinslarining portlash ta'sirida parchalanishga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati tushuniladi. Tog’ jinslarining portlovchanligi portlovchanligi portlovchi modda solishtirma sarfi bilan baholanadi.

Tog’ jinslarining darzdorligi deganda tog' jinsi massivi tarkibidagi yoriqlar majmuyi tushuniladi.
Download 29.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling