1-ma’ruza: Talaffuz va imlo asoslari faning maqsad va vazifalari. Oʻzbek tili fonetikasi


Download 14.83 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi14.83 Kb.
#639419
Bog'liq
1-MARUZA
2013-yil. S.Muhamedova. Monografiya, shaxsiy reja Zuparov (0.25), AT o\'qituvchilar ro\'yxati, talabnoma (2), маъруза 1, 1, 2. маъруза, 1-dars. amaliy. Transkripsiya, ma\'lumotlar bazasi, amaliy-seminar, ЎЗБЕК АДИБЛАРИ, 3-kurs ro\'yhati Leksikologiya, ozbek tili dastur, formirovanie-didakticheskoy-bazy-dlya-prepodavaniya-yazyka-dlya-spetsialnyh-tseley-s-ispolzovaniem-priemov-kompyuternoy-lingvistiki

1-ma’ruza: Talaffuz va imlo asoslari faning maqsad va vazifalari. Oʻzbek tili fonetikasi

Talaffuz va imlo asoslari fanini oʻqitish orqali talabalarni hozirgi oʻzbek adabiy tilining nazariy masalalari (tushunchalar, nazariyalar va ularning isboti, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iborat. Ayni paytda u talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, adabiy tilning nazariy va amaliy muammolarini hal etish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Talabalarga talaffuz va imlo asoslari fanining ahamiyati, oʻzbek tili fonetikasi, fonologiyasi, grafika, orfografiyasi va orfoepiyasining nazariy asoslariga oid bilim va tushunchalar berish, adabiy tilning shevalarga munosabati, oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishga oʻrgatish va natijada talabalarda oʻzbek adabiy tilining asoslari va ogʻzaki adabiy tilning yozma adabiy nutq me’yorlariga munosabati kabilarni bilish, grammatik qoidalarga tayanib, oʻz fikrini hayotiy misollar orqali asoslash, oʻrganganlarini amalda qoʻllay olishga oʻrgatishdir.Talaffuz va imlo asoslari oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida talaba
– oʻzbek tilining orfoepik qoidalari haqidagi;
– talaffuz va ohang haqidagi;
– urgʻu va uning turlari haqidagi;
– oʻquvchilarni mustaqil tahsil olishga yoʻllash haqidagi;
– imlo qoidalari va tamoillarning o`ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarga va o`rganilgan talaffuz va imlo asoslariga doir bilimni amaliyotda qo`llay olish koʻnikmalariga ega bo’lishi talab qilinadi. Shuningdek, talaba ushbu bilim va ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay olish malakasiga ega boʻlishi kerak.
Respublikamizda so‘nggi vaqtlarda davlat tili, yozuv, binobarin, alifbo va imlo bilan bog‘liq amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar til ta’limi sohasi kishilari oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda. Mana shunday yumushlardan biri o‘quvchi yoshlar savodxonlik darajasini oshirish, o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini ishlab chiqish, imlo masalalariga oid o‘quv dasturlarini yangilash, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishdir. “Talaffuz va imlo asoslari” fani bo‘yicha tuzilgan mazkur o‘quv-uslubiy ko‘rsatma ham shu yo‘nalishdagi ishlar sirasiga kiradi.
Ma’lumki, “Talaffuz va imlo asoslari” kursi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti (bakalavriyat bosqichi) talabalarining o‘rganishi zarur bo‘lgan muhim fanlardan hisoblanadi. Bu fan hozirgi o‘zbek adabiy tilining harf, yozuv va imlo qoidalari tizimiga oid bilimlarni mustahkamlaydi.
“O‘zbek tilining imlo muammolari” fanining o‘rganilishi talabalarning yozuv bilan bog‘liq madaniy saviyasini oshirishga yordam beradi. Bu fan talabalarga yozuv amaliyotida mavjud muammolarni tugatishga ko‘maklashadi, ularni o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirish va unga to‘la amal qilishga da’vat etadi.
“O‘zbek tilining imlo muammolari” fanidan taqdim etilayotgan “O‘zbek tilining imlo muammolari” fanidan taqdim etilayotgan ushbu o‘quv-uslubiy ko‘rsatma yangi alifboga asoslangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (O‘zR VMning 1995-yil 24-avgustda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan) hamda O‘zbek tili va adabiyoti universitetining Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan tuzilib tasdiqlangan “O‘zbek tilining imlo muammolari” dasturiga muvofiqlashtirildi.
Talaffuz va imlo asoslari fani Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
Ushbu ishlanma XX asr o‘zbek yozuvi – o‘zbek alifbosi va imlosining shakllanish va rivojlanish bosqichlari haqida nazariy ma’lumot berish, joriy alifbo va imloni takomillashtirish muammolariga munosabat bildirish, amaliy va seminar mashgʻulotlari orqali o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini, shuningdek, oʻzbek punktuatsiyasini oʻrgatishni ko‘zda tutadi. Uni tayyorlashda T.Tog‘ayevning “Imlo muammolari” qo’llanmasidan, oʻzbek yozuvi islohotlari va oʻzgarishlariga doir materiallar, tadqiqot ishlari, hozirgi oʻzbek adabiy tili darsliklaridan, yangi oʻzbek alifbosi va imlosini oʻrgatishga qaratilgan qo‘llanma kitoblardan foydalanildi.
Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling