1-ma’ruza uchun testlar Intellekt -bu tushunchalarini anglatadi


Download 0.78 Mb.
bet1/24
Sana29.12.2021
Hajmi0.78 Mb.
#183522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1 Suniy yakuniy


1-ma’ruza uchun testlar

1. Intellekt -bu …………………………………tushunchalarini anglatadi.

a) b) va e) javoblar to’g’ri;

b) aql va idrok;

c) sezish va his qilish ;

e) ong va insonning fikrlash qobilyati.

2. “Sun’iy intellekt” atamasi nechanchi yida va qayerda taklif etilgan.

a) 1956 yilda Dartmut kolleji seminarida;

b) 1956 yilda Massachussets Texnologiya Institutida;

c) 1956 yilda Carnegie Mellon Universitetida;

e) 1956 yilda Dartmut Universitetida seminarida.

3. Sun’iy intellekt -bu …………………………………tushunchalarini anglatadi.

a) b) va c) javoblar to’g’ri;

b) inson intellektining alohida funksiyalarini bajarishni ta’minlovchi

avtomatik tizim;

c) qaror qabul qilish, muammoni hal qilish, o’qitish, o’rgatish kabi

insoniy fikrlash bilan bog'liq bo'lgan faoliyat turlari;

e) kompyuter sxemasi.

4. Sun’iy intellekt -bu …………………………………tushunchalarini anglatadi.

a) b) va c) javoblar to’g’ri;

b) hisoblash modellarini qo'llash orqali intellektual qobiliyatlarni

o'rganish;

c) inson tomonidan amalga oshirilganda intellektni talab qiluvchi

funksiyalarni bajaruvchi mashinalarni yaratish san'ati;

e) inson nerv sistemasining strukturasi.

5. Sun’iy intellekt -bu …………………………………tushunchalarini anglatadi.

a) c) va e) javoblar to’g’ri;

b) inson nerv sistemasining fiziologik holati;

c) anglab olishni, fikrlashni va harakat qilishni ta'minlaydigan

hisoblashlarni o'rganish;

e) intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish.

6. J. Allen sun’iy intellektga qanday ta’rif bergan?

a) Insonlar yechishi mumkin bo’lgan masalalarni yecha oladigan

mashinalarni yaratish haqidagi fan;

b) Intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish bilan

shug'ullanadigan informatika sohasi;

c) Anglab olishni, fikrlashni va harakat qilishni ta'minlaydigan

hisoblashlarni o'rganish;

e) Intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish.

7. A.Tyuring sun’iy intellektga qanday ta’rif bergan?

a) agar kompyuter muloqotda qatnasha olsa, u holda u intellektual

hisoblangan;

b) Intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish bilan

shug'ullanadigan informatika sohasi;

c) Anglab olishni, fikrlashni, qaror qabul qilishni va harakat qilishni

ta'minlaydigan hisoblashlarni o'rganish;

e) Intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish.

8. Sun’iy intellektning to’g’ri ta’riflarini aniqlang?

a) barcha javoblar to’g’ri;

b) Har qanday, ayniqsa, tegishli xatti-harakatlar orqali yangi vaziyatga

muvaffaqiyatli javob berish qobiliyati;

c) Maqsadga erishishga olib boradigan harakatlarning rivojlanishi

uchun haqiqiy faktlar o'rtasidagi munosabatlarni tushunish qobiliyati;

e) Yangi dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi kompyuter

arxitekturalariga o'tish.

9. Sun’iy intellektning to’g’ri ta’riflarini aniqlang?

a) barcha javoblar to’g’ri;

b) Oqilona xatti-harakatlarni avtomatlashtirish bilan shug'ullanadigan

kompyuter fanlari sohasi;

c) Boshqarish masalalarini tabiiy intellektga nisbatan kompyuter

yordamida yomon yechmaydigan usullarni formallashtirish;

e) Insonning intellektli faoliyatini modellashtirishga bag'ishlangan

informatika bo'limi.

10. Bugungu kunda ko'pchilik olimlar nuqtai nazardan sun’iy intellektning

qaysi ta’riflarida umumiylik mavjud?

a) b) va e) javoblar to’g’ri;

27

b) Intellektual hisoblangan va oldindan rasmiylashtirilmagan va



avtomatlashtirilmagan masalalarni yechish uchun yangi modellar va usullar

ishlab chiqilayotgan asosiy tadqiqotlar;

c) Boshqarish masalalarini tabiiy intellektga nisbatan kompyuter

yordamida yomon yechmaydigan usullarni formallashtirish;

e) Yangi dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va kompyuterga o'tish

bilan kompyuterda muammolarni hal qilish bo'yicha yangi g'oyalar bilan

bog'liq tadqiqot.

11. Sun’iy intellekt tizimi (SIT) -bu ……………………………. hisoblanadi.

a) barcha javoblar to’g’ri;

b) kompyuterli va kreativ tizim;

c) murakkab strukturali moslashish;

e) maqsadga erishish uchun muhit o’zgarishiga moslashish va soha

o’zgarishidagi ichki holat.

12. Sun’iy intellekt tizimi (SIT) deganda -bu ………………………tushuniladi.

a) barcha javoblar to’g’ri;

b) olam va ommalashgan tajrabalarga asoslamgan bilimlarni faol idrok

etish asosida ularni yig’ish va tuzatish;

c) insonning psixologik holati;

e) mantiqiy xulosalash asosida xarakatlarni maqsadga yo’naltirish,

noaniqliklarni tavsivlashning turli darajadagi algoritmlari va murakkab

tizimlarni boshqarish.

13. Sun'iy odam va uning aqlini yaratish uchun urinishlar nechanchi yillarda va

kim tomonidan amalga oshirilgan?

a) 1200 yillarda Raymond Lullius;

b) 1205 yillarda U. Mack Kalok;

c) 1210 yillarda U. Pitts;

e) 1100 yillarda F. Rosenblatt.

14. Elektron hisoblash mashina(EHM)lar nechanchi yillarda paydo bo’lgan?

a) 20-asrning 40-yillarida;

b) 20-asrning 50-yillarida;

c) 20-asrning 60-yillarida;

e) 19-asrning 40-yillarida.

15. Birinchi neyrotarmoqlar va neyrokompyuterlar nechanchi yillarda va kimlar

tomonidan ishlab chiqilgan?

a) 1950-yillarning oxirida U. Mack Kalok, U. Pitts va F. Rosenblatt;

b) 1950-yillarning oxirida M. Minskiy va D. Edmonds;

c) 1950-yillarning oxirida Nyuell, Sayman va Shoy;

e) 1950-yillarning oxirida D.Hebb va F. Rosenblatt.

16. Ikkita turg’un holatda turuvchi neyronlar uchun formal mantiqiy modelni

nechanchi yilda va kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?

a) 1943-yilda U. Mack Kalok va U. Pitts;

b) 1943-yilning oxirida M. Minskiy va D. Edmonds;

c) 1950-yilda Nyuell, Sayman va Shoy;

e) 1950-yilda D.Hebb va F. Rosenblatt.

28

17. Neyronlarni o’ganish maqsadida neyronlar orasidagi bog’lanishlar vaznini



o’zgartirishning oddiy qoidalarini nechanchi yilda va kim tomonidan ishlab

chiqilgan?

a) 1949-yilda D.Hebb;

b) 1943-yilning oxirida D. Edmonds;

c) 1950-yilda Nyuell;

e) 1950-yilda F. Rosenblatt.

18. Sun’iy intellekt bo’yicha birinchi ishlar nechanchi yilda va kimlar

rahbarligida olib borilgan?

a) 1956-yilda M.Minskiy va J. Makkarti, G.Saymon va A. Nyuell;

b) 1943-yilda D. Edmonds va F. Rosenblatt;

c) 1950-yilda Nyuell va F. Rosenblatt;

e) 1956-yilda F. Rosenblatt va J. Makkarti, M.Minskiy va D. Edmonds.

19. "Mantiqchi-nazariyotchi" va "Masalani universal yechuvchi" dasturlarni

nechanchi yillarda va kimlar yaratgan?

a) 1950-yillarning oxirlarida Nyuell, Sayman va Shoylar;

b) 1955-yilda D. Edmonds va F. Rosenblatt;

c) 1950-yilda Nyuell va F. Rosenblatt;

e) 1957-yilda F. Rosenblatt va J. Makkarti.

20. Anglab oluvchi "Perseptron" modelini nechanchi yilda va kim yaratgan?

a) 1957-yilda F. Rosenblatt;

b) 1955-yilda D. Edmonds;

c) 1950-yilda Nyuell;

e) 1957-yilda J. Makkarti.

21. Birinch tartibli predikatlar mulohazasida teoremalarni isbotlashni amalga

oshiradigan dasturlarni nechanchi yilda va kimlar yaratgan?

a) 1960-yilda K.Grin va Xao Vanga;

b) 1955-yilda D. Edmonds va K.Grin;

c) 1950-yilda Nyuell va K.Grin;

e) 1957-yilda J. Makkarti va Xao Vanga.

22. Mashinada shashka o’ynaydigan dasturni nechanchi yilda va kim yaratgan?

a) 1962-yilda A.Samuel;

b) 1955-yilda D. Edmonds;

c) 1950-yilda K.Grin;

e) 1957-yilda Xao Vanga.

23. Universal kompyuterlar bilan boshqariladigan sezuvchi robotlar nechanchi

yilda yaratila boshlandi?

a) 1960-yilda;

b) 1955-yilda;

c) 1950-yilda;

e) 1957-yilda.

24. Fikrlashni modellashtiradigan dasturni tuzish uslubini nechanchi yilda va

kimlar taklif etdilar?

a) 1970-yilda A. Nyuel va G.Saymon;

b) 1965-yilda D. Edmonds va K.Grin;

29

c) 1970-yilda K.Grin va G.Saymon;



e) 1957-yilda A. Nyuel va Xao Vanga.

25. Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga predikatlar mantiqi

teoremalarini isbotlashga asoslangan Robisonning rezolyusiya usulining

maqsadi………………………………. ishlab chiqishdan iborat bo’lgan.

a) inson yechadigan masalalarni huddi insonga o’xshab yechadigan

dasturlarni;

b) inson yechmaydigan masalalarni huddi kompyuterga o’xshab

yechadigan dasturlarni;

c) inson yechadigan masalalarni huddi insonga o’xshab yechmaydigan

dasturlarni;

e) insonsiz yechiladigan masalalarni huddi insonga o’xshab yechadigan

dasturlarni.

26. Sun’iy intellekt usullarini rivojlanishining birinchi pog’onasida tadqiqot

maydonida masalalar sifatida………………………………….. qaralgan.

a) turli xil o’yinlar, boshqotirmalar, matematik masalalar;

b) inson yechmaydigan masalalar;

c) insonga o’xshab yechmaydigan dasturlar;

e) sezuvchi robotlar yaratish.

27. Sun’iy intellekt usullarini rivojlanishining ikkinchi pog’onasi

………………………………….. bilan bog’liq.

a) integrallashgan robotlarning yaratilishi;

b) sezuvchi robotlarning yaratishlishi;

c) exspert tizimlarning yaratishlishi;

e) gapiruvchi robotlarning yaratilishi.

28. Sun’iy intellekt usullarini rivojlanishining uchinchi pog’onasi

…………………………………………………………bilan bog’liq.

a) b) va e) javoblar to’g’ri;

b) idrok etuvchi, dinamik muhitda murakkab rejalarning amalga

oshirilishi;

c) mehanik integrallashgan robotlarning yaratilishi;

e) bilimlarni tavsiflovchi, inson bilan tabiiy tilda muloqot qiluvchi

robotlarni ishlab chiqarilishi.

29. DENDRAL -qanday vazifani bajargan?

a) murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun

qo’llaniladigan ekspert tizim;

b) idrok etuvchi, dinamik muhitda murakkab rejalarni amalga

oshiruvchi ekspert tizim;

c) mehanik integrallashgan robotlarni boshqaruvchi ekspert tizim;

e) robotlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan ekspert tizim.

30. MYCIN -qanday vazifani bajargan?

a) ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim;

b) murakkab rejalarni amalga oshiruvchi ekspert tizim;

c) iqtisodiy masalalarni boshqaruvchi ekspert tizim;

e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan ekspert tizim.

30

31. PROSPECTOR -qanday vazifani bajargan?



a) foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ekspert tizim;

b) loyihalashni amalga oshiruvchi ekspert tizim;

c) biznes masalalarni boshqaruvchi ekspert tizim;

e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan ekspert tizim.

32. Semantik tarmoqlar nechanchi yilda va kim tomonidan yaratilgan?

a) 1967 yilda M. Quillian;

b) 1967 yilda E. Feygenbaum;

c) 1967 yilda B. Bukhenenom;

e) 1967 yilda , E. Liderbergom.

33. Tabiiy tilni tushunish tizimi kimlar tomonidan takomillashtirilgan?

a) R. Shenk va W. Wuds;

b) E. Feygenbaum va W. Wuds;

c) E. Feygenbaum va B. Bukhenenom;

e) E. Liderbergom va W. Wuds.

34. Prolog, FRL, KRL, GUS - nima?

a) mantiqiy dasturlash tillari;

b) loyihalashni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar;

c) biznes masalalarni boshqaruvchi muloqat tizimlar;

e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan dasturlar.

35. Sun’iy intellekt tamoyillariga asoslangan 5-avlod mashinalarining loyihasi

dastlab qachon va qayerda ishlab chiqilgan?

a) 1981 yilda Yaponiyada;

b) 1980 yilda AQSh da;

c) 1981 yilda Kanadada;

e) 1982 yilda Fransiyada.

36. 1-avlod intellektual tizimlarni (exspert tizimlarni) yaratish va shakllanish etapi

nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?

a) 1986-1996 yillar;

b) 1980-1990 yillar;

c) 1990-2000 yillar;

e) 2000-2010 yillar.

37. Ekspert tizimlar yo’nalishdagi masalalarga ………………. kabilar kiradi.

a) b) va e) javoblar to’g’ri;

b) inson-ekspertga qiyin tyulgan tadqiqotlar;

c) operatorga va foydalanuvchiga qiyin tyulgan tadqiqotlar;

e) bilimlarga va masalani yechish uchun xulosalash proseduralariga

asoslangan dasturlar yaratish.

38. Foydalanuvchilar tomonidan ekspert tizimlarga qiziqish asosan qanday

faktorlar bilan belgilanadi?

a) Barcha javoblar to’g’ri;

b) Foydalanuvchi dasturlashni bilmasa ham, o’zining tajribasi va

bilimidan foydalanib masalani mustaqil ishlab chiqadi;

c) Qachonki masalalarning yechimi mavjud bo’lmasa yoki yechish

algoritmi nomalum bo’lsa;

31e) Natijalar inson-ekspert natijalaridan qolishmasa, ba’zi hollarda

inson-ekspert imkoniyatlaridan yuqoriroq natijalarga erishsa.

39. Integrallashgan va gibrid printsiplariga asoslan tizimlarning asosi -……………………………………….kabilar hisoblanadi.

a) b) va c) javoblar to’g’ri;

b) bilimlar bazasi, bilimlarni avtomatik olish, deduktiv, abduktiv va

noravshan mantiqiy xulosalash;

c) muammoli-yo’naltirilgan muloqot tili, statik va dinamik axborotlarni

qayta ishlash;

e) predmet sohada bilimlar va ma’lumotlar bazasiga ega bo’lgan

alohida tizimlarni va loyihalarni ishlab chiqish.

40. Integratsiyalashuv jarayonlar ……………………………kabilar bilan bog’liq.

a) c) va e) javoblar to’g’ri;

b) predmet sohada bilimlar va ma’lumotlar bazasiga ega bo’lgan

alohida tizimlarni va loyihalarni ishlab chiqish;

c) sun’iy intellektning turli modellarini;

e) noravshan expert tizim va neyron tarmoqlarni o’zida birlashtiruvchi

integrallashgan va gibrid tizimlarini yaratish.

41. Integratsiyalashuv jarayonlar ……………………………kabilar bilan bog’liq.

a) c) va e) javoblar to’g’ri;

b) predmet sohada bilimlar va ma’lumotlar bazasiga ega bo’lgan

alohida tizimlarni va loyihalarni ishlab chiqish;

c) sun’iy intellektning turli modellarini;

e) noravshan expert tizim va neyron tarmoqlarni o’zida birlashtiruvchi

integrallashgan va gibrid tizimlarini yaratish.

42. Detsentrallashgan jarayonlar ………………………….. nuqtai nazaridan

qaraladi.

a) bir-biri bilan o'zaro bog’langan ko’p sonli intellektual agentlarning

jamoaviy hatti-xarakati;

b) bir-biri bilan o'zaro bog’lanmagan ko’p sonli intellektual

agentlarning jamoaviy hatti-xarakati;

c) bir-biri bilan o'zaro bog’langan tugunlar to’plami;

e) bir-biri bilan o'zaro bog’lanmagan semantik tarmoq.

43. Agent qanday vazifalarni amalga oshiradi?

a) b) va c) javoblar to’g’ri;

b) boshqa agentlarga ta’sir etadi, o’zini nazorat qiladi, , boshqa

agentlar bilan muloqot qiladi;

c) vazifasini bajaradi va xizmat ko’rsatadi, muhitning lokal tavsifini

quradi, o’zining shaxsiy maqsadlarini tashkillashtiradi.

e) exspert tizimni nazorat qiladi, bilimlarni oladi va birlashtiradi,

bilimlarni namoyish etadi va boshqaradi.

2 - ma'ruza uchun testlar

1. Sun'iy intellektni modellashtirishda nechta asosiy yo'nalish mavjud?

a) 3;

b ) 2;


c) 4;

e) 5.


2. Sun'iy intellektni modellashtirishning birinchi yondashuvida qaysi tadqiqot

ob'ektidan foydalaniladi?

a ) inson miyasining tuzilishi va mexanizmlari;

b) sun'iy intellekt;

c) inson-mashina tizimi;

e) barcha javoblar to'g'ri.

3. Sun'iy intellektni modellashtirishning birinchi yondashuvida qaysi tadqiqot

ob'ektidan foydalaniladi?

a) sun'iy intellekt;

b ) inson miyasining tuzilishi va mexanizmlari;

c) inson-mashina tizimi;

e) barcha javoblar to'g'ri.

52

4. Sun'iy intellektni modellashtirishning birinchi yondashuvida uchinchi



yondashuvda qanday tadqiqot ob'ektidan foydalaniladi?

a) inson-mashina tizimi;

b) sun'iy intellekt;

c ) inson miyasining tuzilishi va mexanizmlari;

e) barcha javoblar to'g'ri;

5. Artifical intelligence nima?

a) sun'iy intellekt;

b) intellektual tarmoqlar;

c ) neyron tarmoqlar;

e) intellektual bilish.

6. Д. Хэбб modeli qaysi yilda yaratilgan?

a) 1949;


b) 1943;

c) 1948;


e ) 1945.

7. Smark neyrokompyuterni kim yaratgan?

a) Марвин Минскiy;

b ) Saymon;

c) Фон Неймон;

e) Питс.


8. CNAPS neyron kompyuteri nechta neyrondan tashkil topgan?

a) 512;


b) 514;

c) 516;


e) 518.

9. Keng miqyosli vazifalar uchun mo'ljallangan mustaqil va tugallangan dasturiy

mahsulot – bu………………………

a) neyron paketlar;

b) neyron dasturlari;

c) neyon kompyuterlar;

d ) neyron tarmoqlari.

10. Murakkab neyron tarmoqlarni rivojlantirish uchun qanday vosita qulay?

a) MATLAB;

b) Microsoft Exel;

c) Falcon;

e) Jopa-IQ300.

11. Kirish va chiqish signallariga qarab neyrotarmoqlarni qanday tiplarga ajratish

mumkin.


a) Uzlukli va uzluksiz;

b) Uzlukli va tabiiy;

c) Binar va parallel;

e) Ketma-ket va parallel.

12. Inson kabi original uslublarni ishlab chiqish – bu…………….

53

a) intellektual dasturlash;



b) ob'ektga asoslangan dasturlash;

c) tabiiy dasturlash;

d *) evristik dasturlash.

13. Bilimlarni olish sohasida nechta asosiy yo'nalish ajratilgan?

a) 2;

b) 5;


c) 3;

e) 4.


14. Intellektual tizimlarda bilimlarni namoyish etishning nechta modellari

mavjud?


a) 5;

b) 3;


c ) 4;

e) 6.


15. O’yinli dasturlar – bu…………..

a) insonlar va kompyuterli o’yinlar;

b) mashinali tarjima va karta o’yinlari;

c ) avtomatik rafеrentlash va kompyuterli o’yinlar i;

e) matnlarni tuzish va senariyli o’yinlar.

16. Tabiiy-tilli dasturlar –bu …………….

a) mashinali tarjima, avtomatik rafеrentlash, matnlarni tuzish;

b) mashinali tarjima va musiqiy asarlarni tuzish;

c ) musiqiy asarlarni tahlil qilish va avtomatik rafеrentlash;

e) matnlarni tuzish va kuylash uslubini imitatsiya qilish.

17. Musiqali dasturlar – bu…………..

a) musiqiy asarlarni tuzish, musiqiy asarlarni tahlil qilish, kuylash uslubini

imitatsiya qilish;

b) mashinali tarjima va musiqiy asarlarni tuzish;

c) musiqiy asarlarni tahlil qilish va avtomatik rafеrentlash;

e) matnlarni tuzish va kuylash uslubini imitatsiya qilish шений.

18. Bilimlarga asoslangan tizimlarning asosiy yo’nalshlari – bu…………..

a) turli manbalardan va ekspertlardan bilimlarni olish, bilimlarni namoyish

etish, bilimlarni boshqarish, bilimlar asosida tushuntirish;

b) turli manbalardan va ekspertlardan bilimlarni olish, bilimlarni namoyish

etish, mashinali tarjima va musiqiy asarlarni tuzish;

c) bilimlarni namoyish etish, bilimlarni boshqarish, bilimlar asosida

tushuntirish musiqiy asarlarni tahlil qilish va avtomatik rafеrentlash;

e) turli manbalardan va ekspertlardan bilimlarni olish, matnlarni tuzish va

kuylash uslubini imitatsiya qilish.

19. Sun’iy intellektda qo’llaniladigan tillar –bu ……………….

a) an’anaviy, mantiqiy, rekursiv funksiyli, ro’yxatga ishlov beruvchi va

bilimlarni namoyish etuvchi dasturlash tillari;

b) noan’anaviy, uzlukli, uzluksiz funksiyli, texnik ishlov beruvchi va

54

bilimlarni namoyish etuvchi dasturlash tillari;



c) integralli, protsedurali, sxemali, ro’yxatga ishlov beruvchi va bilimlarni

namoyish etuvchi dasturlash tillari;

e) differensialli, an’anaviy, norekursiv funksiyli, jadvalga ishlov beruvchi va

ma’lumotni namoyish etuvchi dasturlash tillari.

20. Neyronli qayta ishlash tizimlari–bu ……………….

a) neyrokompyuterlar va neyroemulyatorlar;

b) neyronlar va neyroemulyatorlar;

c) neyrotarmoqlar va neyroemulyatorlar;

e) neyrostrukturalar va neyronlar.

21. Neyroemulyatorlar - bu ……………….

a) neyropaketlar, neyroilovalarni yaratuvchi tizimlar va neyrotarmoqlar

asosida tayyor yechimlarni olish tizimlari;

b) neyronlar, signallar va aloqalar;

c) kirish signallari, neyrotarmoqlar va teskari aloqalar;

e) neyrostrukturalar va neyronlar birlashmasi.

22. Bilimlarni boshqarish -bu ……………….

a) bilimlarni to’ldirish, sinflash, umumlashtirish va bilimlar asosida

fikrlash;

b) bilimlarni olish, ekspertga qaytarish, ekspert bilan aloqa va fikrlash;

c) bilimlarni tahlillash, sintezlash, tushuntirish, algoritmlash;

e) bilimlarni yig’ish, o’chirish, sinflash va kompyuterga kiritish.

23. Bilimlar modellari – bu …………………..

a) semantik tarmoq, freym, mantiqiy tizim, produksiya va senariylar;

b) semantic tarmoq, integralli, differensialli, mantiqiy tizimlar;

c) strukturali, sxemali, grafikli, mantiqiy tizimlar va uzlukli tizimlar;

e) nostrukturali, nosemantikli, dasturli, produksiyali tizimlar.

24. Bilimlar asosida xulosalash – bu …………………..

a) rezolyutsiyali usullar, kvaziaksiomatik tizimlar va haqiqatga yaqin

xulosalash;

b) semantic tarmoq, integralli, differensialli xulaslash;

c) strukturali, sxemali va grafikli xulosalash;

e) nostrukturali, nosemantikli va dasturli xulosalash.

25. Sun’iy intellekta dasturlash paradigmalariga kiruvchilarni aniqlang?

a) protsedurali, ma’lumotlarga, qoidalarga va obyektlarga mo’ljallangan

dasturlash;

b) modellarga, usullarga, ma’lumotlarga, strukturalarga mo’ljallangan

dasturlash;

c) jadvallarga, strukturalarga, sxemalarga va grafiklarga mo’ljallangan

dasturlash;

e) bo’lishga, qo’shishga, matnga, ovozga va nutqga mo’ljallangan

dasturlash.

26. Belgili axborotlarni qayta ishlash dasturlarini aniqlang?

a) LISP, SMALLTALK;

b) PROLOG, CLIPS, EKLIPS,;

c) EKLIPS, PLANNER, MERKURY, ALISE, KL0, ShapeUp;

e) CLIPS, EKLIPS, KL0, ShapeUp.

27. Belgili axborotlarni qayta ishlash dasturlarini aniqlang?

a) PROLOG, LISP, CLIPS, EKLIPS, PLANNER, MERKURY;

b) KE, ARTS, GURU, G2, EKLIPS,;

c) ARTS, GURU, ALISE, KL0, ShapeUp;

e) BUILD, EMYCIN, EXSYS, KL0, ShapeUp.

28. Bilimlarni tavsiflash tillarini aniqlang?

a) OPS-5, KRL, FRL;

b) KE, ARTS, OPS-5, FRL,;

c) KRL, FRL, ALISE, KL0, ShapeUp;

e) BUILD, ARTS, OPS-5, EXSYS, KL0, ShapeUp.

29. Instrumental vositalardan iborat integrallashgan dasturiy muhitlar ni aniqlang?

a) KE, ARTS, GURU, G2;

b) KE, ARTS, OPS-5, FRL,;

c) GURU, G2, KRL, FRL, ALISE, KL0, ShapeUp;

e) KE, ARTS, BUILD, ARTS, OPS-5, EXSYS, KL0, ShapeUp.

30. Ekspert tizimning qobig'larini aniqlang?

a) BUILD, EMYCIN, EXSYS, Professional, ЭКСПЕРТ;

b) BUILD, EMYCIN, OPS-5, FRL;

c) EXSYS, Professional, ALISE, KL0, ShapeUp;

e) Professional, ЭКСПЕРТ, EXSYS, KL0, ShapeUp.

31. Intellektual interfeys (Intelligent interface) –bu …………………….

a) foydalanuvchilar uchun matnli so'rovlarni qayta ishlash dasturlari orqali

axborotlar kompleksi va foydalanuvchi resurslari o'rtasida o’zaro ta'sir

o'tkazish interfeysi;

b) foydalanuvchilar uchun matnli so'rovlarni qayta ishlash va o’zaro ta'sir

o'tkazish interfeysi,;

c) yordamch qurilmalar va kompyuter orasidagi muloqot;

e) kompyuterlar orasidagi muloqot.

32. Autentifikatsiya – bu …………………….

a) foydalanuvchining haqiqatan ham o'zi ekanligini tekshirish;

b) kompyuterni tekshirish,;

c) kompyuterlar orasidagi muloqotni tekshirish;

e) yordamch qurilmalar va kompyuter orasidagi aloqalarni tekshirish.

33. Identifikatsiya – bu ……………………………..

a) obyektni tanib olishdir;

b) obyektni sinflashdir;

c) obyektni boshqarishdir;

e) obyektni bo’laklash.

34. Sun'iy neyron tarmoq – bu………………………….. ………….to'plami.

a) bir-biriga bog'langan neyronlar;

b) bir-biriga bog'lanmagan neyronlar;

c) bir-biriga bog'langan neyropaketlar;

e) bir-biriga bog'langan neyroilovalar.

3-ma’ruza uchun testlar

1. Sun'iy intellektni qurishda asosiy yondashuvlarni aniqlang ?.

a) mantiqiy, evolyutsiyali, strukturali va imitatsiyali;

b) mantiqiy, evolyutsiyali, integralli va imitatsiyali;

c) mantiqiy, neyronli, differensialli va imitatsiyali;

e) evolyutsiyali, funksiali, strukturali va imitatsiyali.

2. Sun’iy intellektni qurishni strukturaviy yondoshuvning birinchi asoschisi kim ?

a ) Frenk Rozenblatt;

b) Pitts;

c) Fon Neyman;

e) Mak Kallok.

3. Sun’iy intellektni qurishning mantiqiy yondashuvi uchun asos sifatida ………

xizmat qiladi.

a ) Bul algebrasi;

b) Pitts algebrasi;

c) Fon Neyman prindipi;

e) Mak Kallok prinsipi.

4. Noravshan mantiqda mulohazalar …… qiymatlarni qabul qiladi.

a ) oraliq;

b) ha yoki yo’q;

c) chin yoki yolg’on;

e) uzluksiz.

5. Sun’iy intellektni qurishning strukturali yondashuvida ………modellashtiriladi.

a ) inson miyasining tuzilishi;

b) kompyuter xotirasining tuzilishi;

c) chin yoki yolg’on qiymatlar;

e) uzluksiz qiymatlar.

6. Sun’iy intellektni qurishning evolyutsiyali yondashuvida ………..

70

a) boshlang’ich modellar va qoidalar quriladi va ularni generatsiya qilish



asosida yangi modellar quriladi;

b) faqat boshlang’ich modellar va qoidalardan foydalaniladi;

c) faqat uzlukli modellar va qoidalardan foydalaniladi;

e) qisman uzlukli modellar va uzluksiz qoidalardan foydalaniladi.

7. Sun’iy intellektni qurishning imitatsiyali yondashuvida ……modellashtiriladi.

a) insonning boshqalardan nusxa olish qobiliyati;

b) neyron tarmoqning fikrlash qobiliyati;

c) kompyuterning nusxa olish qobiliyati modellashtiriladi;

e) printerning nusxa olish qobiliyati modellashtiriladi.

8. Sun’iy intellekt ning qo`llanilish sohalariga ……… kiradi.

a) teoremalarni isbotlash, o`yinlar, tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash;

b) integral va differensial tenglamalarni hisoblash;

c) dars jadvalini tuzish;

e) kvadrat tenglamani yechish.

9. Neyron tarmoqlar qo'llaniladigan soha larini toping?

a) timsollarni anglash, ma’lumotlarni ishlash, tashxis qo’yish;

b) prizmaning hajmini aniqlash;

c) dars jadvalini tuzish;

e) kvadrat tenglamani yechish.

10.Videoaxborotlarni siqsh, tez kodirovka -dekodirovkalash, sotkali tarmoqlarni va

paketlarni marshrutlash sxemalarini optimallashtirish neyron tarmoqlarning

qo'llaniladigan qaysi sohasiga kiradi?

a) Aloqa;

b) Internet;

c) Avionika;

e) Ishlab chaqarishni avtomatlashtirish.

11. Sotsiologik so’rovlarni tahlil qilish va umumlashtirish, reytinglarni

tashhislashni oldindan aytish, muhim faktorlarni ajratib olish neyron

tarmoqlarning qo'llaniladigan qaysi sohasiga kiradi?

a) Siyosiy texnologiyalar;

b) Internet;

c) Avionika;

e) Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari.

12. Shaxsni anglab olish, shaxs ovozini va yuzini tanib olish, avtomobillarning

tartib raqamini tanib olish neyron tarmoqlarning qo'llaniladigan qaysi sohasiga

kiradi?


a) Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari;

b) Aloqa;

c) Avionika;

e) Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari.

13. Ekologik va geologik muammolarni, mikroiqtisodiyot koʻrsatgichlarning

oʻzgarishini bashoratlash qaysi dasturiy tizim yordamida ochilgan?

a) RASPOZNAVANIE;

b) PARK;

71

c) OBRAZ;



e) LOREG.

14. PARK nima?

a) dasturlarning paketlari;

b) muloqot tizim;

c) dasturlash tili;

d) xavfsizlik tizimi.

15. DISARO nima?

a) dasturlarning paketlari;

b) muloqot tizimi;

c) dasturlash tili;

d) xavfsizlik tizimi.

16. Qanday masalalarni yechishda ko’proq uch o'lchovli ob'ektlarni tanishdan

foydalaniladi?

a) rasmlarga ishlov berishda;

b) qishloq xo'jaligida;

c) texnika tashxisida;

e) tibbiy tashxisda.

17. Exspert tizimlar ko’proq qanday bilimlarga asoslanadi

a) exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan bilimlarga;

b) kitoblardan olingan bilimlarga;

c) ilmiy jurnallardan olingan bilimlarga;

e) gazetadan olingan bilimlarga.

18. Exspert tizimlar yordamida yechiladigan masalalar sinfini ko’rsating?

a) tashxislash, anglash, boshqarish, loyihalash, bashoratlash, monitoringlash;

b) tashxislash, bashoratlash, uchburchak yuzini hisoblash, boshqarish;

c) tashxislash, kvadrat tenglamani yechish, anglash, boshqarish, loyihalash;

e) tashxislash, bashoratlash, anglash, dars jadvalini tuzish, loyihalash;

19. Exspert tizimlardan foydalaniladigan faoliyat sohalarini ko’rsating ?

a) tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, huquqshunoslik ;

b) tibbiyot, tashxislash, bashoratlash, iqtisod, ekologiya ;

c) mikroelektronika, radioelektronika, anglash, boshqarish, loyihalash;

e) harbiy ishlar, anglash, dars jadvalini tuzish, ekologiya, geologiya;

20. Tibbiyotda qo’llaniladigan expert tizimlarni ko’tsating ?

a) MYCIN, PUFF, MODIS;

b) MIXER, MYCIN, ACE;

c) DART, HANNIBAL, PUFF;

e) MYCIN, MIDAS, ACES,

21. Harbiy sohada qo’llaniladigan expert tizimlarni ko’tsating ?

a) DART, HANNIBAL, I&W;

b) MIXER, MYCIN, ACE;

c) DART, HANNIBAL, PUFF;

e) MYCIN, MIDAS, ACES,

22. Informatika sohasida qo’llaniladigan expert tizimlarni ko’tsating ?

a) RUBRIC, CODES, MIXER;

b) DART, MYCIN, ACE;

c) DART, HANNIBAL, PUFF;

e) I&W, MYCIN, ACES.

23. Sun'iy intellektdan foydalanishning funksional tuzilishi qanday komplekslardan

iborat?

a ) Bajaruvchi tizim, intellektual interfeys, bilimlar bazasi;

b) Foydalanuvchi, muloqot tizimi, programmalar;

c) Hisoblash, translyatorlar, axborotli qatlam;

e) Konseptual qatlam, bajaruvchi, izlash vositalari.

24. Dasturiy va apparat tizimining vositasi - bu?

a) intellektual interfeys;

b) ijro etuvchi tizim;

c) texnik tizimi;

e) muloqot tizimi.

4-ma’ruza uchun testlar

1. Ma’lumotlar nima?

a) obyektlar, jarayonlar va hodisalarni hamda ularning xossalarini

tavsiflaydi;

b) faqat obyektlar, jarayonlar va hodisalarni tavsiflaydi;

107


c) faqat mantiqiy obyektlar tavsiflaydi;

e) funksional va strukturali jarayonlarni tavsiflaydi.

2. Bilimlar nima?

a) obyektiv qonuniyatlar;

b) obyektlar to’plami;

c) exspertlar to’plami;

e) predmet sohadagi masalalar to’plami.

3. Bilimlar nima?

a) strukturalashgan ma’lumotlar;

b) strukturalashgan obyektlar;

c) strukturalashgan tizimlar;

e) strukturalashgan predmetlar.

4. Bilimlarning ma’lumotlardan farqli tomonlarini ko’rsating ?

a) b) va c) javoblar to’g’ri;

b) bilimlar ko’proq strukturalashgan va ular orasidagi o’aro bog’liqlik

muhim ahamiyatga bo’ladi;

c) bilimlar o’zini-o’ zi izohlovchi bo’ ladi va bilimlardan foydalanayotgan

tizim harakatiga ta’sir etishi mumkin ;

e) bilimlar ma’lumotlarga nisbatan passif bo’ladi.

5. Aniq obyekt yoki obyektlar sinfini (narsalar, jarayonlar, hodisalar va h.k.)

tavsiflaydigan bilimlar qanday bilimlar ?

a) Obyektiv bilimlar;

b) Subyektiv bilimlar;

c) Metabilimlar;

e) Imitatsiyali bilimlar.

6. Inson, insonlar guruhi yoki sun’iy bilimlar manbalaridan olinadigan bilimlar

qanday bilimlar ?

a) Subyektiv bilimlar;

b) Obyektiv bilimlar;

c) Metabilimlar;

e) Imitatsiyali bilimlar.

7. Psixologik jihatdan bilimlar qanday shakllarda mavjud bo’ladi?

a) sezuvchi, tasvirli va belgili modellar shaklida;

b) Integralli va belgili modellar shaklida;

c) Metabilimli va formulalar shaklida ;

e) Imitatsiyali va o’zgaruvchi bilimlarning modellari shaklida.

8. Bilimlarni izohlashlar nuqtai-nazaridan birlashtirilgan to’g’ri guruhlarni

ko’rsating?

a) Psixologikli, intellektualli, formalli-mantiqli va axborotli-texnologokli;

b) Psixologikli, intellektualli, integralli va belgili;

c) Metabilimli, formalli- mantiqli va formulali;

e) Ta’sir etuvchili, o’zgaruvchili, bilimli.

9. Bilimlarni izohlashlar nuqtai-nazaridan to’g’ri birlashtirilgan guruhlarni

ko’rsating?

108

a) Psixologikli, intellektualli, formalli-mantiqli va axborotli-texnologokli;



b) Psixologikli, intellektualli, integralli va belgili;

c) Metabilimli, formalli- mantiqli va formulali;

e) Ta’sir etuvchili, o’zgaruvchili, bilimli.

10. Bilimlar manbalardan olinishiga qarab qanday tiplarga bo’linadi?

a) Aprior va hosil qilinadigan bilimlar;

b) Psixologikli, intellektualli va formulali bilimlar;

c) Metabilimli, formalli- mantiqli va formulali bilimlar;

e) Aprior va ta’sir etuvchili, o’zgaruvchili bilimlar.

11. Hosil qilinadigan bilimlarning qanday turlari mavjud?

a) Exspertli, kuzatiladigan va xulosalaydigan bilimlar;

b) Psixologikli, intellektualli va kuzatiladigan bilimlar;

c) Metabilimli, formalli- mantiqli va xulosalaydigan bilimlar;

e) Aprior va ta’sir etuvchili, kuzatiladigan bilimlar.

12. Masalalarni yechishda foydalanish darajasiga bog’liqligi bo'yicha bilimlarning

qanday turlari mavjud?

a) Deklarativli, protsedurali va metabilimlar;

b) Psixologikli, protsedurali va metabilimlar;

c) Exspertli, kuzatiladigan va xulosalaydigan bilimlar;

e) Aprior va ta’sir etuvchili, kuzatiladigan bilimlar.

13. Masalalarni yechishda ishonchlilik darajasi bo’ yicha bilimlarning qanday

turlari mavjud?

a) Muayyan, noravshan;

b) Psixologikli, protsedurali;

c) Exspertli, kuzatiladigan;

e) Apriorli, kuzatiladigan.

14. Masalalarni yechishda maqsadga yo’naltirilganligi bo’ yicha bilimlarning

qanday turlari mavjud?

a) Nusxa oluvchi, tanishtiruvchi, qobilyatni rivojlantiruvchi, malakani

oshiruvchi;

b) Muayyan, noravshan, qobilyatni rivojlantiruvchi, malakani oshiruvchi;

c) Nusxa oluvchi, tanishtiruvchi, exspertli, kuzatiladigan;

e) Apriorli, kuzatiladigan, psixologikli, protsedurali.

15. Obyektlarni va ular orasidagi munosabatlarni tavsivlash uchun qo’llanildigan

bilimlarni ko’rsating?

a) Deklarativ bilimlar;

b) Qobilyatni rivojlantiruvchi bilimlar;

c) Protsedurali bilimlar;

e) Kuzatiladigan bilimlar.

16. O’zini-o’zi izohlovchi bilimlar qaysi bilimlar turiga kiradi?

a) Protsedurali bilimlar;

b) Qobilyatni rivojlantiruvchi bilimlar;

c) Kuzatiladigan bilimlar;

e) Deklarativ bilimlar.

109


17. Bilimlar haqidagi bilimlar qaysi bilimlar turiga kiradi?

a) Metabilimlar;

b) Qobilyatni rivojlantiruvchi bilimlar;

c) Texnologik bilimlar;

e) Deklarativ bilimlar.

18. Extensionalli bilimni ko’rsating?

a) Axmedov oliy ma’lumotli diplomga ega;

b) Axmedov oliy ma’lumotli diplomga ega bo’lishi mumkin, masalan,

bakalavr;

c) Abiturient o’qishga kirishi uchun, u test savollaridan 68 balldan yuqori

ball to’plashi kerak;

e) Agar geometrik figuraning ichki burchaklari yig’indisi 180 gradus

bo’lsa, u holda bu uchburchak.

19. Intensionalli bilimni ko’rsating?

a) Talaba stipendiyatlar tanlovida qatnashishi uchun, u barcha fanlardan

a’lo baho o’lgan bo’lishi kerak;

b) Axmedov oliy ma’lumotli diplomga ega;

c) Talabalar binoga kirdilar;

e) Printer stol ustida turibdi.

20. Intensionalli bilimni ko’rsating?

a) Talaba stipendiyatlar tanlovida qatnashishi uchun, u barcha fanlardan

a’lo baho o’lgan bo’lishi kerak;

b) Axmedov oliy ma’lumotli diplomga ega;

c) Talabalar binoga kirdilar;

e) Printer stol ustida turibdi.

21. Qaysi javobda bilimlarning xususiyatlari to’g’ri ko’rsatilgan?

a) Ichki izohlanuvchanlik, strukturaviylik, bog’langanlik, semantik metrika,

faollik;


b) To’liqlik, strukturaviylik, bog’langanlik, natijaviylik, faollik;

c) Natijaviylik, strukturaviylik, bog’langanlik, semantik metrika, bir

qiymatlilik;

e) Strukturaviylik, ichki izohlanuvchanlik, to’liqlik, faollik

22. Bilimlarni asosiy tushunish darajalari nechta?

a) 5;


b) 6;

c) 4;


e) 7.

23. Bilimlarni tushunishning birinchi darajasi nima bilan xarakterlanadi?

a) Matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga

asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi;

b) Matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari

qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

c) Atrof - muhit haqidagi tizimlar bilimlari bilan matnni to’ldirish

qoidalarining qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

110

e) Matndan tashqari matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga



taalluqli umumiy axborotlarni saqlaydigan muayyan subyekt haqidagi

axborotdan foydalanishi bilan xarakterlanadi.

24. Bilimlarni tushunishning ikkinchi darajasi nima bilan xarakterlanadi?

a) Matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari

qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

b) Atrof - muhit haqidagi tizimlar bilimlari bilan matnni to’ldirish

qoidalarining qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

c) Matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga

asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi;

e) Matndan tashqari matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga

taalluqli umumiy axborotlarni saqlaydigan muayy an subyekt haqidagi

axborotdan foydalanishi bilan xarakterlanadi.

25. Bilimlarni tushunishning uchinchi darajasi nima bilan xarakterlanadi?

a) Atrof - muhit haqidagi tizimlar bilimlari bilan matnni to’ldirish

qoidalarining qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

b) Matndan tashqari matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga

taalluqli umumiy axborotlarni saqlaydigan muayyan subyekt haqidagi

axborotdan foydalanishi bilan xarakterlanadi.

c) Matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga

asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi;

e) Matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari

qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

26. Bilimlarni tushunishning to’rtinchi darajasi nima bilan xarakterlanadi?

a) Matn o’rniga unda ma’lumotlarni olishning ikkita kanali mavjud

bo’lgandagina kelib chiqadigan kengaytirilgan matn ishlati lishi bilan

xarakterlanadi;

b) Matndan tashqari matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga

taalluqli umumiy axborotlarni saqlaydigan muayyan subyekt haqidagi

axborotdan foydalanishi bilan xarakterlanadi.

c) Matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga

asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi;

e) Matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari

qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

27. Bilimlarni tushunishning beshinchi darajasi nima bilan xarakterlanadi?

a) Matndan tashqari matn manbai bo’lgan va tizim xotirasida aloqaga

taalluqli umumiy axborotlarni saqlaydigan muayyan subyekt haqidagi

axborotdan foydalanishi bilan;

b) Matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari

qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

c) Matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga

asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi;

e) Matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari

qo’shilishi bilan xarakterlanadi;

111


28. Intellektual tizimlarda bilimlarni metatushunishning nechta darajalari bor?

a) 2;


b) 5;

c) 3;


e) 4.

29. Lokutsiya nima?

a) O’z holicha gapirish, ya’ni so’zlovchi o’zining fikrini aytish uchun

qilgan harakati;

b) Izohlash yordamida harakat: savol, istak(buyruq yoki iltimos) va tasdiq;

c) So’zlovchining tinglovchiga qandaydir ta’sir o’tkazishiga qaratilgan

harakati: «xushmuomalada bo’lish», «xayratda qoldirish», «e’tiroz

bildirish» va x.k.;

e) To’g’ri javob keltirilmagan;

30. Illokutsiya nima?

a) Gapirish yordamida harakat: savol, istak(buyruq yoki iltimos) va tasdiq;

b) To’g’ri javob keltirilmagan;

c) Tinglovchi bilan gapiruvchining o’zaro suxbati: «fikr bildirish»,

«intervyu olish», «protokol qilish» va x.k.;

e) O’z holicha harakat, ya’ni tinlonchi o’zining fikrini aytmaslik uchun

qilgan harakati;

31. Perlokutsiya nima?

a) So’zlovchining tinglovchiga qandaydir ta’sir o’tkazishiga qaratilgan

harakati: «xushomad qilish», «ajablantirish», «ko’ndirish» va x.k.;

b) Kuzatish yordamida gapirish: harakat, bildirish (kuzatish yoki buyruq)

va xulosa;

c) To’g’ri javob keltirilmagan;

e) Boshqa odam yordamida so‘zlash, ya’ni so’zlovchi o’zining fikrini

aytish uchun boshqalar yordamidaharakati;

32. Bilimlаr injеnеrining еkspеrt – mutаxаssisdаn bilimlаrni оlishi qаndаy

rеjimlаrdа аmаlgа оshirilаdi?

a) Prоtоkоlli tаhlil, intеrvьyu vа prоfеssiоnаl fаоliyatning o’yinli

immitаtsiyasi;

b) Mulоqоt, еshitish vа prоtоkоlli tаhlil;

c) Prоtоkоlli tаhlil, tinglаsh vа prоfеssiоnаl fаоliyatning o’yinli immitаtsiyasi;

e) Mulоqоt, intеrvyu vа prоfеssiоnаl fаоliyatning o’yinli immitаtsiyasi.

33. Bеlgilаrni tаnishning qаndаy yondаshuvlаri mаvjud?

a) Shаblоnli, strukturаli vа bеlgili;

b) Еtаlоnli, strukturаli vа mаtritsаli;

c) Mаtritsаli, shаblоnli vа dоg’li;

e) Shаblоnli, dоg’li vа mаtritsаli.




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling