1-ma’ruza. Umumiy fizika


Download 21.15 Kb.
Sana18.11.2020
Hajmi21.15 Kb.
#147140
Bog'liq
1-маъруза матни Механикадан кириш


1-MA’RUZA. UMUMIY FIZIKA


    1. Kirish.

    2. Fizika predmeti.

    3. Fizika fan sifatida.

    4. Fizika metodikasi.

    5. Fizika mazmuni va strukturasi.

    6. Fizikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

    7. Xalq xo’jaligi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda fizikaning roli.

    8. "Fizik" mutaxassisi tayyorlashda "umumiy fizika kursi" ning o’rni.


Tayanch so’z va iboralar: Fizika, harakat, materiya, mexanik harakat.
1.1. Fizika predmeti.

Ongimizga bog’liq bo’lmagan, undan tashqaridagi ob’ektiv borliq materiya deyiladi. Materiya ikki ko’rinishda; modda va maydon ko’rinishda namoyon bo’ladi. Materiya uzluksiz harakatda bo’lib, doim uzluksiz rivojlanadi. Oddiy siljishlardan tortib to murakkab fikrlash protsesslargacha umuman materiyaning har qanday o’zgarishiga harakat deyiladi.

Materiyaning modda ko’rinishiga tabiatdagi barcha jismlar, ularni tashkil etuvchi moddalar, yulduzlararo moddalar, elementar zarralar va xokazolar misol bo’ladi. Maydon ko’rinishga esa elektromagnit maydoni, gravitatsion maydonlar misol bo’ladi. Bular materiyaning konkret formalari bo’lib, ularga harakat va rivojlanishning konkret formalari mos keladi. Materiyasiz harakat yoki harakatsiz materiyalarning bo’lishi mumkin emas.
1.2. Fizika fan sifatida

Fizika - jonsiz tabiat tuzilishi va uning eng oddiy shakldagi harakatlarini o’rganadigan fandir. Fizikaning predmeti - materiyaning eng umumiy xususiyati modda va maydonni hamda harakatning umumiyroq shakli qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Fizika fan sifatida umumiy qonuniyatlarni aniqlaydi, qolgan tabiiy fanlar va texnika esa bu qonuniyatlarni alohida xolatlar uchun qo’llab foydalanadi. "Fizika" so’zi yunoncha "tabiat" ma’nosini anglatuvchi so’zdan olingan. Aristotel fizikani fan sifatida (tabiatshunoslik) shakllantirdi. Fizika tajribaga asoslangan fandir.

Modda harakatining soddalariga mexanik, molekulyar-issiqlik, elektromagnit, atom va yadro ichida bo’ladigan harakatlar kiradi. Mexanik harakat-materiya harakatning eng sodda formasidir.

Tabiatdagi barcha o’zgarishlar (harakatlar) ma’lum ketma-ketlikda, oz va ko’p davomiylikda sodir bo’ladi. Tabiatda bir onda sodir bo’luvchi hodisa yo’q. Materiyani uzuluksiz va cheksiz rivojlanishi ma’lum vaqtda namoyon bo’ladi.

Mavjud protsesslardan ajralgan alohida "Absolyut vaqt" bo’lishi mumkin emas. Demak, vaqt jarayon va hodisa davomiyligi o’lchovidir.

Barcha moddiy jismlar ma’lum ko’lam (uzunlik, yuza, hajm) ga ega bo’lib, ko’lamsiz (materiya) modda bo’lmaydi.

Barcha jismlar bir-biriga nisbatan qandaydir xolatda joylashgan bo’lib, ulardan ikkitasi bir onda bir joyda bo’lmaydilar. Materiyasiz fazo ham, fazosiz materiya ham bo’lishi mumkin emas. Materiyaning egallagan o’rni fazodir.

Fazo va vaqt materiyaning mavjudligi formasidir. Fazoda ko’lam uzunlik o’lchov birligi, vaqt esa vaqt birligi bilan xarakterlanadi.


1.3. Fizika metodikasi

Asosiy qator hodisalar uchun umumiy bo’lgan ob’ektiv mavjud bog’lanishlar fizik qonunlar deyiladi. Hodisalar ob’ektiv borliqda sodir bo’lganidan qonunlar ham ob’ektiv bo’ladi. Fizik jarayon va hodisalarni o’rganishda kuzatish va tajriba natijalariga suyanadi. Ilmiy tadqiqot metodlari quyidagilardir.

1. Kuzatish deganda, hodisalarni tabiiy shart sharoitlarda boshqa hodisalar orasidagi mavjud hamma bog’lanishlarni saqlagan holdagi o’rganish tushuniladi.

2. Fizik tajriba deganda hodisalarni sun’iy laboratoriya sharoitida ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan bog’lanishlarni xisobga olmay qayta o’tkazib ko’rish tushuniladi. Ma’lum o’lchashlar yordamida miqdori aniqlanishi mumkin bo’lgan protseslar yoki jism xususiyati xarakteristikasiga fizik kattalik deyiladi.

Fizika qonuniyatlari fizik kattaliklar orasidagi miqdoriy bog’lanish ko’rinishda ifodalaniladi. Matematik apparat topilgan bog’lanishni miqdoriy ifodalabgina qolmay ularni tekshirib yangisini topishga ham imkon beradi.

3. Gipoteza yaratish-hodisalarni tushuntirish uchun ilgari surilgan "Ilmiy faraz" lardir. Tajriba natijalari bilan tasdiq etilgan gipoteza nazariyaga o’tadi. Bu yerda tajriba haqiqat kriteyriysi bo’lib xizmat qiladi. Demak, fizikada Ilmiy tadqiqot usullari kuzatish, tajriba va gipoteza ("ilmiy faraz") lardir.




1.4. Fizika kursining tuzilishi va asosiy bo’limlarning qisqa xarakteristikasi. Fizika fanining mazmuni va strukturasi.

Materiyaning harakati mexanikaviy, elektromagnit, issiqlik va boshqa ko’rinishlarga ega. Harakatning qaysi turi o’rganilishiga qarab umumiy fizika kursi mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizika bo’limlariga bo’linadi.

Mexanikada (gazsimon, suyuq va qattiq) jismlarning bir-biriga nisbatan ko’chishdan iborat harakatlari, elastiklik harakatlari o’rgani-ladi. Mexanik harakat - materiya harakatining eng sodda shaklidir. Molekulyar issiqlik harakatlarni (molekulyar kinetik nazariyasi va termodinamika), elektr va magnetizmda jismlarning elektr va magnit harakatlarini (elektrodinamika), optikada molekula va atomlar ichidagi harakatlarni, atom va yadro fizikada uni ichida sodir bo’luvchi harakat va o’zgarishlarni (elektron nazariya, radioaktivlik, kosmik nurlar, elementar zarralar) o’rganadi.
1. 5. Fizikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Fizika bilan boshqa tabiiy fanlar orasiga keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Qator fanlar fizik qonunlarni qo’llab ish ko’radilar (fizik ximiya, astrofizika, geofizika, biofizika, va boshqalar). Fizikaning boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlama bo’lib fizika o’z taraqqiyotida boshqa fan yutuqlaridan foydalansa, fizika yutuqlarini boshqa tabiiy fanlar qo’llaydi. Fizikaning turli bo’limlaridan turli texnika fanlari kelib chiqadi, o’z navbatida texnika o’z yutuqlari bilan fizika rivojiga yordam beradi.

Matematika murakkab nazariy masalalarni yechib fizikaga yordam bersa, fizika matematika oldiga turli muammolarni qo’yib uni rivojlantiradi.
1.6. Xalq xo’jaligi va ishlab chiqarish rivojida fizikaning roli.

Xalq xo’jaligi va ishlab chiqarishning shu kundagi darajasini fizika fani yutuqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Elektrlashtirish, transport, aloqa vositalari, avtomatika, radio va televideniya, turli mexanizm va mashinalar, fan va texnikaning turli tarmoqlarining rivoji fizika bilan bog’liqdir.
1.7. "Fizik" mutaxassis tayyorlashda Umumiy fizika kursining o’rni.

Umumiy fizika o’qitish bo’lajak "fizik" mutaxassislarning tabiat haqidagi dunyoqarashini kengaytirishdan, materialistik dunyoqarashini rivojlantirishga va fizika bilan bog’liq fanlarni mustaqil o’rganishga tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari, tabiat qonunlarining ob’ektiv harakatlarini tushunishga, vatanparvarlikni tarbiyalashga, politexnik ta’limni amalga oshirishga yordam beradi.



Fizik kattaliklar va ularni o’lchash.

Materiyaning har qanday o’zgarishiga harakat deyiladi. Jismlarda vaqt o’tishi bilan sodir bo’luvchi qonuniy bog’langan o’zgarishlar majmuasi fizik hodisadir. Fizik hodisadagi o’zgarishlar (harakatlar) ketma-ket tizimi jarayondir. Har qanday jarayon davomiyligi vaqtdir. Qator hodisalar uchun umumiy bo’lgan ob’ektiv mavjud bog’lanishlar fizik qonunlar deyiladi. Jismlarning xossalari yoki jarayonlarning xarakteristikasi (tavsiflovchisi) fizik kattalik deyiladi. Bir xil tabiatli kattaliklarni solishtirish o’lchashdir.



Fizik tushuncha va kattaliklar.

Fizik hodisa va jarayonlarni tavsiflash uchun fizik tushunchalar va iboralar qabul etiladi. Kattaliklar uchun esa "Fizik atamalar" aniqlanadi va qabul etiladi. Fan va texnika taraqqiyotiga bog’liq holda tushuncha, iboralar va atamalar takomillashtiriladi.



Birliklar va birliklar sistemasi.

Fizik tajribalarda o’lchash ishlarini qulaylashtirish uchun ma’lum qattaliklar birlik sifatida qabul etiladi va ular asosiy birliklar hisobalanadi,ular yordamida keltirib chiqarilgan birliklar esa, hosilaviy birlik deyiladi. Birliklar majmuasi birliklar sistemasi deyiladi.



Hozir fizikadagi ko’p qo’llanilayotgan sistema Xalqaro birliklar sistemasidir (SI). SI birliklar sistemasida 9 ta asosiy birlik mavjud.

metr (m), kilogramm(kg), sekund (s), amper (A), Kelvin (K), mol (), kandela (kg), radian (rad), steradian (str).
Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling