№ 1 Maʼruza . ZАMONАVIY АRXITEKTURА-ShАHАRSOZLIK
TАLАBLАRINI HISOBGА OLGАN HOLDА АHOLI PUNKTLАRINI
OBODONLАShTIRISh IShLАRINI TАShKIL ETISh
Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga
olgan holda aholi
punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish quyidagi qoidalar
asosida olib
boriladi:
1. Ushbu Qoidalar aholi punktlari hududlarini va turar joylar oraligʼidagi
hududlarni obodonlashtirish (keyingi oʼrinlarda obodonlashtirish deb ataladi)
ishlarini tashkil etish, olib borish, moliyalashtirish, shuningdek ularning amalga
oshirilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalanilgan:
obodonlashtirish — aholi hayoti uchun qulay va madaniy shart-sharoitlarini
yaratish maqsadida hududlarni muhandislik jihatidan tayyorlash, yoʼllar qurish,
hududlarni tozalash, zaxini qochirish, koʼkalamzorlashtirish va irrigatsiyalash
tadbirlarini amalga
oshirish, mikroiqlimni yaxshilash, havo havzasi, ochiq suv
havzalari va tuproqni ifloslanishdan himoya qilish, u yoki bu hududni qurilish
uchun yaroqli holga keltirish va belgilangan maqsadda
normal foydalanish, amalga
oshiriladigan shovqinlar darajasini kamaytirish ishlarining yigʼindisi;
obodonlashtirish obʼektlari — koʼchalar, aylanma koʼchalar, yoʼllar, markaziy
maydonlar, yoʼlkalar, koʼpriklar, tunnellar, yoʼlovchilar oʼtadigan yer osti yoʼllari,
favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, koʼllar
va boshqa suv havzalarining
qirgʼoqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va
hordiq chiqarishini
qondirish uchun foydalaniladigan obʼektlar (madaniyat va istirohat bogʼlari,
oʼrmon massivlari, bogʼlar, bulьvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama
pannolari, yoʼl koʼrsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal,
yopiq va
ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya
novlari tarmoqlari, tashqi
yoritish tarmoqlari;
aholi punktlarining umumiy foydalaniladigan yerlari:
maydonlar, koʼchalar, tor koʼchalar, yoʼllar, sugʼorish tarmoqlari, ariq boʼylari;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun
foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, parklar, bulьvarlar, xiyobonlar, shuningdek
ariq tarmoqlari yerlari);
kommunal-maishiy maqsaddagi yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish
va utilizatsiya qilish joylari);
aholi punktlaridagi suv havzalarining qirgʼoq polosalari;
shaharning umumiy
markazlari, rejalashtirilayotgan hududlar markazlari, turar joy
hududlarining markazlari, mahalliy xizmat koʼrsatish markazlari, shaharlar va
tumanlar markazlaridagi dastlabki turar
joy markazlari;