1 materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga kirish


Download 15.42 Kb.
Sana11.09.2020
Hajmi15.42 Kb.
#129246
Bog'liq
1-маруза (1)


1

MATeRIKLAR VA OKeANLAR TABIIY GeOGRAFIYaSIGA KIRISh


Reja:

Kirish

1. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari.

2. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

3. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanining tadqiqot ob`ekti.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi geografiya fanlari tizimidagi o’quv fani bo’lib, Erning geografik qobig`i va tabiiy majmualarini o’rganadi. Bu kurs er sharidagi materiklar va okeanlarning tabiatini, uning tarkibiy kismlarini, ularda sodir bulayotgan tabiiy jarayonlarni o’zaro bir-biriga bog`lik xolda o’rganadi. Shu bilan birgalikda bu kurs barcha materiklar va okeanlarning ularga tutash kismlari dengizlar va orollar bilan birgalikda o’rganiladi. Bunda kuruklikka asosiy e`tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va aholining xayoti faoliyatiga ta`sir nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi Umumiy Er bilmi. Xaritashunoslik, Geologiya, Tuproqshunoslik, Biogeografiya kabi tabiiy fanlardan egallagan bilimlarga tayanadi va ularga aniqliklar kiritadi. Bu kurs ma`lumotlari o’rta maktab geografiyasiga bog`liq xolda didaktikaning «Oddiydan murakkabga» degan tartibiga asosan, Afrika materigini o’rganishdan boshlanadi va eng yirik hisoblangan Evrosiyo materigini o’rganish bilan tugallanadi. Bu tartib-qoida keyingi kurslarda Urta Osiyo, Uzbekiston tabiiy geografiyasini o’rganish uchun zamin tayyorlaydi.

Har bir materikning ta`rifi ma`lum bir reja asosida olib boriladi. Bunda materikning o’lchamlari, shakli, geografik o’rni, tabiati asosiy xususiyatlarinipg umumiy ta`rifi beriladi. Bu nisbatan kichik Kirish kismidan so’ng mazkur materikni o’rab turuvchi okeanlarning qirgok bo’yi qismlari qiskacha ta`riflanadi. Bundan keyin keluvchi «Tabiati shakllanishning asosiy bosqichlari» deb nomlangan bobda butun materik va uning ayrim regionlari tabiiy sharoitni tarixiy-genetik jihatdan yondashib o’rganish nuqtai-nazaridan katta ahamiyatga egadir.

Shundan so’ng butun materik tabiatining komponentlari - rel`ef, iqlimi va boshqalar tahlil kilinadi. Har bir materik va okeanga umumiy tabiiy geografik tavsif berilgach, ularni tabiiy geografik. rayonlashtiriladi. So’ngra regionlari va tabiiy geografik o’lkalari, tabiiy sharoiti chukur tahlil qilinadi. Materiklarni rayonlashtirilganda region va o’lkalarning geografik o’rni, tektonik tuzilishi, rel`sfi er yuzasining asosiy xususiyatlari, iqlimiy sharoiti va qaysi tabiat zonasida joylashganligi asos qilib olinadi.

Bunda asosan geografik qobiqning ajratiladigan regionlari murakkab tabiiy komplekslardan iborat bo’lib, ular tarkibida umuman geografik qobiqni tashkil etuvchi barcha tabiat komponentlar ishtirok etadi va o’zaro bir-biriga ta`sir etib turadi.

Mazkur kursda rayonlashtirishning asosiy birligi va geografik ta`riflashning asosiy ob`ekti bir butun, geografik jixatdan aloxida ajralib turuvchi hududlar hisoblanadi. Bu hududlarning asosiy qismi bir iklim mintakasida joylashgan bo’ladi va bir geotektonik oblatga kiritiladi.

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi oxirida materiklar va okeanlar tabiatidagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlar haqida xulosa chikariladi.

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi kuyidagi tuzilishga egadir: Muqaddima, Afrika, Hind okeani, Avstraliya va Okeaniya, Tinch okeani, Antarktida, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika, Atlantika okeani, Shimoliy Muz okeani, Evrosiyo va Xotima qismlaridan iborat.

Materiklar tabiiy geografiyasi kursida barcha materiklar va okeanlarning ularga tutash qismlari (dengizlar va orollar bilan birga) o`rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e`tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va aholining hayoti hamda faoliyatiga ta`siri nuqtai nazaridan ko`rib chiqiladi.

Har bir materikning ta`rifi regional tabiiy geografik ta`riflashning umum qabul qilgan muayyan plani bo`yicha beriadi. Bu planni geografnk qobnq doirasida tabiiy territorial komplekslarni hosil qiluvchi tabiat komponentlarining o`zaro aloqadorligi va byrbiriga bog`liqligi taqozo etadi. Dastlab materikning, uning o`lchamlari, shakli, geografik o`rni, tabiati asosiy xususiyatlarining umumiy ta`rifi beriladi. Bu nisbatan kichik kirish qismidan so`ng mazkur materikni o`rab turuvchi okeanlarning qirg`oq bo`yi qismlari qisqacha ta`riflanadiBundan keyin keluvchi Tabiati shakllanishining asosiy bosqichlari nomli bob butun materik va uning ayrim regionlari tabiiy sharoitini tarixiy-genetik jihatdan yondashib o`rganish no`qtai nazaridan katta ahamiyatga egadir. Shundan so`ng bu paleogyoografik material asosida butun materik tabiatining komponentlarirel`ef, iqlimi va boshqalar tahlil qilinadi va x.k. Bunda asosiy tabiat resurslariga qisqacha baho beriladi. Komponentlar obzorining oxirida shu materikning aholisi, uning kelib chiqishi, rivojlanishi va joylashishining asosiy bosqichlari, irqiy xususiyatlari, shuningdek, uning tabiatga ko`rsatgan ta`sirining darajasi hamda xarakteri to`g`risida ma`lumot beriladi.



Materik umumiy obzorining oxirida uning tabiatining territorial taqsimlanish xususiyatlari va uning doirasida ajratiladigan tabiiy komplekslar sistemasi masalasi ko`rib chiqiladi. Geografik qobiqning ajratiladigan regionlari murakkab tabiiy komplekslardan i borat bo`lib, ular tarkibida umuman geografik qobiqni tashkil etuvchi barcha tabiat kompo-nentlari ishtirok etadi va o`zaro bir-biriga ta`sir etib turadi. Shuning uchun na tabiat zonalari, na geomorfologik rayonlashtirish birliklari bunday regionlar bo`la oladi; chunki ular ayrim gruppa komponentlar taqsimlanishinigina aks ettiradi va kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishning emas, balki juz`iy rayonlashtirishning birliklari hisoblanadi. To`la tabiiy komplekslarning shakllanishida esa, geografik qobiqning barcha komponentlari ishtirok etadi va, bino-barin, ulardan biri emas, balki ular orasidagi o`zaro aloqa xarakteri hal qiluvchi rol` o`ynaydi. Ushbu kursda o`rganiladigan katta regionlarning shakllanishida er po`sti bilan atmosferaning o`zaro aloqasi va ta`siri hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Rel`ef, iqlim, suvlar, organik dunyoning tarkibi va tashqi ko`rinishi xususiyatlari, zonal strukturaning namoyon bo`lish xarakterining xuddi shu o`zaro aloqasiga bog`liqdir.

Mazkur kursda rayonlashtirishnint asosiy birligi va geografik ta`riflashning asosiy ob`ekti bir butun, geografik jihatdan alohida ajralib turuvchi territoriya (yoki orollar bilan bprga olingan akvatoriya)dir; bu territoriya (yoki akvatoriya)ning asosiy qismi bir iqlim mintaqasida joylashgan bo`lib, bir geotektonik oblastga kiradi. Uning doirasida bir iqlim tipi bilan va biror morfostruktura tipining ustun turishi bilan xarakterlanuvchi nisbatan kichik tabiiy territorial birliklar ajratiladi. Bu regionlar darslik tekstida qayd etilmagan, lekin ilovadagi kartada ajratib ko`rsatilgan. Eng katta regionlar shartli ravishda tabiiy geografik oblastlar (o`lkalar) deb, undan kichikroq rayonlar esa kichik oblastlar yoki ikkinchi darajali oblastlar deb atalishi mumkin. Tabiiy sharoiti bir-biriga o`xshash o`lkalar materikning katta qismlari-sub kontinentlarni yoki okeanning (orollar bilan birga) katta qismlarini tashkil qiladi. Geografik qobiq territorial bo`linishining eng katta birliklari materiklar yoki okeanlardir.
Download 15.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling