1. Mavsumiy marosimlar qanday ichki turlarga bo’linadi?


Download 115.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.02.2023
Hajmi115.08 Kb.
#1215671
Bog'liq
FOLKLYORDAN TOPSHIRIQ



1.Mavsumiy marosimlar qanday ichki turlarga bo’linadi? 
Marosim –inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy o’tadigan va ruhiy 
vaziyatda o’tadigan o’z ramziy xarakteriga hamda maxsus aytim qo’shiqlariga ega hayotiy tadbirlardir. 
Mavsumiy marosimlar: bahorgi marosimlar, yozgi marosimlar, kuzgi marosimlar va qishgi marosimlar 
turlariga bo’linadi. 
2. Bahorgi marosimlarga qaysi marosimlar kiradi? 
Bahorgi marosimlar: (“Shoxmoylar”, “Navro’z”, “Yomg’ir chaqirish” , “Boychechak xabari” kabi 
marosimlar kiradi. 
3.O’zbek to’ylarining qanday turlari bor? 
O’zbek to’ylarining: Beshik to’yi, Xatna to’yi va Nikoh to’yi kabi turlari bor. Bular oilaviy-maishiy 
marosimlar turiga kiradi. 
4. Doston atamasinig mohiyati nimadan iborat? 
Doston so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Dostonlar xalq hayotining 
taqdirnomasi, o’ziga xos qomusnomasidir. Qahramonlarning sarguzashlari , o’zaro munosabatlari va 
kechinmalarini keng ko’lamda tasvirlovchi yirik hajmli liro-epik asar doston deyiladi 
5. Dostonlar qanday turlarga bolinadi? 
Dostonlar mavzu jihatdan rangba-rang, mazmunan xilma-xil bo’lganligi bois ularning quyidagi turlari 
mavjud: qahramonlik dostonlari, romantik ishqiy – sarguzasht dostonlari va tarixiy dostonlardir.
Qahramonlik dostonlarida voqelikning urug’chilik munosabati ko’chmanchilik va ayrim ko’chmanchilik 
hayoti, etnosning shakllanishi, uning tarixi bilan bog’lab talqin etadilar. 
Romantik ishqiy-sarguzasht dostonlari: jangnoma dostonlari, ishqiy romantik dostonlari, maishiy 
romantik dostonlari va kitobiy dostonlar kiradi. 
Tarixiy dostonlar: tarixiy qahramonlik dostonlari, tarixiy-fontastik dostonlari, tarixiy-konkret yoki yangi
dostonlari, avtobiografik dostonlar kiradi.

Download 115.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling