1-Mavzu. Axborot texnologiyalari fani predmeti, maqsadi, vazifasi va tuzilishi. Reja: reja


Download 44 Kb.
Sana12.11.2021
Hajmi44 Kb.

1-Mavzu. Axborot texnologiyalari fani predmeti, maqsadi, vazifasi va tuzilishi.

REJA:

REJA:

  • Fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi oʽrni va rivojlanish istiqbollari.
  • AKT sohasiga oid: Oʽzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Oʽzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlari
  • Informatika va axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari va uning tarkibiy qismlari.
  • Informatika va hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi.

Mazkur fanning asosiy maqsadi talabalarga kompyuterning texnikaviy, dasturiy (tizimli va amaliy) taʽminotlari va sohaviy masalalarni yechishga qoʽllash, masalalarni algoritmlash vositalarining imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda soha masalalarini yechish bo‘yicha amaliy foydalanish ko‘nikmalarini mukammal shakllantirishdan iboratdir. Ushbu fan Respublikamiz Oliy o‘quv yurtlarida hamda turli tashkilot va korxonalarda mavjud bo‘lgan zamonaviy kompyuterlardan foydalanishga mo‘ljallangan mavzularni o‘z ichiga oladi.

Turli xil axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullari va vositalarini o‘rganadigan mustaqil fan shakllandi. Bu fan axborot texnologiyalari fani deyiladi. Axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy vositasi sifatida hisoblash texnikasi, ya’ni kompyuter xizmat qiladi.

Fanni o‘rganishda asosiy etibor quyidagilarga qaratilishi lozim:

  • zamonaviy kompyuterlarda erkin ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish,
  • tegishli sohalarga doir masalalarni kompyuterlarda yechish texnologiyasini o‘rganish va qo‘llash,
  • zamonaviy matn muharrirlari va jadval protsessorlari asoslarini o‘rganish va qo‘llash.

Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida axborot muhim o‘rin egallaydi. Banklar, korxonalar va boshqa iqtisodiy sektordagi tashkilotlar, ya’ni soliq tizimi, nodavlat fondlar, sug‘urta agentliklari uchun axborotning o‘zgarishi juda tez amalga oshadi hamda hajmi tez ortadi. Ular asosida turli tahlillar o‘tkazilib, qarorlar qabul qilinadi, vazifalar belgilanadi, taktika va strategiya ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iborat:

  • milliy axborot – hisoblash tarmog‘ini yaratish;
  • axborotlarga mahsulot sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy hujjatlarini yuritish;
  • axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;
  • axborot industriyasini yaratish va rivojlantirish;
  • axborot texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
  • kompyuter vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo‘nalishi belgilab berilgan:

  • Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari.
  • Elektron ma’lumotlar bazasi.
  • Fan-texnika axboroti tarmog‘i.
  • Ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va sog‘liqni saqlash sohalari axborot tizimlari.
  • Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari.
  • Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling