1-mavzu: bozor iqtisodiyoti sharoitida malakali kadrlar tayyorlash asoslari


Download 1.08 Mb.
bet1/96
Sana04.04.2022
Hajmi1.08 Mb.
#623921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Mutahasislikka МАЪРУЗА
Презентация Abdullajonova D, 121 Mamanazarova M. Synthesis essay, 121 Mamanazarova M. Synthesis essay, Amaliy Mashg'ulot Rashidov Jamshid, Amaliy Mashg'ulot Rashidov Jamshid, BETLIK, Mavzu, Mavzu, To’g’ri burchakli parallelepiped va kub (AIM (1), temperametn, INNO.TOP, Scan 02 fev 22 · 03·11·52-Copy, 2013-oqyulov-kichik-biznes-lot, 2017 йил бюджет параметрлари

1-MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH ASOSLARI




REJA:
1.1.Kadrlar tayyorlashning o’zbek modeli.
1.2.Kadrlar tayyorlashning ilmiy va potentsial bazasi


1.1.Kadrlar tayyorlashning o’zbek modeli.
Malakali kadrlar tayyorlash - davlat va jamiyatning milliy vazifasi hamda shaxsning fuqarolik burchi.
XX-asr oxirida sanoati rivojlangan davlatlar bilan intellektual davlatlar o’rtasida iqtisodiy musobaqa fan-texnika va texnologiya sohasiga, va pirovard ta’lim sohasiga ko’chdi. CHunki raqobatbardosh kadrlarni etishtirmay turib raqobatga qodir iqtisodiyot bo’lishi mumkin emas.
Bu borada O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta’lim Milliy dasturi 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo’lib, bunda ta’lim mamlakatimizda va xorijda fan-texnika, texnologiya hamda iqtisodiy sohalarida bo’lajak taraqqiyotini hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlay oladigan bo’lmog’i darkor. Har tomonlama yetuk, raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodi istiqbolga monand vazifalar qo’yish va ularni yechishga qodir, yuqori saviyada fikrlash madaniyatiga ega, siyosiy-ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy axborotlar dunyosida mustaqil o’z yo’lini topa oladigan bo’lishi kerak.
Milliy dastur bunday talablarga mos keladigan kadrlarni tayyorlash uchun yangi modelni - kadrlar tayyorlashning O’zbekiston modelini nazarda tutadi. Bu modelning tashkil etuvchilari quyidagilardan iborat:
- shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti bo’lib, ta’limiy xizmatlarning iste’molchisi va yaratuvchisidir ("o’quvchi-o’qituvchi" tandemi);
- uzuliksiz ta’lim - malakali kadrlar tayyorlash tizimining o’quv-ilmiy-ishlab-chiqarish va tarbiyaviy bazasidir;
- davlat va jamiyat malakali kadrlar tayyorlashning va ularga bo’lgan zaruriyatning asosiy kafolatchisi;
- fan - yuqori malakali kadrlarni etishtiruvchi va iste’molchisi;
- iqtisodiyot-kadrlarga asosiy buyurtmachi bo’lib, tayyorlangan mutaxassislarning sifatiga baho beradi, shunga yarasha kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jixatdan ta’minlaydi.
Mazkur model uch qutbga ega. Birinchi qutb-shaxs:
uzluksiz ta’lim tizimida bilimlarni iste’mol qilish va yaratish borasida o’zining fuqarolik burchini to’la-to’kis amalga oshiruvchi inson. Ikkinchi qutb-davlat va jamiyat: shaxsning fuqarolik burchlarini samarali amalga oshirilishiga va iqtisod tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo’ycha milliy vazifalarni xal qiladi. Uchinchi qutb-iqtisodiyot bo’lib, u davlat byudjeti yoki kontrakt asosida o’zi uchun zarur bo’lgan kadrlar etishtirishni moddiy-tehnika bazasi va moliya bilan ta’minlaydi.
Milliy dastur kadrlar tayyorlash tizimining ana shu uchala qutblarini o’zaro uzviy birlashtirishni ta’minlovchi barcha shart-sharoitlar - ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlar yaratilishini ko’zlaydi.
Kasbkorlik va ijtimoiy ma`noda o’qituvchining shaxsi alohida e’tibor talab etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasida Prezidentimiz I.A.Karimov o’z nutqida ta’kidlaganidek "O’qituvchi va murabbiyning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag’batlantirish, ularning o’z ishi, kasbidan mamnun bo’lishini ta’minlashimiz lozim". Bu vazifalarni hal qilinishiga Milliy dasturning "Qishloq maktabining taraqqiyoti", "Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash", "Ilmiy va pedagogik kadrlar", "Ijtimoiy muhofaza" nomli maqsadli dasturlari bag’ishlangan.
Milliy dasturda ikkinchi qutbga - davlat va jamiyatga alohida o’rin ajratiladi. Davlat va jamiyat raqobatbardosh mahsulot yarata oladigan va raqobatbardosh hizmatlarni ko’rsata oladigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili hisoblanadi.
Davlat va jamiyat:
- fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va malaka oshirish huquqining amalda bajarilishini;
- sifatsiz ta’limdan himoya qilinishini;
- davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minlanishini;
- o’qish, yashash va dam olish shart-sharoitlarini ta’minlash borasidagi vazifalarni yechishda o’z-o’zini boshqaruvning ortib borishini;
- o’quvchilar hamda pedagogik kadrlarning ijtimoiy himoyasini;
- jismonan salomatligi cheklangan shaxslarning kasbiy ta’lim olishini;
- o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarga konsultasiyalar berish, psixologik-pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yordamini ko’rsatish va maslahatlar berish markazlari ko’paytirilishini kafolatlaydi.
Dastlabki ikki qutb - shaxs, davlat va jamiyat qutblari orasini to’ldiruvchi uchinchi qutb-iqtisodiyot hisoblanadi. Bir jihatdan iqtisod-kadrlar tayyorlash tizimi uchun tayanch bo’lsa, ikkinchi tomondan iqtisod-iste’molchi bo’lib, o’ziga zarur va malakali kadrlarning iste’molchisidir.
Kadrlar tayyorlash tizimining ko’p qutbligi (uch qirraligi) "Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur to’g’risida" qonunini barchaga tegishli ekanligini namoyon etadi. "Kadrlar tayyorlash bo’ycha Milliy dastur to’g’risida"gi qonunning amalda ijro etilish oqibatlari har bir shaxsning fuqarolik etukligiga, davlat va jamiyat kafolatining qay darajada ekanligi hamda bozor iqtisodiyotining taraqqiy etish darajasiga juda bog’liq.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling