1-mavzu. Charm buyumlari materialshunosligi” fanining kirish. Materialshunoslik fani haqida ma’lumot


Download 38.61 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi38.61 Kb.
#1200444
  1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza 2022


1-MAVZU. Charm buyumlari materialshunosligi” fanining kirish. Materialshunoslik fani haqida ma’lumot
Reja:
1.Yengil sanoatning yutuqlari.
2.To‘qimachilik materialshunosligi fanining rivojlanishi va ahamiyati;
3.Tolalarning sinflanishi.
Mustaqil O’zbekiston erkin bozor iktisodyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik xuquqiy davlat kurish yulidan bosqichma-bosqich olga bormokda. Respublikamizning umumjaxon sivilizatsiyasiga kirishida, xamda demokratik davlat qurilish soxasida tarakkiy etgan davlatlarning tajribalariga va uzimizga xos milliy ananalarga, ijtimoiy ma’naviy qadriyatlarga asoslanmoqda.
Xozirgi kunda vatanimiz oldiga juda kuplab o’z echimini kutayotgan masalalar turibdi. Shulardan eng axamiyatlisi fan va texnika tarakiyotini jadal suratda rivojlantirishdan iboratdir. Fan texnikani rivojlantirish uz navbatida ishlab chikarishni jaxon andozalarigamosravishda yangi texnologiyalar bilan taminlashni. kaytadan yaratilgan bozor potensialidan imkon kadar unumlifoydalanish. iktisodiy siyosatdan ustun kuygan xolda xalk xujaligining xar bir tarmogida kuyidankayta kurish va tarmokni jadal sur’atlarla olib borishni talab etadi.
Keyingi yilarda juxmuriyatimizda ruy berayotgan iktisodiy va ijtimoiy siyosiy uzgarishlar. Vatanimizning xar bir sanoat soxasiga uz ta’sirini kursatadi.
Mustakil respublikamiz industrial bazaga ega bulib 200 danzied sanoat tarmoklarini uz ichiga oladi. Vatanimiznyng 2000 dan ortiq zavod va fabrikalarida xalk extiyojini qondiruvchi keng assortimentdagi istimol tovarlari ishlab chikariladi. Bu korxonalar ichida salmokli urinni tukimachilik va engil sanoat korxonalari egallaydi. Chunki davlatimizpaxta etishtirish buyicha jaxonda turtinchi urinda turadi. Demakki tukimachillikva tukivchulik korxonalarimiz uchun etarli darajada paxta xom ashyosiga ega.
Engil sanoatda xalkni tayyor maxsulotlar bilan ta’minlovchi soxa tikuvchilik va poyabzal korxonalaridir. By korxonalarda turli tuman kiyim kechak va poyabzal buyumlari chikariladi. Ularning assortimenti juda keng kamrovlidir.
Tayyor maxsulotlar uchun axamiyatli jixatlaridan biri sifat kursatkichidir. Fakat sifat korxona maxsulotini jaxon bozorida rakobatbardosh bulishi yoki bulmasligini aniq va ravshan kursatib beradi. Chunki jaxon bozoriga kirib borayotgan vatanimiz dunyoga fakat sifatli va bejirim maxsuloti bilangina chikishi mumkin. Sifatli maxsulot chikaruvchi korxonagina eksport import operatsiyalarida ishtirok etishi mumkin. Maxalliy xalkimizningxam istemolchilik madaniyati usib bormokda. Axoli ommasi xozirgi kunda tikuvchilik maxsulotlari sifatiga o’zga nigox bilan qaray boshladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chikib soxa mutaxassislari oldida turgan bir kator muammolarni kayd etib utish lozim.
Yengil sanoat maxsulotlarini ishlab chikarishni kengaytirish, assortimentturini oshirish, xalk iste’moli tovarlari sifatini yaxshilash kabi bir kator masalalar ichida salmokli urinni matolar va tayyor maxsulotlar sifatini nazorat kilish, ularni sinash usullarini ishlab chikarishga tadbik etish, EXMdan keng mikyosda foydalanish orkali ulchash va xisoblash komplektlarini yaratish kabi masalalar egallaydi.
Tarmoq mutaxassislari oldida turgan yana bir kancha masalalar borki, bu matolarning yangiturlarini yaratish, jumxuriyatimizda ishlab chikarilayotgan charmlarnint sifatliyaxshilash, yukori sifatli tayyor maxsulotlarni modellashtirish, avtomatlashtirilgai texnologik jaraenlarni ishlab chikarish masalalari bulib, ular xozirgi kunda asta sekinlik bilan uz echimini topmokda. Zamonaviy ilmiy-texnikaviy progress engil sanoatning injener-texnik xodimlari oldiga xam chukur ilmiy yondashuvni talab kiladigan masalalarni kuymokda. Bundaysharoitda,tikuvchilik, poyabzal sanoati mutaxassislari ilmiyva amaliy masalalarni echish uchun fundamental fanlarni va zamonaviy texnologiyani, ilmiy tekshirish usullarini, poyabzaltikuvchilik korxonolarida kullaniladigan charmlarning, gazlamalarning tuzilishi va xususiyatlarini, ularda tikuvchilik va poyabzal sanoati omillarini, ekspluatatsiya jaraenlaritasiri tufayli buladigan uzgarishlarni, zamonaviy matolar va charmlar assortimentini alo darajada bilmoklari lozim.
Yuqorida keltirilgan muloxaza va fikrlardan sung, xali engil sanoatda xech kanday ish kilinmagan ekan degan xaelga borishlik mutlako noturgi. CHunki sungi yillar davomida tarmokda bir kator maktovga loyik ishlar kilindi, ularni ta’kidlab utmasdan iloj yuk. Bulardan asosiysi, engil sanoatni jaxon bozoriga asta-sekinlik bilan kirib borishi, chet ellik xamkorlar bilan ikki tamonlama manfatli shartnomalar tuziщdir. By kilinayotgan ishlarning natijalari ularok Uzbekistonning turli shaxar va viloyatlarida faoliyat yurita boshlagan kushma korxonalarni keltirish mumkin.
To‘qimachilik materialshunosligi fani to‘qimachilik materiallarining, ya’ni: tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto‘qimalarning olinishini, tuzilishini, xususiyatlarini va shu xususiyatlarni o‘rganishda ishlatiladigan uslub va asboblardan foydalanishni o‘rgatadi.
To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan to‘qimachilik fani ham rivojlana boshlagan.
XVI asrning boshlanishida Leonardo va Vinchi (1452-1519) kemalarda ishlatiladigan arqonlarning namligini, ishqalanishga chidamliligini va yo‘g‘onligini o‘rgangan.
XVII asrning 2-yarmida ingliz olimi Guk deformatsiyani kuchlanishi bilan proporsionallik qonunini yaratgan va tibiiy ipakni tuzilishini o‘rganib, kimyoviy tolalarni olish mumkinligini bayon etgan.
1750 yil Italiyaning Turin shahrida «konditsion» degan laboratoriya tashkil etilib, tabiiy ipakning namligi maxsus asboblarda aniqlangan.
XVIII asrning 2-yarmida Rossiya Akademiyasining olimi - P.I.Richkov to‘qimachilik materiallarining xususiyatining o‘rganib, yangi tolalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib borgan.
1828 yil prof. A.F.Ozerskiy «Paxtani yigirish» kitobini yozgan.
1850 yil prof. A.F.Ozerskiy, prof. N.A.Vasilevlar Moskva Oliy texnik bilim yurtida to‘qimachilik materiallarining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tashkil etishgan.
1927 yil prof. S.A.Fedorov raxbarligida NITI-to‘qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan. Bu institutda to‘qimachilik sohasi bo‘yicha yirik olimlar: N.YA.Kanarskiy, A.A.Sinitsin, V.V.Linde, V.V.Zotikov va A.N.Solov’evlar ishlashgan.
1934 yil “NITI” ayrim tarmoq bo‘yicha mustaqil institutlarga ajrab ketdi.
1944 yil MTI (Moskva to‘qimachilik instituti)da to‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi ochildi. Uning rahbari bo‘lib, prof. G.N.Kukin 1980 yilga qadar ishladi.
O‘zbekistonda paxtaning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston «Sifat» markazi, «Paxtasanoat ilmiy markazi» hamda to‘qimachilik va engil sanoat institutining kafedra olimlari ilmiy ishlarni olib boradilar.
To‘qimachilik materialshunosligi fanini rivojlantirishda O‘zbekiston olimlari - akademik, M.A.Xojinova, professorlar, M.X.Xolgazlamav va V.V.YAkovlevlar katta hissa qo‘shganlar.
Bizning institutda 1957 yil prof. M.A.Xojinova raxbarligida to‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi ochildi va 1973 yildan boshlab kafedra “Materialshunoslik va to‘qimachilik mahsulotlarining sifatini boshqarish” bo‘yicha muhandislarni tayyorlab chiqara boshladi.
CHet el materialshunos olimlaridan V.Jurek (Polsha), Peres, Xerl (Ingliz), A.Parizo (Fransiya) SHvars, Sakel (AQSH) fanni rivojlanishga katta hissa qo‘shganlar.
SHveysariyaning “Sel’veger-Uster” firmasining olimlari butun dunyo bo‘yicha tarqalgan “Uster” asbobini yaratishdi. Paxta tolasining sifatini aniqlashda AQSHda “Spinlab” sistemasi yaratildi.
To‘qimachilik materiallari xalq xo‘jaligi tarmoqlarida keng ishlatiladi. Uni ishlatmagan birorta sanoat tarmoqlari yo‘q. Asosiy to‘qimachilik mahsulotlari kiyim kechak va xo‘jalikda ishlatiladi. Masalan: rivojlangan davlatlarda kiyim kechak uchun 35-40 %, xo‘jalik maqsadlari uchun 20-25 %, texnikada 30-35 % va boshqa maqsadlar uchun 10 %gacha ishlatiladi. SHu %lardan ko‘rinib turibdiki, texnikada ham to‘qimachilik mahsulotlari ko‘p ishlatilar ekan. Hozirgi yo‘nalish texnikada ishlatiladigan mahsulotlarni asosan kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishni talab etmoqda. Tibbiy tolalar asosan kiyim-kechak uchun ishlatilmog‘i lozim. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan barcha tolalar kelib chiqishi bo‘yicha ularni olish usuli va kimyoviy tarkibi bo‘yicha ikkita sinfga, ya’ni tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadilar.
Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to‘qimachilik tolalari kiradi. Tola deb, uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta bo‘lgan, ma’lum darajada egiluvchan, cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik tarmog‘ining xom ashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p hollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. Aytilganlarni inobatga olib, tolaga quyidagicha ta’rif beriladi: to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va ma’lum qayishqoqlik, pishiqlik, cho‘ziluvanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan jismga aytiladi. Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks tolalarga bo‘linadi: uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks tola deyiladi. Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi: tabiatdagi o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi.
Kimyoviy tolalar ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: sun’iy tolalar va sintetik tolalar: tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni kimyoviy usul bilan qayta ishlash asosida olinadigan tolalar sun’iy tolalar deyiladi. YUqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul, bilan sintez qilish asosida olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalarni mukammal o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. 1-jadvalda to‘qimachilik tolalarining tasniflanishi keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tolalar
Download 38.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling