.
.
SO”Z BOSHI
Hozirgi kun talabiga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash, ularning nazariy va amaliy masalalarni chuqur o’zlashtirishga yordam beradigan darsliklarni, o’quv qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalarni o’zbek tilida yozish muhim masalalardan biridir.
Bu uslubiy ko’rsatma TATU FF 1-kurslarining barcha yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlash o’quv rejasiga kiritilgan, differensial tenglamalar fani amaliy mashg’ulotlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Ushbu ko’rsatmada oddiy differentsial tenglamalar fanining birinchi tartibli hosilaga nisbatan yechilgan va yechilmagan tenglamalar bo’limiga oid tushunchalarning qisqacha bayoni berilgan. Tenglamalarni turlarga ajratilib, ularning yechish usullari misollarda ko’rsatilgan.
Mazkur ko’rsatmaga TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalariga "Differensial tenglamalar" fanidan olib borilagan nazariy va amaliy mashg’ulotlar natijasi asos qilib olindi.
Uslubiy ko’rsatma filialning barcha yo’nalish talabalarining differensial tenglamalar fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashga va chuqur o’zlashtirishlariga yordam beradi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |