1-mavzu. DİNShunoslik faniga kiRİSh Reja


Download 24.8 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi24.8 Kb.
#105182
Bog'liq
1-mavzu dinshunoslik


1-mavzu. DİNShUNOSLİK FANİGA KİRİSh

Reja:

1.Dinshinoslik faninig maqsad va vazifalari..

2. Dinshinoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.

3.Dinshinoslikda shakllangan mifologik,tarixiy,sociyologik,antropologik va boshqa maktablar.

Tayanch tushunchalar: Din, etiqod, ywl, mazh’ab, religiya, «religio», «relegere», transtsendent, immanent, kult, dinshunoslik, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diёnot», «al-Milal», din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi.

Mavzu wquv maqsadi: Talabalarda dinning moh’iyati, dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani soh’alari, dinning jamiyatdagi funktsiyalari, dinlarning tasnifi h’aqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish.

Dinshunoslik_fanining_maqsad_va_vazifalari_h’amda_boshqa_soh’alar_bilan_bog’liqligi.'>1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari h’amda boshqa soh’alar bilan bog’liqligi. Dunё xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning wz dini, urf-odatlari va ananalari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman h’aёt tarzini belgilashda asosiy omil bwlib h’isoblanadi. Dunё xalqlari tarixini wrganishda ularning diniy qarashlari, etiqod va diniy amaliёtlarini etibordan chetda qoldirish mumkin emas. «Dinshunoslik» fani ana shu muh’im omilni tadqiq etib, tah’liliy wrganadi.

«Dinshunoslik» fanini wqitishdan maqsad - talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unligini tushuntirish, ularda diniy bag’rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan twg’ri ёndashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak manaviyatli kadrlarni tayёrlashdan iborat.

Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jah’onda mavjud xalqlarning dinlari h’aqida keng malumot olish, ularning qadriyatlarini wrganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-manaviy merosni wrganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bwldi.

«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish ёki kwr-kwrona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar h’aёtida tutgan wrnini ilmiy jih’atdan, manaviy h’aёtning bir bwlagi sifatida ёndoshib wrganadi.



«Dinshunoslik» fanining vazifasi - talabalarga h’ozirgi davrdagi dinlarning malum xalq h’aёtida tutgan wrni h’aqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag’rikenglik g’oyasi va madaniyati twg’risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:

  • dinning jamiyatga ijtimoiy, manaviy, ruh’iy tasiri h’aqida bilimlar berish;

  • ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jah’on dinlari talimotlari h’aqida malumot berish;

  • dinning moh’iyati va uning kishilik jamiyati taraqqiёtidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei h’aqida tushuncha berish;

  • jamiyatni manaviy jih’atdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ah’amiyatini ёritish;

  • dunёviy davlat va dinning wzaro munosabatlarini ёritib berish;

  • diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar moh’iyatini ёritish va ularga qarshi g’oyaviy immunitetni shakllantirish;

  • Wzbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan wzgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash ywlida qilinaёtgan ishlar h’aqida keng tasavvur h’osil qilish.

«Dinshunoslik» fanining amaliy ah’amiyati shunda h’am kwrinadiki, u talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga h’urmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini tarbiyalaydi.
Dinshunoslik tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustah’kam bog’liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan h’olda, dinshunoslik fanining Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi kabi soh’alari mavjud.

Din fenomenologiyasi. Fenomen, namoёn bwluvchi, kwzga kwrinuvchi narsa bwlib, fenomenologiya kwzga kwrinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq qilinishidir. Dinning kwzga kwrinuvchi, tashqarida aks etuvchi jih’atlarini wrganuvchi ilm soh’asiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi, tarixiy shakllanishlarni etiborga olmagan h’olda diniy fakt va voqelikning bizga namoёn bwlgan jih’atlarini asosiy wringa kwtaradi. Turli dinlarning ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jih’atlarini topishga h’arakat qiladi.

Din fenomenologiyasi diniy tuyg’u va bu tuyg’uning kwrinishlari deyarli butun dunёda bir-biriga wxshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va g’oyasining bir ekanligini isbotlashga h’arakat qiladi. Shuning bilan birga diniy ramz (belgi) larda yashirgan manolarni ochish va majoziy swzlarning muqaddas mazmunini ёritish kabi ishlar h’am uning vazifalariga kiradi.

Din fenomenologiyasi, materiallarini dinlar tarixidan oladi. Lekin u bu materiallarga tarixiylikdan h’am kwra kwproq sistematik jih’atdan ёndashadi. Shunday qilib diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarni muqoyasa qiladi. Din fenomenologiyasi boshqa din ilmlarini bilan bazi nuqtalarda birlashishiga qaramasdan, mustaqil bir ilm soh’asi sifatida, bazan farqlangan jih’atlari h’am bwlib turadi.

Din sotsiologiyasi. Din - jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea-h’odisalarni wrganadi. Shu tufayli bu ilm soh’asi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din soh’asida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea-h’odisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bwlgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi kwrinishlari bilan ijtimoiy jaraёnlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda bu ilm soh’asi, tarix bwyicha xususiy va mushoh’adaga suyanuvchi din va jamiyat tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy h’aёtdagi kwrinishlarini wrganadi.

Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga h’arakat qiladi.



Din psixologiyasi. Bu ilm soh’asi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog’i h’oliga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bwlgan diniy h’aёtning turli jih’atlarini psixologik jih’atdan wrganadi. Yani din psixologiyasi dinning psixologik jih’atini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli kwrinishlarini baёn qilishga h’arakat qiladi. Natijada u dinning inson ruh’idagi asosiy xususiyatlari xatti-h’arakatlarga bwlgan tasiri twg’risida atroflicha twxtaladi. Ruh’-jasad aloqasi bilan atrof-madaniyat tasirlarining barchasini ichida wrganuvchi diniy etiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni kwrsatib beradi. Shu sababli Din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan h’olda inson turlarini atroflicha wrganib, xos tipologiyalarni kashf qiladi; buyuk diniy shaxsiyatlarning ichki h’aёtlari bilan qiziqqan h’olda ularning ruh’iy h’olatlari bilan shug’ullanadi. Kishining diniy h’is, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U shaxsda din tuyg’usi va h’issining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini, ih’tido (h’idoyat topish) ёki inkor h’odisalarini, dindan kelib chiqqan ruh’iy keskinlik va shubh’alarni tadqiq qiladi.

Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan h’olda wziga taalluqli bwlgan mavzularni muh’okama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning shaxs ruh’iyatidagi siljish va tasir jaraёnining tadqiq qilinishida umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan malumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi.



Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, Din psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» bwlgan Din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf ywl tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch etiqodiga falsafiy bir asos topishga h’arakat qiladi. Shu tufayli h’am Din falsafasi soh’asida faoliyat kwrsatuvchilarning maqsadi dinning h’aq ёki botil ekanligi masalasi bilan mashg’ul bwlish emas, diniy h’ukmlarning mantig’i va moh’iyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog’liq dalillarning tanqid ёki tah’lilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli ёki asossiz ekanligi masalasini kwrib chiqadi.

Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jih’at bu, undagi h’ukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, bah’o berish, munosabat bildirish metodiga suyangan h’olda diniy masalalarni h’al qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqёsda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha h’ukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qwlga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qwllagan metodlar h’aqida h’am h’ukm chiqarishi mumkin.

Din falsafasi, dinning moh’iyati, insonning diniy h’aqiqatlar bilan bwlgan bog’liqligini wrganadi. Bu ilm turining etiborida bwlgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg’ambarlik va vah’iy kabi keng miqёsda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy wrinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-imon, ilm-din, din-madaniyat (din-sanat, din-til-adabiёt) diniy tajriba, diniy h’is kabi asoslar h’am bu ilm turining sarh’adlariga kiradi.

Din tarixining yuqorida malum qilinganlar bilan yaqindan aloqasidan tashqari, u suyanuvchi bir qancha ilm turlari h’am mavjud. Ularning ichida birinchilardan bwlib tarix wrin oladi. Tarix, makon va zamon tayin qilgan h’olda wtmishdagi voqea-h’odisalarni wrganuvchi bir ilm turi bwlishi bilan birga moziy va h’ozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jih’atidan Dinlari tarixiga yaqindan kwmakchi bwladi.

Diniy matnlarning wrganilishi, tabiiy ravishda, tilga bog’liqdir. Demak, bir tomondan Dinlar tarixi suyanadigan ilm turi esa bu Filologiyadir. Bundan tashqari Mifologiya (Rivoyat va afsonalar), Etnologiya, Arxeologiya, Sanat tarixi, Folklor va shunga wxshash bir qancha ilm turlari borki, ulardan h’am Dinlar tarixi izlanishlarida bevosita foydalaniladi.

Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiёti. Dinlarni wrganish uzoq tarixga ega. Har bir inson ёn-atrofidagilarning etiqodi, qaysi dinga mansubligagi qiziqadi, ular h’aqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk malumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim ёzuvchilari asarlarida kwrishimiz mumkin. Ulardan eng mashh’uri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) wzi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari h’aqida malumotlar keltirgan. Bu qiziqish Wrta asr Evropasida h’am mavjud bwlgan. Lekin boshqa dinlar h’aqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning etiborini jalb qilmaslik va ularni wsha dinlarga kirib ketmasliklari taminlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni ёmonlash orqali ularga ёndashishni maqul deb topganlar.

İslom olamida h’am dinlarni wrganish bwyicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardaёq diniy tortishuv (munozara)larni wz ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan etiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar ёzila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diёnot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) ywnalishidagi adabiёtlar vujudga kelgan.

«Ad-Diёnot» (Dinlar) ywnalishida ёzilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro vad-diёnot» (Etiqodlar va dinlar) kitobi h’isoblanadi. Keyinchalik Masudiy (957) wzining «ad-Diёnot» (Dinlar), Masbih’iy (1029) «Darkul bug’yati fiy vasfid diёnoti val ibodoti» (Dinlar va etiqodlar vasfida maqsad meёri) kitoblarini ёzganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048) «Tah’qiqun ma lilh’ind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul ёki nomaqul bwlgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi h’am shular sirasiga kiradi.

«Al-Firaq» (Firqalar) ywnalishida ёzilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-Bag’dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari h’amda Abul-Maoliy Muh’ammad ibn Ubaydulloh’ning (vaf. 1092) «Baynal-adёn» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.

«Al-Milal» ywnalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-Milal van-nih’al» (Dinlar va xalqlar), Abu Muh’ammad Ali İbn Hazmning (vaf. 1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ah’voi van-nih’al» (Dinlar, h’avo va xalqlar h’aqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath’ Muh’ammad ibn Abdulkarim ash-Shah’ristoniyning (vaf. 1183) «al-Milal van-nih’al» asarlarini sanash mumkin.

«Ar-Radd» (Raddiya) ywnalishida h’am kwplab asarlar dunё yuzini kwrgan. Ularga İmom G’azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Gwzal raddiya), İbn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini aloh’ida qayd etish lozim.

Darh’aqiqat, Musulmon Sharqi wlkalarida bu soh’ada kwplab asarlar yaratilgan bwlib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiёti uchun fundamental manba bwlib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayh’on Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («Wtmish xalqlardan qolgan ёdgorliklar»), «Hindiston», Muh’ammad ibn Abdulkarim Shah’ristoniyning «al-Milal van-nih’al» («Dinlar va oqimlar»), İbn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ah’vo van-nih’al» («Dinlar, adashgan firqalar va mazh’abni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, İbn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari kwplab Evropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini wrganuvchi G’arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. Dinlar, oqim va mazh’ablar h’aqidagi fan soh’asining yuzaga kelishida ularga kwp marotaba murojaat qilingan.

Taniqli tarixchi, dinshunos Shah’ristoniy quyidagicha ёzadi: «Bilginki, joh’iliyat davrida arablarda uch turdagi ilm soh’asi mavjud edi:



1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi;

2. Tush tabirlari ilmi;

3. Wlkashunoslik ilmi».

Shuningdek, «İxvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruh’ga bwlinadi: 1. İnson azolari h’aqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.

İbn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h’. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.», deb ёzadi. Bu milodiy X-XI asrlarga twg’ri kelib, aynan shu davrda Beruniy wzining «Hindiston» asarini ёzgan.

G’arb mamlakatlarida dinshunoslik fani kwpincha nemis tilidagi «RELIGIONS WISSENSCHAFT» ёki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «İxvon as-safo» risolalari, Beruniy va Shah’ristoniy asarlarida qwllanilgan «علم الاديان» (Dinlar ilmi) ёki «تاريخ الاديان» (Dinlar tarixi) atamalarining h’arfiy tarjimasidir.

Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G’arbda, zamonaviy manodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiёsiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars bah’olari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga ywl ochgan va kattagina etibor qozongan. U Angliyadagi mashh’ur Oksford universitetida dinlar tarixidan maruzalar wqigan. Wzining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) swzini qwllagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muh’im deb bilishgan va dinning asl moh’iyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina etishish mumkin, degan fikrni olg’a surgan.

Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar wtishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar talim dasturlaridan joy olgan.



XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik soh’asida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha mutaxassislar etishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixael Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.
Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling