1-мавзу. Эконометрик моделлаштириш асослари назарий саволлар


Download 11.7 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi11.7 Kb.
#173349
Bog'liq
ekono 1 topwiriq


1-МАВЗУ. ЭКОНОМЕТРИК МОДЕЛЛАШТИРИШ АСОСЛАРИ
Назарий саволлар

  1. Эконометрика фанининг мақсади нималардан иборат?

Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy obyektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda oʻrganilayotgan iqtisodiy obyektning tadqiqot maqsadidan kelib chiqgan holda ekonometrik usullar asosida obyektni modellashtirilib oldinga qoʻyilgan muammoni yechimi aniqlanadi.

  1. Эконометрик моделлаштиришнинг зарурлиги?

Ekonometrika iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish orqali jarayondagi muammoni yechimini miqdoriy aniqlashda hamda oʻrganilayotgan jarayonga taʼsir qiluvchi omillarni miqdoriy baholash hamda boshqaruvda adekvat qarorlarni qabul qilish yordam beradi.

Ekonometrik modellashtirish iqtisodiy koʻrsatkichlar va koeffitsipentlarni oʻzgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni keyingi davrlar uchun prognozlashtiri orqali iqtisodiy jarayonlarni strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi



  1. Эконометриканинг қўлланиш соҳаларини тушунтириб беринг?

Ekonometrikada bir necha vazifalarni bajarish mumkin Misol uchun:

1) Ekonometrik usullar yordamida iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalaniladi.

2) iqtisodiy agentlarning munosabatlarini tahlil qilish va prognozlashtirish imkonini beradi;

3) Ekonometrik modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita boʻlib xizmat qiladi.

4) Ekonometrik usullar va modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni keyingi davrlar uchun strategiyalarini ishlab chiqish va ularning keyingi davrlardagi hatti-xarakatlarini aniqlash imkonini beradi.

5) Ekonometrik modellar iqtisodiy tadqiqotlarda yangi nazariyalarning matematik isbotini aniqlash imkonini beradi.



  1. Эконометрик моделлаштириш усуллари таснифи қандай?

Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.

Matematik statistika usullar:

dispersion tahlil;

korrelyatsiya tahlili;

regressiya tahlili;

omilli tahlil;

indekslar nazariyasi.

Ekonometrik usullar:

iqtisodiy oʻsish nazariyasi;

ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi;

talab va taklif nazariyasi.

Asosiy qoʻllanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli. Korreliyatsion tahlil asosida omillar oʻrtasidagi bogʻliqliki aniqlanadi.



  1. Эконометрик моделларни тузиш босқичларини айтиб беринг?

Ekonometrik modellashtirish bosqichlari


Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.

Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qoʻyilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy maʼlumot toʻplanadi, asosiy omil va taʼsir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi.Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan nomaʼlum oʻzgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni koʻzda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan boʻlishi kerak. “Eng kichik kvadratlar usuli” yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.

Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tekshiriladi:

- modelning sifati koʻplikdagi korrelyatsiya koeffitsiyenti va determinatsiya koeffitsiyenti yordamida baholanadi;

- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;

- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni boʻyicha baholanadi;

- Darbin-Uotson mezoni yordamida “Eng kichik kvadratlar usulining” bajarilish shartlari tekshiriladi.

Toʻrtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.

Yuqorida sanab oʻtilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq va biri ikkinchisini toʻldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.


  1. Иқтисодий модел сўзини тушинтириб беринг?

Iqtisodiy model iqtisodiy jarayon yoki hodisalarning soddalashtirilgan nusxasidir.Bunda modelning asosiy xususiyatlari uning modellashtiriladigan jarayon yoki hodisa aynan mos kelishi zarurdir.


  1. Иқтисодий-математик моделларга таъриф беринг?

Iqtisodiy matematik model- iqtisodiy jarayon yoki hodisani matematik belgilar asosida ifodalanishidir. U 2 ga bo'linadi: Moddiy modellar va Ideal modellar.

  1. «Модел» тушунчасига таъриф беринг?

Model soʻzi lotincha modulus soʻzidan olingan boʻlib, oʻlchov, meʼyor degan maʼnoni anglatadi.

Keng maʼnoda model biror obyektni yoki obyektlar sistemasini namunasidir. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni belgi, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalash jarayoni modellashtirish deyiladi.


Тест

1. Matematik modelning haqiqiyligi:

A) To‘plangan ma’lumotlar hajmiga.

B) Tadqiqotchining malakasiga;

C) Modellashtirish jarayoniga;

D) To‘plangan ma’lumotlar hajmiga, tadqiqotchining malakasiga, modellashtirish jarayoniga.


2. Modelni verifikatsiyalash - bu:

A) Kerakli statistik ma’lumotlarni yig‘ish;



B) Modelning parametrlarni statistik baholash;

C) Modelning ma’lumotlar aniqligini tekshirish.

D) Modelning shaklini, tuzilishini va uning bog‘lanishlar shaklini ta’riflash;
3. Ekonometrik model – bu:

A) Balansli matritsalar



B) Тenglamalar va tengsizliklar tizimi

C) Axborotlar tizimi

D) Matematik belgilar tizimi
4. Ekonometrikaning vazifasi:

A) Sonli ma’lumotlarni yig‘ish



B) Iqtisodiyotning miqdoriy qonuniyatlarni o‘rganish

C) Iqtisodiyotdning qonuniyatlarni o‘rganish

D) Optimallashtirish masalalarni o‘rganish
5. Matematik statistika usullarini qanday hollarda qo‘llash mumkin?

A) Jadval shaklida ifodalanganda;



B) Jarayon ilmiy abstraksiya yordamida ifodalanganda;

C) O‘zgarishi tasodifiy jarayon sifatida deb faraz qilinganda;

D) Ma‘lumotlar tartiblanmaganda.
6. Тuzilgan ekonometrik model verifikatsiya bosqichida nechta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:

A) Tuzilgan ekonometrik model yo‘nalishlar bo‘yicha baholanmaydilar.



B) Tuzilgan ekonometrik model to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi;

C) Tuzilgan ekonometrik model ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi;



D) Tuzilgan ekonometrik model uchta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi;
7. Matematik statistika usullarini qanday hollarda qo‘llash mumkin?

A) Jadval shaklida ifodalanganda;



B) Jarayon ilmiy abstraksiya yordamida ifodalanganda;

C) O‘zgarishi tasodifiy jarayon sifatida deb faraz qilinganda;

D) Ma‘lumotlar tartiblanmaganda.
8. Endogen o‘zgaruvchi – bu:

A) Model tashqarisida aniqlanadi;



B) Model ichida aniqlanadi;

C) Modelga kiritiladigan qo‘shimcha o‘zgaruvchi;

D) Modelga ta’sir ko‘rsatmaydigan o‘zgaruvchi.
9. Modelni idensifikatsiyalash -bu:

A) Modelning parametrlarni statistik baholash

B) Modelning shaklini, tuzilishini va uning bog‘lanishlar shaklini ta’riflash

C) Kerakli statistik ma’lumotlarni yig‘ish



D) Modelning ma’lumotlar aniqligini tekshirish
10 . Ikkinchi darajali parabola ko‘rinishida ekonometrik model tanlang

A) y=a+b/x



B) y=a+bx

C) y=a+bx+cx2

D) y=a*bx
Download 11.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling