1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


Muallif “Ekonometrika” tushunchasining mazmuni


Download 45.46 Kb.
bet3/7
Sana18.03.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1283445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu - ma\'ruza - Ekonometrik modellshtirish asoslari

Muallif

Ekonometrika” tushunchasining mazmuni

R. Frish

«...uchta tashkil etuvchi - statistika, iqtisodiy nazariya va matematika fanlarining birlashuvidir»

Ts. Grilixes

«...bizni o’rab turgan iqtisodiy dunyoni o’rganish uchun bir vaqtning o’zida bizning teleskopimiz hamda mikroskopimizdir»

E. Malenvo

«...bizning hayoliy iqtisodiy tasavvurlarimizni empirik mazmun bilan to’ldiradi»

S. Fisher

«...iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasida o’zaro aloqalarni o’lchash uchun statistik usullarni ishlab chiqish va qo’llash bilan shug’ullanadi»

S. Ayvazyan

«...sifat jihatdan o’zaro bog’lanishlarga miqdoriy ifodani berishga imkon beruvchi usullar va modellar to’plamini birlashtiradi»

1.2.-rasm.Ekonometrika tushunchasining mazmuni3
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvshi juft va ko’p o’lchovli regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lshovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va rivojlangan.
Ekonometrikani aniqlash bo’yicha yondashuvlar tahlili hamda ekonometrika fanining holati ayrim masalalarni echishga erishishda ushbu fanning maqsadini shakllantiradi.
Ekonometrikaning maqsadi - bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ekonometrikaning vazifalari:
1) Modelni spetsifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish.
2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash.
3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va butun modelning o’zini tekshirish.
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo’yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va takliflar ishlab chiqish.
Ekonometrik tadqiqotlar quyidagi masalalarni o’z ishiga oladi:
- iqtisodiy o’zgaruvshilar orasidagi bog’lanishlarni sifat jihatdan tahlil qilish, ya’ni bog’langan ( ) va bog’liq bo’lmagan ( ) o’zgaruvshilarni ajratish;
- ma’lumotlarni tanlash;
- va o’zgaruvshilar orasidagi bog’lanish shaklini aniqlash;
- model parametrlarini aniqlash;
- sohta o’zgaruvchilarni kiritish;
- avtokorrelyatsiyani aniqlash;
- trendlarni, davriy va tasodifiy komponentalarni aniqlash;
- bog’lanish shaklini aniqlash va birpaytli tenglamalar tizimini tuzish;
- identifikatsiya shartlarini tekshirish;
- birpaytli tenglamalar tizimining parametrlarini baholash;
- davriy qatorlar tizimi asosida modellashtirish: statsionarlik va kointegratsiya muammolari;
- integratsiya muammolari va parametrlarni baholash.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling