1-Mavzu. Elektron biznes tizimlarini qo‘llash tajribasi Elektron biznes tizimlarini qo‘llashning jahon tajribasi


Download 339.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2022
Hajmi339.95 Kb.
#830136
Bog'liq
1-Maruza
3-лаборатория иши, Ахборот тизимлар, Документ сирти, 2-laboratoriy dASTURLASH, 1-Labaratoriya jumisi, Сейтмуратов, памятка для тестов (7), 2 5273731987037751387, ТЕКСТ НУРМУХАММЕД, 1, Barchasi test 2016, 14- Операцион тизим ҳимояси (1), Vizitka, MB LEC (BES)-1, operatsion tizimlarda jarayon tushunc


1-Mavzu. Elektron biznes tizimlarini qo‘llash tajribasi 
 
Elektron biznes tizimlarini qo‘llashning jahon tajribasi 
Ma’lumki, elektron biznes (ECommerce) Internet texnologiyalar yordamida 
hamda bevosita Internet tarmog‘i yordamida amalga oshiriladi. “E” – bu electronic 
(elektron) bo‘lib, lotin tilida tezkor degani. 
“E” – bu economica, ingliz tilida tejamkor degani. 
“E” – bu extendent business, ya’ni chegarasi yo‘q biznes degani. Shunday 
qilib, elektron biznes – bu chegarasi yo‘q bo‘lgan biznesning tezkor va tejamkor 
turi, degan xulosaga kelish mumkin. 
Internet tushunchasining turli ta’riflari mavjud. 
“Internet” – bu firmalar va tashqi dunyo o‘rtasida ma’lumot almashinuvining 
eng arzon va samarali usuli hisoblangan kompyuter tarmoqlar tizimidir
1
. Bu holda 
tizimning korporativ maqsadga yo‘naltirilganligiga urg‘u berilgan. Mazkur ta’rifni 
foydalanuvchi nuqtayi nazaridan quyidagicha keltirish mumkin: 
Internet – bu multimedia, gipermatn (o‘zaro giper bog‘langan betlar yig‘indisi), 
mijoz – server, brandmauer yordamida ma’lumotni himoya qilish kabi zamonaviy 
texnologiyalar majmuyidan foydalanishning real imkoniyatidir. 
Internetning eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: vaqtga 
bog‘lanmaganligi (ma’lumot resurslari har kuni 24 soat mobaynida butun yil 
davomida 
foydalanish 
uchun 
qulay), 
foydalanuvchining 
manziliga 
bog‘lanmaganligi (geografik olislik ahamiyatga ega emas); integratsiyalashuv 
(Internet tarmog‘ida alohida komponentlar va servislar o‘zaro bog‘langanligi). 
O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati 
rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon 
boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi 
kuzatilmoqda. 
Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan 
kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi. 
Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan 
izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun 
ayniqsa muhimdir. Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat 
ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi 
Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning elektron 
versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter 
o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, videomahsulot montaji uchun 
uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. 
Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini 
taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar 
va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat 
va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm sohasida 
fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil 
xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz 
www.korzinka.uz
 
oziqovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, 
www.yarmarka.uz
 


esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni 
aytib o‘tishimiz mumkin. 

Download 339.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling