1-mavzu. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik flkrlar. (2 soat) Reja


Download 305.83 Kb.
bet1/88
Sana23.04.2022
Hajmi305.83 Kb.
#651385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
2 5393138013511356625
Php 7 veb-dasturlash tilidan elektron qo’llanma, 1-lab mashg`uloti, 29, ish yoritish 64 toshKTI, Abubakirova umumiy pedagogika, Abubakirova20.41 Umumiy pedagogika, 1-mavzu Maktabgacha yosh davrida o’quv faoliyati, 1- масала, Taylor Swift, beta, suab024 for translate Gavhar 01, 1-MODUL TOPSHIRIQLARI (1-kurs, 2-sem. 2021-2022), Мафтуна (2), 2-Laboratoriya ishi .Fayzullayeva Kamola .A T S 11 -20

1-mavzu. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va
pedagogik flkrlar. (2 soat)


Reja:
1.Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi.
2.Eng qadimgi xalq og'zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikriar.
3. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
4. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.


Asosiy tushunchalar:

«Pedagogika tarixi» fanini o'qitish jarayonida talabalar kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida insonning farzand tarbiyasiga munosabati, uning ijtimoiy ahamiyati, Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlari va allomalarining pedagogik qarashlari, ilk har - hamda O'zbekistonda xalq ta'limi tizimining shakllanishiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o'zlari yashab turgan turonzaminda ilm-fan, madaniyat va ma'rifat rivoji, maktablar va xalq ta'limi taraqqiyoti to'g'risida Oliy ta'lim Davlat standartlari darajasida bilim oladilar.


«Pedagogika tarixi» fanini o'qitishning asosiy maqsadi talabalarning umumpedagogik bilimlarini oshirish, vazifasi esa «Pedagogika nazariyasi» fani yuzasidan egallagan bilimlarini cho'qurlashtirishdan iborat. «Pedagogika tarixi» faniga kirish. «Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar» , «VII asrdan XIV asrgacha maktab ta'limi va pedagogik fikr rivoji». «XIV-XVI asrlarda Movaraunnahrda maktab, ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr», «XVI1- asrdan XX asr boshigacha Turkiston o'lkasida maktab, ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr rivoji». «Sho'rolar hukumronligining dastlabki davrida xalq ta'lim va pedagogika», «Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda yillarda O'zbekistonda xalq ta'limi va pedagogika fani rivoji», «Mustaqillik yillarida O'zbekistonda Xalq ta'limi va pedagogika fanining taraqqiyoti», «Jahon pedagogika fani taraqqiyoti tarixi» singari boblarga bo'linadi. Yuqorida zikr etilgan har bir bobda ular qayd etilgan davrlarga va jo'g'rofiy hududlarga tegishli maktablar rivoji, ta'lim-tarbiya shakllari, metodlari, ilg'or pedagogik fikrlar milliy mafkuramiz talablari asosida ilmiy-pedagogik tahlil etilib, o'rganiladi.

Download 305.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling